Fizika guruh talabasi tojiboyeva zumradning optika


  I. BOB. YORUG’LIK NURI VA UNING BOSIMI HAQIDA TUSHUNCHA


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1460374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika

 



I. BOB. YORUG’LIK NURI VA UNING BOSIMI HAQIDA TUSHUNCHA 
1.1. Yorug’lik haqida tushuncha 
Yorug’lik – inson ko’zi sezadigan elektromagnit to’lqinlar. Bu vakuumda 
to’lqin uzunligi 400 Nm dan 760 Nm gacha bo’lgan to’lqin uzunligiga mos keladi. 
Spektrning infaqizil nurlanish sohasi bilan rentgan nurlari orasida keskin chegara 
yo’q. Turli yoritgichlar (quyosh, yulduzlar hamda elektr lampochkalari) yorug’lik 
chiqaradi. Yorug’lik to’lqin xossaga va korpuskulyar xossaga ega. Ba’zi hodisalar 
ya’ni difraksiya, interferensiya, qutblanish kabilarda yorug’likning to’lqin xossalari, 
fotoeffekt, lyuminessensiya, atom va malekulalar spektlari kabilarda korpuskulyar 
xossalarini namoyon qiladi. Yorug’likning to’lqin xossasini to’lqin nazariyasi
korpuskulyar xossasini kvant nazariya tavsiflab beradi; har ikkala hodisa bir birini 
to’ldiradi. Yorug’likning korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton, to’lqin nazariyasini 
X. Gyuygens, kvant nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan. Yoruglik bosimini, 
ya’ni mexanik ta’sir borligini J. K. Maksvell nazariy isbotlagan. Yorug’likning 
issiqlik, elektr, fotokimyoviy va boshqa ta’sirlari mavjud. 
Yorug’lik birliklari – yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, yorug’lik 
oqimi kabi yorug’lik kattaliklari bor. Xalqaro birliklar tizmida yorug’lik kuchini 
birligi sifatida kandela ishlatiladi. Yorug’lik oqimini birligi lymen, ravshanlikni 
birligi stilb. Fotometriyada yorug’lik energiyasi joul, yorug’lik oqimi vattlarda 
o’lchanadi. Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619-yilda I. Kepler 
kometa dumlarining quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini tushuntirish uchun 
ishlatgan edi. 1873-yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida yorugʻlik 
bosimi kattaligini hisoblab chikdi. U eng kuchli yorugʻlik manbalari (quyosh, elektr 
yer) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar 
(konveksion toklar, radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli, yorugʻlik 
bosimini sof holda oʻlchash murakkab ish. Uni birinchi marta 1899-yilda P. N. 
Lebedev tajribalarda aniqlagan. Uning tajribada olgan natijalari J.K. Maksvellning 
hisoblashlariga moye kelgan edi. U yorugʻlikning gazlarga beradigan bosimini 
oʻlchash mumkinligini 1908-yilda isbotladi. Dumli yulduzlar yorugʻlik bosimi 
taʼsirida paydo buladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga ko’ra, jism 



sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit bo’lgan toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim 
elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga 
tushuvchi va undan qaytuvchi toʻlqinlar energiyasidan tashkil topadi. Yorugʻlik 
bosimi koʻlamlari bir-biridan jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom sohalarida juda 
muhimdir. Lazerlar paydo boʻlishi bilan yorugʻlik bosimidan turli sohalarda 
foydalanish imkoni keskin kengaydi. Yorugʻlik vektori (yorugʻlik maydon 
nazariyasida)-yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish yoʻnalishini 
aniqlab beruvchi yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada 
amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida yorugʻlikning hajm zichligi, yorugʻlik 
oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va boshqalar aniqlanadi. Yorugʻlik kvanti
foton energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant 
tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga koʻra, yorugʻlik 
moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas, balki aniq 
miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida 
yutiladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib 
tushuntirish mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham shu nazariyaga asoslangan. 
Yorugʻlik kuchi koʻrinuvchi nurlanishlar manbayining muayyan yoʻnalishda 
yorugʻlanishini ifodalaydigan yorugʻlik kattaligi. Yorugʻlik energiyasini sezishda, 
tabiiyki, koʻz alohida ahamiyatga ega. Inson koʻzining turli rangdagi yorugʻlikni 
sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali oʻtayotgan 
Yorugʻlikning toʻlqin energiyasi emas, balki bu yorugʻlik energiyasining bevosita 
koʻzga taʼsir etib koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt 
birligi ichida oʻtadigan va koʻrish sezgisi bilan baholanadigan yorugʻlik energiyasi 
yorugʻlik oqimi deb ataladi [2].

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling