Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- A G R A HOKIMIYAT TALOTUMLARI
www.ziyouz.com kutubxonasi 180 — Shoh o‘g‘lim, siz bu mojaroga aralashmang, — dedi. — O‘spirinlar hal qiladigan ish emas bu! Bayramxon otangizni necha o‘limlardan olib qolgan, sizni ham yomon falokatlardan qutqargan. Yaxshilikni qaytarish oson emas, bu ham goho qurbon talab qilgay! Men o‘zim bir hisobini topgaymen... Odamlaringiz kutib turgandir. Yo‘ldan qolmang. Hamida begim o‘g‘lidan biror kun ajragisi kelmasa ham, lekin shu ishkallik tufayli Akbarni tezroq Panjobga jo‘natishga intilardi. — Ammo shayx Gadoyi kelsa rizolik bermang, shoshilmasinlar, — dedi Akbar. — Bir-ikki yil kutsinlar. Hamida begim ikki-uch oy muhlat so‘raganda shunchalik ozorlangan Bayramxonning bir- ikki yil sabr qilishi imkondan xoli edi. Ayniqsa, yoshi o‘tib borayotgan odamlar bu nozik ishda har bir kunni g‘animat bilishidan begim xabardor edi. Lekin u Akbarni yupatish uchun: — Xo‘p, xo‘p, siz xotirjam bo‘ling, bolam! — deb, o‘g‘lini kuzatib qo‘ydi. Yolg‘iz qolganda esa hamma baloga endi o‘zi balogardon bo‘lishini sezib, vujudini vahm bosdi. _____________ * U m r i j o v i d o n — o‘lmas umr, mangu tirik hayot. A G R A HOKIMIYAT TALOTUMLARI Egasini yiqitib ketadigan asov otlar bo‘ladi. Lekin filbonga xartumi bilan chang soladigan, uni yiqitib, oyog‘i bilan toptab tashlaydigan mast fillar otlardan yuz chandon dahshatliroq bo‘lishini Akbar Hindistonga kelgandan keyin ko‘rdi. Bu qudratli jonivorlar beg‘ubor bolalar va yosh o‘spirinlar bilan yaxshi chiqishar edi. Akbar o‘n yoshida Bhirada birinchi marta filga minib ko‘rganda xuddi yurib ketayotgan baland qoyatoshning ustida o‘ltirganday seskangan edi. Otasining qadrdon filboni La’l Chand uni avval yuvosh fillarga mindirib o‘rgatdi. Filning supraday keng quloqlari ostiga tizzani tiqib mahkam o‘ltirish, ankush deb ataladigan temir tayoqcha bilan uni xillalab boshqarish va filbonlikka oid boshqa nozik ishlar, muomalalarni bajo keltirishni Akbar o‘n uch yoshida bilib oldi. Fillar shirinlikni yaxshi ko‘rar, shakarqamish yerdi. Akbar Panjobning Mankot degan joyidagi katta filxonada bu jonivorlar yaxshi ko‘radigan yemishlardan pishirilgan guruch, bodom va asal qo‘shilgan gajarajlardan yedirgan. Dilshankar, Damudor, Jhalpa degan fillar bilan juda inoq bo‘lib olgan edi. Bu ziyrak jonivorlar yaxshilikni ham, yomonlikni ham unutmas ekan. Bhay degan bir filbon Akbarning Damudor uchun bergan gajarajini oxuridan olib, boshqa filga bergan ekan. Bir kun Damudor mast bo‘lib, zanjirini uzib ketdi. Bhay qarshisidan chiqib uni to‘xtatmoqchi bo‘lganda xartumi bilan urib yiqitdi. Shuning ustiga Akbar fil yaxshi ko‘radigan shirin yemish olib kelib qoldi. Damudor uni tanidi. Akbar qo‘lida ankush bilan: — Damudor, to‘xta, Damudor! — deb, filga iliq gapirdi. — Men senga gajaraj olib keldim! Ol, yegin, Damudor! Fil mast bo‘lganda ovqatga uncha qaramaydi. Ammo Akbarning avvalgi yaxshiliklari Damudorning yodidan chiqmagan edi. Akbar uning oldingi o‘ng oyog‘ini silab: — Damudor, oyog‘ingni tut! — dedi. Fil oyog‘ini tutib bermasa unga minib bo‘lmas edi. Damudor xartumini keskin silkitib na’ra tortdi. Hozir uning butun vujudi xurujga kelgan paytda ustiga hech kimni mindirgisi kelmas edi. Lekin Akbar uni silab-siypab yana iliq gapirdi. Hindchalab: Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 181 — Bille! — dedi. — Damudor! Bille!* Nihoyat, Damudor o‘ng oyog‘ini tizzasidan bukdi-da, keng, doira shakl qora tovonini Akbarga tutdi. Akbar shu tovonga oyog‘ini qo‘ydi-da, qo‘lini yuqoriga cho‘zib, filning qalin qulog‘idan tutganicha, uning bo‘yniga chiqdi. Akbar uni o‘rmonga sayrga olib bordi, daryoda cho‘miltirdi. Filning xovurini bosib, yana filxonaga qaytarib olib keldi. Shundan keyin filbonlar Akbarning mahavatlik* iste’dodi va jur’atiga tan berdilar. La’l Chand unga fil urishtirishni ham o‘rgata boshladi. Harbiy fillarni jangga tayyorlash uchun ularni mast qilib, maxsus bir maydonda urishtirib ko‘rish odati Hindistonda qadimdan bor edi. Fillar urishayotganda uning ustida mahavati bo‘ladi. Katta maydon o‘rtasida tuproqdan ko‘tarma qilinadi. Ikki fil ko‘tarmaning ikki tomonidan kelib, avval bir-birini xartumi va tishi bilan ura boshlaydi. Ularning ulkan oyoqlari ostida tuproq ko‘tarma nurab, qulab tushadi. Mahavatlarning har biri o‘z filiga buyruq berib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turadi. Fillar goho bir-biriga shunday qattiq uriladiki, mahavat bo‘shroq o‘ltirgan bo‘lsa, xasday uchib ketadi. G‘azabnok fil o‘z raqibini yengish uchun avval uning ustidagi mahavatini yiqitishga, uni xartumi bilan urib tushirishga harakat qiladi. Chunki mahavati urib tushirilgan fil yengilgan hisoblanadi. Katta balandlikdan yiqilgan mahavat esa biron joyi sinib mayib bo‘ladi, goho urishayotgan fillarning oyog‘i tagida toptalib, o‘lib ketadi. Shuning uchun filini urishtirishga olib chiqadigan filbon xuddi o‘limga ketayotgan odamday uyidagi yaqinlaridan va filxonadagi hamkasblaridan rozi-rizolik so‘rab, hamma bilan xayrlashib maydonga chiqadi. O‘smirlik olovligi tufayli Akbar mana shu xatarli fil urishiga birinchi marta mahavat bo‘lib qatnashganda o‘n to‘rt yoshda edi. Bayramxon fil urishida Akbarga biron kor-hol bo‘lishiga xavotirlanib, avval unga ruxsat bermadi. — Tojdoru shahzodalarga, hatto, chavgon o‘ynash mumkin emas, — dedi Bayramxon. — Chunki muxolif tomon qasddan go‘y va chavgoncho‘p bilan urib, tojdorga shikast yetkazishi mumkin. Fil urishtirish esa chavgondan ming hissa xatarliroq! Lekin Akbar mast fillarni qanday dadillik va ustalik bilan mina olishini otalig‘i ham ko‘rdi. Akbar Damudor nomli o‘sha zo‘r filni mastligi tarqagandan so‘ng Bayramxonga in’om qildi. Bundan mamnun bo‘lgan otaliq, nihoyat, Akbarning mahavat bo‘lib fil urishtirishiga ham ruxsat berdi. Akbar Jhalpa degan jangovar filni minib maydonga chiqdi. Lakna degan ikkinchi mast filni La’l Chand mindi. Bayramxon raqib tomonga ataylab Akbarni yaxshi ko‘radigan va uni ehtiyot qiladigan mahavatni qo‘ygan edi. Fillar bir-birlarini tishlari va xartumlari bilan urib bir yarim soat olishdilar, ammo mahavatlarini yiqitolmadilar. Shuning uchun olishuv durang bilan tugadi. Shundan keyingi to‘rt yil davomida Akbar yana ancha mast fillarni mindi va ularning ayovsiz janglariga ham qatnashdi. U Agradagi keskin ziddiyatlardan va otalig‘i bilan ikkovining orasini buzayotgan bek-u a’yonlarning fisq-u fasodlaridan ta’bi kir, ko‘ngli g‘ash bo‘lgan paytlarda fil minib ko‘ngil yozar edi. _______________ * B i l l e — oyog‘ingni tut, «mindir» degani. * M a h a v a t — filshunos, filbon. * * * Akbar Mankotda yurganda Bayramxon uch kun to‘y berib, Salima begimga uylangan edi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 182 Shundan beri ikki orada paydo bo‘lgan dilsiyohlik tobora kuchayib ketyapti. Turdibek o‘ldirilgandan buyon Bayramxonni yomon ko‘radigan Mohim enaga xoni xononni Akbarga nuqul yomonlaydi: — Hokimiyat otalig‘ingizni xovliqtirib qo‘ydi! Xoni xonon ilgari bundaqa emas edi. Hozir unvoniga ham qanoat qilmay, o‘zi podsho bo‘lmoqchi emish! Salima begimdan o‘g‘il ko‘rsa «bu ham Bobur avlodidan» deb, o‘zinikini taxtga chiqarmoqchi-da! Sizni taxtdan chetlatmoqchi otalig‘ingiz, amirzodam, ehtiyot bo‘ling! Akbar Bayramxonning bunchalikka borishiga ishonmasa ham, ammo endi undan juda ehtiyot bo‘lib yurar, dilida otalig‘iga qarshi noroziliklar tobora ko‘payib borar, bu tuyg‘ular hammasi bir kun emas, bir kun olovlanib portlab ketishi mumkinligini sezar edi. Bayramxon Salima begimga uylanganiga, mana, ikki yil bo‘ldi, ammo haligacha undan farzand ko‘rgani yo‘q. Saroyda bo‘layotgan mish-mishlarni Akbar ko‘kaldoshi Adhamdan eshitdi: — Salima begim Bayramxondan farzand ko‘rishni istamas emish. «Meni o‘z xolimga qo‘ying, Noziya bibi sizga muntazir, boring», deb eshikni ichidan qulflab olarmish. Bayramxon zo‘ravonlik qilishga jur’at etmasmish. Salima begim o‘zini bir narsa qilib qo‘yishidan qo‘rqarmish! Keksa odam, ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsa bo‘lmasmidi?! Akbar saroyda Bayramxonni ko‘rganda uning nimadandir ezilib, ich-etini yeb yurganini sezardi. Xufiyalar har xil ig‘volarni uning qulog‘iga ham yetkazib borsalar kerak. Bayramxon bir kun Akbarni xoli topib, yangi yozgan g‘azalidan bir necha baytini o‘qib berdi: Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma, Arbobi g‘araz so‘ziga zinhor inonma. Har dam sanga yuz so‘z meni mahrumdin aytib. Har so‘zda aning yuz g‘arazi bor, inonma. Har necha jafo ko‘rsa vafo tarki qilurmu Bayramki, bilur o‘zni vafodor, inonma. Akbar otalig‘ining bu haroratli baytlar bilan nima demoqchi ekanini tushundi. — Xonbobo, men ham jafo ko‘rsam-da, hali tarki vafo qilgan emasmen, — dedi. — Lekin... o‘n sakkizga kirdim, podsho degan nomim bor. Odamlar menga arz-u dod qilurlar. — Sizga ne xususda arz qilmoqdalar, amirzodam? — Shayx Gadoyi sadrlar suduri bo‘lmoqchi emish. U odam shia mazhabidan. Saroydagi ko‘pchilik bek-u a’yonlar esa sunniylar. Sunniyparast ruhoniylar ham dod-faryod ko‘targay. — Amirzodam, siz nechun bu dod-faryodlarga quloq solmoqdasiz? Axir bu sunniyparastlar mudom torlik qilurlar! Hindiston esa juda keng mamlakat. Ko‘pchilik xalqi — g‘ayridin. Sherxon shuni hisobga olib, hindlarga bag‘rikenglik qildi-yu, ko‘p yutuqlarga erishdi. Men ham hozir davlat idoralariga eng iste’dodli hindlarni ishga olmoqdamen. Todar Mal degan bir hindi hisob-kitob ishiga behad usta. O‘zi oddiy xalq orasidan chiqqan fozil yigit. Soliq ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘ymoqda. Sunniyparastlaringizning boshlig‘i shayxulislom Ansoriy shu hindini saroyda ko‘rib qolib: «Bu majusiyni kim oliy dargohga kiritdi?» deb janjal ko‘tardi. Shunda shayx Gadoyi mening tarafimni oldi. Bu shayx Hindistonda tug‘ilib o‘sgan, yerli xalqning tilini ham, dilini ham, urf-odatini ham yaxshi bilur. O‘zi adolatli, rahmdil odam. Akbarning dilidan esa: «Bu shayx shunchalik adolatli-yu rahmdil odam bo‘lsa, Salima Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 183 begimni makr-u hiyla bilan otasidan katta qariyaga nikohlab berarmidi?» degan fikr o‘tdi. * * * Shayx Gadoyi sadrlar suduri qilib tayinlangandan so‘ng barcha qozilarni yangiladi, masjidlarning vaqflarini ham sunniyparast ruhoniylardan tortib olib, o‘ziga yoqqan boshqa mazhabdagi shayx va ulamolarga bera boshladi. Shayx Ansoriy boshliq sunniyparastlar xuddi iniga cho‘p tiqilgan arilarday vijillab, shayx Gadoyiga qarshi qo‘zg‘aldilar. Ularga Bayramxondan norozi bo‘lib yurgan bek-u a’yonlar qo‘shildi. Akbar kimning gapiga ishonishini bilmay, intihosiz nizolardan to‘yib ketganda Dehliga, onasi va enagasi Mohim bibining yoniga borardi. Lekin Dehlida Bayramxonga dushman bo‘lib qolganlar Agradagidan ham ko‘p. Mohim enaganing inisi Shahobiddin Hamida begimning tavsiyasi bilan Dehli shahriga kutval qilib tayinlangan edi. Bu odam jiyani Adhamxon orqali Pirmuhammad atka bilan til biriktirgan, hammalari birlashib, Bayramxon bilan shayx Gadoyini yuksak lavozimlaridan chetlatish fikriga tushgan. Lekin Akbar ularning gapiga kirsa ichki urush boshlanishi va qon to‘kilishi mumkinligini biladi, o‘z atrofidagi beklardan hech biri bu ulkan davlatni Bayramxonchalik uddalab boshqara olmasligini sezadi. Shuning uchun u Dehlidagi ziddiyatlardan ham o‘zini chetga olib, yana Agraga qaytadi. Bundan bir oycha burun Akbar Agradagi Zarafshon bog‘ining tillakori shiyponida o‘ltirganida Pirmuhammad atka hovliqib keldi-yu: — Amirzodam, siz hokimiyatni o‘z ilkingizga olmog‘ingiz kerak! — dedi. — Agradagi Qilichxon Andijoniy, Kalpidagi Aliqulixon o‘zbeklar ham sizga sodiq. Shayx Ansoriy fatvo berishga tayyor. Ko‘pchilik din ahlining shayx Gadoyini ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Bu gaplarga shiypon orqasidagi daraxtlar panasida turib go‘yo gullarning tagini chuqalab yumshatayotgan sersoqol bog‘bon zimdan quloq solmoqda edi. Kobulda Said Xalil qiltomoq bo‘lib o‘lib ketgandan so‘ng Komron bilan Bhakkarga qochgan Afzalbek shu edi. Komron Humoyun bilan yarashganda Afzalbek jazodan qochib, Panjobga keldi. Islomshoh xizmatiga o‘tish uchun o‘ziga Muborizxon degan afg‘oncha yangi nom qo‘ydi. Boburiylarga oid ko‘p sirlarni Islomshohga aytib berib, besh-olti yil uning xizmatida yurgan Afzalbek hokimiyat yana o‘zgarganda Bayramxon huzuriga keldi. Bayramxon uni avval Afzalbek bo‘lib yurgan paytlarida tanimas, birda-yarim ko‘rgan bo‘lsa ham unutib yuborgan edi. Muborizxon — Afzalbek — o‘zi ham yigirma yildan beri juda o‘zgarib ketgan, uzun mosh-guruch soqolli keksa odamga aylangan, lekin xufiyalik ishida mahorati yanada oshgan edi. Shuning uchun Bayramxon uni Zarafshon bog‘iga bog‘bon tayinlagan, ayni vaqtda, Akbarni yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan bek-u a’yonlarning so‘zlaridan otaliqni ogoh qilib turuvchi xufiya qilib qo‘ygan edi. Muborizxon hozir qulog‘ini ding qilib, Akbarning javobini kutdi. — Otalig‘im bizga ko‘p yaxshiliklar qilgan, — dedi Akbar, — men uning yuziga oyoq qo‘yolmagaymen! — Ammo otalig‘ingiz sizga shuncha yomonliklar qilsa maylimi? Salima begim uning dargohida bebaxt... Najotni hamon sizdan kutmoqda! Dehlida otangizga ulkan maqbara qurmoqchi edingiz. Qurilish haligacha boshlangani yo‘q. Otalig‘ingiz kattaroq mablag‘ bermaydir! — Hatto shaxsiy xarajatlarimga ham pulni kam berib, meni juda qisib qo‘yganligi rost! — dedi Akbar alam bilan. — Ammo Bayramxon o‘zi hammadan boy! Qandahorday ulkan viloyat uning jogiri. Har yili lak-lak oltin tanga daromad olmoqda! Atrofiga shayx Gadoyi, Valibek, Shohquli Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 184 mahramga o‘xshagan qizilboshlarni yig‘ib olgan. Ularga eng katta lavozimlar-u jogirlarni bergan. Har biri siz-u bizdan boy! Qachongacha bu bedodlikka chidagaysiz, amirzodam? Axir siz podshosiz! Xazina sizniki, barcha viloyatlarda sizning nomingiz xutbaga qo‘shib o‘qilmoqda. Ammo xazinaga sizning muhringiz bilan qog‘oz olib borilsa pul berilmaydir! «Faqat vakili saltanat Bayramxonning imzosi-yu ijozati bilan pul berilsin!» degan farmon bor. Xazinachi bu farmonni buzsa, jazo olgay! Axir bu adolatsizlik emasmi? Bu farmonni qachon bekor qilursiz? Hamma joyda sizning muhringiz bilan ish olib borilmog‘i kerak- ku! Buyuring, sodiq bek-u a’yonlaringiz buni joriy etsinlar! Pirmuhammad atka aytgan bu ishni joriy etish — davlat to‘ntarishi yasashday mushkul va xatarli edi. Bayramxonning fe’li ma’lum. Atrofidagilar hech balodan qaytmaydigan shafqatsiz odamlar. Ular Turdibekni chodirda qanday o‘ldirganlari Akbarning ko‘z oldiga keldi. Uzoq jimlikdan so‘ng Akbar: — Hali shoshmaylik, — dedi. — Men o‘ylab ko‘rmog‘im kerak. * * * O‘sha kuni kechasi Muborizxon — Afzalbek bu gaplarni oqizmay-tomizmay Hasht Bihisht bog‘idagi Bayramxonga yetkazib bordi. Bayramxon avval bir olovlandi, keyin mulohaza qilib ko‘rib, Akbarning vazminligiga tan berdi. U otalig‘iga Salima begim haqida ham haligacha biror og‘iz so‘z aytgani yo‘q. Salima begim Akbarga qarindosh, ko‘rishib, gap- lashaman desa, hech kim taqiqlay olmaydi. Lekin ikki oradagi ishkallikni battar qo‘zg‘amaslik uchun Akbar Bayramxonning haramidagi ammabachchasidan ataylab o‘zini uzoq olib yuribdi. Bayramxon goho bu yigitdagi bardoshga hayron qoladi. «Qonida bor shekilli-da»,— deb o‘ylaydi. Bobur ham shu yoshda termizlik Boqi Chag‘oniyoniyning avvalgi yaxshiligini unutolmay, uning qancha gunohlarini kechirgani, Humoyun o‘z inilari bilan munosabatda qanchalik bardoshli bo‘lgani Bayramxonning xayolidan o‘tadi. Ammo Akbarni Bayramxonga qarshi qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgan Pirmuhammad atka jazosini olmog‘i kerak! Ertasi kuni Bayramxon uni o‘z devoni xosiga chaqirtirdi. Nozirul muluk Pirmuhammad ertalabdan Bayramxonning avzoyi yomonligini odamlardan eshitgan va o‘zini kasalga solib, uyiga borib yotgan edi. Uning kasali yolg‘onligini fosh qilish uchun Bayramxon uch-to‘rt yaqin mulozimlari bilan otlanib to‘g‘ri Pirmuhammadning uyiga yo‘l oldi. Hovli darvozasi oldida turgan qorovul: — Beruxsat kirgizmang deb buyurgan edilar, — dedi-da, darvozani ochmadi: — Men hozir ichkariga kirib, ruxsat so‘rab chiqgaymen! Qorovul Bayramxonni tanimasligi mumkin emas edi. Davlat boshlig‘ini bekik darvoza oldida kuttirib qo‘yish Bayramxon bilan birga kelgan shayx Gadoyi va Shohquli mahram tomonidan uchiga chiqqan odobsizlik deb baholandi. Bayramxon qorovulning qaytib chiqishini kutib turmasdan otining jilovini orqaga burdi. Saroyga qaytgach, Valibek uning nomidan Pirmuhammadga qisqa bir xat yozib yubordi: «Sen janobi xoni xononning huzuriga kelganingda yupun kiyingan bir mullocha eding. Xoni xononning tavsiyasi bilan atka bo‘lding. Bu ulug‘ zot seni nozirul muluk lavozimiga ko‘tardilar. Endi sen buning hammasini unutdingmi? Bilib qo‘y, bizning qarshimizda sening bir piyola suvchalik holing bor, vakili saltanat chimchilog‘i bilan bir ursalar to‘kilib, sochilib ketgaysen. Agar joningdan umiding bo‘lsa tezroq aqlingni yig‘ib, tavba qilgani kelgaysen!» Pirmuhammad xat keltirgan kishiga: «Ertaga ertalab borgaymen», deb javob berdi. Kechki payt Akbarning nomiga maktub yozib, voqeani bayon qildi: Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 185 «Amirzodam, bog‘da, so‘zlashgan gaplarimizni kimdir otalig‘ingizga yetkazganga o‘xshaydir. Men qochmasam qasd olg‘aylar. Valibek yozgan xatni o‘qib ko‘ring. muhrlarni xoni xononga qaytarib yubormoqdamen. Mening lavozimim uning odamlaridan yana birortasiga kerak, chamasi. Ammo Sizga hamisha sodiqmen, qachon chorlasangiz xuzuringizga yetib kelgaymen». Pirmuhammadning nozirlikdan tashqari, panjhazora* degan harbiy unvoni va besh ming navkari bor edi. Kechasi qorong‘ida u eng sodiq kishilaridan mingtachasini yig‘di-yu, Agradan yashiriqcha chiqib, Gujarat tomonga qochdi. Bu orada Bayramxonning yaqinlari uni otaliqqa qarshi fitnada ayblab, hibs qilish haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘ydirgan edilar. Tun yarmidan oshganda qamash uchun kelgan odamlar uni topolmadilar, so‘ng mol-u mulkini musodara qildilar. O‘zi topilmagani uchun oila a’zolarini Biana qal’asiga eltib hibs qildilar. Bayramxonning yonida katta lavozimga ko‘z tikib yurganlardan biri eronlik Hoji Muhammad Seyistoni edi. Ikki kun o‘tmasdan Bayramxon bu odamni Pirmuhammadning o‘rniga ichki ishlar noziri* qilib tayin etdi. Agrada Akbar suyanadigan sirdosh nozirul muluk endi yo‘q, uning o‘rnini Bayramxonning yana bir ashaddiy tarafdori egalladi. Akbar Pirmuhammadning oila a’zolari, jumladan, xotini Hakima bibi hibsga olinganini eshitib, Bayramxonning huzuriga kirdi: — Xonbobo, Hakima bibi ham menga oq sut bergan enaga! Unda ayb yo‘q! Hibsdan bo‘shatmoq kerak. — Amirzodam, Pirmuhammad atkangiz menga qarshi fitna uyushtirganidan siz xabardormidingiz? — Men uni bu yomon yo‘ldan qaytargan edim. — Ammo u qaytmabdir. Aybi bo‘yniga qo‘yilishini sezib qochibdir. Oilasi esa bu ishda unga yordam beribdir. — Atkaning qochishiga sizning nomingizdan yozilgan mana bu maktub sabab bo‘lmishdir! — deb Akbar Valibekning Pirmuhammadga do‘q qilib yozgan haqoratomuz xatini otalig‘iga ko‘rsatdi: — Xonbobo, atrofingizdagi ba’zi janoblar sizga erkalik qilib, haddidan oshib ketmoqdalar. Siz menga «Inonma» radiflik g‘azalingizni o‘qib bergan edingiz. «G‘arazgo‘ylarga inonmang» degan gapni endi men ham sizga aytmoqchimen! — Ammo siz menga inonasizmi, amirzodam? Pirmuhammad meni davlat tepasidan ag‘darmoqchi bo‘ldi. Xotini ham bu ishda unga hamkor. Shuning uchun hibs qilindi. Bunga inonmasangiz, demak, menga inonmaysiz! — Enagam menga onam o‘rnida. Ikkovingizga ham inonib o‘rganganmen! — Ammo hokimiyatning barcha tizginlarini bitta odam o‘z ilkida tutib turmasa, davlatni boshqarib bo‘lmagay, amirzodam! Siz hali bu ming g‘ildirakli ulkan aravani boshqarish qanchalik qiyinligini tasavvur etolmaysiz. Hokimiyat o‘zi nima? Soddaroq qilib aytganda, minglab asov otlar qo‘shilgan ulkan arava! Ming g‘ildirak hammasi tinimsiz harakatda, ming otning tizginlarini kimdir to‘g‘ri yo‘lga solib turmog‘i lozim. Sal bexabar qolsangiz, otlarning bir qismi aravani boshqa yoqqa olib qochib ketgay, botqoqqa botqizib qo‘yg‘ay, hatto jarga ag‘dargay. Oraga boshqa odamlar suqulsa-yu, tizginlarning bir qismini bu yoqqa bursa, bir qismini u yoqqa bursa, arava sarson bo‘lib, jarga qulab tushmagaymi? Bayramxon Akbarning ko‘zlariga sinovchan nazar bilan tikildi: — Agar siz shu ming g‘ildirakli aravani mendan yaxshiroq boshqargaymen desangiz, agar minglab asov otlarning tizginlarini ilkingizda mendan yaxshiroq tutib tura olsangiz, marhamat, men hammasini sizga topshirgaymen! Davlat ishlari meni behad charchatdi. Bir umrga yetadigan mol-mulkim bor. Boshqa ne kerak? Dam olay, ash’or yozay. Jang-u jadallarda qonlar to‘kib, gunohlar qilganmen. Shu gunohlardan poklanmoq uchun hajga borib kelay. Oling, barcha tizginlarni, hokimiyatni o‘zingiz boshqaring! Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 186 Akbar otalig‘i aytgan bahaybat aravani va unga qo‘shilgan minglab asov otlarni o‘zicha tasavvur etdi-yu, eti junjikdi. Bu aravani otalig‘idan yaxshiroq haydashga u hali tayyor emas edi. Mabodo, tavakkal qilib: «Bering jilovni!» desa, Pirmuhammad atkasi kabi quvg‘inga uchrashi hech gap emas, chunki Bayramxon davlat tepasidan ketsa, unga suyanib turgan shayx Gadoyi, Hoji Muhammad Seyistoniy, Valibek, Shohqulibek kabi o‘nlab yaqinlari barcha lavozimla-ri-yu imtiyozlaridan ajralishi muqarrar. Shuning uchun Bayramxon istasa-istamasa, uning atrofidagilar davlat tepasiga boshqa odamni keltirmaslikka intiladi. Mabodo, Akbar keladigan bo‘lsa, uni aravadan ag‘darib tashlaydi- yu, boshqa itoatkorroq, yoshroq boburiyzodani xo‘jako‘rsinga podsho qilib ko‘taradi. Bayramxonning ko‘zlari tagiga yashiringan kinoya ham, «qani, hokimiyat talashib ko‘r- chi, ne ahvolga tusharkinsen!» deyayotganga o‘xshardi. Yaqindagina onasi Akbarga Dehlidan maxfiy xat yozib, uni ogohlantirgan edi: «Agar siz otalig‘ingizga qarshi bosh ko‘tarsangiz, Bayramxonning tarafdorlari sizni quvib, o‘rningizga Komron mirzoning o‘g‘li Abulqosimni taxtga chiqarmoqchi emish. Axir uning otasi ham podsho bo‘lgan-ku! Tinch yuring, Akbarjon. Agar Dehliga kelsangiz, Abulqosimni birga olib jo‘nang. Bu maktubni yondiring. Sizni sog‘ingan onangiz». Abulqosim hali o‘n ikki yoshga to‘lmagan o‘spirin. Bayramxon unga yana besh-o‘n yil otaliq bo‘lishi mumkin. Ungacha Salima begim o‘g‘il tug‘ib berar. Akbar esa o‘n sakkizga kirib, hokimiyat tizginini qo‘lga oladigan yoshga yetib qolyapti... Otalig‘ining sinovchan nazari oldida bu narsalarni xayoldan o‘tkazishning o‘zi Akbarni dahshatga keltirdi. — Xonbobo, men siz bilan hokimiyat talashmaydirmen! — dedi. — Siz aytgan ming otliq aravani boshqarish qanchalik qiyinligini menga hazrat otam aytganlar, hazrat bobom kitoblarida yozib ketganlar. Mayli, barcha tizginlar sizning ilkingizda tursin. Faqat, mening iltimosimni ham rad etmang. Hakima enagam tuhmatga uchrab, hibsda yotmasin. Bo‘shating! Qochib ketgan Pirmuhammadga nafrati cheksiz bo‘lgan Bayramxon: — Hammasini qattiq taftish qilib, ayblarini bo‘yinlariga qo‘ygaymiz! — dedi. Demak, hibsdagilarni aybiga iqror qilish uchun qancha qiynoqlarga ham solishlari mumkin... ______________ * B e sh m i n g b o sh i d e g a n i — general unvoniga to‘g‘ri keladi. * N o z i r — ministr. * * * Akbar otaliq bilan bu haqda boshqa bahslashib o‘ltirmadi-yu, ta’bi tirriq bo‘lib saroydan chiqdi va filxona tomonga burildi. Bu yerdan mast filning na’rasi eshitilmoqda edi. Filbonlar boshlig‘i La’l Chand oltmish yoshlarga borib, ancha qarib qolgan, bugun uyiga ketgan, uning o‘rnida yigirma yoshli o‘g‘li Bhishan Chand ishlab turar edi. Janglarda oldingi safda boradigan Favjdor* ismli ulkan fil zanjirni uzguday bo‘lib silkinib, shovqin solardi. Akbar uning mast bo‘lganini sezdi. Bhishan Chand Favjdorning yemishiga mastlikni tarqatadigan dori giyohdan qo‘shib berdi. Ammo fil bu giyohning hidini yomon ko‘rardi, yemishga qaramadi. Shundan so‘ng mahavat fil chanqaganda ichadigan suvga shirinlik bilan o‘sha dori giyohdan aralashtirdi-yu, yog‘och chelakka solib, filning oldiga olib bordi. Ammo filbon unga ikkinchi marta yomon ko‘rgan giyohini olib kelgani uchun Favjdorning g‘azabi qo‘zidi. Mastligida egasini ham ayamaydigan Favjdor xartumi bilan filbon ko‘tarib kelgan chelakni shunday qattiq urdiki, chelak bir Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling