Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Dunyoviy maqsadlar – мирские цели -
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniyatshunoslik – culture
- Mantiqiy bilim – logical science
- Millat (tuyg‘usi) — nation
- Milliy ma’naviyat – nationally spirituality
- Siyosat — politics
Madaniyat – culture - inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, ma’naviyatning moddiy voqelikdagi izlari. Boshqacha qilib aytganda, ma’naviyat botiniy imkon bo‘lsa, madaniyat — ushbu imkondan tug‘ilgan voqe mavjudlik. Shaxs va millat ma’naviyatining nazariy masalalarini o‘rganish uchun ilojsiz ravishda ayni shu voqe mavjudlik dalillaridan kelib chiqishga to‘g‘ri keladi Ma’naviyat sohasiga aloqador barcha fanlarning mavzulari ham aslida ana shu mavjud voqelik dalillariga tayangan holda ishlab chiqilishi tabiiy holdir. Madaniyatshunoslik – culture (Kulturologiya) – ma’naviyat sohasiga aloqador yo‘nalishdagi asosiy fanlardan bo‘lib, jahon va mintaqa madaniyatlarini inson ma’naviy faoliyatining hosilasi bo‘lmish mavjud voqelik sifatida olib o‘rganish ushbu fanning asosiy mavzusi (predmeti)ni tashkil etadi. Mantiqiy bilim – logical science – inson bilgan narsalarini fikriy qiyoslash va tahlil qilish orqali hosil qilgan bilimlari. Mantiqiy tafakkur — logical thinking- asosiy tafakkur turlaridan, sababo qi bat bog‘lanishlari asosida fikr yuritish. Millat (tuyg‘usi) — nation – milliy ma’naviyatimizga xos oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining uchinchi darajasi, har bir insonning muayyan (o‘z tili, davlati, ma’naviy, siyosiy va hududiy birligiga ega bo‘lgan) insonlar uyushmasiga o‘zini aloqador ekanligini anglab yetishi. Milliy ma’naviyat – nationally spirituality – har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o‘tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyati majmuyini muayyan bir tizim sifatida anglanishi. Milliy ma’naviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik bo‘lib, millatning o‘tmishi, buguni, hamda kelajagini o‘zida mujassam etadi. U millatimizning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog‘liq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosda, balki bugungi kun va kelajak avlodlarning hayotga munosabatida, orzu-istaklarida o‘z aksini topgandir. Uning teranligi va ko‘lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to‘plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda aks etishi ham u haqdagi nazariy xulosalarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Siyosat — politics- inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan biri, har bir insonning o‘zga insonlar bilan bevosita munosabatlari. Siyosat sohasi o‘z navbatida axloq va huquq qatlamlaridan iborat bo‘lib, ularning har birini o‘rganuvchi alohida fan yo‘nalishlari mavjud. Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling