Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters


Ma’naviy boyliklar – spiritual values


Download 289.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana06.09.2023
Hajmi289.79 Kb.
#1673438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
glossary

Ma’naviy boyliklar – spiritual values – kishilik jamiyatining 
tafakkuri va aql-idroki b-n yaratilgan ma’naviy qadriyatlar. M.b. moddiy 
boyliklardan 
farqli 
o‘laroq 
moddiy 
jihatdan 
baholanmaydi, 
narxlanmaydi, yuksak madaniyatli, ilg‘or tafakkurli jamiyatlarda oldi-
sotdi yoki kim oshdi savdosi uchun obyekt sifatida narxlar bozoriga jalb 
etilmaydi. Ularning qadri xalq va millat tafakkuriga, ruhiyatiga 
ko‘rsatgan ma’naviy oziqa sifatida ta’siri b-n belgilanadi. M.b. 
umumbashariy ma’naviy boyliklar, milliy ma’naviy boyliklar va 


shaxsiy-insoniy, ma’naviy boyliklar kabi ko‘rinishlarga xos. Insoniyat 
ma’naviy boyliklari deyilganda – ilmiy, badiiy adabiyotlar, yuksak 
san’at darajasida e’tirof etilgan me’morchilik, rassomchilik va boshqa 
san’at turlarining durdonalari tushuniladi. 
Tinchlikparvarlik – peacemaking urushning, qon to‘kishning har 
qanday ko‘rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning 
tinchqtotuv yashashga bo‘lgan ijobiy munosabati b-ngina chegaralanib 
qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba 
berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, 
yig‘inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol xatti-harakat, 
uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat 
hisoblanadi. 
Ma’naviy burch – moral duties insonga xos fazilat, hissiyot. 
M.B. tarbiya ko‘rgan, yuksak ma’naviyatli va madaniyatli insonlar his 
etiladigan hamda amalga oshirilishi vazifalaridan deb biladigan xislatdir. 
M.b. inson tarbiyasi davomida uning tafakkuriga singdiriladi yoki 
oilaviy, milliy an’analar tarzida qabul qilinadi. Insonning M.b. uning 
ma’naviyatiga, ruhiyatiga, tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, 
tarbiyasida muhim rol o‘ynagan narsa, hodisa va shaxslarga nisbatan 
ma’naviy qarzdorlikni to‘lash tarzida kechadi. M.b. tushunchasi juda 
keng va o‘ta tor ma’nolarda talqin etiladi. 
Imon faith (arab. Aman– ishonch va e’tiqod) –murakkab tafakkur 
tarzi va kuchli xotiraga ega inson ongi va ruhiyasining nodir hodisasi. 
Muayyan fikr, oliy
g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonchdan iborat shaxsdagi alohida 
ruhiy holat. I. inson ongi va ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o‘rin 
olgan g‘oya va dunyo-qarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch, 
inson irodasini mustahkamlash vositasidir. 

Download 289.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling