Genetikadan masala ishlash


Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining tiplari


Download 1.16 Mb.
bet6/11
Sana13.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#144926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
genetika


Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining tiplari.

Har xil genlarning allellari o‘zaro noallel genlar deb yuritiladi. Noallel genlarning o‘zaro ta’sirida ham belgilarning nasldan-naslga berilishi sodir bo‘ladi. Noallel genlar o‘zaro ta’sirining quyidagi tiplari kuzatiladi:

- allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipi;

- allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining epistatik (epistaz) tipi;

- allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining polimeriya tipi;

- allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining kombinirlangan tipi.


Noallel genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipi.

Bu tipda ikkita har xil genning o‘zaro ta’sirida organizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi.



101-masala. Tovuqlarda toj shaklining gulsimon bo‘lishi A geniga, no‘xatsimon bo‘lishi B geniga, yong‘oqsimon bo‘lishi A va B genlarining komplementar ta’siriga, bargsimon (oddiy) bo‘lishi esa shu genlarning retsessiv gomozigotali (aabb) holatiga bog‘liq. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan tovuqlarning o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha fenotipini aniqlang.

1) AABB; 2) AABb; 3) AaBb; 4) Aabb; 5) aaBb; 6) aabb



102-masala*. YOng‘oqsimon tojli tovuqlar bargsimon tojli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 1/4 qismi yong‘oqsimon tojli, 1/4 qismi gulsimon tojli, 1/4 qismi no‘xatsimon tojli va 1/4 qismi bargsimon tojli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning hamda jo‘jalarning genotipini aniqlang.

Digeterozigotali yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan jo‘jalar toj shakli bo‘yicha qanday fenotiplarga ega bo‘ladi?

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

YOng‘oqsimon toj A va B genlarining o‘zaro ta’siri

Bargsimon (oddiy) toj aabb

Masalaning shartiga ko‘ra olingan parrandalar to‘rtta fenotipni hosil qiladigan bo‘lsa va bargsimon tojli xo‘rozlar bitta gameta hosil qiladigan bo‘lsa, tovuqlar digeterozigota bo‘lib, 4 xil gameta hosil qilishlari kerak:

yong‘oqsimon toj bargsimon (oddiy) toj

P ♀ AaBb X ♂ aabb

g AB, Ab, aB, ab ab

F1 AaBb - 1/4 yong‘oqsimon toj

Aabb - 1/4 gulsimon toj

aaBb - 1/4 no‘xatsimon toj

aabb - 1/4 bargsimon toj


yong‘oqsimon toj yong‘oqsimon toj

P ♀ AaBb X ♂ AaBb

g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab

F1 1. AABB - 1

2. AABb – 2 AˍBˍ 9 yong‘oqsimon toj

3. AaBB - 2

4. AaBb - 4

5. AAbb - 1 Aˍbb 3 gulsimon toj

6. Aabb - 2

7. aaBB - 1 aaBˍ 3 no‘xatsimon toj

8. aaBb - 2

9. aabb - 1 aabb 1 bargsimon (oddiy) toj

103-masala. Gulsimon tojli tovuqlar yong‘oqsimon tojli xo‘roz bilan chatishtirildi. Birinchi avlodda 3/8 qism yong‘oqsimon tojli, 3/8 qism gulsimon tojli, 1/8 qism no‘xatsimon tojli, 1/8 qism oddiy tojli parrandalar olindi. Ota-ona va avlodlarning genotipini aniqlang.

104-masala. Gulsimon va no‘xatsimon tojli parrandalar o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 6 ta yong‘oqsimon tojli va 5 ta gulsimon tojli jo‘jalar olindi. Ota-ona genotiplarini aniqlang.

105-masala*. YOng‘oqsimon tojli tovuqlar gulsimon tojli xo‘rozlar bilan chatishtirilib, keyingi avlodda 4 ta bargsimon tojli, 5 ta no‘xatsimon tojli, 13 ta gulsimon tojli va 12 ta yong‘oqsimon tojli individlar olindi. Boshlang‘ich ota-ona parrandalar va avlodlarning genotipini aniqlang. Olingan natijalarni χ2 metodi yordamida tekshiring.

Masalaning echilishi:

Keyingi avlodda har ikki gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali (aabb) parrandaning bo‘lishi boshlang‘ich tovuq va xo‘rozlarning genotiplarida bu genlarning retsessiv allellari ishtirok etishidan darak beradi.

yong‘oqsimon toj gulsimon toj

P ♀ AaBb X ♂ Aabb

g AB, Ab, aB,ab Ab, ab

F1 AABb - yong‘oqsimon toj

Aabb - gulsimon toj

AaBb - yong‘oqsimon toj

Aabb - gulsimon toj

AaBb - yong‘oqsimon toj

Aabb - gulsimon toj

aaBb - no‘xatsimon toj

aabb - bargsimon toj

yong‘oqsimon tojli parrandalar - 3/8 qism

gulsimon tojli parrandalar - 3/8 qism

no‘xatsimon tojli parrandalar - 1/8 qism

bargsimon tojli parrandalar - 1/8 qism

Olingan natijalarni χ2 (xi-kvadrat) metodi yordami bilan tekshiramiz:


Material

n

YOng‘oqsimon

Toj


Gulsimon

Toj


No‘xatsimon

toj


Bargsimon

toj


Olingan faktik

Son


34

12

13

5

4

Nazariy kutilgan

son (3:3:1:1)

nisbatda


34

12,75

12,75

4,25

4,25

Farq (d)

0

- 0,75

+ 0,25

+ 0,75

- 0,25

d2




0,5625

0,0625

0,5625

0,0625

d2 / q




0,044

0,004

0,132

0,014

Σ χ2=d2/q





0,194

P = 0,99 - 0,95

P ning qiymati 3:3:1:1 nisbatda olingan faktik sonlarning nazariy kutilgan sonlarga mos kelishini ko‘rsatadi.



106-masala*. Drozofila pashshasida ko‘z rangining jigarrang bo‘lishi A geniga va och qizil bo‘lishi B geniga bog‘liq. Genotipda har ikkala dominant genning birga kelishi ko‘z rangining qizil bo‘lishini ta’minlaydi. SHu genlarning retsessiv allellari yig‘indisi esa ko‘z rangining oq bo‘lishini belgilaydi. Quyidagi genotiplarga ega bo‘lgan pashshalarning fenotipini aniqlang:

1) AABB; 2) AaBb; 3) Aabb; 4) aaBB; 5) aabb.

Masalaning echilishi:

Genotip Fenotip

1) AABB - qizil ko‘zli;

2) AaBb - qizil ko‘zli;

3) Aabb - jigarrang ko‘zli;

4) aaBB - och qizil ko‘zli;

5) aabb - oq ko‘zli.

107-masala*. Qizil ko‘zli drozofila pashshalari, oq ko‘zli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 1/4 qismi qizil ko‘zli, 1/4 qismi jigarrang ko‘zli, 1/4 qismi och qizil ko‘zli va 1/4 qismi oq ko‘zli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan pashshalarning genotipini aniqlang va nima uchun 1:1:1:1 nisbatda ajralish ketganligini tushuntirib bering. Digeterozigotali qizil ko‘zli pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday fenotipga mansub pashshalar olinadi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Qizil ko‘zli pashshalar retsessiv gomozigotali (aabb) oq ko‘zli pashshalar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda to‘rtta fenotipik sinfga ajralib ketishi qizil ko‘zli pashshalarning digeterozigotaligidan dalolat beradi. SHunga ko‘ra, olingan natijani quyidagicha ifodalash mumkin:

qizil oq


P ♀ AaBb X ♂ aabb

g AB, Ab, aB, ab ab

FB AaBb - qizil

Aabb - jigarrang

aaBb - och qizil

aabb - oq

FB da 1:1:1:1 nisbatda ajralish ketishning sababi digeterozigotali qizil ko‘zli pashshalarning to‘rt tipda gametalar hosil qilishidir.

Digeterozigotali qizil ko‘zli pashshalar o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda quyidagi natijani olish mumkin:

qizil qizil

P ♀ AaBb X ♂ AaBb

g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab

F1 genotipik sinflar fenotipik sinflar

1. AABB = 1 qizil

2. AABb = 2 qizil 9/16 AˍBˍ; qizil

3. AaBB = 2 qizil

4. AaBb = 4 qizil

5. Aabb = 1 jigarrang 3/16 Aˍbb; jigarrang

6. Aabb = 2 jigarrang

7. aaBB = 1 och qizil 3/16 aaBˍ; och qizil

8. aaBb = 2 och qizil

9. aabb = 1 oq 1/16 aabb; oq.

Bu erda ham to‘rtta fenotipik sinflarga mansub pashshalar hosil bo‘ladi, lekin ularning nisbati 9:3:3:1 bo‘ladi.

Drozofila pashshasida ko‘zning qizil rangda bo‘lishi dominant A va B genlarning komplementar ta’siriga bog‘liq.

108-masala. Qizil ko‘zli drozofila pashshalari oq ko‘zli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 25% ga yaqini qizil ko‘zli, 25% ga yaqini och qizil ko‘zli, 25% ga yaqini jigarrang ko‘zli va 25% ga yaqini oq ko‘zli bo‘lgan. CHatishtirish va chatishtirishdan keyin olingan pashshalarning genotipini va o‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. Dastlabki chatishtirish uchun olingan qizil ko‘zli urg‘ochi va erkak pashshalar chatishtirilsa, ularning keyingi avlodi ko‘z rangi bo‘yicha qanday fenotiplarga ega bo‘ladi? Ularning nisbati-chi?

109-masala. Och qizil ko‘zli drozofila pashshasi jigarrang ko‘zli pashsha bilan chatishtirilganda, F1 da ko‘z rangi bo‘yicha xilma-xillik kuzatilgan, ya’ni ularni ko‘z rangi bo‘yicha qizil ko‘zli, och qizil ko‘zli, jigarrang ko‘zli va oq ko‘zli pashshalarga ajratish mumkin bo‘lgan. Ularning nisbati 1:1:1:1 ga yaqin bo‘lgan. Barcha pashshalarning genotipini aniqlang.

110-masala. Qora quyonlar oq quyonlar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan quyonlarning hammasi kulrang bo‘lgan. F1 da olingan kulrang quyonlar o‘zaro chatishtirilganda, F2 da olingan quyonlarning 9/16 qismi kulrang, 3/16 qismi qora va 4/16 qismi oq bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan quyonlarning genotipini aniqlang hamda o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 da olingan kulrang quyonlar chatishtirish uchun olingan oq quyonlar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan quyonlarning fenotipi qanday bo‘ladi?

111-masala*. Sichqonlarda jun rangining kulrang bo‘lishi dominant A va B genlarining komplementar ta’siriga bog‘liq. A geni mustaqil holda jun rangining qora bo‘lishini ta’minlaydi. B geni esa A genining ishtirokisiz junning rangli bo‘lishini ta’minlay olmaydi. SHuning uchun genotipida dominant B geni bo‘lsa ham sichqonlar oq junli bo‘ladi. Bu genlarning retsessiv allellari yig‘indisi ham jun rangining oq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Qora rangli sichqonlar oq rangli sichqonlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo‘lgan. F1 sichqonlari o‘zaro chatishtirilganda, F2 da olingan sichqonlarning 9/16 qismi kulrang, 3/16 qismi qora va 4/16 qismi oq rangli bo‘lgan. Sichqonlarda o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang. F1 da olingan kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi sichqonlarning o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha fenotipi qanday bo‘ladi?

Masalaning echilishi:

Masalada berilganidek, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha yozib olamiz:

P ♀ qora X ♂ oq

F1 kulrang

F2 9/16 kulrang; 3/16 qora; 4/16 oq.

Masalaning shartidan va olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi eng kamida ikki juft allel bo‘lmagan genga bog‘liq. Qora sichqonlar bilan oq sichqonlarni chatishtirish natijasi to‘liqsiz dominantlikka o‘xshab ketadi. Lekin F2 da olingan natija to‘liqsiz dominantlik qilishdagidek 1:2:1 nisbatga to‘g‘ri kelmaydi, balki 9:3:4 nisbatga teng. Bu esa F1 da olingan sichqonlarning digeterozigotaligidan (AaBb) dalolat beradi. SHunga ko‘ra, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin:

qora oq

1) P ♀ AAbb X ♂ aaBB

g Ab aB

F1 AaBb - kulrang

kulrang kulrang

2) P ♀ AaBb X ♂ AaBb

g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab

F2 9/16 kulrang ( 9 AˍBˍ); 3/16 qora ( 3 Aˍbb); 4/16 oq ( 3 aaBˍ + 1 aabb)

SHunday qilib, sichqonlarda jun rangining qora bo‘lishi Aˍbb genotipga, oq bo‘lishi aaB- yoki aabb genotiplarga va kulrang bo‘lishi AˍBˍ genotipga bog‘liq. Demak, junning kulrang bo‘lishi A va B genlarning komplementar ta’siriga bog‘liq.

F1 da olingan kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda quyidagicha natija olish mumkin:

kulrang oq

P ♀ AaBb X ♂ aabb

g AB, Ab, aB, ab ab

FB AaBb - kulrang; Aabb - qora; aaBb- oq; aabb- oq

FB da 1/4 kulrang, 1/4 qora va 2/4 oq sichqonlar olinadi.



112-masala. 1) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang, 27 tasi qora va 35 tasi oq junli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipinit aniqlang.

2) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning 58 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo‘lgan. Sichqonlarning genotipini aniqlang.



113-masala. Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo‘lgan, F2 da esa 3/4 kulrang, 1/4 qora sichqonlar olingan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.

114-masala*. To‘tiqushlarning bir turida patning rangli bo‘lishi allel bo‘lmagan ikkita dominant genning komplementar ta’siriga bog‘liq. Ulardan biri mustaqil holda patning havorang bo‘lishini, ikkinchisi esa sariq bo‘lishini ta’minlaydi. Genotipda har ikkala dominant genning bo‘lishi pat rangining yashil bo‘lishini belgilaydi. SHu genlarning retsessiv allellari yig‘indisi esa pat rangining oq bo‘lishini ta’minlaydi.

1) YAshil to‘tiqushlar chatishtirilganda F1 da olingan qushchalarning 55 tasi yashil, 17 tasi havorang, 18 tasi sariq va 6 tasi oq patli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan to‘tiqushlarning genotipini aniqlang.

2) Hayvonot bog‘ida oq to‘tiqushlarni etishtirishga topshiriq olingan. Ammo fermada mavjud bo‘lgan yashil va havorang to‘tiqushlar chatishtirilganda keyingi avlodda oq patli to‘tiqushlar chiqmagan. Sababini tushuntiring.

Masalaning echilishi:

1) P ♀ yashil X ♂ yashil

F1 55 ta yashil, 17 ta havorang, 18 ta sariq, 6 ta oq.

F1 da olingan natija ko‘rsatib turibdiki, fenotipik sinflarning nisbati digeterozigotali organizmlarni chatishtirilganda olish mumkin bo‘lgan 9:3:3:1 ga yaqin. SHunga ko‘ra, chatishtirish uchun olingan yashil to‘tiqushlarning genotipini AaBb deb belgilash mumkin. Unda olingan natijani genetik jihatdan quyidagicha izohlash mumkin:
yashil yashil

P ♀ AaBb X ♂ AaBb

F1 9 AˍBˍ yashil; 3 Aˍbb havorang; 3 aaBˍ sariq; 1 aabb oq.

2) YAshil to‘tiqushlar bilan sariq to‘tiqushlar chatishtirilganda oq patli to‘tiqushlarning chiqmasligiga sabab, ular pat rangini ta’minlovchi genlar bo‘yicha gomozigotali bo‘lgan bo‘lishlari mumkin, ya’ni yashil to‘tiqushlarning genotipi (bundan oldingi 1- masalaga binoan) AABB va sariq to‘tiqushlarning genotipi aaBB bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda oq patli to‘tiqushlarning chiqish ehtimoli yo‘q.

yashil sariq

1) P ♀ AABB X ♂ aaBB

g AB aB

F1 AaBB - yashil


yashil yashil

2) P ♀ AaBB X ♂ AaBB

g AB, aB AB, aB

F2 AABB; 2 AaBB; aaBB

3 yashil 1 sariq.
115-masala. Patlari yashil rangli to‘tiqushlar oq patli to‘tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan qushchalarning 25% i yashil, 25% i havorang, 25% i sariq va 25% i oq patli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan to‘tiqushlarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.

116-masala. Havorang to‘tiqushlar sariq patli to‘tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda havorang va sariq patli to‘tiqushlar bilan birga yashil va oq patli to‘tiqushlar ham olingan. Buning sababini tushuntiring.

117-masala*. YUmaloq mevali ikkita qovoq o‘simliklari chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning mevasi yassi (disksimon) bo‘lgan. F2 da olingan o‘simliklarning 9/16 qismi yassi, 6/16 qismi yumaloq va 1/16 qismi uzunchoq (noksimon) bo‘lgan. Nima uchun F2 da 9:6:1 nisbatda ajralish ketganligini tushuntiring va chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Bu masalada bir xil fenotipli o‘simliklar chatishtirilganda F1 da yangi fenotipli o‘simliklar olinishi o‘rganilayotgan belgining ikki juft allel bo‘lmagan genlarning komplementar ta’siriga bog‘liq deyishga asos bo‘ladi. F2 da olingan natija esa bu farazni ma’lum darajada tasdiqlaydi. SHunga ko‘ra, chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini AAbb va aaBB deb olish mumkin. Bunday holda o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini genetik jihatdan quyidagicha tushuntirish mumkin:

yumaloq yumaloq

P ♀ AAbb X ♂ aaBB

F1 AaBb - yassi

F2 9/16 yassi (9 AˍBˍ); 6/16 yumaloq (3 Aˍbb + 3 aaBˍ); 1/16 uzunchoq (1 aabb).

F2 da 9:6:1 nisbatda ajralish ketishining sababi, dominant A va B genlari mustaqil holda meva shaklining yumaloq bo‘lishini ta’minlashidir. Ularning komplementar ta’sirida esa meva shakli yassi bo‘ladi. Retsessiv allellarining yig‘indisi esa meva shaklining noksimon (uzunchoq) bo‘lishini ta’minlaydi.



118-masala. YAssi mevali qovoq o‘simliklari uzunchoq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning mevasi yassi bo‘lgan. F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilib, F2 o‘simliklari olingan. F2 o‘simliklarining 9/16 qismi yassi, 6/16 qismi yumaloq va 1/16 qismi uzunchoq mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang hamda o‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.

119-masala. YUmaloq mevali qovoq o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda 25% i yassi mevali, 25% i uzunchoq mevali va 50% i yumaloq mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

120-masala. YAssi mevali qovoq o‘simliklari uzunchoq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning 1/4 qismi yassi, 2/4 qismi yumaloq va 1/4 qismi uzunchoq mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

121-masala. Oq junli dengiz cho‘chqachalari qora junlilari bilan chatishtirilganda, ularning bolalari kulrang junli bo‘lgan. F2 da esa oligan cho‘chqachalarning 9 qismiga yaqini kulrang, 3 qismi qora va 4 qismi oq junli bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. Nima uchun F2 da 9:3:4 nisbatda ajralish ketganligini tushuntiring. Tahliliy chatishtirish o‘tkazilsa, genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

122-masala. YAshil donli javdar o‘simliklari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da yashil donli o‘simliklar olingan, F2 da olingan 89 ta o‘simlikning doni yashil, 28 tasiniki sariq va 39 tasiniki oq bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F1 o‘simliklari gomozigotali sariq va oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilsa, don rangi bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

123-masala*. Makkajo‘xori o‘simligining ikkita naviga mansub oq donli o‘simliklari chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklar qizil donli bo‘lgan. F1 o‘simliklari oq donli nav o‘simliklari bilan qayta chatishtirilganda, keyingi avlodda (FB) oligan o‘simliklarning 50% i qizil donli va 50% i oq donli bo‘lgan. F1 o‘simliklari o‘z-o‘ziga chatishtirilganda esa F2 da olingan o‘simliklarning 9/16 qismi qizil donli va7/16 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

P ♀ oq X ♂ oq

F1 qizil

Bu olingan natijadan ko‘rinib turibdiki, bir xil genotipli organizmlar chatishtirilganda F1 da yangi fenotip rivojlanyapti. Bunday holatni esa biz faqat allel bo‘lmagan genlarning komplementar ta’siridagina olishimiz mumkin. SHunga ko‘ra, chatishtirish uchun olingan oq donli o‘simliklarning genotipida komplementar genlar bo‘lgan hamda shu genlar bo‘yicha bu o‘simliklar gomozigotali bo‘lgan. Bunday xulosa chiqarishimizga birinchi avlodda olingan o‘simliklarning hammasi faqat qizil donli bo‘lganligi asos bo‘ladi. Bu dominant genlar mustaqil holda donning rangli bo‘lishini ta’minlay olmaydi.

O‘rganilayotgan belgining irsiylanishini genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin:

oq oq

1) P ♀ AAbb X ♂ aaBB



g Ab aB

F1 AaBb - qizil

qizil oq

2) P ♀ AaBb X ♂ AAbb

g AB, Ab, aB, ab Ab

FB AABb - qizil

AAbb - oq

AaBb - qizil

Aabb - oq

qizil qizil

3) P ♀ AaBb X ♂ AaBb

g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab

F2 9/16 qizil ( 9 AˍBˍ); 7/16 oq ( 3 Aˍbb + 3 aaBˍ + 1 aabb)

124-masala. Ikkita navga mansub oq donli makkajo‘xori o‘simliklari chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan o‘simliklarning hammasi qizil donli bo‘lgan. Bunday duragay o‘simliklar boshqa navga mansub oq donli makkajo‘xori o‘simliklari bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 3/4 qismi oq donli va 1/4 qismi qizil donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.


Noallel genlar o‘zaro ta’sirining epistatik tipi.

Dominantlik deyilganda bir genga tegishli bir allelning boshqa alleli ustidan ustunlik qilish holatiga aytiladi. A>a, B>b, C>c. Ammo o‘zaro ta’sir degan jarayon ham borki, bunda bir genning alleli boshqa bir gen allelining faoliyatini bosib turadi, masalan: A>B yoki a>b yoki b>A. Bunday dominantlik hodisasi epistaz deb ataladi. Boshqa genlarning faoliyatini bosib turuvchi genlar supressor yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular yo dominant, yoki retsessiv bo‘ladilar. Supressor genlarning dominant allellari I yoki Su simvollari bilan, ularning retsessiv allellari esa i yoki su bilan belgilanadi. Epistazning ikki tipi - dominant va retsessiv epistazlar farqlantiriladi.



125-masala*. Tovuq fermasida oq tovuqlar oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan jo‘jalarning hammasi oq patli bo‘lgan F1 da olingan tovuq va xo‘rozlar chatishtirilganda F2 jo‘jalarning 13/16 qismi oq patli va 3/16 qismi chipor patli bo‘lgan. F1 da olingan tovuqlar birinchi marta chatishtirish uchun olingan oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 3/4 qismi oq patli va 1/4 qismi chipor patli bo‘lgan. Olingan natijalarga qarab, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering va barcha tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Oq tovuqlar bilan oq xo‘rozlar chatishtirilganda, F1 da faqat oq patli jo‘jalarning olinishi chatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning gomozigotaliligidan dalolat beradi. F2 da esa 13:3 nisbatda oq patli va chipor patli jo‘jalarning olinishi F1 tovuq va xo‘rozlarning digeterozigotaliligidan dalolat beradi. Bunday digeterozigotalilikni esa IIBB x iibb yoki Iibb x iiBB chatishtirishdan olish mumkin. Lekin ikkinchi chatishtirish orqali belgining irsiylanishini tushuntirib bo‘lmaydi, chunki bu erda 13:3 nisbatda ajralib ketish imkoniyati yo‘q. SHuning uchun chatishtirishga dastlab olingan tovuq va xo‘rozlarning genotipini IIBB va iibb deb olish mumkin. Bunday holda tovuqlarda pat rangining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin:

Belgi Gen

- I

chipor B



oq iibb

I > B
oq patli oq patli

P ♀ IIBB X ♂ iibb

G IB ib


F1 IiBb - oq patli

F1 da olingan jo‘jalar voyaga etgach ularning ichidagi tovuqlari o‘zlarining ichidan chiqqan xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, F2 da pat rangi bo‘yicha quyidagicha ajralish ro‘y beradi:


oq patli oq patli

P ♀ IiBb X ♂ IiBb

g IB, Ib, iB, ib IB, Ib, iB, ib

F2 IIBB = 1

IIBb = 2

IiBB = 2


IiBb = 4 13/16 oq patli

IIbb = 1

Iibb = 2

iibb = 1


iiBB = 1

iiBb = 2 3/16 chipor patli

Bu erda tovuq va xo‘rozlarda pat rangining oq bo‘lishi genotipda epistatik xususiyatga ega bo‘lgan dominant I -ingibitoriga yoki genotipning iibb bo‘lishiga bog‘liq. Pat rangining chipor bo‘lishi esa genotipning iiBB yoki iiBb bo‘lishiga bog‘liq.

F1 da olingan tovuqlar chatishtirish uchun dastlab olingan oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda quyidagi natijalarni olish mumkin:

oq patli oq patli

P ♀ IiBb X ♂ iibb

g IB, Ib, iB, ib ib

FB IiBb - oq patli

Iibb - oq patli

iiBb - chipor patli

iibb - oq patli

Olingan parrandalarning 3/4 qismi oq patli, 1/4 qismi esa chipor patli bo‘ladi.

Agar F1 dagi tovuqlar har ikki gen bo‘yicha dominant gomozigotali oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, u holda:

oq patli oq patli

P ♀ IiBb X ♂ IIBB

g IB, Ib, iB, ib IB

FB IIBB - oq patli

IIBb - oq patli

IiBB - oq patli

IiBb - oq patli



Hamma parrandalar oq patli bo‘ladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling