GLOSSARIY
Adabiyotshunoslik –
literature, letters – ma’naviyat
sohasiga
aloqador fanlar tizimiga mansub bo‘lib, badiiy adabiyotni Borliq
haqiqatini badiiy timsollar asosida modellashtiruvchi so‘z san’ati
sifatida o‘rganadi. Jahon va milliy adabiyotlar tarixi,
adabiy tanqid va
adabiyotning nazariy masalalari bu fanning asosiy mavzularini tashkil
etadi.
Adolat (tuyg‘usi) – fairness, справедливость – milliy
ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat,
inson ruhining Borliq
haqiqati bilan uyg‘unlashuvining to‘rtinchi darajasi, ma’naviyatning
siyosat sohasida (ya’ni, insonlararo munosabatlarda) akslanishi (yuzaga
chiqishi).
«Avom ishqi» – public flame of love –
Alisher Navoiyning
ta’rifiga ko‘ra «oddiy odamlar ishqi bo‘lib, xalq orasida mashhur va
keng tarqalgandir. Bu ishq jismoniy lazzat va shahvoniy nafs bilan
chegaralanadiki, oliy martabasi – shar’iy nikohdir. Quyiroq martabasida
janjal,
tashvishlar, ko‘ngilsizlik va sharmandaliklar ko‘rinadiki, bu
haqda so‘zlash – odobsizlik, bayon etish hayosizlikdir» («Mahbub ul-
qulub» asari, 2-qism, 10-bob).
«Avom» – pulic- народ – 1) omi odamlar,
Alisher Navoiy
nazdida ijtimoiy kelib chiqishi, boyligi va amalidan qat’i nazar, o‘zligini
anglab yetmagan, ma’naviy saviyasi past bo‘lgan insonlar,
agar kimki
o‘zligini anglab yetmagan bo‘lsa, o‘zini yeb-ichib, «kayfi safo qilib»
yurishdan ortiqqa arzitmasa hanuz u haqiqiy shaxs maqomiga
ko‘tarilmagan, oddiy bir «xudoning maxluqi»
darajasida qolib ketgan,
bunday insonlarning jamlanmasi esa «xalq» emas, «olomon» atalishga
loyiq bo‘ladi. Haqiqiy fuqarolik jamiyati, o‘zini
muayyan millatga
mansub deb bilgan shaxslar ogoh odamlardan iborat bo‘lmog‘i kerak; 2)
keyingi davrlarda yuqori tabaqa vakillari orasida «qora xalq», past
tabaqa vakillari ma’nosida ishlatila boshlagan.