Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters


Badiiy tafakkur – artistic-thinking


Download 289.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana06.09.2023
Hajmi289.79 Kb.
#1673438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
glossary

Badiiy tafakkur – artistic-thinking- ko‘proq timsoliy va evristik 
tafakkur asosiga qurilgan murakkab tarkibli tafakkur turlaridan bo‘lib, 
ijodkorning Borliq haqiqati haqidagi o‘z tasavvurlarini. hayotiy yoki 
xayoliy timsollar tizimi vositasida modellashtirishi. Badiiy timsol 
haqiqatni o‘zida to‘liq ifodalashga da’vo qilmaydi, faqat unga ishora 
qiladi. 
Baqo – eternity- abadiylik, azaliy va abadiy qudrat, mutlaq 
Haqiqat, inson ma’naviy kamolotining niqonuny maqsadi. 
Baho – price - har bir narsa, hodisaning muayyan zamon va 
makon o‘zgarishi bilan o‘zgarib turuvchi qiymati. Ibtidoiy xo‘jalik 
insonlar jamoasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy tarixiy 
shakllaridan biri, har bir insonning o‘z moddiy ehtiyojlarni qondirish 
uchun tabiat bilan bevosita amaliy munosabatlariga kirishib, o‘z aqli, 
malakasi, mehnati yordamida o‘zi va oilasi uchun rizq topishi. 
Bozor iqtisodi – markettabl ekonomikal - mulk turlarining 
xilma-xilligi, erkin talab va taklif asosida o‘zaro mahsulot almashuviga 
tayanuvchi tizim. 
Bozor iqtisodining asosiy ko‘rsatkichlarievidence on appel 
bazic of markettabl ekonomikal – 1) mulk turlarini erkin tanlash 
imkoniyati, 2) talab va taklif erkinligi, 3) erkin raqobat imkoniyati, 4) 
bozorning har uch yo‘nalishi: mahsulot, ishchi kuchi va qimmatli 
qog‘ozlar bozorining mukammal shakllan-ganligi. 
Botin – interior – ichki, inson ruhiyatiga oid tashqi sezgi a’zolari 
bilan bilib bo‘lmaydigan jihatlar. 


Botiniya – interior – Islom ma’rifatchiligi bosqichida shakllangan 
Borliq haqiqatini idrok etishga oid yana bir yirik yo‘nalish bo‘lib, uning 
asosida ismoiliya bid’ati yotadi. Shia mazhabidan ajralib chiqqan bu 
bid’at namoyandalari boshqa shialar kabi oltinchi imom Ja’far as-Sodiq 
(700— 765) ning kichik o‘g‘li Muso al-Kozim (vafoti 799 yil) ni emas, 
katta o‘g‘li Ismoilni imomlikdagi vorisi degan da’vo bilan chiqdilar 
(Ismoil bin Ja’far otasi hayot chog‘ida 762-yilda vafot etgan). Misrda 
Fotimiylar davlat tepasiga kelgach (909-yil), ismoiliylarning mintaqa 
bo‘ylab faoliyati avj oldi va ta’siri ham kuchaydi. Davr aql va mantiqiy 
tafakkur davri edi. Shunga munosib ravishda ismoiliya bid’ati 
targ‘ibotchilari o‘zlarining murakkab falsafiy tizimini ishlab chiqdilar. 
Ular bilimni zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) darajaga ajratdilar. 
Zohiriy bilim avom uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosan shia mazhabi 
shariat ahkomlariga mos kelardi. Botiniy bilim esa faqat tanlangan tor 
doira – xoslar orasidagina tarqalishi nazarda tutilar va borliqni idrok 
etishning murakkab falsafiy tizimidan iborat edi. Botiniy bilimlar 
qomusi sifatida shuhrat qozongan buyuk meros – 10 asrda yaratilgan 52 
risoladan iborat «Rasoili ixvon-us-safo va xullon ul-vafo» («Pok 
birodarlar va vafodor do‘stlar risolalari») majmuasi bo‘lib, bu majmuada 
14 risola riyoziyot (matematika)ga, 17 risola tabiiy fanlarga, 11 kitob 
Oliy haqiqat sirlari va yana 10 kitob diniy masalalarning mantiqiy 
tahliliga bag‘ishlangan edi. Bu mukammal qomus islomgacha hosil 
bo‘lgan ilmiy-falsafiy merosni chuqur o‘zlashtirish asosida yuzaga 
kelgan bo‘lib, mintaqa ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Botiniya yo‘nalishi asosan ismoiliya bid’atiga bog‘lab talqin etilsa ham, 
aslida o‘sha davrlarda ko‘pchilik rasmiy aqidaga muholif qarashlar shu 
nom ostida umumlashtirib talqin qilinganligini ham nazardan 
qochirmasligimiz kerak. Ushbu yo‘nalishning Movarounnahrdagi yirik 
namoyandasi buyuk shoir va mutafakkir Nosir Xusrav (1004-1088) 
ismoiliya qarashlarini jiddiy falsafiy ruhda talqin qilib, ijtimoiy adolat 
masalalariga alohida diqqatini qaratdi. 

Download 289.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling