Ma’naviy meros – spiritual heritage – uzoq va yaqin o‘tmishdagi,
hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g‘oyat qimmatli o‘chmas iz
qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga,
ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi b-n o‘zining qadrini yo‘qotmaydi, balki
sifat jihatidan yangi ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga,
ichki dunyosiga, his tuyg‘usiga ta’sir etib ular ongini boyitadi, axloq
odobini ezgulik sari yetaklaydi.
Darvesh — internally persons – Navoiy nazdida ma’naviy
kamolotga erishgan shaxs, haqiqiy ziyoli timsoli, «ichi tashi-bilan
muvofiq, balki arig‘roq (pok, botini zohir bila musoviy (teng
muvozanatda), balki yorug‘roq» deb ta’riflaydi ularni shoir. Bu toifa ahli
elga faqat ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, ular insonlar
diliga poklik, mehr oqibat, ezgulikka intiqlik, o‘z-o‘zini anglash
tuyg‘ularini singdiradi.
Din – religios – muayyan insonlar guruhining Borliq Haqiqati
haqidagi (odatda ilohiy vahiyga asoslangan) tasavvurlari, ularga qat’iy
ishonchi, shu ishonchga muvofiq amal qilishga intilishi. Dinning botiniy
va zohiriy jihatlari mavjud bo‘lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati ibodat
lardir. Imon masalasi din va ma’naviyatning umumiy jihati bo‘lib, diniy
imon ma’naviyatning muayyan jihatiga nisbatan xususiy holdir.
Diniy adolat – fairness of religioz - o‘z e’tiqodiga sodiqlik tufayli
o‘zga e’tiqod egasiga noхolis munosabat izhor etmaslik.
Dinshunoslik – religion-t ma’naviyat sohasiga aloqador fanlar
tizimiga mansub bo‘lib, dunyoda mavjud diniy tizimlar, ularning yuzaga
kelish sabablari va rivojlanish bosqichlari, turli dinlarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning jamiyatdagi o‘rni bu fanning asosiy mavzusi
(predmeti)ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |