Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 215 go‘zal kelin qo‘shiladi. Ammo qiz o‘stirgan ota-ona jigarporasini uzatadi. Qiz bu dargohdan yig‘lab chiqib ketmasa ota-onaning ko‘ngli joyiga tushmaydi. Shuning uchun qiz uzatadigan xonadonda to‘y kuni yurakni ezuvchi xayrlashuv kuylari chalinadi. Biroq Akbar karnay-surnay chaldirib, o‘z odamlari bilan Bhari Malning qal’asiga kirib kelganda quvnoq to‘s-to‘polon boshlandi. Hind odatiga binoan, Akbar qiz turadigan hovliga qilich taqib otliq kirib bordi. Uning yonida kuyov jo‘ralaridan tashqari, Rupa enaga ham bor. Hindcha rasm-rusmlarni Akbar va uning odamlariga Rupa enaga o‘rgatib turibdi. Yasatilgan kelinchak bir to‘p dugonalari bilan gulshodalar ko‘tarib, uydan Akbarga peshvoz chiqdilar. Qizlar yor-yorni eslatuvchi qo‘shiqni aytishib qo‘llaridagi gulshodalarni Akbar mingan otning bo‘yniga osdilar. Hayron ismli bu ot xushbo‘y gulshodalar va go‘zal qizlar orasida chindan ham taajjubga tushganday ko‘zlarini katta-katta ochib turardi. Nihoyat, kelinni otning gulga ko‘milgan bo‘yni ostidan olib o‘tdilar. Bunday yuksak ehtiromdan so‘ng kuyov otdan tushdi. Jodha Bay unga ta’zim bilan yaqinlashdi-yu, eng sara gullardan qilingan va «svayamvar»* deb ataladigan katta gulshodani Akbarning bo‘yniga osdi. Shundan so‘ng kelin-kuyov gulshodalardan tizim- tizim qilib yasalgan va maxsus mehrob o‘rnatilgan gulchodirga kirdilar. «Yo‘llari oq bo‘lsin» degan niyatda gulchodirning chetiga un va guruch sepib qo‘yilgan. Mehrob qarshisida ikkita serbezak kursi turibdi. Kelin-kuyov shu kursilarga yonma-yon o‘tirdilar. Kelinning yonidan uning ota-onasi va boshqa yaqinlari joy olishdi. Kuyovning yoniga Rupa enaga va ko‘kaldoshlari o‘ltirishdi. Puroxit deb ataladigan hind mullalarining biri kelin tomonda, ikkinchisi kuyov tomonda turib, «mantr»lar deb ataladigan duolarini o‘qidilar. Akbar nikoh paytida aytish kerak bo‘lgan gaplarini Rupa enaga yordamida o‘rganib kelgan edi. Puroxit undan hindchalab: — Rani Jodha Bayni nikohingizga olasizmi? — deb so‘radi. Akbar ham hindchalab: — Men muqaddas olov, osmon va yer guvohligida hind qizi rani Jodha Bayni chin dildan xohlab o‘z nikohimga olgaymen! — dedi. Puroxit o‘sha savol bilan qizga murojaat qildi. Akbarning gapi Jodha Bayga ancha dalda bergan edi. — Men, — deb so‘z boshladi qiz, — oliy tangrilar guvohligida muslim yigitning nikohiga o‘z xohishim bilan o‘tmoqdamen. Uning uyini o‘z uyim deb bilurmen. Barcha kelinlik xizmatlarini sidqidildan ado etgaymen. Qoidaga binoan, bu so‘zlardan keyin puroxitlarning biri yigitning qo‘lidan, ikkinchisi qizning qo‘lidan oldi-da, ikki panjani birlashtirdi. Akbar qizning mayin qo‘lchasi taftini o‘z kaftida his qildi. Puroxitlar Akbarning yelkasidagi shohi fo‘taning uchini qizning egnidagi zarbof sarining uchiga sekin bog‘lab qo‘ydilar. Sal narida muqaddas olov yonib turibdi, xushbo‘y hid beruvchi giyohlar tutatilmoqda. Qo‘llari chirmashgan, fo‘ta va sarilari bir-biriga bog‘lanan kelin-kuyovni puroxitlar olov atrofidan yetti marta aylantirib o‘tkazdilar. Bu aylanishlar bilan mehr-u oqibat, poklik, bolajonlik, ota-onaga ehtirom, sadoqat, odob kabi oilaviy hayotning yettita eng muhim talabiga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. Nikoh marosimining oxirida qizning otasi fotiha berishi kerak edi. Odatga binoan, Bhari Mal o‘zining va urug‘ining nomini aytib so‘z boshladi. — Men, roja Bhari Mal, o‘ttiz oltita rajput qabilalari qatoriga kiradigan Kalvaha urug‘ining boshlig‘imen. Tarixdan ma’lumki, bizning eng qadimgi ajdodlarimiz ariylar bo‘lgan. Ularni Hindistonga shimoldan, Movarounnahr-u Xuroson tomonlardan kelgan otashparastlar deb eshitganmen. Hazrat podsho, sizning ajdodlaringiz ham shimoldan kelganlar, qadim Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 216 zamonda ular ham otashparast bo‘lganlar. Aytmoqchimenki, bugun mana bu muqaddas olov guvohligida bizga kuyov bo‘layotganingiz tasodif emasdir. Ehtimol, taqdir taqozosi shunday bo‘lgandirki, ming yillar oldin bir-birlaridan ajrashib, turli mamlakatlarga urug‘ kabi sochilib ketgan avlodlar endi sizlarning timsolingizda yana topishmoqdadirlar. Men o‘z qizimni sizga in’om qilurmen. Bilursizki, in’om qaytib olinmaydi. Qizim bu dargohga endi faqat mehmon bo‘lib kelmog‘i mumkin! Akbar kaftiga tafti urib turgan nafis qo‘lchani mehr va tashnalik bilan qisib qo‘ydi. Kelinni taxtiravonga o‘tqazib, karnay-surnay sadosi ostida qarorgohga olib qaytganlarida tun yarmidan oshgan, lekin hamma uyg‘oq, mash’ala va gulxanlar yoqilgan edi. Ularning yorug‘ida kelin-kuyovni Hamida begim va boshqa yaqinlari kutib olib, ulkan saroparda ichiga boshlab kirdilar. Humoyun joriy qilgan an’ana bo‘yicha, kelin-kuyov avval «Davlat uyi» deb ataladigan birinchi xonaga kirdilar. Bu yerda ularni vazir-u amirlar ta’zim bilan qarshi olib, muborakbod qildilar va qimmatbaho sovg‘alarini topshirdilar. Saroparda ichidagi ikkinchi muhtasham chodir «Saodat uyi» deb atalar edi. Bu uyda kuyov-kelinni yangi malla to‘n kiygan, oq salla o‘ragan Salim ota kutib oldi va ikkovlarini qarshisiga o‘tqazib tilak aytdi. — Ilohim baxtli bo‘linglar, oqibatli farzandlar ko‘ringlar, el-yurtning olqishini olib, uzoq yashanglar! Musulmoncha nikoh ham o‘qilgandan so‘ng kelin-kuyov saroparda to‘ridagi ikki oshiyonli «murod uyiga» yo‘l oldilar. Akbar bu uyda qiz bilan yakkama-yakka qoladigan damlarni toliqib kutmoqda edi. Lekin odatga binoan, bu uyning birinchi qavatiga dasturxon yozilgan, yangalar kelin-kuyov uchun eng nodir taomlar tayyorlashgan edi. Jodha Bay Akbar bilan bir dasturxondan ovqat yeyishga jur’at etmay, o‘zini chetga tortdi. Hind odobiga binoan, kelin-kuyovni o‘zidan beqiyos darajada yuqori qo‘yadi, xotin ham erni ilohiy bir yuksaklikda ko‘radi. Shuning uchun kuyov bilan bir dasturxondan ovqat yeyish — kelinchak uchun odobsizlik sanaladi. Jodha Bay ham Akbar ovqat yeb bo‘lguncha dasturxonga yaqin kelmoqchi emas, bir chetda odob saqlab turmoqchi edi. Akbar avval ham eshitgan bu odatlar erkak zotining obro‘sini afsonaviy bir yuksaklikka ko‘tarishini, kelin o‘z kuyovini Xudo o‘rnida ko‘rishini Jodha Bayning hozirgi odobida yurakdan his qildi-yu, qallig‘iga mehri toblanib shivirladi: — Men sizning xonadoningizda hindcha odatlarga rioya qildim-ku. Endi siz bu yerda turkiy odat bo‘yicha men bilan birga taom yeyishingiz kerak. Qani, oling. Akbar bedana kabob solingan oltin laganni qallig‘iga yaqin surdi. Ammo Jodha Bay bolalikdan ongiga singgan odatni buza olmadi. Akbarning oldida ovqat chaynashdan uyaldi. Yangalar kelin-kuyovga asal qo‘shilgan choy keltirdilar. Akbar o‘zi ichgan asal choydan Jodha Bayga ham ozgina ichirdi. Qiz ota-onasi bilan xayrlashganda qattiq yig‘lagan, hozir ham xomush ko‘rinardi. Akbar hazil bilan uning ko‘nglini yozmoqchi bo‘ldi: — Rani Jodha Bay, saroyda shaxmat o‘ynaganimiz yodingizdami? — Ha. — O‘shanda siz mening farzinimni... yutib olgan edingiz-a? Jodha Bay endi jilmaydi: — Bekor qilgan ekanmen. — Nechun? — Qasos qaytdi. Mana, farzininiz o‘rniga siz meni yutib oldingiz. Qizning shirin javobi Akbardagi baxt tuyg‘usini yanada oshirib toshirganday bo‘ldi. U birdan qaynotasi aytgan so‘zlarni esladi: barcha bani bashar bitta Odam ato va Momo Havodan tarqagan bo‘lsa, ming yillar avval, otashparastlik davrlarida, Jodha Bayning ariy bobolari bilan boburiylarning uzoq ajdodlari qo‘ni-qo‘shni, quda-anda bo‘lib Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 217 yashaganlariga nega ishonish mumkin emas? Kelin-kuyovni olov atrofidan aylantirish odati turkiy xalqlarda ham bor-ku. Nihoyat «murod uyi»ning xobgohida ikkovlari yolg‘iz qoldilar, Akbar sevgilisini ming yil sog‘inib kutgan yigitning qalb kuchi va ehtirosi bilan Jodha Bayni bag‘riga oldi. Ikki yosh dil bir-birining taftidan erib, qalblari daryoday tutashib oqa boshladi. _____________ * S v a ya m v a r — «o‘z dilidagini tanlash» degan ma’noni bildiradi. Rivoyatga binoan, qadimda qizlar yigitlardan qaysi birini yoqtirsa shu gulchambarni uning bo‘yniga solgan. * * * Hindlar orasida ming yillardan buyon axloq-odob nizomi hisoblanadigan va muqaddas sanalib ijro etiladigan Manu* qonunlari Jodha Bayning qon-qoniga kichikligidan singdirilgan edi. Uning e’tiqodi bo‘yicha, ayol kishi umrida faqat bir marta er qilishi mumkin. Agar eri o‘lsa, bevaning boshqa erga tegishi mumkin emas. Beva yo erining jasadi bilan birga olovda yonib halok bo‘lishi kerak yoki qolgan butun umrini eriga aza tutib, kuniga faqat bir mahalgina ovqat yeyishi, to o‘lguncha motam kiyimida xor, zabun ahvolda yashashi kerak. Manu hind ayoliga erining xayotini o‘z hayotidan ham ortiqroq e’zozlashni va uni o‘z tangrisi o‘rnida ko‘rishni buyurgan. Faqat shu buyruqni so‘zsiz bajargan ayollargina hind tangrilari Braxma, Shiva, Vishnularning marhamatiga sazovor bo‘lishiga Jodha Bay so‘zsiz ishonib o‘rgangan. Ayollarga nisbatan shafqatsiz Manu hindlarning oliy tabaqasiga mansub erkaklarga to‘rttadan xotin olish huquqini bergan. Lekin badavlat hukmdorlar yuz, ikki yuztagacha xotin olsalar ham hind dini bunga qarshi chiqmas edi. Jodha Bayning otasi o‘n yettita xotin olgan, ular hammasi erlarini tangri o‘rnida e’zozlashga tirishar va haramda murosa bilan yashar edilar. Buni otasining uyida ko‘rib o‘sgan Jodha Bay Akbarning boshqa xotinlari borligiga ham tez ko‘nikdi. Jodha Bayning go‘zal jismi va qalbi kabi, uning axloq-odobi va erni bu qadar e’zozlashi ham Akbarni o‘ziga mahliyo qildi. Kelinchak har kuni uch mahal ibodatdan oldin oyoqdan yuzgacha yaxshilab yuvinar va oliy tangrilari huzuriga go‘dakday pok bo‘lib boradi. Hindistonning issiq iqlimida tahorat o‘rniga butun tanani uch mahal yuvib, poklash, g‘uslni albatta oyoqdan boshlash, oxirida yuzni yuvib, og‘izni xushbo‘y dori giyohlar qo‘shilgan suv bilan chayish odamni nechog‘li tetik va latif qilishini Akbar Jodha Bay orqali yaqindan bildi. Jodha Baydagi joziba uning go‘zal husnidangina emas, axloq va odobidan ham kelib chiqishini sezgan Akbar yosh xotinining imon-u e’tiqodini asrab-avaylashga harakat qilardi. Jodha Bay Sanganirga har kuni ibodatxonaga borardi, chunki u ilohiy deb ishongan hind tangrilarining haykallari faqat ibodatxonaga qo‘yilar, ularga uyda sig‘inish mumkin emas. Shuning uchun Dehlining Puran qal’asidagi jajji bir bino Jodha Bay va uning hind kanizaklari uchun ibodatxona qilib berildi. Shu sababli Jodha Bay bilan birga Akbar saroyiga brahman va puraxitlar ham kirib keldilar. Jodha Bay uchun ajratilgan ibodatgohda shular xo‘jayin bo‘lib olib, Shiva, Durga va boshqa tangrilarning haykallarini o‘rnatdilar. Haramda Jodha Bay uchun ajratilgan xonalar ham Sanganirdan qizning sepi bilan kelgan xonaki ma’budalarning haykalchalari bilan to‘ldi. Hind kelinchak uchun ochilgan so‘qmoqdan uning qarindoshlari ham saroyga kirib keldilar. Singlisini birinchi marta Dehliga, to‘yga olib kelib, Akbar bilan tanishtirgan Bhagvan Dasga amiri duhazori* degan katta mansab berildi. U o‘zining rajput yigitlaridan ikki ming otliqni Akbar xizmatiga olib keldi. Bu otliqlarning maoshini Akbar o‘z xazinasidan to‘lay boshladi. Bhagvan Dasning o‘n to‘qqiz yoshli devqomat o‘g‘li Man Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 218 Sinxni Akbar xos mulozimlari qatoriga qo‘shdi. Budparastlikdan balodan qo‘rqqanday hazar qiladigan taqvodor ulamo va sadrlar bundan qanchalik norozi bo‘lishi Akbarga ma’lum edi. «Podshomiz kofirlarni erkalatib, boshimizga chiqarmoqda!» degan gaplar hali hozir ichkarilarda shivir-shivir nolish tarzida aytilayotgan bo‘lsa ham, hufiyalar orqali Akbarga yetib kela boshladi. Shayxulislom Abdulla Ansoriy o‘ziga qo‘l bergan Adham ko‘kaldosh va Bahodirxonlar bilan ziyofatlarda birga bo‘lardi. Ularga oxir zamon yaqinlashayotgani to‘g‘risida tahlikali karo-matlar qilar: — Ya’juz-ma’juz deganlari — saroyga yopirilib kirib kelayotgan mana shu majusiylardir! — derdi. — podshomiz qaynog‘asi Bhagvan Dasdan battar yana bir majusiy rojani saroyga olib kelibdir. Ashula aytadigan qiziqchi roja Birbal podshomizni o‘ziga rom qilib olayotgan emish. Nahotki, bizning botir beklarimiz dinimizning pokligi uchun jon koyitmasalar? Musulmonobodni saqlab qoladigan mard g‘oziylar qani? «Mana, men!» deb, yurak yutib maydonga chiqadigan va Akbar bilan olisha oladigan beklar saroyda deyarli yo‘q edi. Faqat Mohim enaganing davrida xoni a’zam unvonini olgan Adhamxon yoshlikda Akbar bilan «tepishib» katta bo‘lgani uchun undan hayiqmas edi. Ansoriy bilan Adhamxon Bayramxonga qarshi birga kurashgan edilar, uni Patanda yashiriqcha o‘ldirish maslahatini birga qilgan edilar. Adhamxon o‘sha kezda Ansoriyning sirdosh muridiga aylangan edi. Ikkovi yolg‘iz qolganlarida Adhamxon piriga maqtanib ham qo‘yardi: — Podshomiz hozir juda havo boylab ketdi. Ammo besh-olti yasharligimizda biz u bilan «Bayramxon» o‘ynar edik. Bayramxon bo‘lgisi kelgan bola o‘yin qoidasi bo‘yicha shapati yeyishi kerak edi. O‘shanda men Akbarning yuziga ayamay shapati urganmen. Ko‘zlari yoshlanib ketsa ham «g‘ing deyolmagan! — Botirsiz! — deb Ansoriy Adhamxonni maqtab ketdi. — Hozir butun mamlakatda sizdan dadil, sizdan nufuzli amir yo‘q. Onangiz Mohim bibi saroyda malikalardan ham baland martabaga erishdilar. Imoni pok muslimlarning suyanan tog‘i ona-bola ikkovingiz bo‘lib qoldingiz. Bayramxon quvilganda men sizni uning o‘rniga vakili saltanat bo‘lursiz deb umid qilgan edim. O‘zi ham buni juda istab yurgan Adhamxon armon qilib dedi: — Nachora? Meni «yosh» deyishib, Munimxonni qo‘ydilar. — Ammo hali ham kech emas, janobi xoni a’zam. Siz yosh bo‘lsangiz ham Munimxondan yuz chandon donoroqsiz. Muniomxon podshohni kofirlarning ixtiyoriga berib qo‘ymoqda. Roja Birbal ham Munimxonning bo‘shligi tufayli podshohning pinjiga kirib, musohib* bo‘lib olibdir. Qo‘yib bersak, hademay bu roja «vakili saltanat» bo‘lmog‘i mumkin. Adhamxon bilan roja Birbal saroyda qattiq to‘qnashib qolgan. Ansoriy buni bilardi. U ataylab adhamxonning dil yarasiga tuz sepish uchun: — Janobi xoni a’zam, roja Birbal saroyda haddidan oshib, sizday buyuk bekka ham til tekkizgani rostmi? — deb so‘radi. Adhamxon bu noxush hodisani eslaganda yuzi birdan burishib: — Saroyda emas, daryo bo‘yida, — dedi. Akbar, Adhamxon, Birbal va yana bir qancha mulozimlar Jamna bo‘yida buzoqlar o‘tlab yurgan joydan piyoda sayr qilib o‘tayotganlarida, gap aylanib ko‘kaldoshlarga keldi. Adhamxon o‘zining ko‘kaldoshligidan ortiq darajada kerilib yurishini roja Birbal ham sezgan edi. Akbar undan: — Sohib Birbal, sizning ham ko‘kaldoshingiz bo‘lganmi? — deb so‘radi. — Bo‘lgan, hazrat podsho. — Kim? Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 219 — Hazratim, aytsam odobsizlik bo‘lg‘ay!.. Roja Birbalning qiziqchiliklarini yoqtiradigan Akbar: — Aytavering, siz uchun odobsizlik sanalmagay! — deb uni qo‘ymadi. Roja birbal o‘tlab yurgan yuvosh bir buzoqni yetaklab keldi: — Onamning suti yetmagani uchun bolaligimda sigir sog‘ib berishgan. Shu sababli mening ko‘kaldoshim — mana shu buzoq! Akbar xaxolab kuldi. Lekin Adhamxon bu gapni o‘ziga olib, «roja meni buzoqqa tenglashtirdi!» deb achchig‘i keldi. Ansoriy hozir uning o‘sha eski alamini yangilay boshladi: — Roja majusiy bo‘lgani uchun sigir-u buzoqni muqaddas bilur. Ammo siz-u biz uchun onaning oq suti nahotki... Shunday latifaga munosib ko‘rilsa! Adhamxon belidagi xanjarning sopini g‘azab bilan g‘ijimlab: — Tangri haqi, men bu rojadan qasd olmog‘im kerak! — dedi. — Janobi xoni zamon, bittasini yo‘q qilsangiz, boshqalari qolur. Biz majusiylarning hammasini saroydan daf etmog‘imiz kerak. — Qanday qilib, taqsir? — Ko‘p ishlarga Munimxonning bo‘shligi sabab bo‘lmoqda. Uni birato‘la daf etadigan dono yo‘l topmog‘imiz lozim! — Menga o‘sha dono yo‘lni ko‘rsating-da, piyrim! — Bu yo‘l — Munimxonni ketkazib, o‘rniga sizni vakili saltanat qilib ko‘tarishdir. O‘zi ham shu yuksak lavozim orzusida yurgan Adhamxon suvga tashlangan baliqday yayrab: — Minnatdormen, piyrim! — dedi. — Ammo podsho bunga ko‘nmasachi? — Ko‘plashib harakat qilsak, podsho ham ko‘ngay. Axir siz uning birga o‘sgan eng qadrdon tengdoshisiz. Onanizga podshoning ishonchi baland. Paytini topib aytsinlar. Men ham barcha ulamolar nomidan sizni tavsiya etay. O‘zingiz ham bo‘sh kelmang, tarafdorlaringizni ishga soling. — Dono maslahat berdingiz, piyrim! — deb Adhamxon engashdi-da, Ansoriyning etagini o‘pdi. Shu maslahat bo‘yicha Adhamxonni Munimxonning o‘rniga vakili saltanat qilib ko‘tarish harakati boshlandi. Bu harakat Akbardan sir tutildi. Chunki shayx Ansoriy Adhamxonni Akbarning yangi siyosatiga va saroyda g‘ayridinlarning ko‘payishiga qarshi g‘ov qilib ko‘tarmoqchi bo‘lgani mutlaqo sezilmasligi kerak edi. Dehli viloyatining hokimi Shahobiddin ham jiyani Adhamxon tomonga o‘tdi. Eng iflos fitnalarda qatnashib mansabdor bo‘lgan Afzalbek — Muborizxon o‘z homiysi Adhamxonni vakili saltanat qilib ko‘tarish uchun yana har qanday qotillikka tayyor edi. Chunki u Adhamxonning yuksalishiga yordam bersa, o‘zining martabasi yanada oshishiga, kelajakda biror viloyatning hokimi bo‘lishiga ishonardi. Mohim enaga hali ham Akbarga mehribon, uning hind enagasi Rupa bibini va yosh xotini Jodha Bayni qo‘lidan kelganicha e’zozlaydi. Shu bilan birga u yaxshi ko‘rgan o‘g‘li Adhamxonning martabasi yanada oshishini va uning vakili saltanat bo‘lishini istaydi. Mana shu istak enagani beixtiyor yashirin kurash girdobiga tortdi. Enaga oqibati yomon bo‘lishini tasavvur etmasdan va Akbarning yangi siyosatiga qarshi borishni o‘ylamasdan, «faqat o‘g‘limni Munimxonning o‘rniga vakili saltanat qilsam bas, orzuim ushalgay» degan niyatda Maxdumul Muluk bilan til biriktirdi. Saroyda katta nufuzga ega bo‘lgan Mohim enaga bosh qo‘shgandan so‘ng yashirin guruh katta kuchga aylandi. Adhamxon goho shirakayf bo‘lib yurar, Munimxonga «jon kerak bo‘lsa o‘rinni bo‘shat!» degandek taxdidlar qilar edi. Yumshoq tabiat Munimxon Bayramxonday odamni mahv etgan bu guruhdan qo‘rqar, Mohim enaga bilan Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 220 Adhamxonning qovog‘iga qarab turar edi. Xastalanib yuzi sarg‘ayib qolgan Munimxon axiyri Akbarning huzuriga kirib iltimos qildi: — Hazratim, menga yengilroq ish bering, mayli vakili saltanatlikka Adhamxon o‘tsinlar! — dedi. — Biroq, Adhamxon xoni a’zamlik unvonini ham ko‘tarolmay hovliqib qolmoqda. Vakili saltanatlikni u eplay olmagay. — Mohim enaga yordam bersalar, balki eplarlar? — Sizga bu fikrni... enagam berdilarmi? — Ha, u kishining niyatlari shu. — Lekin shayx Ansoriy Adhamxonni mening yangi siyosatimga qarshi qayrab yuribdir. Bular rajputlarni saroydan quvmoqchilar. Nahotki enagam buni bilmasa? — Enagangiz o‘g‘lining martabasi oshishini juda istaydir. Ona-da! Akbar Munimxonning Mohim enaga va Adhamxon tazyiqiga bardosh bera olmasligini sezdi. Hech kimga bildirmay, Kobulga maxfiy maktub yubordi-yu, Shamsiddin atkani poytaxtga chaqirtirdi. Bu orada janubiy viloyat bo‘lgan Malvada Sherxon sur avlodlaridan bo‘lgan Bo‘z Bahodirga qarshi yurish boshlandi. Akbar Adhamxonga katta ishonch bildirgan bo‘ldi-da, o‘n ming qo‘shinga uni sarkarda qilib, Malvaga jo‘natdi. — Bo‘z Bahodir saroyida Rupmati degan mashhur xonanda qiz bor ekan, shuni Agraga tirik olib keling!— deb buyurdi. Adhamxon Malvada yurganda Shamsiddin atka Kobuldan yetib keldi va Munimxonning o‘rniga vakili saltanat qilib tayin etildi. Shu orada Adhamxon ham Bo‘z Bahodirni yengib, katta o‘ljalar bilan Malvadan qaytdi. Shamsiddin atka faqat Akbarning izmiga bo‘ysunar, Mohim enaga bilan Adhamxonni davlat ishlariga aralashtirmaslikka tirishardi. Akbar o‘zining qizil muhrini enagasidan qaytarib olib, Shamsiddin atkasiga bergan edi. — Axir Adhamxon bolalikdan birga o‘sgan sodiq ko‘kaldoshingiz-ku, hazratim! Vakili saltanat bo‘lsa, siz uchun jonini bermas edimi? Akbar Mohim enagani alohida ehtirom qilib: — Ulug‘ ena, siz menga qanday yaxshiliklar qilganingizni hech vaqt unutmagaymen, — dedi. — Sizga doim farzanddek oqibat ko‘rsatish harakatidamen. — Rost, hazratim, menga qilgan oliy inoyatlaringiz uchun oq sutimdan mingdan ming rozimen! — Rahmat sizga, ulug‘ ena! Adham ko‘kaldoshimga ham yuksak xoni a’zam unvoni berildi, katta jogir ajratildi. — O‘g‘lim sizdan ko‘rgan yaxshiliklarni unutsa ko‘r bo‘lgay! Men unga aytganmen! — Men ham ko‘p... ogohlantirdim. Lekin Adhamxon katta davlat-u martabadan hovliqib qoldi. Shayx Ansoriy meni «kufr yo‘liga kirdi» deb ig‘vo qilayotganidan xabarim bor. Adhamxon esa unga qo‘l berib murid bo‘ldi, o‘sha shayxning qutqusiga uchib yuribdir. Mohim enganing o‘zi ham shayx Ansoriyning guruhiga qo‘shilib, o‘g‘lini vakili saltanat qilmoqchi ekanidan nahotki Akbar xabar topgan bo‘lsa? Bu odam yer tagida ilon qimirlasa bilar ekan-da! Lekin Mohim enaga sir bermaslikka tirishdi: — Hazratim, yomon odamlarning gapiga ishonmang! Adhamxon siz chizgan chiziqdan chiqmagan! Siz uni Malvaga urushga yubordingiz. Sizga qarshi bosh ko‘targan Bo‘z Bahodirni yengib keldi! Shu bilan Adhamxon o‘z sadoqatini yana bir bor isbot qilmadimi? Akbar bosh chayqadi: — Afsuski, Adhamxon Malvada o‘rinsiz zo‘ravonliklar qilib, biz topshirgan nozik ishlarni buzib qo‘ydi. Rupmati degan malvalik xonanda qizning ta’rifini siz ham eshitgan bo‘lsangiz kerak. El-ulus orasida naql tarqalganki, Rupmati qo‘shiq aytganda, osmondagi Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 221 oy ham, quyosh ham unga mahliyo bo‘lib to‘xtab qolur. Biz Adhamxonga buyurgan edikki, Rupmatini yaxshi muomala bilan o‘zingizga el qilib, poytaxtga boshlab keling, uning san’atidan biz ham bahramand bo‘laylik. Biroq Adhamxon Rupmatini asir olib, qo‘pol zo‘ravonliklar qilmishdir. El suygan go‘zal xonanda bu zo‘ravonlikka qarshi zahar ichibdi-yu, o‘zini o‘zi o‘ldiribdir. El-ulus bu o‘limni Adhamxon bilan bizdan ko‘rib, qattiq norozilik bildirmishdir. — Ammo qizning o‘zi Bo‘z Bahodira ma’shuqa ekan. Unga sadoqat saqlab «javhar» odati bo‘yicha o‘zini o‘ldirgan bo‘lsa, buning uchun Adhamxon ayb-dormi? — Men Malvaga o‘zim borib, hammasini taftish qilib keldim. Adhamxon boshqa malvaliklarga ham zulm o‘tkazmishdir. Jabr-u zulmga qarshi g‘alayon boshlangan ekan. Adhamxonni darhol Malvadan jo‘natib yuborib, to‘polonni zo‘rg‘a tinchitdik. Uning o‘rniga Pirmuhammad atkani hokim tayinlab kelgan edim, yana falokat yuz beribdi. Atkamiz yog‘iylarni quvib borib, daryodan o‘tayotganda suvga g‘arq bo‘lib ketibdir. Axiyri Abdullaxon o‘zbekni Malvaga hokim tayinlab jo‘natdik... Adhamxon boshda yaxshi ish tut-ganda, shuncha halokatlar yuz bermasligi mumkin edi. — Beayb — parvardigor, deydilar, hazratim, Adhamxondan o‘tgan joyi ham bordir. Axir hali u yosh, tajribasi oz. — Shuning uchun ko‘pni ko‘rgan tajribali Shamsiddin atka bizga vakil bo‘lgani ma’qul- da! — Lekin ko‘kaldoshingiz juda o‘ksinib yuribdir. Uning ko‘nglini qanday ko‘tarishimni bilmaymen. — Ko‘kaldoshim sal kamtar bo‘lmog‘i kerak, ulug‘ ena! Men o‘zim Adhamxon bilan so‘zlashgaymen. Siz bu ishlar tufayli ko‘p koyinmang. Davlat ishi shafqatsizdir. Siz esa mushfiq onasiz. Amal talashishlardan uzoqroq yurganingiz ma’qul. Shuncha mashaqqatlar bilan farzand o‘stirdingiz, kelinlar tushirdingiz. Endi uyda o‘ltirib shularning rohatini ko‘ring. Uyda zeriksangiz, o‘zingiz ochgan qizlar madrasasiga boring. O‘qishni istaydigan qizlar ko‘p emish, eski bino kichiklik qilsa, balki hovli to‘rida yangi bino qurdirgaymiz. Mening onam ham maqbara qurilishi bilan ovunib, davlat tashvishlarini unutdi. Onalarimiz endi faqat savob ishlarni qilsinlar, bezovta, notinch davlat yukini biz Shamsiddin atka bilan ko‘taraylik. Akbar mayin gaplar bilan enagasini davlat ishlaridan chetlatayotganini sezgan Mohim bibi kuyunib yana ko‘ziga yosh oldi: — Mayli, biz endi... keraksiz bo‘lib... chetga chiqaylik... Lekin Adhamxon... shuncha yillik qadrdoningiz. — Adhamxonga mening qilcha ham kuduratim yo‘q. Faqat uning o‘zi amalparastlik ko‘chasidan chiqmog‘i kerak. Bu ko‘cha ne-ne odamlarni adashtirib, mahv qilib yuborganini o‘zingiz bilursiz. — Uni bu ko‘chaga sudragan yomon odamlar bor, hazratim. Adhamni o‘shalarning dastidan faqat siz qutqarmog‘ingiz mumkin! — Xo‘p, siz uchun men uni yomonlar dastidan yulib olishga urinib ko‘ray. Ammo siz ham Adhamxonga ayting, o‘zi ulardan qutulishga intilmasa, chetdan ming odam uringanda ham qutqarolmagay. Men buni rahmatli amakim Komron mirozoning taqdirida ko‘rganmen. Mohim enaga Akbarning bu gaplarini o‘g‘liga o‘sha kuniyoq yetkazdi. Biroq endi Adhamxon o‘zining Muborizxon kabi sirdoshlari bilan orani uzolmaydigan darajaga yetgan, ularni bir-birlariga mahkam bog‘lab turgan avvalgi jinoyatlari ham bor edi. Adhamxonning uch ming kishilik bek-u navkarlari orasida Afzalbekni eslatadigan odam borligini Akbar bir yil burun eshitgan, biroq taftish qilib ko‘rish uchun haligacha fursati bo‘lmagan edi. Endi Adhamxonni yomon odamlar dastidan qutqarishni Mohim enaga Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling