tarkibiy
qismidir, Insonning ma’naviyati, shaxsning ma’naviy kamoloti
jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi va amalga
oshadi. Millat va mamlakatning madaniy-ma’naviy
taraqqiyoti inson
ma’naviy kamolotiga asos bo‘ladi.
Ma’naviy va moddiylikning uyg‘unligi – spiritual and
moddiylikning of harmony– masalasi, insonning
hayoti va faoliyatida
moddiy va ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o‘rin tutishi,
ularning qay biri ustuvorlik kasb etishi xususida turli-tuman, ziddiyatli
fikr va qarashlar mavjud. Umuman,
barcha zamon va makon
mutafakkirlari, faylasuflari ijodida moddiy va ma’naviy olam muno-
sabatlari masalasi tahlil etilgan. Ularning ba’zilari ruhiy olamni,
ayrimlari esa moddiy olamni asosiy o‘ringa qo‘yganlar.
Ana shunday
tushuncha va tasavvurlar asosida materializm va idealizm ta’limotlari
shakllangan. Bunday falsafiy yondashuvlarning har biri o‘z davridagi
mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat,
hukmron mafkura, jamiyatning huquqiy
va madaniy saviyasi, turli ijtimoiy guruh va
toifalar qarashlarini ifoda
etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: