Genetikadan masala ishlash


Bir belgi bo‘yicha to‘liq, ikkinchi belgi bo‘yicha to‘liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi


Download 1.16 Mb.
bet4/11
Sana13.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#144926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
genetika


Bir belgi bo‘yicha to‘liq, ikkinchi belgi bo‘yicha to‘liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi.
80-masala*. CHeklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za liniyasi cheklangan shoxli, oq tolali boshqa bir liniya bilan chatishtirilib, F1 da cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali duragaylar olindi. F1 duragaylari o‘z-o‘zi bilan changlantirilib F2 duragaylari olindi. F2 da hosil bo‘ladigan fenotipik va genotipik sinflarni aniqlang. F1 duragaylari har ikki ota-ona bilan qayta chatishtirilsa, qanday genotip va fenotiplar hosil bo‘ladi?

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

CHeklanmagan shoxlanish S

CHeklangan shoxlanish s

Qo‘ng‘ir tola FrBr

Oq tola Frbr

Novvot rang tola FrBr Frbr


F1 duragaylarida cheklanmagan shoxlanishning rivojlanishi ona sifatida olingan liniyaning shoxlanish tipi bo‘yicha dominant gomozigotali ekanligini ko‘rsatadi. Ota-ona liniyalarining genotiplarini yozamiz:

cheklanmagan shoxli, cheklangan shoxli,

qo‘ng‘ir tolali oq tolali

P ♀ SS FrBr FrBr X ♂ ss Frbr Frbr

G SFrBr sFrbr

F1 Ss FrBr Frbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

cheklanmagan shoxli, cheklanmagan shoxli,

novvot rang tolali novvot rang tolali

P ♀ Ss FrBr Frbr X ♂ Ss FrBr Frbr

g SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr

F2 SS FrBrFrBr - 1 cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali

SS FrBr Frbr - 2 cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

SS Frbr Frbr - 1 cheklanmagan shoxli, oq tolali

Ss FrBrFrBr - 2 cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali

Ss FrBr Frbr - 4 cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

Ss Frbr Frbr - 2 cheklanmagan shoxli, oq tolali

ss FrBrFrBr - 1 cheklangan shoxli, qo‘ng‘ir tolali

ss FrBr Frbr - 2 cheklangan shoxli, novvot rang tolali

ss Frbr Frbr - 1 cheklangan shoxli, oq tolali.

Fenotipik sinflar:

1. cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali - 3

2. cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali - 6

3. cheklanmagan shoxli, oq tolali - 3

4. cheklangan shoxli, qo‘ng‘ir tolali - 1

5. cheklangan shoxli, novvot rang tolali - 2

6. cheklangan shoxli, oq tolali - 1

Fenotipik sinflar nisbati 3 : 6 : 3 : 1 : 2 : 1

Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1

Agar bir belgi bo‘yicha to‘liq dominantlik, ikkinchi belgi bo‘yicha to‘liqsiz dominantlik hodisasi kuzatilsa, F2 da 6 ta fenotipik sinf va 9 ta genotipik sinflar hosil bo‘ladi.

Agar F1 duragaylarini dominant gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirsak, u holda:

cheklanmagan shoxli, cheklanmagan shoxli,

novvot rang tolali qo‘ng‘ir tolali

P ♀ Ss FrBr Frbr X ♂ SS FrBr FrBr

g SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr SFrBr

FB 1. SS FrBrFrBr - cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali

2. SS FrBr Frbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

3. Ss FrBrFrBr - cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali

4. Ss FrBr Frbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

2 ta fenotipik sinf hosil bo‘ladi:

1. cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali - 2

2. cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali - 2

Nisbat 2 : 2

Agar F1 duragaylari retsessiv gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirilsa:

cheklanmagan shoxli, cheklangan shoxli,

novvot rang tolali oq tolali

P ♀ Ss FrBr Frbr X ♂ ss Frbr Frbr

g SFrBr, SFrbr, sFrBr, sFrbr sFrbr

FB 1. Ss FrBrFrbr - cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali

2. Ss Frbr Frbr - cheklanmagan shoxli, oq tolali

3. ss FrBrFrbr - cheklangan shoxli, novvot rang tolali

4. ss Frbr Frbr - cheklangan shoxli, oq tolali

Ikkinchi variantdagi qayta chatishtirishda to‘rtta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi va ularning nisbati 1 : 1 : 1 : 1.



81-masala. Boshog‘ida donlari tig‘iz joylashgan va qiltanoqli bug‘doy o‘simliklari boshog‘ida donlari siyrak joylashgan va qiltanoqsiz boshqa o‘simliklar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan duragaylarning hammasi boshog‘ida donlari o‘rtacha tig‘izlikda joylashgan va qiltanoqsiz boshoqli bo‘lgan. Ikkinchi avlodda 58 ta qiltanoqsiz va donlari tig‘iz joylashgan boshoqli; 125 ta qiltanoqsiz va donlari o‘rtacha tig‘izlikda joylashgan boshoqli; 62 ta qiltanoqsiz va donlari siyrak joylashgan boshoqli; 18 ta qiltanoqli va donlari tig‘iz joylashgan boshoqli; 40 ta qiltanoqli va donlari o‘rtacha tig‘izlikda joylashgan boshoqli hamda 21 ta qiltanoqli va donlari siyrak joylashgan boshoqli o‘simliklar olingan. O‘rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi?

82-masala. CHeklanmagan shoxli va oq tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli va qo‘ng‘ir tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va novvot rang tolali bo‘lgan. Ikkinchi avlodda olingan o‘simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin:

533 ta cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali;

1102 ta cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali;

548 ta cheklanmagan shoxli, oq tolali;

178 ta cheklangan shoxli, qo‘ng‘ir tolali;

370 ta cheklangan shoxli, novvot rang tolali;

186 ta cheklangan shoxli, oq tolali.

Olingan natijaga asoslanib, o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. Nazariy xulosangizni statistik metod yordamida izohlang.



83-masala. CHeklanmagan shoxli va bargi panjasimon-bo‘linmali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, panjasimon kesik bargli o‘simlik bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va bargi panjasimon-bo‘lakli bo‘lgan. F2 da esa o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha quyidagicha ajralish ketgan:

549 ta cheklanmagan shoxli, panjasimon kesik bargli;

1088 ta cheklanmagan shoxli, bargi panjasimon-bo‘lakli;

552 ta cheklanmagan shoxli, bargi panjasimon-bo‘linmali;

160 ta cheklangan shoxli, panjasimon kesik bargli;

356 ta cheklangan shoxli, bargi panjasimon-bo‘lakli;

192 ta cheklangan shoxli, bargi panjasimon-bo‘linmali.

Olingan natijalarga asoslanib, o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini tushuntirib bering hamda nazariy xulosangizni statistik metod yordamida isbotlang.



84-masala. CHeklangan shoxli va qizil rangli g‘o‘za o‘simliklari cheklanmagan shoxli va yashil rangli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va och qizil rangda bo‘lgan. F2 da olingan o‘simliklar quyidagi fenotipik sinflarga ajralish bergan:

551 ta cheklanmagan shoxli, qizil rangli;

1076 ta cheklanmagan shoxli, och qizil rangli;

562 ta cheklanmagan shoxli, yashil rangli;

168 ta cheklangan shoxli, qizil rangli;

358 ta cheklangan shoxli, och qizil rangli;

201 ta cheklangan shoxli, yashil rangli.

Olingan natijalarga asoslanib, o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini tushuntirib bering hamda nazariy xulosangizni statistik metod yordamida isbotlang.



85-masala. Qoramollarda shoxsizlik shoxlilik ustidan to‘liq va junining qizil bo‘lishi oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi. Qizil junli sigirlar oq junli buqalar bilan chatishtirilsa, F1 da targ‘il buzoqchalar olinadi.

1) shoxsiz, targ‘il sigir va buqalar (digeterozigotali) chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan buzoqlarning qancha qismi o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha ota-onasiga o‘xshash bo‘ladi?

2) shoxli, targ‘il sigir shoxsiz, targ‘il buqa bilan chatishtirilganda shoxli, targ‘il buzoq tug‘ilgan. Sigir va buqaning genotipini aniqlash mumkinmi?

3) shoxsiz, targ‘il sigirlar shoxli, oq junli buqalar bilan chatishtirilganda shoxli va oq junli buzoq tug‘ilgan. SHu sigir va buqaning keyingi buzoqlari qanday fenotipga ega bo‘lish ehtimoli bor?



86-masala. Oq patli va kokilli tovuq zoti qora, kokilsiz zoti bilan chatishtirilganda olingan jo‘jalarning hammasi chipor, kokilli bo‘lgan. F2 da o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha qanday ajralish ketadi? F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar boshlang‘ich tovuq va xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

87-masala. G‘o‘za o‘simligida gulyonbarglarning yuraksimon shakli (Fg) ingichka shakli (fg) ustidan to‘liq, barg plastinkasining panjasimon kesik

(Ol) shakli panjasimon-bo‘linma (ol) shakli ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.

Gomozigotali gulyonbarglari yuraksimon shaklda bo‘lgan, barg plastinkasining shakli panjasimon-bo‘linmali g‘o‘za o‘simliklari gulyonbarglari ingichka shaklda va barg plastinkasining shakli panjasimon kesik bo‘lgan g‘o‘za o‘simliklari bilan chatishtirilib, F1 da gulyonbarglari yuraksimon shaklda, barg plastinkasining shakli panjasimon bo‘lakli bo‘lgan duragaylar olindi. F1 duragaylari o‘z-o‘zi bilan changlantirilib F2 duragaylari olindi. F2 da hosil bo‘ladigan genotipik va fenotipik sinflarni aniqlang.

Har ikki belgi bo‘yicha to‘liqsiz dominantlik holati kuzatilgan vaqtda belgilarning irsiylanishi.
88-masala*. G‘o‘za o‘simligida o‘simlikning antotsian rangi (Rp) yashil rangi (rp) ustidan to‘liqsiz, tolaning qo‘ng‘ir rangi (FrBr) oq rangi (Frbr) ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi. Har ikki belgi bo‘yicha dominant gomozigotali g‘o‘za o‘simligi har ikki belgisi retsessiv gomozigotali boshqa bir g‘o‘za o‘simligi bilan chatishtirilib, F1 da o‘simlik rangi oraliq, tolasi novvot rangda bo‘lgan duragay o‘simliklar olindi. F1 duragaylarini o‘z-o‘zi bilan changlantirib F2 o‘simliklari olindi. F2 duragaylarida kuzatiladigan genotipik va fenotipik sinflarni aniqlang. F1 duragaylari har ikki ota-ona o‘simliklar bilan qayta chatishtirilsa nima bo‘ladi?

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

O‘simlikning antotsian rangi Rp

O‘simlikning yashil rangi rp

Tolaning qo‘ng‘ir rangi FrBr

Tolaning oq rangi Frbr
antotsian rang, yashil rang,

qo‘ng‘ir tola oq tola

P ♀ Rp Rp FrBr FrBr X ♂ rp rp Frbr Frbr

g Rp FrBr rp Frbr


F1 Rp rp FrBr Frbr - oraliq rang, novvot rang tola

oraliq rang, oraliq rang,

novvot rang tola novvot rang tola

P ♀ Rp rp FrBr Frbr X ♂ Rp rp FrBr Frbr

g Rp FrBr, Rp Frbr, Rp FrBr, Rp Frbr,

rp FrBr, rp Frbr rp FrBr, rp Frbr

F2 1. Rp Rp FrBr FrBr - 1 antotsian, qo‘ng‘ir tola

2. Rp Rp FrBr Frbr - 2 antotsian, novvot rang tola

3. Rp Rp Frbr Frbr - 1 antotsian, oq tola

4. Rp rp FrBr FrBr - 2 oraliq rang, qo‘ng‘ir tola

5. Rp rp FrBr Frbr - 4 oraliq rang, novvot rang tola

6. Rp rp Frbr Frbr - 2 oraliq rang, oq tola

7. rp rp FrBr FrBr - 1 yashil, qo‘ng‘ir tola

8. rp rp FrBr Frbr - 2 yashil, novvot rang tola

9. rp rp Frbr Frbr - 1 yashil, oq tola

Har ikki belgi bo‘yicha to‘liqsiz dominantlik hodisasi kuzatilgan vaqtda F2 da:

9 ta fenotipik sinf hosil bo‘ladi, ularning nisbati - 1:2:2:4:1:2:1:2:1

9 ta genotipik sinf hosil bo‘ladi, ularning nisbati - 1:2:2:4:1:2:1:2:1

Fenotipik va genotipik sinflarning soni bir xil bo‘lib, 9 ga teng bo‘ladi. Agar F1 duragaylarini dominant gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirilsa, u holda:

oraliq rang, antotsian rang,

novvot rang tola qo‘ng‘ir tola

P ♀ Rp rp FrBr Frbr X ♂ Rp Rp FrBr FrBr

g Rp FrBr, Rp Frbr, Rp FrBr

rp FrBr, rp Frbr

FB Rp Rp FrBr FrBr - antotsian, qo‘ng‘ir tola

Rp Rp FrBr Frbr - antotsian, novvot rang tola

Rp rp FrBr FrBr - oraliq rang, qo‘ng‘ir tola

Rp rp FrBr Frbr - oraliq rang, novvot rang tola

FB da to‘rtta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi, ularning nisbati 1:1:1:1.

Agar F1 duragaylari retsessiv gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirilsa:

oraliq rang, yashil rang,

novvot rang tola oq tola

P ♀ Rp rp FrBr Frbr X ♂ rp rp Frbr Frbr

g Rp FrBr, Rp Frbr, rp Frbr

rp FrBr, rp Frbr

FB Rp rp FrBr Frbr - oraliq rang, novvot rang tola

Rp rp Frbr Frbr - oraliq rang, oq tola

rp rp FrBr Frbr - yashil rang, novvot rang tola

rp rp Frbr Frbr - yashil rang, oq tola

Bunda ham FB da to‘rtta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi, ularning nisbati 1:1:1:1.



89-masala. Ikkita g‘o‘za o‘simligi o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 26 ta antotsian rangli va qo‘ng‘ir tolali; 25 ta oraliq rangli va qo‘ng‘ir tolali; 21 ta antotsian rangli va novvot rang tolali; 28 ta oraliq rangli va novvot rang tolali duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g‘o‘za o‘simliklarining genotipini aniqlang.

90-masala. Ikki xil g‘o‘za o‘simliklari o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda quyidagi fenotip ko‘rinishidagi duragaylar olindi: 1/8 qism antotsian rangli, qo‘ng‘ir tolali; 1/4 qism antotsian rangli va novvot rang tolali; 1/8 qism antotsian rangli va oq tolali; 1/8 qism oraliq rangli va qo‘ng‘ir tolali; 1/4 qism oraliq rangli va novvot rang tolali; 1/8 qism oraliq rangli va oq tolali. Boshlang‘ich ota-ona sifatida olingan g‘o‘za o‘simliklarining genotipini aniqlang.

91-masala. Ikkita g‘o‘za o‘simligi o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 1/4 qism antotsian rangli va qo‘ng‘ir tolali; 1/2 qism oraliq rangli va qo‘ng‘ir tolali va 1/4 qism yashil rangli va qo‘ng‘ir tolali duragaylar olingan. Ota-ona o‘simliklarining genotipini aniqlang.

Poliduragay chatishtirish.

92-masala*. Quyida keltirilgan genotiplar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?

1) CCDDKK; 2) CCDdkk; 3) CcDdKK; 4) CcDdKk; 5) CcDdKkLl

Masalaning echilishi:

1) CCDDKK = CDK (gomozigotali bo‘lgani uchun faqat bir tipdagi gametalarni hosil qiladi).

2) CCDdkk = CDk, Cdk (monogeterozigotali bo‘lgani uchun ikki tipdagi gametalarni hosil qiladi).

3) CcDdKK = CDK, CdK, cDK, cdK ( digeterozigotali bo‘lgani uchun to‘rt tipdagi gametalarni hosil qiladi).

4) CcDdKk = CDK, CDk, CdK, cDK, Cdk, cDk, cdK, cdk ( trigeterozigotali bo‘lgani uchun sakkiz tipdagi gametalarni hosil qiladi).

5) CcDdKkLl = tetrageterozigotali bo‘lgani uchun o‘n olti tipdagi gametalarni hosil qiladi. Gameta hosil bo‘lishining uch xil yo‘lini ko‘rib o‘tamiz:

a) CcDdKkLl = CDKL, CDKl, CDkL, CdKL, cDKL, CDkl, CdKl, CdkL, cDKl, cDkL, cdKL, Cdkl, cDkl, cdKl, cdkL, cdkl.

b) CDKL CdKL cDKL cdKL

CDKl CdKl cDKl cdKl

CDkL CdkL cDkL cdkL

CDkl Cdkl cDkl cdkl

v) C c


D d D d

K k K k K k K k

L l L l L l L l L l L l L l L l

93-masala*. No‘xat o‘simligida donning sariq rangi A yashil rangi a ustidan, donning silliq shaklda bo‘lishi B burishgan bo‘lishi b ustidan, gulining qizil rangi C oq rangi c ustidan to‘liq dominantlik qiladi.

Quyidagi genotipga ega bo‘lgan no‘xat o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotip va fenotipini aniqlang:

1) AaBbcc x aabbcc; 2) AaBbCc x aabbcc;

3) AaBBcc x aabbCc; 4) AaBbCc x AaBbCc.

Masalaning echilishi:

1) P ♀ AaBbcc X ♂ aabbcc

g ABc, Abc, aBc, abc abc

F1 AaBbcc - sariq, silliq, oq

Aabbcc - sariq, burishgan, oq

aaBbcc - yashil, silliq, oq

aabbcc - yashil, burishgan,oq

Bu masalada digeterozigotali o‘simlik retsessiv gomozigotali o‘simlik bilan chatishtirilgani uchun F1 da 1:1:1:1 nisbatda to‘rtta genotipik va to‘rtta fenotipik sinflarga mansub o‘simliklar hosil bo‘ladi (tahliliy chatishtirish).

2) P ♀ AaBbCc X ♂ aabbcc

g ABC, ABc, AbC, aBC, abc

Abc, aBc, abC, abc

F1 AaBbCc - sariq, silliq, qizil

AaBbcc - sariq, silliq, oq

AabbCc - sariq, burishgan, qizil

aaBbCc - yashil, silliq, qizil

Aabbcc - sariq, burishgan, oq

aaBbcc - yashil, silliq, oq

aabbCc - yashil, burishgan, qizil

aabbcc - yashil, burishgan,oq

Bu masalada trigeterozigotali o‘simliklar retsessiv gomozigotali o‘simliklar bilan chatishtirilgani uchun F1 da sakkizta genotipik va fenotipik sinflar hosil bo‘ladi. Ularning nisbati 1:1:1:1:1:1:1:1 ga teng bo‘ladi (tahliliy chatishtirish).


3) P ♀ AaBbcc X ♂ aabbCc

g ABc, Abc, aBc, abc abC, abc

F1 AaBbCc - sariq, silliq, qizil

AabbCc - sariq, burishgan, qizil

aaBbCc - yashil, silliq, qizil

aabbCc - yashil, burishgan, qizil

AaBbcc - sariq, silliq, oq

Aabbcc - sariq, burishgan, oq

aaBbcc - yashil, silliq, oq

aabbcc - yashil, burishgan,oq

Bu masalada digeterozigotali o‘simliklar monogeterozigotali o‘simliklar bilan chatishtirilgani va geterozigotalilik har xil allellar bo‘yicha bo‘lgani uchun F1 da 1:1:1:1:1:1:1:1 nisbatda sakkizta genotipik va fenotipik sinflar hosil bo‘ladi.

4) P ♀ AaBbCc X ♂ AaBbCc

g ABC, ABc, AbC, aBC, ABC, Abc, AbC, aBC,

Abc, aBc, abC, abc Abc, aBc, abC, abc

Bu masalada trigeterozigotali o‘simliklar xuddi shunday trigeterozigotali o‘simliklar bilan chatishtirilgani uchun keyingi avlodda 27 ta genotipik va 8 ta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi.

F1 Genotipik sinflar Fenotipik sinflar

1. AABBCC = 1 sariq, silliq, qizil;

2. AABBCc = 2 sariq, silliq, qizil;

3. AABbCC = 2 sariq, silliq, qizil; 27 AˍBˍCˍ sariq,

4. AaBBCC = 2 sariq, silliq, qizil; silliq, qizil

5. AABbCc = 4 sariq, silliq, qizil;

6. AaBBCc = 4 sariq, silliq, qizil;

7. AaBbCC = 4 sariq, silliq, qizil;

8. AaBbCc = 8 sariq, silliq, qizil;

9. AABBcc = 1 sariq, silliq, oq;

10. AABbcc = 2 sariq, silliq, oq; 9 A­ˍBˍcc sariq,

11. AaBBcc = 2 sariq, silliq, oq; silliq, oq

12. AaBbcc = 4 sariq, silliq, oq;

13. AabbCC = 1 sariq, burishgan, qizil;

14. AAbbCc = 2 sariq, burishgan, qizil; 9 AˍbbCˍ sariq,

15. AabbCC = 2 sariq, burishgan, qizil; burishgan, qizil

16. AabbCc = 4 sariq, burishgan, qizil;

17. aaBBCC = 1 yashil, silliq, qizil;

18. aaBBCc = 2 yashil, silliq, qizil; 9 aaBˍCˍ yashil,

19. aaBbCC = 2 yashil, silliq, qizil; silliq, qizil

20. aaBbCc = 4 yashil, silliq, qizil;

21. AAbbcc = 1 sariq, burishgan, oq; 3 Aˍbbcc sariq,

22. Aabbcc = 2 sariq, burishgan, oq; burishgan, oq

23. aaBBcc = 1 yashil, silliq, oq; 3 aaBˍcc yashil,

24. aaBbcc = 2 yashil, silliq, oq; silliq, oq

25. aabbCC = 1 yashil, burishgan, qizil; 3 aabbCˍ yashil,

26. aabbCc = 2 yashil, burishgan, qizil; burishgan, qizil

27. aabbcc = 1 yashil, burishgan, oq. 1 aabb yashil,

Jami = 64 burishgan, oq

Hosil bo‘lgan fenotipik sinflarning nisbati 27:9:9:9:3:3:3:1 ga teng.

94-masala. Qiltanoqsiz, qizil boshoqli va uzun bo‘yli bug‘doy o‘simliklari qiltanoqli, oq boshoqli va kalta bo‘yli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi qiltanoqsiz, qizil boshoqli va uzun bo‘yli bo‘lgan. F1 o‘simliklaridan urug‘ yig‘ib olinib, ikkinchi yili ekilganda, ulardan unib chiqqan o‘simliklarning 27 qismi qiltanoqsiz, qizil boshoqli va uzun bo‘yli; 9 qismi qiltanoqsiz, qizil boshoqli va kalta bo‘yli; 9 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va uzun bo‘yli; 9 qismi qiltanoqli, qizil boshoqli va uzun bo‘yli; 3 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va kalta bo‘yli; 3 qismi qiltanoqli, qizil boshoqli va kalta bo‘yli; 3 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va uzun bo‘yli; 1 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va kalta bo‘yli bo‘lgan. F1 va F2 o‘simliklarining genotipini aniqlang hamda F2 da olingan natijaga asoslanib, o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.

F1 o‘simliklari qiltanoqsiz, oq boshoqli va kalta bo‘yli o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olinadigan o‘simliklarning fenotipi qanday bo‘ladi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang.



95-masala. Boshoqlari qiltanoqsiz, donlari unda ikki qator joylashgan va qora donli arpa o‘simliklari boshoqlari qiltanoqli, donlari to‘rt qator joylashgan va oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganida, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi qiltanoqsiz, donlari ikki qator joylashgan boshoqli va qora donli bo‘lgan. F2 da esa quyidagi natija olingan:

270 ta qiltanoqsiz, ikki qator donli boshoq va qora donli;

92 ta qiltanoqsiz, ikki qator donli boshoq va oq donli;

97 ta qiltanoqsiz, to‘rt qator donli boshoq va qora donli;

99 ta qiltanoqli, ikki qator donli boshoq va qora donli;

33 ta qiltanoqsiz, to‘rt qator donli boshoq va oq donli;

25 ta qiltanoqli, ikki qator donli boshoq va oq donli;

36 ta qiltanoqli, to‘rt qator donli boshoq va qora donli;

12 ta qiltanoqli, to‘rt qator donli boshoq va oq donli o‘simliklar.

CHatishtirish uchun olingan, F1 va F2 o‘simliklarining genotiplarini aniqlang. F1 o‘simliklari qiltanoq boshoqli, to‘rt qator donli va oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilsa, genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?



96-masala. G‘o‘za o‘simligida cheklanmagan hosil shoxi (S) cheklangan hosil shoxi (s) ustidan, gulyonbarglarining yuraksimon shakli (Fg) ingichka shakli (fg) ustidan, gultojibarglarining to‘q sariq rangi (Y1) och sariq rangi (y1) ustidan to‘liq dominantlik qiladi.

Quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda keyingi avlodda olinadigan organizmlarning genotip va fenotipini aniqlang:

1) SS Fg Fg Y1Y1 x ss fg fg y1y1; 2) Ss Fg fg y1y1 x ss fg fg y1y1;

3) Ss Fg fg Y1y1 x ss fg fg y1y1; 4) Ss Fg fg Y1y1 x Ss Fg fg Y1y1.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling