G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari
Sigirquyruq (Verbascum songoricum Schrenk)
Download 75.49 Kb.
|
доривор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’ytikan (Xanthium spinosum L.)
- Jadval Ziyovudin-Zirabuloq tog`larining dorivor o`simliklarining tahlili
- 3.2. Ем-хашак ўсимликлари ва ularning biologik hususiyatlari
- Sag’an (Girgensohnia oppositiflora (Pall.) Fenazl.)
- Seta (Salsola sclerantha CAM.)
Sigirquyruq (Verbascum songoricum Schrenk) sigirquyruqdoshlar oilasidan, bo’yi 60— 150 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Gullarida foydalaniladigan qismida shilliq moddalar, qand, saponin, efir moyi, karotinoid va boshqalar bor. Yuqori nafas yo’llari shamollaganda, shuningdek me’da-ichak kasalliklarida yallig’lanishga qarshi va yumshatadigan vosita sifatida qo’llaniladi. O’zbekistonning tog’ yon bag’irlaridan tog’ning o’rta qismigacha bo’lgan qiyaliklarda o’sadi.
Qo’ytikan (Xanthium spinosum L.) qoqio’tdoshlar oilasidan, bo’yi 20—60 sm ga yetadigan bir yillik o’simlik Poyasi shoxlangan. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Urug’i avgust-sentyabr oylarida pishadi. Tarkibida yod ko’p bo’lganligi uchun bu o’simlikning yer ustki qismlaridan qalqonsimon bezning faoliyati susayganda foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bu o’simlik terlatuvchi, bodga qarshi, shuningdek markaziy asab sistemasini tinchlantiruvchi vosita hamdir. Bargi antiseptik vosita hisoblanadi. Mevasi va urug’i bir qatog’ teri kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan dori tarkibiga kiradi. Jadval Ziyovudin-Zirabuloq tog`larining dorivor o`simliklarining tahlili
Ma`lum bo`lishicha, Ziyovuddin-Zirabuloq tog`larida 16 tur dorivor o`simliklarni aniqladik. Ular 10 oila, 16 turkumga mansub. Bu turlarning 13 tasini er ustki, 2 tasini mevasi, va 1 tasini ildizi ilmiy tibbiyotda va xalq tabobatda keng qo`llaniladi. 3.2. Ем-хашак ўсимликлари ва ularning biologik hususiyatlari Chorva mollari boqiladigan yerlarning maydoni 30 million gektar dan ortiq bo’lib, respublikamiz territoriyasining 80% dan ko’prog’ini egallaydi. Bunday joylar chorvachilikda yaylovlar nomi bilan ataladi va ular cho’l zonasidan tortib, tog’ning eng yuqori qismi - qorli yaylov mintaqasigacha bo’lgan yerlarda uchraydi. Yaylovlarimizda boqiladigan 6 milliondan ortiq qorako’l qo’ylari, echkilar, necha yuz ming bosh qoramol, ot va tuyalar shunday yaylovlarda boqiladi. O’zbekiston katta yaylov maydonlariga ega bo’lib, unda o’sadigan yem-hashak o’simlikliklari ham nihoyatda ko’pdir. Sag’an (Girgensohnia oppositiflora (Pall.) Fenazl.) sho’radoshlar oilasidan, bo’yi 10—40 sm ga yetadigan bir yillik o’t. Tajribakor cho’ponlar fikricha qurigan sag’an qo’ylar uchun xavflidir, chunki u dag’al bo’lib oshqozonda to’planib qoladi va kavsh qaytarganda yaxshi xazm bo’lmaydi, Ho’lligida uni mollar birmuncha xush ko’rib yeydi. Seta (Salsola sclerantha CAM.) sho’radoshlar oilasidan, bo’yi 10—40 sm ga yetadigan oqish-kul rang unsimon g’ubor bilan qoplangan bir yillik o’t. Poyasi asosidan shoxlangan, u mart oyida ko’karib avgust-sentyabr oylarida urug’i pishadi va shu bilan surib qoladi. Seta, asosan sho’r bosgan yerlarda, sho’rxok aralash qumlarda o’sadi. U ba’zi joylarda juda zich, ba’zi joylarda esa ancha siyrak o’sadi. Gektaridan 2—3 s gacha quruq hashak olish mumkin. Setani ko’kligida ham, qurigandan keyin ham, ayniqsa kuzda mollar juda xush ko’rib yeydi. Shu sababli undan qish uchun hashak tayyorlanadi. Uning kimyoviy tarkibi va oziq birligi yaxshi o’rganilmagan. Download 75.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling