I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tinchlikdagi ishqalanish
Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi 
uni bir joyda ushlab turadi va u jismning joyidan 
qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiladi. Bu kuch tinchlikdagi 
(tinch holatdagi) ishqalanish kuchidir.
Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo‘yi cha 
yuqoriga olib chiqish mumkin. Bunda yuk sirti bilan 
transportyor tasmasi sirti orasidagi tinchlikdagi ish-
qalanish kuchi yukni ushlab turadi (106-rasm). Agar 
bu kuch bo‘lmaganida, yuk sirpanib pastga tushib 
ketar edi. 
Xonadagi stol-stul, javon va boshqa jihoz lar tinchlikdagi ishqalanish ku-
chi tufayli polda qimirlamay turadi. 
Agar ishqalanish kuchi bo‘lmaganda, ular turtib yuborilgan zahoti xona 
ichida harakatga kelib, sirpanib yurar edi. 
Pol ustida turgan jismni gorizontal yo‘nalishda harakatga keltirish, 
ya’ni qo‘zg‘atish uchun unga tinchlikdagi ishqalanish kuchiga teng va 
qarama-qarshi yo‘nalgan kuch bilan ta’sir etishimiz 
kerak. 
Yurganimizda oyoq kiyim tagsirti bilan yer sirti 
o‘rtasida tinchlikdagi ishqalanish kuchi hosil bo‘ladi. 
Ishqalanish kuchi bo‘lmaganida biz yura olmas edik, 
muz ustida yurgandek sirpanib ketardik. Biz yerni 
orqaga F kuch bilan itaramiz. Ishqalanish kuchi F
i
esa harakatimiz yo‘nalishida ta’sir etib, miqdor jihat-
dan F kuchga teng bo‘ladi (107-rasm).
Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tasavvur qilish uchun sportchi-
lar mashq qiladigan rolikli yo‘lkachani misol qilib keltirish mumkin (108-
rasm). Bunda sportchi oldinga yugurmoqchi bo‘lsa, 
yo‘lka orqaga harakat qiladi. 
Ishqalanish kuchi F
i(t)
ta’sir etayotgan kuch F ga 
proporsional ravishda o‘zgaradi: F
i(t) 
= kF. Bunda k – 
ishqalanish koeffitsiyenti. Uning qiymati ta’sirlasha-
yotgan jismlar materialiga, sirtlarining silliqligi va 
boshqalarga bog‘liq.  
Turmushda ishqalanish ba’zi hollarda foydali
bo‘lsa, ba’zi hollarda zararli bo‘ladi. Masalan, qishda 
107-rasm. Yurganda 
ishqalanishning 
namoyon bo‘lishi
F

i
F

F

i
F


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling