Grammatika
Kelishik qo’shimchalarining sinonimligi
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishikka umumiy xulosalar
Kelishik qo’shimchalarining sinonimligi
! –ning o’rnida –dan:: mehmonlarning biri- mehmonlardan biri kirdi ! –ni o’rnida –ga: otni mindi –otga mindi; !-ni o’rnida -da: Dashtni kezdi – dashtda kezdi. ! –ni o’rnida -dan: oshni yedi – oshdan yedi. ! –da o’rnida -ga: ishingizda omad – ishingizga omad. ! –da o’rnida -dan: radioda gapirdi – radiodan gapirdi. ! –ni o’rnida -da: bog’ni aylandi – bog’da aylandi. ! –da o’rnida bilan, orqali, yoqalab, bo’ylab: sohilda yugurmoq – sohil bo’ylab yugurmoq. ! –dan o’rnida bilan, orqali, haqida: Bolaligidan (haqida) so’zladi, shu yo’ldan (orqali) borasiz, shu yo’ldan (bilan) borasiz. ! – ni o’rnida haqida, tog’risida, xususida: o’qigan asarini (haqida) so’zaldi ! –ga o’rnida uchun, sababli, tufayli, vajidan, tomon, qarab: senga (uchun) oldim, shunga (sababli) xafa bo’ldim, uyga (tomon) ketmoq Ba’zan tushum kelishigi o`rnida chiqish kelishigidagi so`z ishlatilishi mumkin. Bunda tushum kelishigidagi so`z butunni, chiqish kelishigidagi so`z qismni anglatadi: suvni(dan) iching, uzumni(dan) yeng. Jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishiklari ko`makchilar bilan grammatik ma’nodoshlik xosil qiladi: O`qish sizga(uchun) kerak, maktabga(tomon) bormoq, qo’lda(bilan) paxta terdi, radiodan(orqali) eshitdi. !!! Kelishik orqali ifodalangan grammatik ma’no aniq, ko’makchilar orqali ifodalangan grammatik ma’no mavhum: uyga ketdi (aniq yo’nalsih) – uy tomon ketdi (mavhum yo’nalish) Kelishikka umumiy xulosalar: tushum, qaratqich kelishigi ot kesim vazifasida kela olmaydi; qaratqich, tushum, jo’nalish va o’rin payt kelishigi belgisiz qo’llana oladi: gul yaprog’I, kitob oldi, maktab boradi, osh yedi, dasht kezdi; qaratqich, tushum, jo’nalish kelishigi qiqargan shaklga ega; chiqish va jo’nalish kelishi shakllari ravish va modal so’zlar tarkibida yaxlitlangan bo’ladi: birdan, to’satdan, orqaga; qaratqich, tushum kelishigi qo’shimchasi asosga qo’shilganda, tovush tushadi: men+ning=mening, sen+ning=sening, men+ni=meni, sen+ni=seni; jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchasi qo’shilganda: u+ga=unga, shu+da=shunda, bu+dan=bundan; makon-zamon kelishiklari: jao’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari. Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling