Genetikadan masala ishlash
Download 1.16 Mb.
|
genetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67-masala*.
- 68-masala*.
- Erkinlik darajasi- ning soni (n 1 ) Ehtimollik (R)
- 77-masala*.
- 78-masala*.
- 79-masala*.
64-masala. Ikkita kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali, uzun qanotli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak? 65-masala. Kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 50% i kulrang tanali, uzun qanotli va 50% i kalta qanotli, lekin kulrang tanali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning va chatishtirishdan keyin olingan pashshalarning genotipini aniqlang. 66-masala. Kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 1/4 qismi kulrang tanali, uzun qanotli; 1/4 qismi kulrang tanali, kalta qanotli; 1/4 qismi qora tanali, uzun qanotli va 1/4 qismi qora tanali, kalta qanotli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniqlang. Nima uchun fenotip bo‘yicha 1 : 1 : 1 : 1 nisbatda ajralish olinganligini tushuntiring. 67-masala*. Itlarda jun rangining qora bo‘lishi jigarrang bo‘lishi ustidan, kalta bo‘lishi uzun bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Har ikkala belgining rivojlanishini ta’min etuvchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan. digeterozigotali qora va kalta junli itlar chatishtirilganda keyingi avlodda olingan kuchukchalarning necha foizi qora va kalta junli bo‘ladi? 2) ovchi qora, kalta junli it sotib olgan. Itning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha qanday genotipga ega ekanligini aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak? Masalaning echilishi: Belgi Gen
Kalta jun B Uzun jun b qora kalta junli qora kalta junli 1) P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F1 1. AABB - 1 2. AABb - 2 9/16 qora, kalta junli ( 9 AˍBˍ) 3. AaBB - 2 4. AaBb - 4 5. AAbb - 1 3/16 qora, uzun junli ( 3 Aˍbb) 6. Aabb - 2 7. aaBB - 1 3/16 jigarrang, kalta junli ( 3 aaBˍ) 8. aaBb - 2 9. aabb - 1 1/16 jigarrang, uzun junli ( 1 aabb) Javob: 1) digeterozigotali qora, kalta junli itlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan kuchukchalarning 9/16 qismi qora, kalta junli bo‘ladi. Bu hamma olingan kuchukchalarning taxminan 56,2% ini tashkil qiladi. 2) ovchi qora, kalta junli itining genotipini aniq aniqlashi uchun itini jigarrang, uzun junli it bilan chatishtirishi kerak. Bunda keyingi avlodda har ikkala belgi bo‘yicha ajralish ketmasa, uning iti gomozigotali bo‘ladi. qora, kalta junli jigarrang, uzun junli P ♀ AABB X ♂ aabb g AB ab F1 AaBb - qora, kalta junli Agar birorta belgisi bo‘yicha ajralish ketsa, u geterozigotali bo‘ladi: AABb, AaBB yoki AaBb. 1) P ♀ AABb X ♂ aabb g AB, Ab ab F1 AaBb - qora, kalta junli Aabb - qora, uzun junli 2) P ♀ AaBB X ♂ aabb g AB, aB ab F1 AaBb - qora, kalta junli aaBb - jigarrang, kalta junli 3) P ♀ AaBb X ♂ aabb g AB, Ab, aB, ab ab F1 AaBb - qora, kalta junli Aabb - qora, uzun junli aaBb - jigarrang, kalta junli aabb - jigarrang, uzun junli. 68-masala*. Uzunchoq va yashil mevali tarvuz ( № 1 va № 2) o‘simliklari yumaloq va chipor mevali ( № 3 va № 4) o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan: 1) № 1 va № 3 chatishtirishdan olingan F1 o‘simliklarining hammasi yumaloq va yashil mevali bo‘lgan. 2) № 2 va № 4 chatishtirishdan olingan F1 o‘simliklarining 20 tasi yumaloq va yashil mevali, 18 tasi yumaloq va chipor mevali, 22 tasi uzunchoq va yashil mevali hamda 25 tasi uzunchoq va chipor mevali bo‘lgan. Olingan natijalarga qarab chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. Masalaning echilishi: № 1 № 3 1) P ♀ uzunchoq, yashil X ♂ yumaloq, chipor aaBˍ Aˍbb F1 yumaloq, yashil Birinchi avlodda olingan natijadan ko‘rinib turibdi-ki, mevaning yumaloq shaklda bo‘lishi uzunchoq shakli ustidan va mevaning yashil rangi chipor bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. SHunga ko‘ra, № 1 tarvuzning genotipini aaB- va № 3 tarvuzning genotipini A-bb deb olish mumkin. Lekin, birinchi avlodda ajralish ketmaganligini hisobga olib, № 1 tarvuzning genotipi aaBB va № 3 tarvuzning genotipi Aabb deb olinadi. SHunga ko‘ra, № 1 x № 3 chatishtirishdan olingan natijani quyidagicha ifodalash mumkin: P ♀ № 1 X ♂ № 3 aaBB AAbb g aB Ab F1 AaBb - yumaloq, yashil uzunchoq, yashil yumaloq, chipor 2) P ♀ № 2 X ♂ № 4 F1 20 ta yumaloq, yashil; 18 ta yumaloq, chipor; 22 ta uzunchoq, yashil; 25 ta uzunchoq, yashil. № 2 x № 4 chatishtirishdan olingan natija 1 : 1 : 1 : 1 nisbatga yaqin ekanligini hisobga olib va № 1 x № 3 chatishtirish natijasiga asoslanib, № 2 tarvuzning genotipini aaBb va № 4 tarvuzning genotipini Aabb deb belgilash mumkin. SHunga ko‘ra, № 2 x № 4 chatishtirishdan olingan natijani quyidagicha ifodalash mumkin: P ♀ № 2 X ♂ № 4 aaBb Aabb g aB, ab Ab, ab F1 AaBb - yumaloq, yashil Aabb - yumaloq, chipor aaBb - uzunchoq, yashil aabb - uzunchoq, chipor.
1) qizil gulli, ko‘saklari tikanli x oq gulli, ko‘saklari silliq; 2) qizil gulli, ko‘saklari silliq x oq gulli, ko‘saklari silliq. Har ikkala chatishtirishdan olingan F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilsa, o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? Ularning nisbatlarini aniqlang. 71-masala. Qovoq o‘simliklarida mevaning oq rangda bo‘lishi W geniga va sariq bo‘lishi w geniga, mevaning yassi bo‘lishi S geniga va noksimon bo‘lishi s geniga bog‘liq. Qovoq o‘simliklari meva rangi va shakli bo‘yicha qanday genotiplarga ega bo‘lish ehtimoli bor? Bunday genotiplarga qanday fenotiplar to‘g‘ri keladi? Ularning nechtasi gomozigotali bo‘lishi mumkin? 72-masala. Oq, yassi mevali qovoq o‘simliklari oq, noksimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 38 tasi oq, yassi va 12 tasi sariq, noksimon mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. 73-masala. G‘o‘za o‘simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo‘lishi (S) cheklangan bo‘lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o‘simlik olingan bo‘lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo‘lgan. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin? 74-masala. Tut ipak qurtining qurtlari oq rangli, sariq pilla o‘rovchi zoti yo‘l-yo‘l rangli, oq pilla o‘rovchi zoti bilan chatishtirilganida, F1 da faqat yo‘l-yo‘l rangli, sariq pilla o‘rovchi qurtlar olingan. F2 da esa quyidagi natija olingan: 6388 ta yo‘l-yo‘l rangli, sariq pilla o‘rovchi qurtlar, 2147 ta yo‘l-yo‘l rangli, oq pilla o‘rovchi qurtlar; 2099 ta oq rangli, sariq pilla o‘rovchi qurtlar va 691 ta oq rangli, oq pilla o‘rovchi qurtlar. O‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatini, chatishtirish uchun olingan ipak qurti zotlarining hamda F1 va F2 avlod qurtlarining genotipini aniqlang. 75-masala. CHorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklardan birida bir necha yillar davomida shoxsiz, qora sigirlar xuddi shunday shoxsiz, qora buqalar bilan chatishtirib kelingan. Lekin, olingan buzoqlar bu belgilar bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan. Ularning ma’lum qismi ota-onasiga o‘xshash shoxsiz, qora bo‘lgan bo‘lsa, qolganlari: shoxsiz, qizil; shoxli, qora va shoxli, qizil bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan sigir va buqalarning genotipini aniqlang. Xo‘jalikda faqat shoxsiz, qora buzoqlar olish uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak? 76-masala. Odamlarda ko‘zning jigarrang bo‘lishi ko‘k rangi ustidan va o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatlik(o‘naqaylik) chap qo‘l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. 1) ota-onasi digeterozigotali bo‘lgan bolalar ko‘z rangi va qaysi qo‘l bilan ishlashga layoqatlik bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi? 2) otasi ko‘z rangi bo‘yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko‘k ko‘z, lekin ikkinchi belgi bo‘yicha geterozigotali bo‘lsa, shu oilada tug‘ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo‘ladi? 3) ko‘k ko‘z va o‘naqay yigit, jigarrang ko‘z va o‘naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri jigarrang ko‘z va chapaqay, ikkinchisi esa ko‘k ko‘z va o‘naqay bo‘lgan. Ota-ona va bolalarning genotipini aniqlang. 4) ko‘k ko‘z va o‘naqay yigit, jigarrang ko‘z va o‘naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita farzand tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri jigarrang ko‘zli va chapaqay, ikkinchisi esa ko‘k ko‘z va o‘naqay bo‘lgan. Yigit ikkinchi marta boshqa ayol bilan turmush qurgan bo‘lib, bu ayolning ko‘zi jigarrang, o‘zi o‘naqay bo‘lgan. Nikohdan tug‘ilgan 9 ta farzandning hammasi jigarrang ko‘zli va o‘naqay bo‘lgan. Yigitning va ikkinchi ayolning genotipini aniqlang. F2 dagi ajralishning statistik xarakteri. Erkinlik darajasi har xil bo‘lgan holatlarda χ2 ning qiymatini ko‘rsatuvchi Fisher jadvali
77-masala*. G‘o‘za o‘simligida tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi. Qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi novvot rang tolali bo‘lgan. F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilib, ikkinchi avlodda (F2) 246 ta qo‘ng‘ir tolali, 468 ta novvot rang tolali va 232 ta oq tolali o‘simliklar olingan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini, χ2 ( xi-kvadrat) ni aniqlang. Masaslaning echilishi: Belgi Gen Qo‘ng‘ir tola FrBr Oq tola Frbr Novvot rang tola FrBr Frbr F2 da 1 : 2 : 1 nisbatda fenotip bo‘yicha ajralish ketishi o‘rganilayotgan belgining monofaktoral belgi ekanligidan, shuningdek, to‘liqsiz dominantlik qilishidan darak beradi. SHularga asoslangan holda boshlang‘ich g‘o‘za o‘simliklarining genotipini belgilaymiz: qo‘ng‘ir tolali oq tolali P ♀ FrBr FrBr X ♂ Frbr Frbr g FrBr Frbr F1 FrBr Frbr - novvot rang tolali novvot rang tolali novvot rang tolali P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr Frbr g FrBr, Frbr FrBr, Frbr F2 FrBr FrBr - 1 qo‘ng‘ir tolali FrBr Frbr - 2 novvot rang tolali Frbr Frbr - 1 oq tolali Masalaning ikkinchi shartiga ko‘ra, olingan amaliy sonlarning nazariy kutilgan sonlarga qanchalik mos kelishini aniqlash uchun χ2 usulidan foydalanamiz. Buning uchun avvalo olingan amaliy sonlar asosida ajralish ketishda hosil bo‘ladigan fenotipik sinflar bo‘yicha jadval tuzamiz. So‘ngra material hajmini tashkil etuvchi barcha sinflar sonlari ko‘rsatkichining yig‘indisidan ajralishning ehtimollik formulasiga muvofiq (1 : 2 : 1) har bir sinfning nazariy jihatdan kutilgan soni (q) hisoblab chiqiladi. So‘ngra har bir sinf uchun olingan amaliy sonlarning nazariy kutilayotgan sonlardan farqi (d) topiladi. Har bir sinfning farqini ko‘rsatuvchi sonlar kvadratga ko‘tarilib, har bir sinf uchun nazariy kutilayotgan songa bo‘linadi - d2/q. Har bir bo‘linmada olingan qiymatlar yig‘indisi topilib, χ2 qiymati aniqlanadi.Buni quyidagi jadval ko‘rinishida ifodalash mumkin:
Endi aniqlangan χ2 ning qiymati ehtimollik nuqtai nazaridan baholanadi. Buning uchun maxsus Fisher jadvalidan foydalaniladi. Bunda χ2 ning qiymati bo‘yicha olingan amaliy sonning nazariy kutilgan songa mosligining ehtimolligini (P) aniqlash uchun avvalo erkinlik darajasi topiladi.Erkinlik darajasi n - 1 ga teng. Bizning misolimizda bu son 2 ga (3 - 1) teng. χ2 ning qiymatiga yaqin sonni Fisher jadvalining 2-qatoridan topiladi. Jadval ko‘rsatkichiga ko‘ra, P ning qiymati 0,80-0,50 orasida yotadi. Bu olingan amaliy sonlarning monoduragay chatishtirishda F2 da kutilgan nazariy sonlarga mos ekanligini ko‘rsatadi. 78-masala*. Gultojibarglari to‘q sariq rangli g‘o‘za o‘simliklari gultojibarglari och sariq rangda bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklar gultojibargi to‘q sariq rangda bo‘ladi. SHunday duragay o‘simliklar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 403 tasi to‘q sariq gultojibargli, 129 tasi esa och sariq gultojibargli bo‘lgan. Ota-ona o‘simliklarning genotipini va F2 dagi ajralishning χ2 qiymatini aniqlang. Masalaning echilishi: Masala shartiga ko‘ra, F1 da faqat to‘q sariq gultojibargli o‘simliklarning rivojlanishi Mendelning birinchi qonuniga ko‘ra chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotip bo‘yicha gomozigotali bo‘lganidan dalolat beradi. To‘q sariq gultojibargli o‘simliklarning genotipi Y1Y1 va och sariq gultojibargli o‘simliklarning genotipi - y1y1, F1 o‘simliklariniki esa - Y1y1 bo‘ladi. F2 da olingan to‘q sariq gultojibargli va och sariq gultojibargli duragay o‘simliklarning nisbati 3 : 1 ga yaqin bo‘lgani uchun o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha ikkinchi avlod o‘simliklarining to‘q sariq gultojibargli o‘simliklari Y1Y1 yoki Y1y1 genotipga, och sariq gultojibargli o‘simliklari y1y1 genotipga ega bo‘ladi. SHu xulosalarga asoslanib, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha ifodalash mumkin: to‘q sariq gulli och sariq gulli P ♀ Y1Y1 X ♂ y1y1 g Y1 y1 F1 Y1y1 - to‘q sariq gulli to‘q sariq gulli to‘q sariq gulli P ♀ Y1y1 X ♂ Y1y1 g Y1, y1 Y1 , y1 F2 Y1Y1 - to‘q sariq gulli Y1y1 - to‘q sariq gulli Y1y1 - to‘q sariq gulli y1y1 - och sariq gulli Endi χ2 ning qiymatini aniqlaymiz.
P = 0,80 - 0,50. 79-masala*. Gultojibarglari to‘q sariq, changlari och sariq bo‘lgan g‘o‘za o‘simliklari gultojibarglari och sariq va changlari to‘q sariq bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning gultojibargi to‘q sariq va changlari ham to‘q sariq bo‘lgan. F2 da olingan o‘simliklarning 329 tasida gultojibarglari to‘q sariq, changlari ham to‘q sariq; 86 tasida gultojibarglari to‘q sariq, changlari och sariq; 97 tasida gultojibarglari och sariq, changlari to‘q sariq; 36 tasida gultojibarglari va changlari och sariq bo‘lgan. Ajralishning xarakterini va χ2 ni aniqlang. Masalaning echilishi: Belgi Gen Gultojibarglari to‘q sariq Y1 Gultojibarglari och sariq y1 CHanglari to‘q sariq P1 CHanglari och sariq p1 Olingan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi, chatishtirish uchun olingan ota-ona o‘simliklarining gomozigotaliligidan darak beradi. gultojibarglari gultojibarglari to‘q sariq, changlari och sariq, changlari och sariq to‘q sariq P ♀ Y1Y1p1p1 X ♂ y1y1P1P1 G Y1p1 y1P1 F1 Y1y1P1p1 - gultojibarglari to‘q sariq, changlari to‘q sariq gultojibarglari gultojibarglari to‘q sariq, changlari to‘q sariq, changlari to‘q sariq to‘q sariq P ♀ Y1y1P1p1 X ♂ Y1y1P1p1 g Y1P1 , Y1p1, y1P1, y1p1 Y1P1 , Y1p1, y1P1, y1p1 F2 1. Y1Y1P1P1 = 1 2. Y1Y1P1p1 = 2 9 Y1ˍP1ˍ - gultojibarg to‘q sariq, chang to‘q sariq 3. Y1y1P1P1 = 2 4. Y1y1P1p1 = 4 5. Y1Y1p1p1 = 1 3 Y1ˍpp - gultojibarg to‘q sariq, chang och sariq 6. Y1y1p1p1 = 2 7. y1y1P1P1 = 1 3 y1y1P1ˍ - gultojibarg och sariq, chang to‘q sariq 8. y1y1P1p1 = 2 9. y1y1p1p1 = 1 1 y1y1p1p1 - gultojibarg och sariq, chang och sariq F2 da to‘rtta fenotipik sinflar kuzatilib, ularning nisbati 9 : 3 : 3 : 1. Endi χ2 ning qiymatini aniqlaymiz.
P = 0,50 - 0,20 P ning qiymati olingan faktik sonlarning nazariy kutilgan sonlarga mos kelishini ko‘rsatadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling