Genetikadan masala ishlash


Download 1.16 Mb.
bet7/11
Sana13.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#144926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
genetika


126-masala. Oq patli tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 1365 tasi oq patga va 315 tasi rangli patga ega bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgi qanday qonuniyatga asosan irsiylanadi? Nazariy xulosangizni statistik metod yordamida izohlab bering.

127-masala. Oq patli tovuqlar boshqa bir zotga mansub oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan jo‘jalarning hammasi oq patli bo‘lgan. F1 tovuq va xo‘rozlari chatishtirilganda esa F2 da olingan jo‘jalarning 13/16 qismi oq patli va 3/16 qismi qora patli bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini va barcha tovuq hamda xo‘rozlarning genotipini aniqlang, nima uchun F2 da 13 : 3 nisbatda ajralish ketish sababini tushuntiring. F1 tovuqlari retsessiv oq patli xo‘rozlar bilan va gomozigotali qora xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda jo‘jalar pat rangi bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?

128-masala. Oq patli tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilib 170 ta jo‘ja olingan, ularning hammasi oq patli bo‘lgan. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlarning yarmi o‘zaro chatishtirilganda, ulardan olingan jo‘jalarning 593 tasi oq patli va 152 tasi qora patli bo‘lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki olingan qora xo‘rozlar bilan chatishtirilganda esa olingan jo‘jalarning 145 tasi oq va 144 tasi qora bo‘lgan. Olingan natijalarni izohlang, tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.

129-masala. Fermada mavjud oq tovuqlar boshqa bir fermadan keltirilgan xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 75% i oq patli va 25% i qora patli bo‘lgan. Qora patli jo‘jalar keyingi yili voyaga etib, ular o‘zaro chatishtirilganda olingan jo‘jalarning 75% i qora patli va 25% i oq patli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha tovuq va xo‘rozlarning hamda chatishtirishlardan keyin olingan jo‘jalarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib berish mumkinmi?

130-masala. Fermada oq patli tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 8088 ta jo‘ja olingan bo‘lib, ulardan 5055 tasi oq va 3033 tasi qora patli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.

131-masala. Bitta zotga mansub oq tovuqlar boshqa zotga mansub oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da oq jo‘jalar olingan. F2 da esa pat rangi bo‘yicha ajralish ketib, olingan jo‘jalarning 172 tasi oq va 33 tasi qora bo‘lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki chatishtirish uchun olingan oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda FB da olingan jo‘jalarning 146 tasi oq va 53 tasi qora bo‘lgan. F1 da olingan xo‘rozlar dastlabki chatishtirish uchun olingan tovuqlar bilan qayta chatishtirilganda, FB da 128 ta jo‘ja olingan bo‘lib, ularning hammasi oq bo‘lgan. Pat rangining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. F1, F2 va FB avlodlarda barcha natijalarni genetik jihatdan izohlang.

132-masala. Yilqichilik fermasida kulrang otlar qora otlar bilan chatishtirilgan. Birinchi avlodda olingan toychoqlarning hammasi kulrang bo‘lgan. Ikkinchi avlod olinganda esa toychoqlarni kulrang, qora va saman (sariq) ranglarga ajratish mumkin bo‘lgan, ya’ni toychoqlarning 12 qismi kulrang, 3 qismi qora va 1 qismi saman bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan otlarning hamda F1 va F2 da olingan toychoqlarning genotipini aniqlang.

133-masala*. Suli o‘simligida donning qora bo‘lishini dominant A geni va kulrang bo‘lishini B geni ta’minlaydi. A geni B geniga nisbatan epistatik xususiyatga ega. Dominant genlarning genotipda bo‘lmasligi don rangining oq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi genotiplarga ega bo‘lgan suli o‘simliklarining don rangi bo‘yicha fenotipini aniqlang:

1) AABB; 2) AAbb; 3) Aabb; 4) aaBB; 5) AaBb; 6) aaBb

Masalaning echilishi:

1) AABB - qora; 2) AAbb - qora; 3) Aabb - qora; 4) aaBB - kulrang;

5) AaBb - qora; 6) aaBb - kulrang.

134-masala*. Qora donli suli o‘simliklari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 2/4 qismi qora, 1/4 qismi kulrang va 1/4 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

P ♀ qora X ♂ oq

F1 2/4 qora; 1/4 kulrang; 1/4 oq

Olingan natijadan ko‘rinib turibdiki, qora donli o‘simliklar geterozigota bo‘lgan. Agar monogeterozigota bo‘lganda edi, unda F1 da 1:1 nisbatda ikkita fenotipik sinfga ajralish ketgan bo‘lar edi. SHunga ko‘ra, qora donli o‘simliklarni digeterozigotali deb olamiz:

qora oq


P ♀ AaBb X ♂ aabb

g AB, Ab, aB, ab ab

FB AaBb Aabb aaBb aabb

qora qora kulrang oq

2 1 1

Javob: qora donli o‘simliklarning genotipi AaBb va oq donli o‘simliklarning genotipi aabb.



135-masala*. Qora donli suli o‘simliklari kulrang donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 4/8 qismi qora, 3/8 qismi kulrang va 1/8 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Masalaning shartidan ko‘rinib turibdiki, chatishtirish uchun olingan o‘simliklardan biri digeterozigotali va ikkinchisi monogeterozigotali bo‘lgan ( chunki oq donli, ya’ni retsessiv belgili o‘simliklar 1/8 qism bo‘lgan). Qora donli o‘simliklar eng ko‘p ( 4/8 qism) bo‘lgani uchun ularning genotipini AaBb deb olish mumkin, unda kulrang donli o‘simliklarning genotipi aaBb bo‘ladi. Buni genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin:

qora kulrang

P ♀ AaBb X ♂ aaBb

g AB, Ab, aB, ab aB, ab

F1 AaBB - qora AaBb - qora

AaBb - qora Aabb - qora

aaBB - kulrang aaBb - kulrang

aaBb - kulrang aabb - oq

Javob: qora donli o‘simliklarning genotipi AaBb va kulrang donli o‘simliklarning genotipi aaBb.

136-masala. Qora donli suli o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning 12/16 qismi qora, 3/16 qismi kulrang va 1/16 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

137-masala. Qora donli suli o‘simliklari kulrang donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i qora, 25% i kulrang va 25% i oq donli bo‘lgan. CHatishtirishdan olingan qora donli o‘simliklarning ayrimlari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 1/2 qismi qora, 1/2 qismi oq donli bo‘lgan. Ayrim qora donli o‘simliklar oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda esa 2/4 qism qora, 1/4 qism kulrang va 1/4 qism oq donli o‘simliklar olingan. Olingan natijalarga asoslanib, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi haqida nima deyish mumkin? CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang.

138-masala. Qora donlardan unib chiqqan suli o‘simliklaridan hosil yig‘ib olinganda, uning 277 tasi qora, 81 tasi kulrang va 26 tasi oq donli bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering hamda fenotip bo‘yicha olingan amaliy nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga yaqin yoki uzoq ekanligini statistik metod yordamida aniqlang.

139-masala. Sariq mevali qovoq o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning mevasi oq mevali bo‘lgan. F2 da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17 ta yashil mevali o‘simliklar olingan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. F1 da olingan oq mevali o‘simliklar yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi o‘simliklar meva rangi bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?

140-masala. Sariq mevali qovoq o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning mevasi oq mevali bo‘lgan. F2 da esa o‘simliklarning 204 tasi oq mevali, 53 tasi sariq mevali va 17 tasi yashil mevali bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering. Olingan natija qanday nisbatga to‘g‘ri keladi? Statistik metod yordamida amaliy olingan nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga qanchalik to‘g‘ri kelish yoki kelmasligini aniqlang.

141-masala. Oq mevali qovoq o‘simliklari yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i oq, 25% i sariq va 25% i yashil mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
Noallel genlar o‘zaro ta’sirining polimeriya tipi.

Organizmlarda morfologik-sifat belgilardan tashqari yana shunday belgilar ham borki, masalan, o‘simliklarning bo‘yi, paxta tolasining chiqishi, paxta tolasining uzunligi, hayvonlarning tirik vazni, qoramollardan sog‘ib olinadigan sutning miqdori va uning yog‘liligi kabi belgilarni aniq fenotipik sinflarga ajratib bo‘lmaydi, ularni tortish, o‘lchash, sanash, ya’ni miqdor jihatdan baholash kerak bo‘ladi. Bunday belgilar odatda miqdor belgilar deb yuritiladi. Miqdor belgilar qanday irsiylanadi?

Miqdor belgilarning irsiylanishini nazorat qiluvchi genlar polimer genlar deb ataladi, chunki ular rivojlanayotgan bitta belgiga bir xil effektda ta’sir ko‘rsatadi. Ular bosh harflar bilan belgilanib, har bir gen allellari indekslar bilan belgilanadi. Masalan, bitta belgining nazorat qilinishida 3 ta allel bo‘lmagan genlar ishtirok etayotgan bo‘lsa, ularni quyidagicha belgilaymiz: A1, A2, A3. Nafaqat miqdor belgilar, balki morfologik - sifat belgilar ham polimer tipda irsiylanishi mumkin.

142*-masala. Bug‘doy o‘simligida donning rangli bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan dominant genlarga bog‘liq. Donning to‘q qizil rangi A1A1A2A2 genotipga, qizil bo‘lishi A1A1A2a2 va A1a1A2A2 genotiplarga, och qizil bo‘lishi A1A1a2a2, a1a1A2A2, A1a1A2a2 genotiplarga, juda och qizil bo‘lishi A1a1a2a2, a1a1A2a2 genotiplarga va oq bo‘lishi a1a1a2a2 genotipga bog‘liq. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan bug‘doy o‘simliklarini chatishtirilganda keyingi avlodda olinadigan o‘simliklarning genotipini va fenotipini hamda ularning nisbatini aniqlang:

1) A1a1A2A2 x a1a1a2a2; 2) A1a1a2a2 x a1a1A2a2; 3) A1a1A2a2 x A1a1A2a2.


Masalaning echilishi:

1) P ♀ A1a1A2A2 X ♂ a1a1a2a2

g A1A2, a1A2 a1a2

F1 A1a1A2a2 , a1a1A2a2



1 och qizil 1 juda och qizil

2) P ♀ A1a1a2a2 X ♂ a1a1A2a2

g A1a2, a1a2 a1A2, a1a2

F1 A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2



1 och qizil 2 juda och qizil 1 oq

3) P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2

g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2

F1 1. A1A1A2A2 = 1 to‘q qizil 1 to‘q qizil

2. A1A1A2a2 = 2 qizil

3. A1a1A2A2 = 2 qizil 4 qizil

4. A1a1A2A2 = 4 och qizil

5. A1A1a2a2 = 1 och qizil 6 och qizil

6. a1a1A2A2 = 1 och qizil

7. A1a1a2a2 = 2 juda och qizil 4 juda och qizil

8. a1a1A2a2 = 2 juda och qizil

9. a1a1a2a2 = 1 oq 1 oq



143-masala. Och qizil donli bug‘doy o‘simliklari xuddi shunday och qizil donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning doni ham och qizil bo‘lgan. Lekin birinchi avlod o‘simliklaridan urug‘ yig‘ib olinib, ikkinchi avlod o‘simliklari olinganda don rangi bo‘yicha ajralish ketgan. F2 o‘simliklarining 1/16 qismi to‘q qizil donli, 4/16 qismi qizil donli, 6/16 qismi och qizil donli, 4/16 qismi juda och qizil donli va 1/16 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang hamda nima uchun F2 da 1:4:6:4:1 nisbatda ajralish ketganligini tushuntirib bering.

144-masala. Tajribalardan birida och qizil donli bug‘doy o‘simliklari chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o‘simliklarning hammasi och qizil donli bo‘lgan. CHatishtirishdan olingan o‘simliklar o‘z-o‘ziga chatishtirilib, ikkinchi avlod olinganda esa o‘simliklarni don rangi bo‘yicha kuyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo‘lgan: to‘q qizil, qizil, och qizil, juda och qizil va oq donli o‘simliklar. Bu fenotipik sinflarga kiruvchi o‘simliklarning nisbati 1:4:6:4:1 ga teng bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

145-masala. Och qizil donli bug‘doy o‘simliklari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 25% i och qizil donli, 50% i juda och qizil donli va 25% i oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

146-masala. Qizil boshoqli bug‘doy o‘simliklari oq boshoqli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da boshoq rangi bo‘yicha xilma-xillik ketgan. Bunda F1 da olingan o‘simliklarning 42 tasi qizil va 15 tasi oq boshoqli bo‘lgan. Boshqa bir qizil boshoqli o‘simliklar yana o‘sha oq boshoqli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o‘simliklari yana xilma-xillik bergan. Bunda F1 o‘simliklarining 54 tasi qizil va 18 tasi oq boshoqli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan qizil boshoqli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda, F1 o‘simliklarining 82 tasi qizil va 5 tasi oq boshoqli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha o‘simliklarning genotipini va o‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.

147-masala. Bug‘doy o‘simligining don rangi bo‘yicha farqlanuvchi namunalarini chatishtirishdan olingan natijalarni genetik jihatdan izohlang:

1. R qizil donli x oq donli

F1 3/4 qizil donli : 1/4 oq donli

2. R qizil donli x qizil donli

F1 7/8 qizil donli : 1/8 oq donli.

148-masala*. Jag‘-jag‘ o‘simligida mevasining shakli uchburchaksimon va tuxumsimon bo‘ladi. Uchburchaksimon mevali o‘simliklar tuxumsimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi uchburchaksimon mevali bo‘lgan. F2 da esa olingan o‘simliklarning 15/16 qismi uchburchaksimon mevali va 1/16 qismi tuxumsimon mevali bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 da olingan o‘simliklarni tuxumsimon mevali o‘simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday mevali o‘simliklar olish mumkin?

Masalaning echilishi:

Uchburchaksimon mevali o‘simliklar tuxumsimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 da uchburchaksimon mevali o‘simliklarning olinishi, mevaning uchburchaksimon shakli tuxumsimon shakli ustidan dominantlik qilishini ko‘rsatadi. F2 da 15:1 nisbatda ajralish ketishi esa F1 o‘simliklarining digeterozigotaliligidan dalolat beradi. SHunga ko‘ra, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin:

uchburchaksimon tuxumsimon

P ♀ A1A1A2A2 X ♂ a1a1a2a2

F1 A1a1A2a2 - uchburchaksimon


uchburchaksimon uchburchaksimon

P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2

g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2

F2 1. A1A1A2A2 - 1 uchburchaksimon

2. A1A1A2a2 - 2 uchburchaksimon

3. A1a1A2A2 - 2 uchburchaksimon

4. A1a1A2a2 - 4 uchburchaksimon 15 uchburchaksimon

5. A1A1a2a2 - 1 uchburchaksimon

6. A1a1a2a2 - 2 uchburchaksimon

7. a1a1A2A2 - 1 uchburchaksimon

8. a1a1A2a2 - 2 uchburchaksimon

9. a1a1a2a2 - 1 tuxumsimon 1 tuxumsimon

Jag‘-jag‘ o‘simligida mevasining uchburchaksimon shaklda bo‘lishi allel bo‘lmagan dominant genlarning o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Meva uchburchaksimon bo‘lishi uchun genotipda shu dominant genlardan bittasi bo‘lsa kifoya.

F1 o‘simliklari tuxumsimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, quyidagi natijani olish mumkin:

uchburchaksimon tuxumsimon

P ♀ A1a1A2a2 X ♂ a1a1a2a2

FB A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2

3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon



149-masala*. Ikkita uchburchaksimon mevali jag‘-jag‘ o‘smliklari o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 3/4 qismi uchburchaksimon mevali va 1/4 qismi tuxumsimon mevali bo‘lgan. SHu o‘simliklardan biri boshqa bir uchburchaksimon mevali o‘simlik bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 7/8 qismi uchburchaksimon mevali va 1/8 qismi tuxumsimon mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Birinchi marta uchburchaksimon mevali jag‘-jag‘ o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda F1 da 3:1 nisbatda ajralish ketishi, har ikki o‘simlik monogeterozigotali bo‘lganligini ko‘rsatadi, ya’ni:

P ♀ A1a1a2a2 X ♂ A1a1a2a2

F1 A1A1a2a2 , A1a1a2a2 , A1a1a2a2 , a1a1a2a2

3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon

P ♀ A1a1a2a2 X ♂ a1a1A2a2

F1 A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2

3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon

Birinchi marta chatishtirish uchun olingan o‘simliklar biri boshqa bir uchburchaksimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda 7:1 nisbatda ajralish ketishi keyingi o‘simlikning digeterozigotaliligidan dalolat beradi:

P ♀ A1a1a2a2 X ♂ A1a1A2a2

g A1a2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2

F1 1. A1A1A2a2 5. A1a1A2a2

2. A1A1a2a2 6. A1a1a2a2

3. A1a1A2a2 7. a1a1A2a2

4. A1a1a2a2 8. a1a1a2a2

Bu erda 1-7 gacha genotipik sinflarga kiruvchi o‘simliklarning mevasi uchburchaksimon va 8- genotipik sinf o‘simliklari tuxumsimon mevali bo‘ladi.

150-masala. Mevasi uchburchaksimon shaklga ega bo‘lgan jag‘-jag‘ o‘simliklari chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 15 qismi uchburchaksimon mevali va 1 qismi tuxumsimon mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan uchburchaksimon mevali o‘simliklar tuxumsimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 3/4 qismi uchburchaksimon mevali va 1/4 qismi tuxumsimon mevali bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgi bo‘yicha barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang hamda irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.

151-masala. Bug‘doy o‘simligining bahorgi va kuzgi navlari ma’lum. O‘simliklarning kuzgi yoki bahorgi bo‘lishi ularning genotipiga bog‘liq. Bug‘doyning bahorgi bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan dominant genlarning polimer ta’siriga bog‘liq, kuzgi bo‘lishi esa shu genlarning retsessiv allellari yig‘indisiga bog‘liq. Gomozigotali bahorgi bug‘doy o‘simliklari kuzgi bug‘doy o‘simliklari bilan chatishtirilsa, F1 va F2 da olinadigan o‘simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? Ularning nisbati-chi?

152-masala. O‘simliklar bo‘yining baland yoki past bo‘lishi bir necha dominant genlarning polimer ta’siriga bog‘liq. Masalan, jo‘xori o‘simligida o‘simlik bo‘yining 120 sm atrofida bo‘lishi A1A1A2A2 genotipga va 40 sm atrofida bo‘lishi a1a1a2a2 genotipga bog‘liq. Agar o‘simlikning bo‘yi genotipdagi dominant genlarning soniga bog‘liq bo‘lsa, quyidagi genotipli o‘simliklarning bo‘yi taxminan necha santimetr bo‘ladi?

1) A1A1A2a2; 2) A1a1A2a2; 3) A1A1a2a2; 4) A1a1a2a2



153-masala*. Uch juft polimer genlar bo‘yicha retsessiv gomozigotali o‘simliklar 32 sm, shu genlarning dominant gomozigota holatida esa 50 sm bo‘yga ega bo‘lishadi. Agar retsessiv gomozigotali o‘simliklar dominant gomozigotali o‘simliklar bilan chatishtirilganda 192 ta o‘simlik olingan bo‘lsa, ularning qancha qismi 44 sm bo‘yga ega bo‘lishadi?

Masalaning echilishi:

uch juft retsessiv polimer genlar – a1a1a2a2a3a3 o‘simliklarning 32 sm. lik bo‘yini belgilaydi, uch juft dominant polimer genlar 50 sm. lik bo‘yni belgilaydi. Bo‘ylar o‘rtasidagi farqni aniqlaymiz: 50 – 32 = 18 sm.

18 sm. ni 6 ta dominant allelga bo‘lib, bitta dominant allelning ulushini topamiz: 18 : 6 = 3 sm. Demak, har bir dominant alel 3 sm. bo‘yning o‘sishini belgilaydi.

Ota-ona genotiplarini belgilaymiz:
32 sm 50 sm

P ♀ a1a1a2a2a3a3 X ♂ A1A1A2A2A3A3

g a1a2a3 A1A2A3

F1 A1a1A2a2A3a3 - 41 sm

41 sm 41 sm

P ♀ A1a1A2a2A3a3 X ♂ A1a1A2a2A3a3

g A1A2A3 A1A2A3

A1A2a3 A1A2a3

A1a2A3 A1a2A3

a1A2A3 a1A2A3

A1a2a3 A1a2a3

a1A2a3 a1A2a3

a1a2A3 a1a2A3

a1a2a3 a1a2a3

F2 1. A1A1A2A2A3A3 = 1 – 6 ta dominant = 50 sm 1 ta

2. A1A1A2A2A3a3 = 2 – 5 ta dominant = 47 sm

3. A1A1A2a2A3A3 = 2 – 5 ta dominant = 47 sm 6 ta

4. A1a1A2A2A3A3 = 2 – 5 ta dominant = 47 sm

5. A1A1A2A2a3a3 = 1 – 4 ta dominant = 44 sm

6. A1A1a2a2A3A3 = 1 – 4 ta dominant = 44 sm

7. a1a1A2A2A3A3 = 1 – 4 ta dominant = 44 sm 15 ta

8. A1A1A2a2A3a3 = 4 – 4 ta dominant = 44 sm

9. A1a1A2A2A3a3 = 4 – 4 ta dominant = 44 sm

10. A1a1A2a2A3A3 = 4 – 4 ta dominant = 44 sm

11. A1a1A2a2A3a3 = 8 – 3 ta dominant = 41 sm

12. A1a1A2A2a3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm

13. A1A1A2a2a3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm

14. A1a1a2a2A3A3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm 20 ta

15. a1a1A2a2A3A3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm

16. a1a1A2A2A3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm

17. A1A1a2a2A3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm

18. A1a1A2a2a3a3 = 4 – 2 ta dominant = 38 sm

19. A1a1a2a2A3a3 = 4 – 2 ta dominant = 38 sm

20. a1a1A2a2A3a3 = 4 – 2 ta dominant = 38 sm 15 ta

21. A1A1a2a2a3a3 = 1 – 2 ta dominant = 38 sm

22. a1a1A2A2a3a3 = 1 – 2 ta dominant = 38 sm

23. a1a1a2a2A3A3 = 1 – 2 ta dominant = 38 sm

24. A1a1a2a2a3a3 = 2 – 1 ta dominant = 35 sm

25. a1a1A2a2a3a3 = 2 – 1 ta dominant = 35 sm 6 ta

26. a1a1a2a2A3a3 = 2 – 1 ta dominant = 35 sm

27. a1a1a2a2a3a3 = 1 – 6 ta retsessiv = 32 sm 1 ta





Dominant allellar soni




6 ta

5 ta

4 ta

3 ta

2 ta

1 ta

0


Takrorlanish

CHastotasi



1

6

15

20

15

6

1

O‘simliklar

bo‘yi


sm hisobida

50

47

44

41

38

35

32

Hamma o‘simliklar soni – 192 ta.

1/64 qismning ulushini topamiz: 192 : 64 = 3

1 ulushga 3 ta o‘simlik to‘g‘ri keladi. 44 santimetr bo‘yga ega bo‘lgan o‘simliklar 15 qismni yoki 15 x 3 = 45 ta o‘simlikni tashkil qiladi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling