Fizika guruh talabasi tojiboyeva zumradning optika


 Yorug’lik bosimi haqida tushuncha


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1460374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika

1.2. Yorug’lik bosimi haqida tushuncha 
Yorug’lik bosimi yorug’likning uni qaytaruvchi hamda yutuvchi jismlarga, 
zarralarga, ayrim molekula va atomlarga ko’rsatadigan ta’sir. Yorug’lik bosimi 
haqidagi farazni birinchi marta 1619-yilda I. Kepler kometa dumlarining quyosh 
yaqinidan uchib o’tishidagi og’ishini tushuntirish uchun ishlatgan. 1873-yilda J. 
Maksvell elektromagnit nazariya asosida yorug’lik bosimi kattaligini hisoblab 



chiqdi. U eng kuchli yorug’lik manbalari (quyosh) uchun ham juda kichik miqdor 
ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar (konveksion toklari, radiomatrik kuchlar) 
bilan niqoblanadi. Shu sababli, yorug’lik bosimini sof holda o’lchash murakkab ish. 
Uni birinchisi marta 1899-yilda P. N. Lebedev tajribada aniqlagan. Uning olgan 
natijalari J. Maksvellning hisoblashlariga mos kelgan edi. U yorug’likning gazlarga 
beradigan bosimini o’lchash mumkinligini 1908-yilda isbotladi. Dumli yulduzlar 
yorug’lik bosimi ta’sirida paydo bo’ladi deb taxmin qilinadi. 
Elektromagnit nazariyaga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit 
to’lqin yuzaga keltiruvchi yuqori bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi 
zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar 
energiya jismga tushuvchi hamda undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil 
topadi. Yorug’lik bosimi ko’lamlari bir biridan farq qiluvchi astrofizik va atom 
sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo bo’lishi bilan yorug’lik bosimidan turli 
sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi. Yorug’likning to’lqin tarqatish bilan 
birga korpuskulyar, ya’ni kvant tabiatiga ham ega bo’lishini M. Plank isbotlagan. 
Yorug’lik manbaidan fazoviy burchak birligida tarqalayotgan yorug’lik oqimini 
ifodalaydi. Xalqaro birliklar sistemasida kandela (kd) yorug’lik kuchi o’lchov birligi 
qabul qilingan. Yorug’lik kuchini aniqlash yoritish texnikasida, tibbiyotda amaliy 
ahamiyatga ega. Yorug’lik oqimi – yorug’lik energiyasini sezishda, tabiiyki, ko’z 
alohida ahamiyatga ega. Inson ko’zining rangdagi yorug’likni sezish qobiliyati ham 
turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali o’tayotgan yorug’lik to’lqin energiyasi 
emas, balki bu yorug’lik energiyasining bevosita ko’zga ko’rish sezgisi 
uyg’otadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida o’tadigan va 
ko’rish sezgisi bilan baholanadigan yorug’lik energiyasi yorug’lik oqimi deyiladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling