Genetikadan masala ishlash
Download 1.16 Mb.
|
genetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 232-masala.
- 242-masala.
- Irsiyatning molekulyar asoslari. 248-masala*.
220-masala*. Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo‘lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang. Masalaning echilishi: masala shartiga ko‘ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyasiyada 1 % yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko‘ra, a allelning chastotasi (q) topiladi: a = q = √q2 = √0,01 = 0,1 yoki q = 0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,1 = 0,9 yoki p = 0,9 bo‘ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 0,81 ga teng bo‘ladi, ya’ni AA = p2 = 0,92 = 0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini quyidagicha topamiz: Aa = 2 pq = 2 (0,9 x 0,1) = 0,18 SHunday qilib, o‘rganilayotgan populyasiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1% aa genotipli individlardan tashkil topgan. 221-masala*. Quyidagi populyasiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang: a) AA = 36%, Aa = 48%, aa = 16%; b) AA = 64%, Aa = 32%, aa = 4%; v) AA = 49%, Aa = 42%, aa = 9%. Masalaning echilishi: a) mazkur populyasiyada AA genotipli (p2) individlarning uchrash chastotasini bilgan holda, A allelining (p) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: AA = p2 = 36% yoki 0,36 A = p = √p2 = √0,36 = 0,6 a allelining (q) uchrash chastotasini 2 xil yo‘l bilan topish mumkin: 1) p + q = 1 formulasidan foydalanib a allelning uchrash chastotasini topish, ya’ni q = 1 – p = 1 – 0,6 = 0,4; 2) aa = 16% 0,16 a = q = √q2 = √0,16 = 0,4 Bu masalaning b va v punktlari ham xuddi shu tartibda echiladi.
Masalaning echilishi: bu masalada berilgan populyasiyada aa genotipli (q2) individlarning chastotalarini bilgan holda, a genining (q) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 = 0,0025; a = q =√ q2 =√0,0025 = 0,05 p + q = 1 formulasidan foydalanib, A genining (p) uchrash chastotasini topamiz: p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95 AA genotipning chastotasi AA = p2 = 0,952 = 0,9025 Aa genotipning chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095 Populyasiya 90,25% AA genotipli, 9,5% Aa genotipli va 0,25% aa genotipli o‘simliklardan tashkil topgan.
Masala shartiga ko‘ra, retsessiv gomozigotali individlarning genotipi aa (q2) ma’lum. Bu erda a allelining (q) chastotasini topamiz. aa genotipining uchrash chastotasini aa (q2) birliklar bilan ifodalaymiz. Buning uchun barcha o‘simliklar sonini 1 ga teng deb olamiz, ya’ni 84000 = 1. U holda aa (q2) genotipning chastotasi: q2 = 210 : 84000 = 0,0025; a allelining chastotasi q = √q2 =√0,0025 = 0,05 p + q = 1 formulasidan foydalanib, A allelining (p) chastotasini aniqlaymiz: p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95 Geterozigotali o‘simliklarning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095.
Masalaning echilishi: Xardi-Vaynberg formulasiga muvofiq, ko‘k ko‘zli aa genotipning uchrash chastotasi aa = q2 = 0,49 ga teng. U holda a allelining uchrash chastotasi q = √q2 = √0,49 = 0,7 ga teng bo‘ladi. Allellarning yig‘indisi 1 ga tengligini bilgan holda A allelining chastotasi - p aniqlanadi: p = 1 – q = 1 – 0,7 = 0,3 Dominant gomozigotali AA genotipning uchrash chastotasi AA = p2 = 0,32 = 0,09 yoki 9% ga teng. Geterozigotali Aa genotipning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,3 x 0,7) = 0,42 yoki 42% ga teng.
Masalaning echilishi: normal oyoqli itlar genotipining aa bo‘lishini bilgan holda, a allelining chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 deb olib, itlarning populyasiyadagi umumiy sonini 1 ga teng deb olinsa, u holda aa = 24 : 269 = 0,09 yoki aa genotipning chastotasi 0,09 ga teng ekanligi topiladi, allelning uchrash chastotasi esa q = √q2 = √0,09 = 0,3 ga teng bo‘ladi. Dominant A p = 1 – q = 1 – 0,3 = 0,7 ga teng. AA genotipining uchrash chastotasi AA = p2 = 0,72 = 0,49 ga va Aa genotipining uchrash chasyototasi Aa = 2 pq = 2 (0,7 x 0,3) = 0,42 ga teng.
Masalaning echilishi: populyasiyadagi sigirlarning umumiy sonini (8705) bilgan holda, AA yoki aa genotiplarning chastotasini aniqlab olish mumkin. Masalan: aa = q2 = 756 : 8705 = 0,09. SHunga ko‘ra, a allelining chastotasi q = √q2 = √0,09 = 0,3 A allelining chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,3 = 0,7 Demak, A allelining uchrash chastotasi 0,7 ga va a allelining chastotasi esa 0,3 ga teng. 227-masala*. Evropa populyasiyalarida har 20000 odamga 1 ta albinos to‘g‘ri keladi. Populyasiyaning genetik tarkibini aniqlang. Masalaning echilishi: albinos fenotipni belgilovchi retsessiv gomozigotali genotipning uchrash chastotasini aa = q2 deb olinsa, aa = q2 = 1 : (20000 +1) = 0,00005 aniqlanadi, a allelining chastotasi q = √q2 = √0,00005 = 0,007 yoki q = 0,007 ga teng bo‘ladi. Bunday holda AA genotipning uchrash chastotasi p2 ni topish mumkin: A allelning chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,007 = 0,993 AA = p2 = 0,9932 = 0,986049 Aa genotipning uchrash chastotasi (2 pq) = 2 (0,993 x 0,007) = 0,013902.
Masalaning echilishi: retsessiv gomozigotali genotipning chastotasini topamiz: aa = q2 = 25 : (10000 + 25) = 25 : 10025 = 0,002493 a allelning chastotasini topamiz: a = q = √q2 = √0,002493 = 0,0499 a = 0,0499 229-masala*. Orollardan birida 10000 ta tulki otib olingan. Ulardan 9991 tasi malla, 9 tasi oq rangda bo‘lgan. Junning malla rangi oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Gomozigotali malla, geterozigotali malla va oq tulkilarning foizda ifodalangan nisbatini aniqlang. Masalaning echilishi: oq rangli tulkilar genotipining uchrash chastotasini topamiz: aa = q2 = 9 : 10000 = 0,0009 a allelning chastotasi q = √q2 = √0,0009 = 0,03 yoki q = 0,03 A allelning uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,03 = 0,97 AA genotipning uchrash chastotasi p2 = (0,97)2 = 0,9409 Aa genotipning uchrash chastotasi 2 pq = 2 (0,97 x 0,03) = 0,0582 Demak, dominant gomozigotali AA genotipli organizmlar 94,09% ni, geterozigotali Aa genotipli organizmlar 5,82% ni va retsessiv gomozigotali aa genotipli organizmlar 0,09% ni tashkil etadi.
a) AA = 48%, Aa = 38%, aa = 14%; a) AA = 54%, Aa = 36%, aa = 10%; a) AA = 46%, Aa = 42%, aa = 12%. 234-masala. Makkajo‘xori o‘simliklari populyasiyalarida albinos o‘simliklar (aa) 0,0035 chastota bilan uchraydi. A va a allellarining hamda AA, Aa genotiplarining uchrash chastotalarini hisoblab chiqing. 235-masala. 64000 tup javdar o‘simligining 110 tupi retsessiv gomozigotali (aa) holatida bo‘lgan albinos o‘simliklardan iborat bo‘lsa, A va a allellari hamda albinizm belgisini saqlovchi geterozigotali o‘simliklarning uchrash chastotasi qanday bo‘ladi? 236-masala. No‘xat o‘simligining 4 ta qizil gulli, lekin genotip bo‘yicha geterozigotali (Aa) va 1 ta qizil gulli, lekin gomozigotali (AA) o‘simliklarini bir necha avlod davomida ekib o‘rganilgan. No‘xat o‘simligining o‘z-o‘zidan changlanib ko‘payishini bilgan holda F4 da rivojlanadigan genotip va fenotiplarning nisbatini aniqlang. 237-masala. Ikkita populyasiya quyidagi genotipik chastotalarga ega: birinchisi - 0,24 AA, 0,32 Aa va 0,44 aa ikkinchisi - 0,33 AA, 0,14 Aa va 0,53 aa. Panmiksiya holatida keyingi avloddagi genotiplarning nisbati qanday bo‘ladi? 238-masala. Quyidagi chastotalarga ega bo‘lgan individlar guruhi mavjud: 1) 60% AA va 40% aa; 2) 50% AA, 30% Aa va 20% aa; 3) 30% AA, 40% Aa va 30% aa. Panmiksiya holatida AA, Aa va aa genotiplarning ikkinchi avloddagi chastotasini aniqlang. 239-masala. Ayrim aholi populyasiyalarida albinoslar (aa) 0,00005 chastota bilan uchraydi. A va a allelarining hamda AA va Aa genotiplarning populyasiyadagi chastotasini aniqlang. 240-masala. Evropa populyasiyalarida albinizm 7x10-10 miqdorda uchraydi. Populyasiyada albinizmni tashuvchi 1 ta odam barcha odamlar sonining qanchasiga to‘g‘ri kelishini aniqlang. 241-masala. Retsessiv gen orqali belgilanadigan fruktozuriya aholi o‘rtasida 7x10-5 chastotada uchraydi. Dominant va retsessiv allellarning hamda har xil genotiplarning populyasiyadagi chastotalarini aniqlang. 242-masala. Populyasiyada kasallik 400 kishidan 1 taga to‘g‘ri keladi. Kasallik tashuvchining hissasini va populyasiyadagi genotiplarning chastotalarini aniqlang. 243-masala. SHaharda aholining qon gruppalari aniqlab chiqilganda 4200 kishidan 1218 tasi M, 882 tasi N va 2100 tasi MN qon gruppasiga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan. Populyasiyada allellarning chastotasini aniqlang. 244-masala. Odamlarning uchta populyasiyasida qon gruppasi M-N tizimi bo‘yicha o‘rganilganda, quyidagi natijalar olingan: 1. AQSH ning oq tanli aholisining populyasiyasida M qon gruppasiga ega aholi 29,16% ni, N qon gruppasiga ega aholi 21,26% ni va MN qon gruppali aholi 49,58% ni tashkil qilgan; 2. SHarqiy Grenlandiya eskimoslari populyasiyasida M qon gruppasiga ega kishilar 83,49% ni, N gruppalilar 0,88% ni va MN gruppalilar 15,64% ni tashkil qilgan; 3. Avstraliyaning tub aholisi populyasiyasida M gruppalilar 3,0% ni, N gruppalilar 67,4% ni va MN gruppalilar 29,6% ni tashkil qilgan. Har uchchala populyasiyada M va N allellarning uchrash chastotasini aniqlang. 245-masala. 280000 aholisi bor tumanda retsessiv holda nasldan-naslga o‘tadigan kasallik 7 ta bolada aniqlangan. Bu kasallikni belgilovchi retsessiv allelning va uni tashuvchi geterozigotali genotipning chastotasini aniqlang. 246-masala. Evropa shaharlaridan birida qon gruppasining M-N tizimi bo‘yicha aholi o‘rtasida tekshiruv o‘tkazilganda, 11163 kishi MM genotipiga, 15267 kishi MN genotipiga va 5134 kishi NN genotipiga ega ekanligi aniqlangan. O‘rganilgan populyasiyada M va N allellarning chastotasini aniqlang. 247-masala. Er shari aholisi o‘rtasida qon gruppasi ABO tizimi bo‘yicha to‘rt xilda va turli tartibda uchraydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika hindularining ko‘pchilik qabilalarida qon gruppalari faqat I yoki II bo‘ladi. Ayrim qabilalarda esa qon gruppalari I yoki III bo‘lar ekan. Agar populyasiyada kishilar I (OO) va II (AA, AO) qon gruppalariga ega bo‘lib, aholining 98% i birinchi qon gruppasiga ega bo‘lsa, bu populyasiyaning genetik tarkibini aniqlang. Agar populyasiyada kishilar I (OO) va III (BB, BO) qon gruppasiga ega bo‘lsa va aholining 83% ida I qon gruppasi kuzatilsa, bu populyasiyaning genetik tarkibi qanday bo‘ladi?
T A G A T S S S G A S A S G A... DNK molekulasining ana shu zanjiriga komplementar bo‘lgan ikkinchi zanjirda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday? Masalaning echilishi: DNK molekulasining qo‘sh zanjirida A qarshisida T va G qarshisida S joylashgani uchun berilgan molekulaning ikkinchi komplementar zanjiri quyidagicha bo‘ladi: A T S T A G G G S T G T G S T… yoki T A G A T S S S G A S A S G A... A T S T A G G G S T G T G S T…
A G T A S S G A T A S T S G A T T T A S G… DNK molekulasining ikkinchi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
T A G A S T G G T A S A S G T G G T G A A Ikkinchi zanjir qo‘sh zanjirli DNK molekulasi holatiga keltirilganda, zanjirlarda nukleotidlarning joylashish tartibini aniqlang.
- valin - leysin – gistidin – serin – izoleysin. SHu oqsil molekulasini kodlovchi genda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday? Masalaning echilishi: oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarni kodlovchi tripletlarning – kodonlarning tartibini genetik kod jadvalidan foydalanib yozib chiqamiz: valin – GUU, leysin – SUU, gistidin – SAU, serin – UTSU, izoleysin – AUU yoki G U U S U U S A U U S U A U U. SHunga ko‘ra berilgan oqsil molekulasining sinteziga javobgar i-RNK molekulasiga mos keluvchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha: S A A G A A G T A A G A T A A G T T S T T S A T T S T A T T Genetik kod jadvali
252-masala*. Ma’lum bir gen quyidagi nukleotidlardan tashkil topgan: T T T T A S A S A T T G S A G… SHu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibi qanday bo‘ladi? Masalaning echilishi: Berilgan gen joylashgan DNK molekulasi zanjiri asosida i-RNK molekulasi hosil qilinadi: A A A A U G U G U A A S G U S. Ana shu i-RNK molekulasi axborotiga binoan sintezlanadigan oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibi quyidagicha bo‘ladi: AAA – lizin, AUG – metionin, UGU – sistein, AATS – asparagin, GUTS – valin yoki lizin –metionin – sistein – asparagin - valin. 253-masala. Ma’lum bir belgining rivojlanishini ta’minlovchi gen nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan: A A A T A A G T S G S A S S A T A G G S A SHu gen tomonidan kodlanadigan oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang.
- prolin – valin - arginin – prolin – leysin – valin – arginin. 258-masala. Genning ma’lum bir qismi quyidagicha tuzilishga ega: S G G S G S T S A A A A T S G… Genning shu qismidagi axborot mos ravishda oqsilning qanday tuzilishini belgilaydi? 259-masala*. Gen tuzilishida ishtirok etuvchi nukleotidlardan to‘rtinchi nukleotid tushib qolsa, bu holat oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? G S S G S G A G U U U U A G S → G S S S G A G U U U U A G S Masalaning echilishi: Dastlab genning normal holatida oqsil sintezining bosh qismini ko‘rib chiqamiz: i-RNK dagi G S S G S G A G U U U U A G S… nukleotidlar ketma-ketligi asosida oqsil zanjiridagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlaymiz: alanin- alanin – serin – fenilalanin – serin-… Gen tarkibidagi to‘rtinchi nukleotid – guanin (G) tushib qolganidan keyingi genning tuzilish holati: G S S S G A G U U U U A G S… alanin – arginin – valin – leysin …
9 12
A S U A S G S A A A U A S G S → A S U A S G S A A U S G S 261-masala. DNK molekulasida kodlangan quyidagi nukleotidlar tartibidan iborat axborot oqsil molekulasidagi monomerlarning qanday tartibini belgilaydi? T S T S S S A A A A A G A T A Agar DNK molekulasi tarkibidagi beshinchi nukleotid tushirib qoldirilsa, u oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
S S T A G T G T G A A S S A G… Agar DNK molekulasidagi oltinchi va ettinchi nukleotidlar orasiga timin qo‘yilsa, bu holat oqsil sintezida aminokislotalar ketma-ketligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Masalaning echilishi: Normal holat DNK S S T A G T G T G A A S S A G… i-RNK G G A U S A S A S U U G G U S… i-RNK molekulasi nukleotidlari asosida oqsil sintezida quyidagi aminokislotalar qatnashadi: glitsin – serin – gistidin – leysin – valin. DNK molekulasida o‘zgarish bo‘lgan holat: S S T A G T T G T G A A S S A G… G G A U S A A S A S U U G G U S… glitsin - serin – treonin – leysin – glitsin.
a) G U S G A S A A G U S A G S S S A A; b) G A S G U U G G A A A A G G A S A A; v) A S A U S A S S S U A S A A S G S A. 264-masala. Oqsil molekulasida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan: a) valin – glitsin – leysin – gistidin; b) treonin – triptofan – serin – alanin; v) lizin – metionin – valin – prolin; g) alanin – leysin – lizin – treonin. SHu oqsil molekulalarini kodlovchi i-RNK molekulasi nukleotidlarini aniqlang. 265-masala. Genning bir qismi nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan: T T G T S G S A T G A G G G G T T T Bu zanjirda 10-nukleotid yoki 11-nukleotid ionlashtiruvchi nur ta’sirida tushib qolgan bo‘lsa, kodlanadigan aminokislotalarning tartibi qanday o‘zgaradi? 266-masala. Genetik kodlardan foydalangan holda quyidagi tripletlar yordamida qanday aminokislotalar kodlanishini aniqlang: a) GTA; b) AAG; v) SAA; g) UTSG; d) AGU; e) AAA. 267-masala. Oqsil molekulasining boshlanishini kodlovchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlar quyidagicha joylashgan: A T G G T T G A G G G T T T S. Oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang. 268-masala. Oqsil tarkibini 400 ta aminokislota tashkil qiladi. DNK zanjirida ikkita nukleotid orasidagi masofa 3,4 Å ga teng ekanligini bilgan holda shu oqsilni sintezlashga javobgar genning uzunligini aniqlang. 269-masala. Glyukagon oqsili (oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan gormon, bu gormon qonda glyukoza miqdorining oshishiga hamda jigarda glikogenning parchalanishiga ta’sir ko‘rsatadi) molekulasining boshlanishida qatnashuvchi aminokislotalarning ketma-ketligi quyidagicha: treonin – serin – asparagin – tirozin – serin – lizin – tirozin… SHu oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilovchi DNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlang. 270-masala. Ribonukleaza oqsili zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibi quyidagicha: lizin – glutamin – treonin – alanin – alanin – alanin – lizin… . Bu oqsil sinteziga javobgar gen molekulasida nukleotidlarning joylashish tartibi qanday? 271-masala. O‘roqsimon anemiya bilan kasallangan odamda gemoglobinning to‘rtinchi polipeptidida aminokislotalarning ketma-ketligi quyidagicha: valin – gistidin – leysin – treonin – prolin – valin – glutamin kislota – lizin. Kasallikka olib keluvchi gemoglobinning to‘rtinchi polipeptidini kodlovchi DNK qismidagi o‘zgarishni aniqlang. Mundarija Allel va noallel genlar haqida G.Mendel……………………………........3 Bir gen allellarining o‘zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi...................3 Monoduragay chatishtirish………………………………………….….…3 Diduragay chatishtirish………………………………………………….. 18 F2 dagi ajralishning statistik xarakteri……………………………... 30 Poliduragay chatishtirish……………………………………………….. 39 Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro ta’sirining tiplari…………………… 51 Noallel genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipi………………. 52 Noallel genlar o‘zaro ta’sirining epistatik tipi……………………. 61 Noallel genlar o‘zaro ta’sirining polimeriya tipi…………………… 67 Noallel genlar o‘zaro ta’sirining kombinirlangan tipi……………. 74 Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi………….....................83 Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover………………. 91 Populyasiyalar genetikasi…………………………………………...……102 Irsiyatning molekulyar asoslari………………………………………… 109 Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling