Glossariylar aqliy hujum”
Integral pedagogik texnologiya usuli
Download 398.08 Kb. Pdf ko'rish
|
ГЛОССАРИЙ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. Informatsion ta’lim texnologiyalari
- 16. Kritik fikrlash
14. Integral pedagogik texnologiya usuli. Uning asosiy mazmuni va qismlari:
- har bir ixtisoslik bo„yicha ta‟limning rejalashtirilgan (loyihalashtirilgan) natijalari ko„p darajali diagnostik (tashhizli) va amallar bo„yicha bajariladigan o„quv vazifalari shaklida taqdim etiladi; - ta‟lim jarayonining yirik tuzilmasi darslar bloki shaklida birlashtirilib, ta‟lim mazmunining katta birligini tashkil etadi; - jamoaviy o„qitish guruh faoliyatining monitoringi asosida tashkil etiladi, ta‟limning har bir qadami oldingisining natijasiga binoan rejalashtiriladi; - ta‟lim jarayonini boshqarish va o„qitish kompyuterlar vositasida amalga oshiriladi. 15. Informatsion ta’lim texnologiyalari – hisoblash va boshqa axborot texnikasi hamda maxsus dasturiy , infor-matsion va metodik ta‟limotdan foydalanib amalga oshiriladigan o„qitish texnologiyasi. Hozirgi vaqtda quyidagi axborot vositalaridan foydalanilmoqda: elek-tron darsliklar; multimedia tizimi; avtomatlashti-rilgan loyihalar tizimi; axborot-resurs kataloglari; ma‟lumotlar banki; lokal va taqsimlangan tizimlari; elektron pochta; ovozli elektron pochta; elektron e‟lon doskalari; telekommunikatsiyalar; stol elektron tipografiyalari; avtomatlashtirilgan ishchi o„rinlari. 16. Kritik fikrlash – g„oyalarni va ularning ahamiyatini ko„pfikrlilik asosida ko„rib chiqish hamda ularni boshqa g„oyalar bilan taqqoslash bo„lib, fikrlashning eng yuqori darajasidagi aqliy faoliyat. U uch bosqichda rivojlanib boradi: da‟vat, anglash, mulohaza. Da‟vat- yangi o„rganilayotgan muammo bo„yicha mavjud ma‟-lumotlarni aniqlash, ta‟lim oluvchini faollashtirish, aniq maqsadga yo„naltirish, qiziqish uyg„otish. Anglash– mustaqil o„zlashtirish, tushunchalar ketma- ketligini fikran kuzatib borish. Mulohaza- bilimni umumlashtirish va mustahkamlash, o„quv maqsadiga erishish, bilimni quyi darajasidan yuqoriroq darajasiga o„tkazish, yangi g„oya va tushunchalarni og„zaki va yozma ifodalash, munozara va dialogda ishtirok etish. Kubik – ko„rilayotgan masalani turli tomondan, izma-iz, osondan qiyinga tomon yo„nalishda tasavvur etish imkoniya-tini beruvchi usul. Kubikning har bir tomoni uchun mavzu bo„yicha topshiriq berilib, 40-60 sekund vaqt ajratiladi. Masalan: 1) Bu nima? Uning rangi, o„lchamlari, shaklini tasavvur qiling va yozma ta‟riflang. 2) Taqqoslang: u nimaga o„xshaydi va nimadan farq qiladi? 3) Assotsiatsiya: ta‟surotingizni izohlang? U sizni nima to„g„risida o„ylashga majbur qiladi? 4) Tahlil qiling: u nimadan va qanday yasalgan? Qanday qismlardan tuzilgan va nimalardan tashkil topgan? 5) Qo„llang: bu nimaga yaraydi? Uni qayerda qo„llash mumkin? 6) “ҳа” ва “йўқ” ларни асосланг, унга ишончли далил ва асословчи фикрларни айтинг. Download 398.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling