Fizika guruh talabasi tojiboyeva zumradning optika
Yorug’lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali foydalanishi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika
1.3 Yorug’lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali foydalanishi
Eynshteynning yorug’lik kvantlari to’g’risidagi gipotezasiga asosan yorug’lik diskret energiya portsiyalari – fotonlar sifatida nurlanadi, yutiladi hamda fazoda tarqaladi. Foton energiyasi 𝜀 0 = h𝜈 ga teng. Foton massasini uning energiyasi orqali ifodalash mumkin: 8 𝑚 𝛾 = ℎ𝜈 𝑐² Fotonni elementar zarracha deb hisoblasak, c yorug’lik tezligi bilan tarqalshi sababli, turg’un massasini nolga teng deb hisoblash mumkin. Fotonning impulsi 𝑃γ = 𝜀ₒ 𝑐 = ℎ 𝜈 𝑐 ga teng. Fotonning massasi, impulsi va energiyasi uning korpuskulyar xususiyatini belgilaydi, ν- chastotasi esa, yorug’likning to’lqin xususiyatini belgilaydi. Fotoeffekt nazariyasi; Eynshteyn tenglamasi. Fotoeffektning faqat birinchi qonunini to`lqin nazariya asosida tushuntirish mumkin. Lekin ikkinchi va uchinchi qonunlarni to`lqin nazariya tushuntirishga ojizlik qiladi. Haqiqatdan ham to`lqin nazariyaga asosan, fotokatodga tushayotgan yorug`likning intensivligi ortgan sari ajralib chiayotgan fotoelektronlarning energiyalari ortishi lozim edi. Тajribalarning ko`rsatishicha, fotoelektronlarning energiyasi yorug`lik intensivligiga mutlaqo bog`liq emas. 1905 yilda A. Eynshteyn agar M. Plank taxmin qilganidek yorug`lik h kvant (porsiya) tarzida chiqarilgani kabi xuddi o`shanday porsiyalar bilan yutiladi deb qaralsa fotoeffektni hamma qonunlarini oson tushuntirish mumkin deb ko`rsatdi. Eyshteyn fotoeffektga energiyani saqlanish qonunini qo`lladi. Foton bilan elektronning ta’sirlashuv jarayonida fotonning h energiyasi elektronga o`tadi. Demak, ta’sirlashuvga qadar yorug`lik kvanti tarzida namoyon bo`layotgan energiya ta’sirlashuvdan so`ng elektronning energiyasiga aylanadi. Foton agarda impulsga ega bo’lsa, u holda jismga tushayotgan yorug’lik unga bosim ta’sirini o’tkazadi, chunki foton sirtga urilganda, unga o’z impulsini uzatadi [5]. Jism sirtiga ν chostotali monoxromatik yorug’lik nuri tushayotgan bo’lsin. Agarda birlik sirt yuzasiga birlik vaqtda N ta foton tushsa, jism sirtining ρ- qaytarish koeffitsentiga asosan ρN fotonlar qaytadi, (1- ρ)N fotonlar esa jismda yutiladi. Har bir yutilgan foton sirtga: 𝑃γ = ℎ 𝜈 𝑐 impuls uzatadi, qaytgan foton esa: 9 2𝑃γ = 2ℎ 𝜈 𝑐 impuls uzatadi. U holda sirtga ta’sir etuvchi bosim quydagiga teng bo’ladi: 𝑃 = 2ℎ 𝜈 𝑐 ρN + ℎ 𝜈 𝑐 (1 − ρ)𝑁 𝑃 = ℎ 𝜈 𝑐 (1 + ρ)𝑁 bu yerda hν bitta fotonning energiyasi bo’lgani uchun, 𝑁h𝑣 = E barcha fotonlarning energiyasi bo’ladi yoki sirtga tushayotgan yoritilganlik energiyasi bo’ladi. Bu yerda 𝐸 𝐶 = W nurlanish energiyasining hajmiy zichligi deb ataladi. Shuning uchun, yorug’lik sirtga normal tushishida hosil qilgan bosimi quydagicha bo’ladi; 𝑃 = 𝐸 𝐶 (1 + 𝜌) = 𝑊(1 + 𝜌) Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling