Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviyatning diniy asoslari – the spirituality of religious backgrounds
- Ma’naviyatning kategoriyalari - in the category of spirituality
«Baqo bi-l-loh» – lug‘aviy ma’nosi «boqiylikda (abadiylikda)
Alloh bilan». Tasavvufiy ma’nosi: nafsoniy va xudbinlik mayllaridan butkul ozod bo‘lib, irodasini to‘liq Borliq haqiqatiga bo‘ysundirish, oriflik maqomiga yetishish. Vatan (tuyg‘usi) – motherland – milliy ma’naviyatimizga xos oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining avvalgi darajasi, har bir insonning muayyan moddiy makonga ma’naviy munosabati. Bu timsol-tushunchaning ma’no ko‘lami yana o‘z ichki takomil darajalariga ega (1ruh uchun badan, 2- xonadon, 3-shahar, qishloq, 4-mamlakat, 5-ona sayyora). Ma’naviyatning diniy asoslari – the spirituality of religious backgrounds – insoniyat uchun zarur bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni o‘zida aks etgan ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do‘stlik, birodarlik ma’naviyatning diniy asosidir. Insonning imon va tafakkurni kamol toptirishi, mustahkam e’tiqod va dunyo-qarashni shakllantirishi; din inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida kishi-larning Yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Din ma’naviyat takomilida, milliy madaniyat va turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlar, an’analarning bezavol saqlanishi hamda asrlar mobaynida xalq qalbiga chuqur o‘rnashishida qudratli omil bo‘lib kelgan. Insoniylik, mehr- oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat kabi fazilatlar ana shu zaminda ildiz otib rivojlanadi Ma’naviyatning kategoriyalari - in the category of spirituality (tushunchalari) fan sifatida shakllanib bormoqda. Bu uning xuddi boshqa fanlar kabi o‘ziga xos tushunchalarni rivojlanish qonuniyatlari ishlab chiqarayotganligini ham bildiradi. Uning ayrim tushunchalari axloqshunoslik va nafosatshunoslik fanlari b-n uyg‘unlashgan holatda namoyon bo‘ladi. Ammo uning tushunchalariga jamiyat va ma’naviyat omillarining o‘zaro ta’siri munosabatlari nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, yuqoridagi ikkala fanlardan mustaqil ravishda tushunish imkonini beradi. Shunga muvofiq Ma’naviyat asoslarining kategoriyalarini shartli ravishda inson, millat va jamiyat hayoti b-n bog‘liq bo‘lgan quyidagi tushunchalarni kiritish mumkin: insonning o‘z- o‘zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, sahiylik, samimiylik, xayrihohlik, imonlilik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, or- nomuslik, sharm-hayolilik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to‘g‘rilik va boshqalar. Shaxsning millat vakili sifatidagi maqomida: milliy o‘z- o‘zini anglashi, milliy g‘urur, milliy iftixor, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan ma’suliyat, milliy manfaat ustivoriligini his etish, milliy til, milliy tarbiya, adabiyot, san’at, urf- odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, tadbirkorlik, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan xabardor bo‘lish, uni qo‘llab-quvvatlash, milliy va jamiyatda mavjud bo‘ladigan salbiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida faollik va boshqalarni tashkil qiladi. Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling