tushmaslik uchun nafs tarbiya qilinishi kerak. Beradigan qo‘l yaxshiroq, sen
sahovatli odam eding sen berishdan to‘htama, so‘rama debdilar. Keyin
Hakim ibn Hizom bu nasihatdan o ‘ziga kelib “Ey Allohning Rasuli sizni haq
bilan yuborgan Allohga qasamki sizdan keyin ham Allohga yo‘liqqunch hech
kimdan hech narsa so‘ramayman” degan ekanlar. Abu Bakr roziyallohu
anhu odamlarga hadya, narsalar tarqatmoqchi bo ‘lsa Hakimni chaqirsalar
men hech nma olmayman, boshqalarga beraver deb aytarkanlar. Umar
roziyallohu anhu chaqirib nmadur bermoqchi bo ‘lsa uni ham olmas ekanlar.
Umar roziyallohu anhu men o ‘ljadan nasiba beraman desam o ‘zi olmayabdi
deb orani ochiq qilib olar ekanlar. Hattoki Hakim ibn Hizom keksaygan
vaqtlarida ulovda ketayotganlarida qamchilari tushib ketib qolsa, tushib
o‘zlari olar ekanlar.
Saad ibn Abu Vaqqos Makkada kasal bo‘lib qoldilar, Rasululloh s.a.v.
ko‘rgani keldilar. Abu Vaqqos hamma boyligimni Alloh yo‘lida exson qilsam
deb aytdi, Rasululloh s.a.v. yo‘q ko‘p dedilar. Uchdan ikkisini qilaman
deganlarida ham yo‘q dedilar, uchdan birini qilaman ehson qilsam bo‘ladimi
deganda bo‘ladi, ammo bu ham ko‘p, lekin bo‘ladi deb aytdilarki sendan
keyin farzandlaring birovga yukinib qolganidan ko‘ra ular to‘q yashagani
yaxshi dedilar. Zuhd dunyoni hammasini zoye qilish emas, Abu Vaqqosga
o‘xshab qalbdan hammasini chiqarishga tayyor bo‘lish kerak. Rasululloh
s.a.v. aytganlaridek risqini Allohga topshish kerak, lekin merosdan ham
mahrum qilib qo‘ymaslik lozim, lekin merosni hammasi bolalarga degani
emas, undan bir qismini hayirli ishlarga sarflab qoyish lozim tiriklik vaqtida,
inson vafot etgandan keyin farzandlari qilgani ham ularga meros bo ‘lib
qolganidan keyin uni nomidan bo‘ladi, chunki meros uni haqiga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |