Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters
Ma’naviy birlik– spiritual unity
Download 289.79 Kb. Pdf ko'rish
|
glossary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinchlik va barqarorlik - peace and stability
Ma’naviy birlik– spiritual unity – xalqning imon va e’tiqodini
belgilaydigan, poklik va soflik, beg‘arazlik va oliyjanoblik fazilatlarini namoyon etadigan jamoaviylik tuyg‘usidir. M.b. ka intilgan xalq hech qachon bir millatni ikkinchi millatdan yuqori qo‘ymaydi, boshqa millat vakillariga begona ko‘z b-n qaramaydi. Aksincha, o‘zidagi barcha ne’mat, mehr-muruvvatini o‘zgalar b-n baham ko‘radi. M.b. ona- Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat xalq e’tiqodiga aylanadi: shu zamin muqaddasligini his etish, shu Vatan tuyg‘usi b-n yashashga intiladi. O‘zbek xalqining m.b. qadimiy tarixga ega. Chunki, xalqimiz azaldan bir bo‘lib yashashga intilib kelgan. Ularda qorindoshlik, millatdoshlik, hamshaharlik, hamqishloqlik, mahalladoshlik kabi jamoaviylik tuyg‘usi shakllanganki, bunda millatidan, irqidin, dinidan qatiy nazar barcha bir oila bo‘lib yashashga intilgan. Shuning uchun ham O‘zbekistonni m.b. yuksak hisoblangan davlat deyish mumkin. Zero, urush va vayronalik yillarida o‘zga millat va xalqlarning farzandlarini o‘z farzandidek qabul qilganligi, nochor oilalarga muruvvat ko‘rsatganligi, bugungi kunda esa o‘z bag‘rida yuzdan ortiq millat vakillari b-n tinch-totuv yashab kelayotganligi Vatanimiz fuqarolarining m.b.dan dalolat beradi. Tinchlik va barqarorlik - peace and stability- Urushlarga yo‘l qo‘ymaslik, davlatlararo nizo va majarolarni siyosiy vositalar b-n hal etish, mamlakat ichidagi kelishmovchiliklarni tinchlik yo‘li b-n bartaraf qilish, inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash. Insoniyat irqi, millati, madaniy boyliklariga, urf-odatlariga buyuk hurmat b-n qarab kelgan. Bugungi zamonda ma’naviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli majarolarga barham berish, tinchlik va totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab avaylash, dun¸ xalqlarining ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand bo‘lishiga erishish zarur. Tinchlik va barqarorlikda 1) ozodlik, adolat va demokratik tamoyillariga asoslangan do‘stona va ittifoq madaniyati; 2) zo‘ravonlikni qaytaruvchi va nizolar paydo bo‘lgan zahoti uni bartaraf etishga chorlaydigan, muammolarni muloqot va muzokaralar yo‘li b-n hal etuvchi madaniyat; 3) o‘z jamiyatining ichki rivojida uning barcha huquqini, har kishining to‘la miqyosida va imkoniyatlarini amalga oshirishda to‘liq ishtirokini ta’minlovchi madaniyatga erishishlik g’oyasi asos qilib olinishi kerak. Download 289.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling