Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Liderlik uslubi
- lider yoki rahbar tomonidan unga bo`ysunuvchi yoki unga qaram bo`lgan odamlarga ta’sir ko`rsatish uchun qo`llaniladigan usul va metodlar 109 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 49-53b. 110 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 59-b. 4. Boshqaruvda rahbarlik uslublari . Rahbar qobiliyati komponentlari . 198 to`plamidan iboratdir. Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo`lib, rahbarlikning uchta uslubi ajratilgan: Avtoritar rahbar - barcha ko`rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq, ravshan, keskin ohangda hodimlarga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham hodimlarga nisbatan do`q-po`pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalaniladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - nima bilan bo`lsada, o`z hukmini o`tkazish. Uning nutqi aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo`ladi, biror ish yuzasidan hodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof subyektiv bo`lib, bu narsa boshliqlarning kayfiyatiga va o`sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog`liq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, ularning fikrlari va maslahati juda kam hollardagina inobatga olinadi, aksariyat hollarda bunday istaklar yoki ko`rsatmalar to`g`ridanto`g`ri kamsitish yoki ma’naviy jazolash yo`li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o`zining ish uslublarini, kelajak rejalari, biror aniq ishni, qanday amalga oshirmoqchiligini odatda, sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro`siga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Avtoritar rahbarda har bir jamoa a’zolarining qobiliyati, ishga munosabatlari, mavqelariga ko`ra tutgan o`rinlari haqida tasavvur borki, shunga ko`ra u har bir xodimning ish harakterlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo`ygan. Unda har qanday cheklanishlar, ochiq g`azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslullari mavjud. Yana bunday jamoalardan hokimiyat - markazlashtirilgan jamoa rahbari ushbu markazning yakka hokimi - shuning uchun ham bu yerda «mening odamlarim», «mening ishim», «mening fikrim bo`yicha» qabiladagi iboralar tez-tez ishlatib turiladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling