Genetikadan masala ishlash
Download 1.16 Mb.
|
genetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-masala*.
- Kodominantlik holatda belgilarning irsiylanishi.
- 39-masala*.
- 42-masala.
- 44-masala.
- Diduragay chatishtirish. Har ikki belgi bo‘yicha to‘liq dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi. 49-masala.
- 50-masala*.
- 51-masala*.
- 63-masala*.
35-masala. Nomozshomgul o‘simligida gul rangi qizil, pushti va oq bo‘ladi. Gulning qizil rangi (A) oq rangi (a) ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi. Qizil gulli o‘simliklar oq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilsa, F1 da pushti gulli o‘simliklar olinadi. Pushti gulli F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? 36-masala. Mevasi qizil qulupnay o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 o‘simliklarining mevasi och qizil bo‘lgan. F2 o‘simliklarining 25% i qizil, 50% i och qizil va 25% i oq mevali bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 o‘simliklari qizil mevali va oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning fenotipi qanday bo‘ladi? 37-masala. Qoramollarda junning qizil rangda bo‘lishi AA genotipga, targ‘il bo‘lishi Aa genotipga va oq bo‘lishi aa genotipga bog‘liq. Targ‘il buqa uch xil: qizil, targ‘il va oq sigirlar bilan chatishtirilsa, har bir chatishtirishda targ‘il buzoqlarning tug‘ilish ehtimoli qanday? 38-masala*. Qora patli tovuqlar oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F1 jo‘jalari pat rangi bo‘yicha chipor bo‘lgan. F1 da olingan chipor tovuq va xo‘rozlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarni pat rangi bo‘yicha 1 : 2 : 1 nisbatda qora, chipor va oq patli jo‘jalarga ajratish mumkin bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. CHipor tovuqlar qora va oq xo‘rozlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning fenotipi qanday bo‘ladi? Masalaning echilishi: 1) qora patli tovuqlar oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F2 da chipor patli jo‘jalarning olinishi va F2 da 1 : 2 : 1 nisbatda qora, chipor va oq patli jo‘jalarga ajralish berishi bu belgining to‘liqsiz dominantlik qilish qonuniyati asosida irsiylanishidan dalolat beradi. qora oq chipor chipor P ♀ AA X ♂ aa P ♀ Aa X ♂ Aa g A a g A, a A, a F1 Aa - chipor F2 AA Aa Aa aa 1 qora 2 chipor 1 oq 2) chipor tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda FB da quyidagicha natija olish mumkin: chipor qora P ♀ Aa X ♂ AA g A, a A FB AA - 1 qora, Aa - 1 chipor 3) chipor tovuqlar oq patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda FB da quyidagicha natija olish mumkin: chipor oq P ♀ Aa X ♂ aa g A, a a FB Aa - 1 chipor , aa - 1 oq Keyingi har ikki chatishtirishda ham genotip va fenotip bo‘yicha 1 : 1 nisbatda ajralish ketadi. CHunki, A geni a geni ustidan to‘liqsiz (chala) dominantlik qilgani uchun har bir genotip alohida fenotipni belgilaydi.
Kodominantlik irsiylanishda odatdagi dominant-retsessiv tarzidagi o‘zaro ta’sir kuzatilmaydi. Genotipdagi har xil ikki allel o‘zaro faoliyat ko‘rsatib, o‘ziga xos belgining irsiylanishini ta’minlaydi. Kodominantlikka misol qilib ABO tizimiga kiruvchi odamlarda qon gruppasining irsiylanishini ko‘rsatish mumkin. Odamlarda to‘rt xil qon gruppalari mavjud: O (I), A (II), B (III), AB (IV). Qon gruppalari I genining uch tipdagi allellari - IA, IB, IO tomonidan boshqariladi. I qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - OO; II qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - AA yoki AO; III qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - BB yoki BO. Dominant A va B allellariga ega bo‘lgan odamlarda A va B allellari o‘zaro birgalikda IV (AB) qon gruppasini belgilaydi. 39-masala*. Onasi uchinchi va otasi birinchi qon gruppasiga ega bo‘lgan bola ota-onasidan birining qon gruppasiga ega bo‘lishi mumkinmi? Onasi to‘rtinchi, otasi birinchi qon gruppasiga ega bo‘lsa-chi? Masalaning echilishi: Belgi Gen I qon gruppasi OO III qon gruppasi BB, BO IV qon gruppasi AB Masalaning birinchi punktida ko‘rsatilishicha, ona III qon gruppasiga ega bo‘lgan holda BB yoki BO genotipli, ota birinchi qon gruppasiga ega bo‘lganligi sababli genotipi - OO. Ikki variantni ham ko‘rib chiqamiz: III qon gruppa I qon gruppa III qon gruppa I qon gruppa P ♀ BB X ♂ OO P ♀ BO X ♂ OO g B O g B, O O F1 BO - III qon gruppa F1 BO - III qon gruppa OO - I qon gruppa Agar ota-ona BO va OO ko‘rinishdagi genotiplarga ega bo‘lsa, farzand ota-onadan birining qon gruppasiga ega bo‘ladi. Masalaning ikkinchi punktiga ko‘ra, ota-onaning qon gruppalari bo‘yicha genotiplari aniq: IV qon gruppa I qon gruppa P ♀ AB X ♂ OO g A, B O F1 AO - II qon gruppa, BO - III qon gruppa Farzand ota-onadan birining qon gruppasiga ega bo‘lmaydi. Farzand II- yoki III- qon gruppasiga ega bo‘ladi.
a) CCDD b) CcDD v) Ccdd g) CcDd d) ccdd 50-masala*. No‘xat o‘simligida donning sariq rangli bo‘lishini dominant A geni, yashil rangli bo‘lishini retsessiv a geni, donning silliq shaklda bo‘lishini dominant B geni va donning burishgan bo‘lishini retsessiv b geni belgilaydi. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan no‘xat o‘simliklarini chatishtirishdan olingan keyingi avlod o‘simliklarning genotipini va fenotipini aniqlang. 1) AABB x aabb 2) AABb x aabb 3) AaBB x aabb 4) AaBb x aabb 5) AaBb x AaBb Masalaning echilishi: 1) P ♀ AABB X ♂ aabb 2) P ♀ AABb X ♂ aabb g AB ab g AB, Ab ab F1 AaBb - sariq, silliq F1 AaBb - sariq, silliq Aabb - sariq, burishgan 3) P ♀ AaBB X ♂ aabb 4) P ♀ AaBb X ♂ aabb g AB, aB ab g AB, Ab, aB, ab ab F1 AaBb - sariq, silliq F1 AaBb - sariq, silliq aaBb - yashil, silliq Aabb - sariq, burishgan aaBb - yashil, silliq aabb - yashil, burishgan 5) P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F1
F1 da olingan genotipik F1 da olingan fenotipik Fenotipik sinflar sinflar sinflar nisbati
1. AABB = 1 sariq, silliq (s.s.) 2. AABb = 2 sariq, silliq (s.s.) s.s. AˍBˍ = 9 3. AaBB = 2 sariq, silliq (s.s.) 4. AaBb = 4 sariq, silliq (s.s.) 5. AAbb = 1 sariq, burishgan (s.b.) s.b. Aˍbb = 3 6. Aabb = 2 sariq, burishgan (s.b.) 7. aaBB = 1 yashil, silliq (ya.s.) ya.s. aaBˍ = 3 8. aaBb = 2 yashil, silliq (ya.s.) 9. aabb = 1 yashil, burishgan (ya.b.) ya.b. aabb = 1 Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1 Fenotipik sinflar nisbati 9 : 3 : 3 : 1
Masalaning echilishi: bundan oldingi masalada ko‘rilganidek, donning sariq, silliq bo‘lishi dominant A va B genlariga hamda donning yashil, burishgan bo‘lishi retsessiv a va b genlariga bog‘liq. SHunga ko‘ra, bu masala quyidagicha echiladi: sariq, silliq yashil, burishgan P ♀ AABB X ♂ aabb g AB ab F1 AaBb - sariq, silliq sariq, silliq sariq, silliq P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F2
Jadvalda keltirilgan genotipik va fenotipik sinflarni, ularning takrorlanishi hamda nisbatlarini quyidagicha yozib chiqamiz: F2 da olingan F2 da olingan Fenotipik genotipik sinflar fenotipik sinflar sinflar nisbati 1. AABB = 1 sariq, silliq 2. AABb = 2 sariq, silliq 9/16 sariq, silliq 3. AaBB = 2 sariq, silliq ( 9 AˍBˍ) 4. AaBb = 4 sariq, silliq 5. AAbb = 1 sariq, burishgan 3/16 sariq, burishgan 6. Aabb = 2 sariq, burishgan ( 3 Aˍbb) 7. aaBB = 1 yashil, silliq 3/16 yashil, silliq 8. aaBb = 2 yashil, silliq ( 3 aaBˍ) 9. aabb = 1 yashil, burishgan 1/16 yashil, burishgan jami = 16 ( 1 aabb) Masalaning javobi: 1) gomozigotali sariq, silliq donli no‘xat o‘simliklari yashil, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda Mendelning birinchi qonuniga ko‘ra F1 da faqat sariq, silliq donli o‘simliklar hosil bo‘ladi. Ular genotip bo‘yicha digeterozigotali bo‘lib, AaBb genotipga ega. 2) F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda F2 da 9 ta genotipik va 9 : 3 : 3 : 1 nisbatda 4 ta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi. YA’ni, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan ajralish ketib, 9/16 qism sariq, silliq (A-B-); 3/16 qism sariq, burishgan (A-bb); 3/16 qism yashil, silliq (aaB-) va 1/16 qism yashil, burishgan (aabb) donli o‘simliklar hosil bo‘ladi. 3) F1 o‘simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda FB da yana sariq, silliq donli o‘simliklar hosil bo‘ladi. sariq, silliq sariq, silliq P ♀ AaBb X ♂ AABB g AB, Ab, aB, ab AB FB AABB - sariq, silliq AABb - sariq, silliq AaBB - sariq, silliq AaBb - sariq, silliq 4) F1 o‘simliklari chatishtirish uchun olingan yashil, burishgan donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirilganda, keyingi avlodda FB da 1 : 1 : 1 : 1 nisbatda to‘rtta fenotipik sinfga mansub o‘simliklar hosil bo‘ladi. sariq, silliq yashil, burishgan P ♀ AaBb X ♂ aabb g AB, Ab, aB, ab ab FB AaBb - sariq, silliq Aabb - sariq, burishgan aaBb - yashil, silliq aabb - yashil, burishgan
1) CCDD x ccdd; 2) CcDd x ccdd; 3) CcDd x CCDD; 4) Ccdd x ccDd; 5) ccDd x CcDD 53-masala. Gomozigotali qizil gulli, baland bo‘yli no‘xat o‘simliklari oq gulli, past bo‘yli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o‘simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o‘simliklari gomozigotali uzun bo‘yli, qizil gulli o‘simliklar bilan hamda oq gulli, kalta bo‘yli o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin? 54-masala. No‘xat o‘simligida donining sariq rangda bo‘lishi yashil rangi ustidan va donning silliq shakli burishgan shakli ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Sariq, silliq donli no‘xat o‘simliklari xuddi shunday fenotipga ega bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o‘simliklarning hammasi sariq, silliq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak? 55-masala. Sariq, silliq donli no‘xat o‘simliklari xuddi shunday donga ega bo‘lgan boshqa o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha xilma-xillik olingan. Bunda olingan o‘simliklarning ma’lum qismi sariq, silliq donli; ma’lum qismi sariq, burishgan donli; ma’lum qismi yashil, silliq donli va ma’lum qismi yashil, burishgan donli bo‘lgan. Bu fenotipik sinflarga mansub o‘simliklarning nisbati 9 : 3 : 3 : 1 ga yaqin bo‘lgan. Olingan natijaga asoslanib, chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. 56-masala. Qizil, tuksiz mevali pomidor o‘simliklari sariq, tukli mevaga ega o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 98 tasi qizil, tuksiz mevaga; 104 tasi qizil, tukli mevaga; 97 tasi sariq, tuksiz mevaga va 101 tasi sariq, tukli mevaga ega bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Ularning irsiylanishi haqida nima deyish mumkin? 57-masala. Bangidevonaning qizil gulli, tikansiz ko‘sakli o‘simliklari oq gulli, tikanli ko‘sakka ega o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 320 tasi qizil gulli, tikanli ko‘sakka va 312 tasi qizil gulli va tikansiz ko‘sakli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. 58-masala. CHeklanmagan shoxli, to‘q sariq gulli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 27 tasi cheklanmagan shoxli, to‘q sariq gulli; 31 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 29 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 26 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo‘lgan. Ota-ona va F1 o‘simliklarining genotipini hamda o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang. 59-masala. To‘q sariq gulli, tuksiz chigitli g‘o‘za o‘simliklari och sariq gulli, chigiti tukli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o‘simliklari to‘q sariq gulli, tuksiz chigitli bo‘lgan. F2 , FB avlodlarda o‘rganilayotgan belgilarning genotipi va fenotipi bo‘yicha qanday natijalar olish mumkin? 60-masala. Boshog‘i qiltanoqsiz va qizil bo‘lgan bug‘doy o‘simliklari boshog‘i qiltanoqli va oq rangli bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo‘lgan. F2 da esa quyidagicha ajralish ketgan: 159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta qiltanoqsiz, oq; 57 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli qsimliklar. O‘rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F2 o‘simliklarining necha foizi geterozigotali? Tahliliy chatishtirish o‘tkazish uchun F1 o‘simliklarini qanday fenotipga ega bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirish kerak?
20 ta o‘simliklar yumaloq, yashil mevali; 18 ta o‘simliklar yumaloq, chipor mevali; 19 ta o‘simliklar uzunchoq, yashil mevali va 21 ta o‘simliklar uzunchoq, chipor mevali. CHatishtirish uchun olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgilarning qanday irsiylanishini tushuntirib bering.
1) Digeterozigotali qizil va yumaloq mevali pomidor o‘simliklari har ikkala belgi bo‘yicha retsessiv - sariq va noksimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday nisbatda genotipik va fenotipik sinflarga mansub o‘simliklar hosil bo‘ladi? 2) Xo‘jalikda pomidor o‘simliklari mevasi yig‘ishtirib olinganda, hamma hosilning 36 tonnasi qizil va yumaloq, 12 tonnasi qizil va noksimon bo‘lgan. Buning sababini tushuntiring. Agar xo‘jalikda ekilgan o‘simliklar o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha digeterozigotali bo‘lgan bo‘lsa, hosilning qancha qismi sariq va noksimon bo‘lar edi? 63-masala*. Drozofila pashshasida tananing kulrang bo‘lishini B geni, qora bo‘lishini b geni va qanotning uzun bo‘lishini A geni, kalta bo‘lishini esa a geni belgilaydi. Gomozigotali kulrang va uzun qanotli urg‘ochi pashshalar qora tanali, kalta qanotli erkak pashshalar bilan chatishtirilganida, F1 va F2 da o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanishi bo‘yicha qanday genotipik va fenotipik sinflarga mansub pashshalar olish mumkin? F1 pashshalari qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsa-chi? Masalaning echilishi: Belgi Gen Kulrang tana B Qora tana b Uzun qanot A Kalta qanot a kulrang tanali, qora tanali, uzun qanotli kalta qanotli P ♀ BBAA X ♂ bbaa g BA ba
F1 BbAa - kulrang tanali, uzun qanotli kulrang tanali, kulrang tanali, uzun qanotli uzun qanotli P ♀ BbAa X ♂ BbAa g BA, Ba, bA, ba BA, Ba, bA, ba F2 1. BBAA = 1 2. BBAa = 2 9 BˍAˍ kulrang tanali, uzun qanotli 3. BbAA = 2 4. BbAa = 4 5. BBaa = 1 3 Bˍaa kulrang tanali, kalta qanotli 6. Bbaa = 2 7. bbAA = 1 3 bbAˍ qora tanali, uzun qanotli 8. bbAa = 2 9. bbaa = 1 1 bbaa qora tanali, kalta qanotli Har ikki belgi bo‘yicha to‘liq dominantlik hodisasi kuzatilgan vaqtda F2 da to‘rtta fenotipik sinflar hosil bo‘ladi, ularning nisbati 9 : 3 : 3 : 1. 9 ta genotipik sinflar hosil bo‘ladi, ularning nisbati 1 : 2 : 2 : 4 : 1 : 2 : 1 : 2 : 1 kulrang tanali, qora tanali, uzun qanotli kalta qanotli P ♀ BbAa X ♂ bbaa g BA, Ba, bA, ba ba FB BbAa - kulrang tanali, uzun qanotli Bbaa - kulrang tanali, kalta qanotli bbAa - qora tanali, uzun qanotli bbaa - qora tanali, kalta qanotli Nisbat 1 : 1 : 1 : 1 Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling