Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Xalq ma’naviyati – national spiritualy
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ziyolilik - the intellectuals
- Gumanizm - humanism
- Bilim – overview
Xalq ma’naviyati – national spiritualy – xalq yoki millat
qadriyatlarning muayyan tartibda, darajada va yo‘sinda tizim holiga kelishi. Barcha xalqlarning ma’naviyati ham asosan bir xil qadriyatlardan tashkil topadi. Bu tizim sirasiga ozodlik, tinchlik, xotirjamlik, iymon, insof, lafz, oriyat, farovonlik, kattalarga hurmat, hamkorlik, adolat, mehmondo‘stlik singari qadriyatlar kiradi. Lekin, ayni bir xil qadriyatlardan tashkil topishiga qaramay, turli xalqlar ma’naviyatining o‘ziga xos bo‘lishiga bois shuki, o‘sha ayni bir xil qadriyatlar ma’naviyatda o‘ziga xos yo‘sinda bog‘lanadi. Masalan, bir x.m.da mehmondo‘stlik ustuvor bo‘lsa, boshqa x.m.da jasurlik ustun bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayni bir x.m. taraqqiyotidagi bir bosqichda o‘sha mehmondo‘stlik yoki kattalarga hurmat katta o‘rin tutsa, keyingi bosqichda jasorat yoki adolat eng ustuvor qadriyat bo‘lib qolishi mumkin. Ziyolilik - the intellectuals – ma’naviy tushuncha ma’nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati b-n birga yuzaga keldi. Lekin uning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. U insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual – aqliy taraqqiyot b-n bog‘liq. Shu bois uni inson paydo bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan ma’naviy-axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. Gumanizm - humanism (lot. humanus – insoniylik) – insonga nisbatan yuksak ma’naviyat tamoyillari asosida munosabatda bo‘lish, insonparvarlik g‘oyasi va amaliyoti. Fahm-farosat - soundness of mind – oddiy turmush hodisalaridan ham, murakkab hayotiy munosabatlarda ham muayyan holatni, vaziyatni idrok yordamida tez anglay bilish. Bilim – overview – ijtimoiy-tarixiy, amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan, voqelikning bilish jarayonida erishilgan natijasi; shu voqelikni inson ongida tasavvurlar, tushunchalar, muhokama va nazariyalar orqali ifodalangan adyekvat in’ikosi. Kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari aqida hosil qilgan ma’lumotlari; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling