Glossariy adabiyotshunoslik – literature, letters


Download 289.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana06.09.2023
Hajmi289.79 Kb.
#1673438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
glossary

E’tiqod – belief (ishonch, iymon) — muayyan maqsad, qadriyatga 
ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur. Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda 
E. tushunchasi turlicha izohlanmoqda. Bilim E.ni vujudga kelishi uchun 
eng muhim asos vazifasini bajaradi. Lekin, E. va bilim biri ikkinchisiga 
uyqash tushunchalar emas. Turgan gapki, bilimlarning chinligi E.ni 
mustahkam bo‘lishida, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo, E.ni 
mustahkam bo‘lishida bilim yagona asos deb bo‘lmaydi. Inson ongida 
qayta ishlab chiqilgan, ya’ni tajriba chig‘irig‘idan o‘tgan, ikkinchi marta 
qayta hosil bo‘lgan bilimlargina (g‘oyalar, nazariyalar) E.ning 
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Ma’naviy madaniyat – spiritual culture insonning aqli va 
ma’nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. 
Ma’naviy madaniyat fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, din, huquq, 
siyosat, maorif, ma’rifat va hokazolar yig‘indisidan tashkil topadigan 
insonning tashqi va ichki ma’naviyati, ruhiyati olamidir. 
Xulq – behavior - kishining fe’li, xarakteri b-n bog‘liq ma’naviy 
hodisa, fe’lning axloqiylik doirasida namoyon bo‘lishi. Insonning 
axloqiylik doirasidagi xatti-harakati xulqdan tashqari yana odob va 
axloqni o‘z ichiga oladi. Odob kundalik turmush masalalarida voqe 
bo‘lsa, axloq shaxsning jamiyatga ,davlatga, insoniyatga bo‘lgan 
munosabatlarida o‘z aksini topadi. X. ana shu ichki ma’naviy hodisaning 


o‘rtalig‘idagi xususiyatlariga ega. Odobga nisbatan keng, axloqqa 
nisbatan tor qamrovlidir. X. oila, mehnat jamoasi, mahalla-ko‘y 
doirasida sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi hamda o‘zini yaxshilik va 
yomonlik, jo‘mardlik, mehmondo‘stlik kabi ma’naviy-axloqiy tamoyilni 
o‘zida namoyon etadi. Xushxulq inson o‘zgalarga mo‘loyimlik, nazokat, 
shirinsuxanlik, mehribonlik singari ma’naviy qadriyatlarga tayanib 
munosabat qilsa, badxulq odam, qo‘pol, og‘zishaloq, bemehr, 
ma’naviyatsiz kimsa hisoblanadi. Xushxulqlilikni xulqning go‘zallik 
tarzida estetika fani ham o‘rganadi

Download 289.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling