Humoyun va akbar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/52
Sana19.08.2020
Hajmi1.29 Mb.
#126916
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
qanoti ostida qochib yurgan Sharafiddin mirzoga va Goa orolidan Po‘lat vasvasga to‘fang 
yuborgan farangilarga ketdi. Tashqi g‘animlar bilan kurashda Akbar otasining xatolarini 
takrorlamaslikka intiladi. Yangi davlat ham ulkan daraxt kabi mustahkam ildiz 
otmaguncha uni sug‘urib tashlash oson bo‘lishini Humoyunning Ganga bo‘yidagi 
mag‘lubiyati ko‘rsatgan edi. 
Yigit paytida tezkorlikni yaxshi ko‘rgan Humoyun taxtga o‘ltirganining dastlabki uch-to‘rt 
yili ichida sharqqa va g‘arbga, janubga va shimolga ketma-ket yurishlar qilib, o‘ndan 
ortiq viloyatlarni zabt etdi. Lekin u Gujaratga yurish qilganda sharqda Bixor isyon 
ko‘tarib, ixtiyoridan chiqib, mustaqil bo‘lib oldi. Akbar o‘sha achchiq saboqlarni esda 
tutib, davlatining chegaralarini shoshmasdan, qadamma-qadam kengaytirib bormoqda 
edi. o‘n besh yil davomida Gujarat bilan Agra oralig‘idagi Bikanir, Chitor, Bundi, Malva 
kabi viloyatlarda ichki parokandalikni tugatdi, eng nufuzli roja va roalar bilan qon-
qarindosh bo‘ldi, otliq askarlarining yarmini sodiq rajputlardan yolladi. Hatto umr bo‘yi 
Bobur va Humoyunga qarshi kurashib o‘tgan Rana Sangram Sinxning nevarasi Uday 
Sinx endi Akbarni tan olib, u bilan ittifoq tuzdi. Uning E’timodxon bilan mahfiy aloqa 
o‘rnatganiga ham ikki yil bo‘ldi. Endi Gujarat yurishi uchun vaziyat yetilganini o‘sha 
yoqdan axborot yuborib turgan xufiyalarning ma’lumotlari ham tasdiqladi. 
Akbar o‘n ming qo‘shin bilan mezon oyida Ahmadobodga yaqinlashdi. E’timodxon so‘zida 
turib, ikki ming odam bilan Akbar tomonga o‘tdi. Muzaffarshoh jang qilishga yuragi 
betlamay poytaxtni tashlab qochdi. Akbar Aziz ko‘kaldoshni besh ming askar bilan 
quvg‘in qilib yubordi-da, o‘zi Ahmadoboddagi podsho saroyiga kirib joylashdi. 
Aziz ko‘ka ertasi kuni peshinda Muzaffarshohni tutib keltirdi. Bu shoh qirq yoshlardagi, 
semiz, qora odam ekan, o‘zi shuncha yil hukmronlik qilgan saroyni endi Akbar egallab 
olganini ko‘rib, yuzlari alamdan ko‘karib ketdi. Biroq joni shirin tuyulib, Akbar o‘ltirgan 
taxt qarshisida ta’zimga egildi, o‘ng qo‘lining orqasini avval yerga tekkizib, so‘ng boshi 
ustiga baland ko‘tardi-da, taslim* bajo keltirdi: 
— Hazrat shahanshoh, taqdir ekan, biz yengildik. Xatolik o‘tgan bo‘lsa afv eting. Agar 
qonimdan kechsangiz, to o‘lguncha sizga sadoqat saqlab, bir go‘shada tinchgina 
yashamoqchimen! 
Akbar uning zahar tomib turgan ko‘zlariga qarab, dilidan hali adovat ketmaganini sezdi. 
Taxt yonida turgan Bhagvan Das ham Akbarga, «ishomang, so‘zida turmagay!» deb 
shivirladi. 
Lekin Ahmadobod jangsiz olinganidan quvonib, ko‘ngli yumshab turgan Akbar tiz 
cho‘kib, taslim bo‘lgan odamni o‘limga buyurishni o‘ziga munosib ko‘rmadi. 
— Janob Muzaffarshoh, mening ota-bobolarim «egilgan boshni qilich kesmas» degan 
qoidaga amal qilib kelganlar. Men ham birinchi marta qoningizdan kechdim... 
— Minnatdormen, hazratim, hoki poyingizni ko‘zga surgaymen. 
Akbar unga Ahmadobod yaqinidan jogir berdi, xazinadan nafaqa to‘lab turishni, ayni 
vaqtda, kecha-yu kunduz atrofidan qo‘riqchini uzmay, ko‘z-quloq bo‘lishni buyurdi. 
Muzaffarshohni tutib kelgan Aziz ko‘kaga xoni a’zam unvoni berildi. Akbar uni 
Ahmadobodga hokim tayinladi-da, o‘zi besh ming askari bilan dengiz bo‘yidagi Surat 
bandariga yo‘l oldi. 
 
_______________ 
* T a s l i m — ta’zimning bir turi.
 
*  *  * 
 
Hind ummoni. Oxiri ufqlarga tutashib ketgan bahaybat katta suv ichida ulkan kemalar 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
ham pista po‘chog‘iday kichik ko‘rinadi. Akbar umrida birinchi marta dengiz kemasiga 
tushib, ota-bobolari ko‘rmagan Kambey ko‘rfazida sayr qildi va Goa oroligacha suzib 
bordi. Bu yerda u dengiz hokimlari bo‘lib olgan farangi portugallarning cherkovlarini kirib 
ko‘rdi. Portugallarning kemalari hind kemalaridan yirikroq va qudratliroq edi. Goani 
o‘zlariniki qilib olgan va dengiz yo‘liga xo‘jayinlik qilib yurgan farangilar Akbarga iltifot 
ko‘rsatgan bo‘lib, uni eng katta kemalarida sayr qildirmoqchi bo‘lishdi. 
— Men hind kemasida suzishni afzal ko‘rurmen!— dedi Akbar va Goaning portugaliyalik 
hokimidan tarjimon orqali so‘radi: — Bu yerda ilgari hind ibodatxonalari, muslim 
masjidlari bormidi? 
— Bor edi. 
— Hozir nechun ko‘rinmaydir? 
— Chunki... aholi bari cherkovga boradigan katoliklardir. 
— Qachondan beri? Asrlar davomida Goada hindlar bilan muslimlar yashab kelar edi-ku. 
Ularni farangilarning Albukerka degan amiralbahri qirib tashlagani rostmi? 
— Hammasini emas... bir qismi... katolik diniga o‘tgan... 
— Demak, farangilar hindi-yu muslimlarni zo‘ravonlik bilan o‘z dinlariga o‘tkazmoqdalar! 
Balki sizlar butun Hindistonni zo‘ravonlik bilan bosib olmoqchidirsizlar?! 
— Zinhor undoq emas, hazrati oliylari! Biz sizdek ulug‘ podshohni hurmat qilurmiz... 
Hind xalqi bilan ham hamkorlik qilmoqchimiz. 
Ayting-chi, janob hokim, rasmiy hujjatlarda sizning lavozimingiz ne tavr aytilur? — 
so‘radi Akbar. 
Goa hokimi Portugaliya qirolining Hindiston bo‘yicha noibi hisoblanardi. Rasmiy 
hujjatlarda bu hokim «Hindiston vitse-qiroli» deb ulug‘lanardi. Hokim buni ochiq aytsa, 
butun Hindistonga da’vo qiladigandek ko‘rinishini sezdi-yu, gapni burdi: 
— Kamina Portugaliya qirolining Goa orolidagi noibimen... 
— Faqat Goa emas, janob noib, sizni butun Hindiston yerlariga xo‘jayin tayinlab farmon 
chiqarilganidan biz xabardormiz! Qirolingizga shuni ma’lum qilingki, Hindiston — 
mustaqil davlat, uning o‘z podshosi bor. Hindistonga noib kerak bo‘lsa, uni Farangiston 
qiroli emas, biz o‘zimiz tayinlagaymiz! 
— Bu so‘zlaringizni qirol hazratlariga albatta yetkazgaymiz. Biz sizning mustaqilligingizni 
hurmat qilurmiz! 
— Ammo ba’zi farangilar bizning ichki ishlarimizga aralashmoqdalar... Hatto bizga qarshi 
suiqasd qilgan bir telbaning uyidan farangi to‘fangi topildi... Hozir bizda ham to‘fang-u 
zambaraklar ko‘p. Ogohlantirib qo‘ymoqchimizki, yana shunday ishlar takror bo‘lsa, 
bizning zambaraklar sizlarga qarshi otilmog‘i ham mumkin! 
Akbarning aytganini qila oladigan odam ekanini biladigan Goa hokimi tashvishga tushib: 
— Biz siz bilan tinch-totuv yashashni istaymiz, hazrati oliylari! — dedi. — Agar suiqasdga 
qatnashgan odam Goada bo‘lsa uni tutib berishga tayyormiz!.. 
Akbar vazir Jamilga ishora qildi. Vazir Jamil qo‘ynidan qog‘oz olib, Po‘lat vasvas va ba’zi 
guvohlarning aytishicha, o‘sha to‘fangni Alvaro Pakavira degan keksa odam Dehliga olib 
borgani haqida axborot berdi. 
Goa hokimi yonidagi mulozimlaridan nimanidir so‘radi-da, tez Akbarga yuzlandi: 
— Alvaro Pakavira yaqinda po‘rtana paytida dengizga cho‘kib halok bo‘lmishdir... Agar 
hazrati oliylariga yomonlik qilgan bo‘lsa, unga qasos qaytgani shu! minba’d biz Hindiston 
bilan faqat yaxshi aloqalar qilish niyatidamiz. Din-u millat ayirmasdan bordi-keldi 
qilaylik! Agar siz hazrati oliylari, lozim ko‘rsangiz, bizga elchilar yuboring. Biz 
elchilaringizni o‘z kemalarimizda Portugaliyaga, o‘z qirolimiz huzuriga olib borishga, 
so‘ng qaytarib olib kelishga tayyormiz. 
Bu gaplar Akbarni xiyol yumshatdi. U Portugaliyaga elchi yuboradigan bo‘lib Goa hokimi 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
bilan xayrlashdi. Surat bandariga kemada qaytar ekan, yonida turgan Qilichxon 
Andijoniy unga turk dengizchisi Seydi Ali Raisni eslatdi: 
— Jannati otangiz bu turk lashkarboshisi bilan Dehlida Puran qal’ada qanday 
so‘zlashganlari yodingizda bormi? O‘shanda otangiz «turk podsholari bilan hamkorlikda 
farangilarni Goadan quvgaymiz» deb niyat qilgan edilar-a! 
— Ha, ha, Seydi Ali Rais Sulaymoniy degan eng buyuk zambaragini Surat bandariga 
yashirib ketganini aytgan edi... Ehtimol, hali turgandir? 
— Oradan yigirma yil o‘tdi. Balki yo‘qolib ketgandir? 
— Ammo izlab ko‘rmoq kerak, janob Qilichxon! Bu vazifa sizga yuklanur! 
Seydi Ali rais Surat bandarining odam kam boradigan chet bir jyoiga, eski turk 
kemasining ichiga bekitib ketgan zambarak hali turgan ekan. Qilichxon Andijoniy boshliq 
yuzdan ortiq navkarlar uni topib, qirg‘oqqa olib chiqdilar. Zambarakning suv tekkan 
joylari zanglagan ekan, uni tozalab, yog‘ladilar va o‘n g‘ildiraklik ulkan arobaga ortdilar. 
Bu arobani o‘ttiz ikkita ho‘kizga torttirib, Ahmadobod orqali Fathpur Sekriga jo‘natdilar. 
— Bu zambarak ham bizning turk podshosi bilan hamkorlik qilishimizga, ham 
farangilarni Goa orolidan quvishimizga xizmat qilgay! — dedi Akbar. — Janob Qilichxon! 
Siz Turkiyaga bizdan elchi bo‘lib borgaysiz! Dengiz kemalari qurmog‘imiz kerak. Turk 
kemasozlari kelsinlar!.. 
Lekin Akbar bu niyatini amalga oshirishga ulgurmasdan Ahmadoboddan shum xabarlar 
keldi. Muzaffarshoh Akbar qo‘ydirgan qo‘riqchilarni o‘ldirib qochibdi, bir guruh 
temuriyzoda mirzolar uning tarafini olib isyon ko‘taribdi. 
Husayn Boyqaro avlodidan bo‘lgan bu mirzolar avval ham o‘z qarindoshlari Akbarga 
baxilligi kelib, nuqul uning dushmanlariga yordam berib yurishardi. Sambxaldan qochgan 
va Po‘lat vasvasni ishga solib Akbarga o‘q ottirgan Sharafiddin mirzo ham shularning 
yoniga kirgan edi. Mirzolar yordamida Ahmadobod yonidagi jogiridan qochgan 
Muzaffarshoh Borinj qal’asini g‘aflat uyqusi paytida ishg‘ol qilib, Akbarga sodiq bo‘lgan 
Qutbiddinni qatl ettiradi. Gujarat viloyatining xazinasiga necha yillar davomida yig‘ilgan 
o‘n kurur* rupiy oltinni Akbar Qutbiddinga ishonib topshirgan edi. Muzaffarshoh shunday 
katta boylikni o‘zlashtirgach, o‘zini yana qudratli sezib, bir talay askar yollaydi. So‘ng 
Ahmadobod qal’asida hokim bo‘lgan Aziz ko‘kaga qarshi urush boshlaydi. Mirzolar esa 
undan beridagi Sarnalda Akbarning Ahmadobodga qaytadigan yo‘lini to‘sib turgan 
emishlar. 
Akbar bu xunuk xabarlarni eshitganda Muzaffarshohni kechirib katta xatoga yo‘l qo‘ygani 
uchun o‘zidan ham qattiq koyindi. Qarindosh bo‘la turib, yelkadan pichoq urgan temuriy 
mirzolarga qarshi dilida qo‘zg‘algan cheksiz qahr-u g‘azab uni  quyunday uchirib, dengiz 
bo‘yidan Sarnal tomonga olib ketdi. 
Suratdan Sarnalgacha otda o‘n kunlik yo‘l edi. Akbarning dengiz bo‘yida yurganini 
eshitgan mirzolar uni hali-beri qaytib kelolmaydi, deb bexavotir yurgan edilar. Akbar 
Hayron degan chopqir iroq otida uch kun o‘tmay Sarnalga yetib bordi. U behad tez yo‘l 
yurgani uchun qo‘shinining asosiy qismi Mahendra daryosidan narida qolib ketdi. Akbar 
daryodan birinchi bo‘lib o‘tib, Sarnal qal’asiga elliktacha odami bilan yetib kelganda, 
darvozalar ochiq turgan ekan. Akbar asosiy kuchlarining yetib kelishini kutadigan bo‘lsa, 
mirzolar xabar topib, qal’a darvozalarini bekitib olishadi. Keyin urush va qamal bir necha 
oyga cho‘zilib ketishi mumkin. Akbar o‘ng yonida turgan Bhagvan Dasga qaradi: 
— Tavakkal qilaylikmi? 
— Mayli! — dedi Bhagvan Das ham tap tortmay. 
Akbar bor odamini uchga bo‘ldi-da, o‘ng qanotga Zayniddin ko‘kaldoshni, chap qanotga 
Man Sinxni tayinladi. O‘n olti yoshga kirib, janglarga qatnashib yurgan Abdurahim otasi 
Bayramxonday pishiq, dovyurak yigit bo‘lgan edi. Akbar bilan o‘n kunlik yo‘lni uch kunda 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
bosib o‘ta olgan eng dov yigitlarning biri ham Abdurahim edi... Akbar uni va Bhagvan 
Dasni o‘zi bilan markazda qoldirdi. So‘ng hammalari qilich yalang‘ochlab Sarnal 
qal’asining ochiq darvozasidan ot qo‘yib kirdilar. 
Qal’a ichida mirzolarning to‘rt ming askari bor edi. Lekin Akbarning kutilmagan hamlasi 
ularni esankiratib qo‘ydi. Saflanishga va to‘planishga ulgurmagan yuzlab navkarlar 
qal’aning tor ko‘chalarida tiqilishib, o‘zlariga o‘zlari xalaqit bera boshladilar. To‘polonda 
yov askari qaysi, o‘zlariniki qayoqda — ajratish oson emas. Shunday bo‘lsa ham, 
Muzaffar Husayn mirzo boshliq yuztacha otliqlar Akbarning yo‘lini to‘sib chiqdi. Narigi 
ko‘chadan chiqqan Ibrohim Husayn mirzoning navkarlari chap qanotdagi Man Sinxga 
hamla qildi. mas’ud Husayn mirzo Zayniddin ko‘ka bilan olisha boshladi. 
Akbarning egnida zirhli kiyim, boshida dubulg‘a. Qarshidan otilayotgan yoy o‘qlaridan 
biri ko‘kragidagi choroynaga «tars» etib tegib, sirpanib ketdi. Yana bir o‘q tizzasini yopib 
turgan temir zonupo‘shga qarsillab urildi. Akbar boshini yelkasiga tortib xiyol egildi-da, 
qilich yalang‘ochlagan holda o‘q otayotgan navkarga tashlandi. Lekin shu orada Bhagvan 
Das bu navkarni qilichi bilan chopib, otdan yiqitdi. Yon tomondan Zayniddin ko‘kaning: 
— Akbar hazratlariga qarang! — degan xitobi eshitildi. Bu uning: «Akbarni qo‘riqlang!» 
degani edi. 
Amir Temurning oltin sopli qilichini yalang‘ochlab, ot choptirib kelayotgan akbarni yov 
navkarlari endi ko‘rdilar. Bhagvan Das va Zayniddin ko‘kaning zarbalaridan yiqilib 
tushayotgan yovlar ham ularga Akbarning qilichidan ag‘anab ketayotganday tuyuldi. 
Mirzolar tomonidan otilgan yoy o‘qlari Akbarning zirhli kiyimiga tegib, sapchib 
ketayotgani yovlariga uni o‘q o‘tmaydigan nazarkarda qilib ko‘rsatardi. 
— Akbarning o‘zi! Qo‘lida Amir Temurning qilichi! 
— Akbar!.. — degan so‘zlar yov navkarlari orasida xuddi «balo-qazo kelyapti, joning 
borida qochib qol!» degan bir vahimali ohangda tarqaldi. Son jihatidan qirq barobar ko‘p 
bo‘lgan yovlar mana shu vahimaga berilib, tiraqaylab qocha boshladi. Akbar ulardan 
birortasiga qilich tekkizolgani yo‘q. Faqat uning o‘zi oldingi safda o‘q yomg‘iri ostida 
hujum qilib kelayotgani uchun yonidagi bek va navkarlari o‘lgan-qolganlariga qaramay 
dushmanlar ustiga tashlanmoqda edilar. Markazdagi Bhagvan Das Akbarga nayza 
otmoqchi bo‘lgan mirzolardan birining qo‘liga qilich urdi. Dasning butun xayoli Akbar 
himoyasi bilan band bo‘lib, o‘ng yonida jang qilayotgan o‘g‘li Bhupatni ham unutgan edi. 
Mirzolar tomonidan otilgan bir o‘q o‘n yetti yoshli Bhupatning bo‘yniga qadaldi. U otdan 
yiqilayotganda Abdurahim kelib tutib qoldi va bexatar joyga olib chiqdi. 
Qochib borayotgan yov askarlari hujum qilib kelayotganlar bilan aralashib ketgani uchun 
mirzolarga dushman behad ko‘p bo‘lib ko‘rindi. Bu orada Akbarning asosiy kuchlari ham 
daryodan o‘tishga ulgurgan va Sarnalga kira boshlagan edi. Endi Akbarga bas kelib 
bo‘lmasligini sezgan mirzolar qal’aning narigi chetidagi darvozalardan tumtaraqay bo‘lib 
qochib chiqdilar. Ibrohim mirzo shimoldagi Multonga qarab qochgan edi. Uni tutib, 
boshini kesib keltirdilar. Muzaffar Husayn bilan Sharafiddin mirzolar janubdagi Dakan 
podshosining huzuriga qochib borib jon saqladilar. 
Dakan tojdorining mustaqil hukmronlik qilishi uchun Akbardan ko‘ra Muzaffar Husayn 
bexatarroq edi. Mirzolar uning yordamida o‘n ming qo‘shin to‘pladilar va bir yil o‘tgach, 
yana Gujarat chegarasiga bostirib kirdilar. Muzaffarshoh o‘z tarafdorlari bilan qo‘shildi. 
O‘ttiz mingga yetgan mo‘ri-malaxday dahshatli qo‘shin Gujaratda hokim bo‘lgan Aziz 
ko‘kaning atrofini o‘rab Ahmadobodga bostirib kela boshladi. 
 
____________ 
* O‘ n  k u r u r — yuz million.
 
*  *  * 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
 
Allaqachon Fathobodga qaytib, bu yerdagi qurilish ishlariga kirishib ketgan Akbar Aziz 
ko‘kaning qamalda qolganini saraton oyida eshitdi. Yomg‘ir fasli avjida, yo‘llar balchiq 
bo‘lishiga qaramay u o‘n ming askarni Bhagvan Das boshchiligida Gujaratga yordamga 
jo‘natdi. Adulfazl ham bu qo‘shin bilan birga ketdi. 
Akbarning o‘zi asad oyida ham poytaxtda yurar, mirzolar buni Sekridagi xufiyalarining 
axborotidan bilib turar edilar. Bhagvan Das boshliq qo‘shin yomg‘irli kunlarda qaynalib 
bir oyda ham Ahmadobodga yaqinlasha olgan emas edi. 
Sunbula kirib, osmonda yomg‘ir bulutlari kamaya boshlagandan keyin akbar besh yuzta 
saralangan bek-u navkari bilan kechasi Fathoboddan Gujaratga yo‘l oldi. U 
dushmanlarini yana g‘aflatda qoldirib, to‘satdan bostirib bormoqchi edi. Shuning uchun 
choparlar tezligida yo‘l yura boshladi. Eng tezyurar ot va tuyalar oldindan tanlangan va 
yo‘llardagi maxsus joylarda tayyorlab turilgan edi. 
Sekri bilan Ahmadobod oralig‘idagi yo‘l salkam sakkiz yuz mil. Ot va tuyalarni ming 
qistab haydaganda ham Hindiston issiqlarida yetmish-sakson mil yo‘l bosib bo‘lmas edi. 
Lekin Akbar choparlar kabi ot va tuyalarni har kuni bir necha marta almashtirib, 
shamolday uchib bora boshladi. Kunduz eng issiq paytida besh yuz odam hammasi soya 
joy topib uxlab olar, so‘ng kechasi bilan to sahar pallagacha yo‘l yurishar edi. Akbarning 
o‘zi to‘qqiz kun davomida bu tezlikka bardosh berib kelayotgani uchun ko‘pchilik yigitlari 
ham «charchadim» deb ayta olmas edi. 
Bu yigitlardan biri — Akbarning tutingan o‘g‘li, endi o‘n yettiga kirgan Abdurahim edi. 
Akbar uni o‘zining eng sodiq ko‘kaldoshi Azizning singlisi Moh bonuga uylantirgan, Jajji 
enaga endi Abdurahimga ona o‘rnida edi. Abdurahim Ahmadobodda qamalda qolgan 
qaynota-qaynonasini tezroq qutqarish uchun ham tun-u kun yo‘l yurishning barcha 
mashaqqatlariga bardosh berib kelmoqda edi. 
Akbar va uning besh yuz yigiti Sekridan Gujaratga to‘qqiz kunda yetib bordi, bir kecha-
kunduzda sakson-to‘qson mil yo‘l bosgan paytlari bo‘ldi.* 
Gujaratga hali Akbarning Sekridan yo‘lga chiqqani haqidagi ma’lumot ham kelib 
ulgurmagan edi. Sabarmati daryosidan naridagi joylarni egallab olgan mirzolarga xabar 
keltirayotgan xufiyalar yarim yo‘lda qolib ketishgan edi. Gujaratda to‘satdan paydo 
bo‘lgan Akbar Bhagvan Dasning bir yarim oy oldin yo‘lga chiqqan qo‘shiniga yetib borib, 
uni ham o‘z ixtiyoriga o‘tkazdi. 
Mirzolar daryo bo‘yidagi soya-salqin joylarni qarorgoh qilib bamaylixotir o‘ltirganlarida 
Sabarmatining narigi qirg‘og‘ida birdan Akbar qo‘shini paydo bo‘ldi va daryodan o‘ta 
boshladi. Mirzolar shosha-pisha o‘ttiz ming qo‘shinni saf qilib, Sabarmati tomon yo‘l 
oldilar. Bu orada Akbar to‘rtta yigiti bilan Sabarmatidan birinchi bo‘lib suzib o‘tgan edi. 
Bosh sarkarda o‘zini suvga dadil tashlaganini ko‘rgan bek-u navkarlar ham uning ketidan 
o‘zlarini suvga otdilar. Uch mingtacha askar o‘tib bo‘lgach, Akbar qolganlarini kutib 
o‘ltirmay hujumni boshladi. 
Uning tagida — bir vaqtlari ammasi Gulbadan begim in’om etgan Hayron ismli o‘sha iroq 
oti. Suvdan o‘tish oson bo‘lsin uchun Akbar otning ustidagi og‘ir zirhli kejimni olib 
tashlagan edi. Jang qizig‘ida zirhli kejimni qayta yoptirishga ulgurmadi, yov tomonni 
vahimaga solish uchun ham o‘zi oldingi safda ot choptirib bora boshladi. Lekin 
mirzolarning qo‘shini son jihatidan behad ko‘p edi. O‘qlar do‘lday yog‘ila boshladi. 
Akbarga tekkan besh-oltita o‘qni uning qo‘lidagi qalqoni va egnidagi zirhli kiyimlari 
qaytardi. Faqat tagidagi Hayron biqinidan o‘q yeb, gandiraklab to‘xtadi. 
Piyoladay katta-katta ko‘zlarida doimiy bir hayrat qotib qolganday ko‘rinadigan bu ot 
Akbarga o‘n yildan ortiq xizmat qildi. Ne-ne uzoq masofalardan uni qushday uchirib 
o‘tkazdi. Otning hayron qolarli kuchi va hayratga to‘la kuzlari bor edi, shuning uchun 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
Akbar unga Hayron deb nom qo‘ygan edi. 
Hozir zirhli kejim yopilmagani uchun o‘q yegan Hayronning biqinidan tizillab qon 
otilmoqda. Agar u yana bir necha qadam qo‘ysa, yiqilishi muqarrar. Jonivor ot Akbar 
bilan yiqilmaslik uchun oyoqlarini kerib to‘xtab turardi. 
Buni sezgan Akbar orqada kelayotgan otbegiga: 
— Rohvorni* bering! Tez! — deb qichqirdi. 
Bosh sarkardaning otdan yiqilganini yovlari ko‘rmasligi kerak edi. Otbegi zirhli kejim 
yopilgan va uzoq yo‘lda yaxshi yuradigan saman bedov Rohvorni darhol yetaklab kelib, 
Akbarga to‘g‘riladi. Akbar egardan sakrab o‘tguncha sadoqatli Hayron oyoqlarini yerga 
mahkam tirab, yiqilmay turdi. Egasi boshqa otga minib uzoqlasha boshlagandan so‘ng 
yarador ot gursillab yiqildi. 
Muzaffar Husayn mirzo uzoqdagi bir tepalik ustida otliq turib, jangni boshqarmoqda. 
Akbar shu tepalikka yaqinlashganda Man Sinx bir necha yuz rajput yigitlari bilan 
tepalikni otliq aylanib o‘tishga ulgurdi. Qurshovda qolayotganini sezgan Muzaffar Husayn 
mirzo qo‘riqchi yigitlari bilan tepadan pastga otildi, ammo qurshovni yorib o‘tguncha 
bo‘lmay, Man Sinx unga uzoqdan nayza otib, otdan yiqitdi. Nayza Muzaffar Husaynning 
po‘lat sovutini kesib o‘tolmagan bo‘lsa ham, o‘ng ko‘kragini yaralagan edi. Man Sinxning 
yigitlari uning qo‘lini bog‘lab, Akbarning oldiga olib ketdilar. 
Muzaffar Husayn mirzoning otdan yiqilgani va asir tushgani yashin tezligida yov 
qo‘shinlari orasida ovoza bo‘ldi. Muzaffarshoh ehtiyotkorlik qilib orqaroqda turgan edi, 
darhol o‘zining odamlarini ayirib olib, Patan tomonga qochdi. Sharafiddin mirzo ham 
uning ketidan tiraqaylab qochishga tushdi. 
Jang tugagandan so‘ng daryo bo‘yidagi sersoya amalbed daraxtlarining tagida Akbar 
uchun gilam va zarbof ko‘rpachalar to‘shab, shohnishin qilindi. Uning chap yonida 
Abdulfazl va roja Birbal o‘ltirgan paytda qirq besh yoshlardagi barvasta, shertaxlit 
Muzaffar Husayn mirzoni olib keldilar. Birbal uni tutgan odamlarga tahsin aytgisi kelib, 
soqchi yigitdan: 
— Amirzodani kim tutdi? — deb so‘radi. 
Man Sinx orqaroqda kamtarona bosh egib, jim turibdi. Qo‘li bog‘log‘liq Muzaffar Husayn 
mirzo shu hind yigitiga asir tushganini aytishdan or qildi shekilli: 
— Meni tuz tutdi! — dedi va tiz cho‘kib Akbarga murojaat qildi: — Hazratim, biz 
Shayboniyxon davrida Hurosondan quvildik, darbadar bo‘lib yurganimizda jannatmakon 
Bobur bobongiz bizni Hindga chaqirdilar, «sizlar ham temuriylardansiz, sulton suyagini 
xor qilmas» deb, boshpana berdilar, ulufa-yu jogir ajratdilar. Biz buni unutmasligimiz 
kerak edi. Lekin xom sut emgan banda ekanmiz, Muzaffarshohning qutqusiga uchib, 
ko‘rnamaklik qildik. Boshim egik, afvu so‘raymen! Agar qonimdan kechsangiz, minba’d 
to o‘lguncha sadoqat saqlagaymen! 
Bu gaplar Akbarni ancha yumshatdi. Uning buyrug‘i bilan Muzaffar Husaynning qo‘lini 
yechdilar va podshoning chap yoniga — Birbaldan pastroqqa o‘tkazdilar. Akbar uning 
lablari quruqshab turganini ko‘rdi-yu, sharbat so‘radi. Oltin jomda keltirilgan norinj 
sharbatidan avval o‘zi ichdi-da, keyin Muzaffar Husaynga berdi. 
Bhagvan Das va Man Sinxlar Akbarning bu ishidan norozi bo‘lib qovoq solib turar edilar. 
Sarnaldagi jangda mana shu mirzoning dastidan halok bo‘lgan Bhupat — Akbarning 
qaynisi edi-ku! Nahotki uning qotili shunchalik iltifotga loyiq bo‘lsa? Akbar 
qaynog‘asining ko‘nglidan o‘tayotgan bu gapni sezganday bo‘lib, Bhagvan Das bilan Man 
Sinxni o‘zining o‘ng yoniga taklif qildi. 
— Sizni tuz tutgani rost, Mirzo janoblari, — deb Akbar Muzaffar Husaynga so‘z qotdi: — 
Siz menga qanday qarindosh bo‘lsangiz, roja Bhagvan Das ham hozir shunday 
qarindoshdir. Lekin qarindoshlar ham har xil bo‘larkan. Siz kabi mirzolar, temuriylar 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling