Genetikadan masala ishlash
Download 1.16 Mb.
|
genetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi. 163-masala*.
157-masala*. YAlang‘och urug‘li (GS) g‘o‘za o‘simligi boshqa bir yalang‘och urug‘li (GS) o‘simlik bilan chatishtirilib F1 da yalang‘och urug‘li (GS) duragaylar olindi. F1 duragaylarini o‘zidan changlantirib, F2 da 49:15 nisbatda yalang‘och urug‘li (GS) va mikropilyar tuklanishli (MS) duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g‘o‘za o‘simliklarining genotipini aniqlang. Masalaning echilishi: ikkinchi avlodda mikropilyar tuklanishli (MS) duragaylarning chiqishi ota-ona o‘simliklarining birida dominant ingibitor va mikropilyar tuklanishni rivojlantiruvchi asosiy genlar mavjudligini ko‘rsatadi. GS GS
P ♀ II Ft1Ft1Ft2Ft2 fcfc X ♂ ii ft1ft1ft2ft2 fcfc g I Ft1Ft2 fc i ft1ft2 fc F1 Ii Ft1ft1Ft2ft2 fcfc - GS
P ♀ Ii Ft1ft1Ft2ft2 fcfc X ♂ Ii Ft1ft1Ft2ft2 fcfc g I Ft1Ft2 fc I Ft1Ft2 fc I Ft1ft2 fc I Ft1ft2 fc I ft1Ft2 fc I ft1Ft2 fc I ft1ft2 fc I ft1ft2 fc i Ft1Ft2 fc i Ft1Ft2 fc i Ft1ft2 fc i Ft1ft2 fc i ft1Ft2 fc i ft1Ft2 fc i ft1ft2 fc i ft1ft2 fc F2 1. II Ft1Ft1Ft2Ft2 fcfc – 1 2. II Ft1Ft1Ft2ft2 fcfc – 2 3. II Ft1ft1Ft2Ft2 fcfc – 2 4. II Ft1Ft1ft2ft2 fcfc – 1 5. II ft1ft1Ft2Ft2 fcfc – 1 GS (16) 6. II Ft1ft1Ft2ft2 fcfc – 4 7. II Ft1ft1ft2ft2 fcfc – 2 8. II ft1ft1Ft2ft2 fcfc – 2 9. II ft1ft1ft2ft2 fcfc – 1 10. Ii Ft1Ft1Ft2Ft2 fcfc –2 11. Ii Ft1Ft1Ft2ft2 fcfc –4 12. Ii Ft1ft1Ft2Ft2 fcfc –4 13. Ii Ft1Ft1ft2ft2 fcfc –2 GS (32) 14. Ii ft1ft1Ft2Ft2 fcfc – 2 15. Ii Ft1ft1Ft2ft2 fcfc – 8 16. Ii Ft1ft1ft2ft2 fcfc – 4 17. Ii ft1ft1Ft2ft2 fcfc – 4 18. Ii ft1ft1ft2ft2 fcfc – 2 19. ii Ft1Ft1Ft2Ft2 fcfc –1 n-MS 20. ii Ft1Ft1Ft2ft2 fcfc – 2 p-MS 21. ii Ft1ft1Ft2Ft2 fcfc – 2 p-MS 22. ii Ft1Ft1ft2ft2 fcfc – 1 m-MS 23. ii ft1ft1Ft2Ft2 fcfc – 1 m-MS 24. ii Ft1ft1Ft2ft2 fcfc – 4 m-MS 25. ii Ft1ft1ft2ft2 fcfc – 2 nz-MS 26. ii ft1ft1Ft2ft2 fcfc – 2 nz-MS 27. Ii ft1ft1ft2ft2 fcfc – 1 rGS
1 n-MS + 4 p-MS + 6 m-MS + 4 nz-MS = 15 MS. Nisbat 49 : 15. 158-masala. YAlang‘och urug‘li (GS) g‘o‘za o‘simligi OS tip tuklanishli g‘o‘za bilan chatishtirilib, F1 da yalang‘och urug‘li duragaylar olindi. F2 da esa 3:1 nisbatda yalang‘och urug‘li (GS) va OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Ota-ona o‘simliklarning genotipini aniqlang. 159-masala. O‘rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g‘o‘za ikkinchi bir o‘rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g‘o‘za bilan chatishtirilib, F1 da o‘rtacha mikropilyar tuklanishli duragaylar olindi. F2 da esa 15:1 nisbatda mikropilyar tuklanishli (MS) va yalang‘och urug‘li (GS) duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g‘o‘zalarning genotipini aniqlang. 160-masala. OS tip tuklanishli g‘o‘za o‘rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g‘o‘za bilan chatishtirilib, F1 da OS tip tuklanishli duragaylar olindi. F2 da esa 1:4:1:10 nisbatda yalang‘och urug‘li (GS) : juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) : o‘rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) : OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Boshlang‘ich g‘o‘za o‘simliklarining genotipini aniqlang. 161-masala. Ikkita har-xil juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) g‘o‘za o‘simliklari o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 1:2:1 nisbatda yalang‘och urug‘li (GS) : juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) : OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Boshlang‘ich g‘o‘zalarning genotipini aniqlang. 162-masala. Ikkita har-xil juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) g‘o‘za o‘simliklari o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 4:8:3:1 nisbatda yalang‘och urug‘li (GS) : juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) : o‘rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) : to‘liq tuk bilan qoplangan (OS) duragaylar olingan. Boshlang‘ich g‘o‘za o‘simliklarining genotipini aniqlang. Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi. 163-masala*. Drozofila pashshasida urg‘ochi jins gomogametali va erkak jins geterogametali hisoblanadi. Drozofila pashshasida ko‘zning qizil bo‘lishini ta’minlovchi gen (A) dominant bo‘lib, u X xromosomada joylashgan (XA). SHu genning retsessiv alleli – a geni ko‘zning oq bo‘lishini ta’minlab, u ham X xromosomada joylashgan (Xa). Qizil ko‘zli urg‘ochi pashshalar qizil ko‘zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko‘zli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Masalaning echilishi: Qizil ko‘zli pashshalar XAXA yoki XAXa genotipga ega bo‘lishi mumkin. Masalaning shartiga ko‘ra qizil ko‘zli pashshalar xuddi shunday pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko‘zli bo‘lgan. Bunday natijani faqat chatishtirish uchun olingan urg‘ochi pashshalarning genotipi XAXA bo‘lgan taqdirdagina olish mumkin. Agar ularning genotipi XAXa bo‘lganda, keyingi avlodda qizil ko‘zli pashshalar bilan birga oq ko‘zli pashshalar ham ajralib chiqishi kerak edi: 1) P ♀ qizil X ♂ qizil 2) P ♀ qizil X ♂ qizil XAXA XAY XAXa XAY g XA XA, Y g XA, Xa XA, Y F1 XAXA, XAY F1 XAXA, XAXa, XAY, XaY qizil qizil qizil qizil qizil oq CHatishtirish uchun olingan qizil ko‘zli pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkin. CHunki, erkak pashshalar geterogametali bo‘lgani sababli ularning ko‘zi qizil bo‘lishi uchun genotipi XAY bo‘lishi kerak. Urg‘ochi pashshalarning genotipi faqat XAXA bo‘lgan taqdirdagina keyingi avlodda ko‘z rangi bo‘yicha ajralish ketmaydi.
3/4 qizil ko‘zli, uzun qanotli urg‘ochi pashshalar; 1/4 qizil ko‘zli, kalta qanotli urg‘ochi pashshalar; 3/8 qizil ko‘zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 3/8 oq ko‘zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 1/8 qizil ko‘zli, kalta qanotli erkak pashshalar; 1/8 oq ko‘zli, kalta qanotli erkak pashshalar. O‘rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi? CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniqlang. 170-masala. Ikkita qizil ko‘zli, uzun qanotli pashshalar o‘zaro chatishtirilganda keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan: 154 ta qizil ko‘zli, uzun qanotli urg‘ochi pashshalar; 48 ta qizil ko‘zli, kalta qanotli urg‘ochi pashshalar; 98 ta qizil ko‘zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 95 ta oq ko‘zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 25 ta qizil ko‘zli, kalta qanotli erkak pashshalar va 32 ta oq ko‘zli, kalta qanotli erkak pashshalar. Barcha pashshalarning genotipini aniqlang. 171-masala. Mushuklarda jun rangining qora bo‘lishi malla rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi. SHu belgini ta’min etuvchi gen allellari X xromosomada joylashgan. Jun rangini ta’min etuvchi genlar bo‘yicha geterozigotali mushuklarning juni toshbaqasimon rangda bo‘ladi. Lekin bu rangli mushuklar kam uchraydi. Buning sababini tushuntiring. Toshbaqasimon rangli mushuklar qora erkak mushuklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan mushukchalarning genotipini aniqlang. Agar urg‘ochi toshbaqasimon rangli mushuklar erkak malla mushuklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan mushukchalarning fenotipi qanday bo‘ladi? 172-masala. Qora mushuk 4 ta mushukcha tuqqan. Ulardan bittasi toshbaqasimon rangli bo‘lib, 3 tasi qora bo‘lgan. Bu mushukchalarning otasi bo‘lgan mushukning fenotipi haqida nima deyish mumkin? Mushukchalarning jinsini aniqlang. 173-masala. Qora urg‘ochi mushuk xuddi shunday erkak mushuk bilan chatishtirilganda 3 ta mushukcha tug‘ilgan bo‘lib, ularning bittasi toshbaqasimon va ikkitasi qora bo‘lgan. Buni genetik jihatdan qanday izohlash mumkin? 174-masala. Ma’lumki, junning toshbaqasimon bo‘lishi faqat urg‘ochi mushuklarga xos. Lekin, aytishlaricha ba’zan toshbaqasimon erkak mushuklar ham uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin? 175-masala. Akvariumda boqiladigan baliq zotlaridan birining (guppi) kulrang urg‘ochi baliqlari ola-bula erkak baliqlar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan baliqchalarning 50% i urg‘ochi bo‘lib, ular kulrang bo‘lgan, 50% i esa erkak bo‘lib, ular ola-bula bo‘lgan. F2 va F3 da ham bu natija takrorlangan. Olingan natijalarni izohlang. CHatishtirish uchun olingan dastlabki urg‘ochi va erkak baliqlarning genotipini aniqlang. 176-masala. Oq rangli erkak akvarium baliqlari qizil urg‘ochi baliqlar bilan chatishtirilgan. F1 da olingan barcha erkak va urg‘ochi baliqchalar qizil rangli bo‘lgan. F2 da olingan 117 ta baliqchalar erkak va urg‘ochi bo‘lishiga qaramay qizil bo‘lgan, 43 tasi esa erkak bo‘lib, ular oq rangli bo‘lgan. Teskari chatishtirish o‘tkazilganda esa F1 da olingan 197 ta baliq oq, erkak jinsli va 130 ta baliq qizil, urg‘ochi jinsli bo‘lgan. Bu belgi qanday irsiylanadi? Baliqlarning genotipini aniqlang. 177-masala. Endi tuxumdan chiqqan jo‘jalarning jinsini birdaniga aniqlab bo‘lmaydi. CHunki, ularning jinsidan darak beruvchi tashqi belgilar hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Patning qora yoki chipor bo‘lishini ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashganligi e’tiborga olinsa, jo‘jalarning jinsini vaqtliroq aniqlash uchun belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi hodisasidan foydalanish mumkinmi? 178-masala. CHipor tovuqlar qora xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 1/2 qismi chipor va 1/2 qismi qora patli bo‘lgan. Jo‘jalarning jinsi aniqlanganda chipor patli jo‘jalarning hammasi xo‘roz va qora patlilarning hammasi tovuq bo‘lib chiqqan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning hamda jo‘jalarning genotipini aniqlang. 179-masala. Kanareykalarda patning yashil bo‘lishini B va jigarrang bo‘lishini b genlari ta’minlaydi. Har ikala gen X xromosomada joylashgan. YAshil rangli nar kanareykalar jigarrang patli moda kanareykalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan kanareykalarning 50% i nar va 50% i moda bo‘lgan. Har qaysi jinsga mansub qushlarning 50% i yashil va 50% i jigarrang bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan kanareykalarning genotipini aniqlang. 180-masala. Kanareykalarda patning yashil bo‘lishini belgilovchi B geni va jigarrang bo‘lishini ta’minlovchi b geni jins bilan birikkan holda nasldan - naslga o‘tadi. Boshida kokilning bo‘lishini belgilovchi C geni va kokilsizlikni belgilovchi c genlari autosomada joylashgan. 1) yashil, kokilli kanareyka xo‘rozi jigarrang, kokilsiz kanareykalar bilan chatishtirilganda, F1, F2 va har ikkala FB da qanday natija olish mumkin? Teskari chatishtirish o‘tkazilsa-chi? 2) yashil, kokilsiz kanareyka xo‘rozi jigarrang, kokilli makiyon bilan chatishtirilganda quyidagi natija olingan: 1 ta jigarrang, kokilli xo‘roz; 1 ta jigarrang, kokilsiz; 2 ta yashil, kokilli makiyon kanareykalar olingan. Ota-ona kanareykalarning genotipini aniqlang. 3) har ikkala ota-ona kanareykalar yashil, kokilli bo‘lgan. Ularning ikkita jo‘jasidan bittasi yashil, kokilli xo‘roz va bittasi jigarrang, kokilsiz makiyon bo‘lgan. Ota-ona kanareykalarning genotipini aniqlang. 181-masala. Odamlarda ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) retsessiv belgi bo‘lib, uni belgilovchi d geni va uning dominant alleli D geni (ranglarni normal ajrata olishlik) X xromosomada joylashgan. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, xuddi shunday ranglarni normal ajrata oladigan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug‘ilgan qizlarning hammasi normal, o‘g‘illarining ayrimlari esa daltonik bo‘lgan. Ota-onaning genotipi qanday bo‘lgan? 182-masala. Ranglarni yaxshi ajrata oladigan qiz, xuddi shunday fenotipga ega bo‘lgan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug‘ilgan barcha bolalar ranglarni yaxshi ajratgan. Lekin, ayol ikkinchi marta boshqa bir erkakka turmushga chiqqanda, bu keyingi oilada normal bolalar bilan birga daltonik bolalar ham tug‘ilgan. Eslatilgan barcha kishilarning genotipini aniqlang. 183-masala. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, daltonik yigitga turmushga chiqqan. Oilada daltonik qiz bola tug‘ilgan. Daltonik bolaning tug‘ilishiga ota aybdormi? SHu oilada keyingi tug‘iladigan bolalarning qanday fenotipga ega bo‘lish ehtimoli bor? 184-masala. Odamlarda ko‘z rangi jigarrang (dominant) va ko‘k (retsessiv) bo‘ladi. Ko‘z rangini ta’min etuvchi genlar autosomada joylashgan. Daltonizmni belgilaydigan retsessiv gen va uning dominant alleli X xromosomada joylashgan. Jigarrang ko‘zli, ranglarni yaxshi ajrata oladigan ayol (otasi ko‘k ko‘z va daltonik), ko‘k ko‘z, ranglarni normal ajrata oladigan erkakka turmushga chiqqan. SHu oilada o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘lgan farzandlar tug‘ilishi mumkin? 185-masala. Ota-ona sog‘lom bo‘lgan oilada uchta bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri gemofiliya (qonning normal ivimasligi) kasalligi tufayli vafot etadi. Qolgan ikki farzand sog‘lom bo‘lgan. Gemofilik bolaning tug‘ilish sababini tushuntiring. Sog‘lom bolalarning genotipi qanday bo‘lishi mumkin? 186-masala. Albinizm (terida pigmentning bo‘lmasligi) retsessiv belgi bo‘lib, uni ta’min etuvchi gen va uning dominant alleli autosomada joylashgan. Gemofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi gen va uning dominant alleli esa jinsiy xromosomada joylashgan. Erkak kishi albinos, gemofilik bo‘lishi mumkinmi? 187-masala. Odamlarda ter bezining yo‘qligi retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o‘tadi. Uni ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashgan. Bu belgi bo‘yicha sog‘lom yigit otasi kasal, onasi esa sog‘lom qizga uylandi. Bu yangi oilada tug‘iladigan o‘g‘il va qiz bolalarning ter beziga ega bo‘lmaslik ehtimoli qanday? 188-masala. Otasi ko‘k ko‘z, daltonik bo‘lgan jigarrang ko‘z ayol ko‘k ko‘z, ranglarni normal ajrata oladigan kishiga turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo‘yicha qanday farzandlar tug‘ilish ehtimoli bor? 189-masala. O‘rta dengiz aholisi orasida anemiya turlaridan biri – talassemiya bilan kasallanish kuzatiladi va uni ta’min etuvchi gen autosomada joylashgan. Bu genning dominant alleli bo‘yicha gomozigotalik sog‘lomlikni, geterozigota holati kuchsizroq kasallanishni (kichik talassemiya) va retsessiv gomozigotalik kuchli kasallanishni (katta talassemiya) belgilaydi. Katta talassemiya bolalarda odatda o‘limga olib keladi. Daltonik, kichik talassemiya bilan kasallangan ayol ranglarni normal ajratadigan, lekin kichik talassemiya bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo‘yicha qanday fenotipli bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor? 190-masala*. Daltonik va qon gruppasi AB bo‘lgan erkak ranglarni normal ajratuvchi va I qon gruppali ayol bilan turmush qurgan. Ayolning otasi daltonik va A qon gruppasiga ega. Bu oilada ikkita bola tug‘ilgan: ranglarni normal ajratuvchi va A qon gruppasiga ega qiz hamda ranglarni normal ajratuvchi va B qon gruppali o‘g‘il bola. Bu oilaning shajarasini tuzib, barcha oila a’zolarining genotipini ko‘rsating. Daltonik farzandlarning tug‘ilish ehtimoli qanday? Bolalar ota-onasining qon gruppasiga ega bo‘ladimi? Masalaning echilishi: Belgi Gen daltonik d ranglarni normal ajratish D I qon gruppa OO II qon gruppa AA yoki AO III qon gruppa BB yoki BO Bu oila a’zolarining shajarasini tuzamiz: rang. normal daltonik ajratuvchi II qon gruppa I qon gruppa rang. normal daltonik ajr. I qon gruppa IV qon gruppa rang. normal rang. normal ajratuvchi, ajratuvchi, II qon gruppa III qon gruppa Ayolning ota-onasi: ranglarni normal daltonik, ajr., I qon gruppa III qon gruppa P ♀ XDXD OO X ♂ XdY AO g XDO XdA, XdO, YA, YO F1 XDxd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa XDXd OO – ♀ ranglarni normal ajratadi, I qon gruppa
ajr., I qon gruppa IV qon gruppa P ♀ XDXd OO X ♂ XdY AB g XDO , XdO XdA, XdB, YA, YB F2 XDxd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa XDXd BO – ♀ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa XDY AO – ♂ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa XDY BO – ♂ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa Xdxd AO – ♀ daltonik, II qon gruppa XdXd BO – ♀ daltonik, III qon gruppa XdY AO – ♂ daltonik, II qon gruppa XdY BO – ♂ daltonik, III qon gruppa 191-masala. Odamlarda ter bezlarining yo‘qligi retsessiv belgi bo‘lib, uni rivojlantiruvchi gen X xromosomada joylashgan. Albinizm (terida pigmentning bo‘lmasligi) retsessiv autosomali belgi hisoblanadi. Terisi normal rangli va ter bezlariga ega bo‘lgan ayol terisi normal rangli va ter bezlariga ega bo‘lgan erkak bilan turmush qurgan. Bu oilada albinos va ter bezlari bo‘lmagan o‘g‘il tug‘ilgan. Ota-onaning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha genotiplarini aniqlang. 192-masala*. Ikkita qizil ko‘zli, uzun qanotli drozofila pashshalari o‘zaro chatishtirilib, quyidagi avlodlar olindi: Urg‘ochi pashshalar: 3/4 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli, 1/4 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli. Erkak pashshalar: 3/8 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli, 3/8 qism oq ko‘zli va uzun qanotli, 1/8 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli, 1/8 qism oq ko‘zli va rudiment qanotli. Ota-ona genotiplarini aniqlang. Ko‘z rangiga aloqador genlar jins bilan birikkan holda naslga beriladi. Qanotning shakli autosoma genlari tomonidan boshqariladi. Masalaning echilishi: Belgi Gen Qizil ko‘z A Oq ko‘z a Uzun qanot B Rudiment qanot b Avlodda ko‘z rangi va qanot shakli bo‘yicha retsessiv duragaylarning olinishi ota-ona sifatida olingan drozofila pashshalarining bu belgilar bo‘yicha geterozigota ekanligini ko‘rsatadi. qizil ko‘zli, qizil ko‘zli, uzun qanotli uzun qanotli P ♀ XAXa Bb X ♂ XAY Bb g XAB, XaB, XAb, Xab XAB, XAb, YB, Yb F1 1. XAXA BB – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli 2. XAXA Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli 3. XAXa BB – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli 4. XAXa Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli 5. XAXA Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli 6. XAXA bb – ♀ qizil ko‘zli, rudiment qanotli 7. XAXa Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli 8. XAXa bb – ♀ qizil ko‘zli, rudiment qanotli 6/8 yoki 3/4 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli urg‘ochi pashshalar, 2/8 yoki 1/4 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli urg‘ochi pashshalar. 1. XAY BB – ♂ qizil ko‘zli, uzun qanotli 2. XaY BB – ♂ oq ko‘zli, uzun qanotli 3. XAY Bb – ♂ qizil ko‘zli, uzun qanotli 4. XaY Bb – ♂ oq ko‘zli, uzun qanotli 5. XAY Bb – ♂ qizil ko‘zli, uzun qanotli 6. XaY Bb – ♂ oq ko‘zli, uzun qanotli 7. XAY bb – ♂ qizil ko‘zli, rudiment qanotli 8. XaY bb – ♂ oq ko‘zli, rudiment qanotli 3/8 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli erkak pashshalar, 3/8 qism oq ko‘zli va uzun qanotli erkak pashshalar, 1/8 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli erkak pashshalar, 1/8 qism oq ko‘zli va rudiment qanotli erkak pashshalar. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling