I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari


-rasm. Bir necha yuqori quvvatli (mо‘ljallanmagan) elektr iste’molchilarini bir tarmoqqa parallel ulash natijasidagi ortiqcha yuklanish


Download 0.67 Mb.
bet13/18
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1531914
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Муродуллаев Фаррух курс иши лойхаси

8-rasm. Bir necha yuqori quvvatli (mо‘ljallanmagan) elektr iste’molchilarini bir tarmoqqa parallel ulash natijasidagi ortiqcha yuklanish


Katta о‘tish qarshiligi - deb shunday qarshilikka aytiladiki, unda tok bir sim yuzasidan ikkinchi simga yoki simni qandaydir apparatga ulash joylarida, apparatlarning kontakt qismlarida hosil bо‘lgan qarshilikka aytiladi.
Yuklamali tok о‘tganda bunday joylarda vaqt birligi ichida issiqlik ajralib chiqadi, issiqlikni qiymati tokning kvadratiga va о‘tish kontakti bо‘lgan joy qarshiligiga tо‘g‘ri proporsional.
Agar qizigan kontaktlar yonadigan materialga tegsa, unda yong‘in chiqish mumkin, portlash xavfi bor tizim bо‘lsa uchqun oqibatida portlash sodir bо‘lishi mumkin. Shuning uchun ham о‘tish qarshiliga bо‘lgan joylarni aniqlash qiyin, himoya apparatlari ham tarmoq va qurilma uchun bо‘lsada, lekin yong‘in hosil bо‘lishini ogohlantira olmaydi, chunki zanjirda tok о‘tmaydi, о‘tish qarshiligi bо‘lgan joyda qizish qarshilik oshganligi tufayli hosil bо‘ladi.
Kontaktlardagi о‘tish qarshiligining qiymati materialning turiga, geometrik formadan va о‘lchamlaridan kontakt yuzasining ishlov berish darajasidan, kontaktlarning bosim kuchiga va oksidlanish darajasidan olinadi. Ayniqsa, oksidlanish intensiv ravishda nam muhitda tezroq amalga oshadi, shuning kimyoviy faol muhitda va kontaktlarda 70-750S dan yuqori qizishida о‘tadi.
Katta о‘tish qarshiligining kelib chiqishiga asosan: ulash (kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi; ulash (kontakt) joylarining atrof muhit ta’sirida zanglashi va qurum bosishi; kuyishi; ulash (kontakt) joylari materiallarining tо‘g‘ri tanlanmaganligi (oksidlanishi) va shunga о‘xshashlar sabab bо‘ladi.(9-ram)

9-rasm. Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylari mustahkam bajarilmaganligi.


Katta о‘tish qarshiligining oldini olish uchun uchun sim va kabellarni ulash joylarini, apparatlarni kontakt qismlarini mustahkamligini (boltli, kavsharlash, payvandlash, presslash, qisqichlar orqali) ta’minlash; zang, qurum bosgan kontaktlarni tozalash; alyumin va mis tolali simlarni ulashda maxsus qisqichlar qо‘llash; mis, latun, bronzadan bо‘lgan kontaktlarni oksidlanishdan saqlash uchun ularning ustki qismi yupqa simob, kumush bilan qoplash; sim tolalarini ulash joylarini atrof muhit ta’siridan himoyalash uchun izolyatsiyalash; kuygan kontaktlarni almashtirish va h.z. Bundan tashqari ekspluatatsiya qilish jarayonida ulangan joylarni (kontaktlarni) doimiy nazorati qilib turish lozim.
Bundan tashqari nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan foydalanish (isitish, qaynatish) elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirish, vaqtinchalik tortilgan elektr simlaridan foydalanish, insonlarni bilar-bilmas elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishi (ta’mirlash, o‘rnatish va ishlatish), himoya apparatlari o‘rnida (saqlagichlarda) har xil yasama yoki vaqtinchalik simchalarni "juchok" qo‘llash, profilaktika va sinov ishlarini vaqtida o‘tkazmaslik oqibatida ko‘plab yong‘inlar elektr moslamalaridan kelib chiqmoqda.(10-rasm)




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling