16
Har bir foton h
ν/c ga teng imulsga ega bo’lgani uchun,
u yutuvchi
devorgacha hν/c impuls, qaytaruvchi devorgacha 2hν/c impuls uzatadi. Shunday
qilib, absolyut yutuvchi devorchaning 1cm² yuziga 1s ichida uzatiladigan impuls
quydagiga teng bo’ladi:
N hν
C
=
E
C
Lekin 1cm² yuzaga 1s da berilgan impuls shu yuzaga ta’sir
qiladigan
bosimning o’zidir. Shunday qilib yutuvchi devorlarga ta’sir qilayotgan bosim
P=E/c ga, to’liq qaytuvchi devorchaga ta’sir qilayotgan bosim p=2E/c ga teng.
Qaytish koeffitsenti R ga teng bo’lgan umumiy holda 1
s ichida tushayotgan
fotonlarning to’liq
N sonidan (1-R)
N tasi yutiladi, R
N tasi qaytadi. Ular tomondan
sirt birligiga uzatilgan impuls bo’lib, Maksvell formulasiga to’g’ri keladi.
(1 − R)
𝑁 ℎ𝜈
𝐶
+ RN2
ℎ𝜈
𝐶
= N
ℎ𝜈
𝐶
(1 + R) =
𝐸
𝐶
(1 + R)
Yorug’lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to’lqin
nazariyasida qanday
talqin etilgan bo’lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning
o’zi juda katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug’lik nuri energiyagagina emas, balki
impulsga ham ega ekanligini ko’rsatib, yorug’likning moddiy ekanligini, yorug’lik
ham modda bilan birga materiyaning bir ko’rinishi
ekanligini shak-shubhasiz
isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: