I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari


-rasm. Avtomatik o‘chirgichlarning ko‘rinishi


Download 0.67 Mb.
bet15/18
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1531914
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Муродуллаев Фаррух курс иши лойхаси

12-rasm. Avtomatik o‘chirgichlarning ko‘rinishi


Issiqlik relelari. Issiqlikdan himoyani issiqlik relesi ta’minlaydi. Issiqlik relesi elektr dvigatellarni va boshqa elektr qurilmalarni uzoq vaqt davom etadigan 10-20% li yuqori kuchlanishdan himoyalash uchun xizmat qiladi.
Rele himoyalanuvchi dvigatel yoki boshqa elektr qurilma zanjiri bilan ketma-ket ulangan qizdirish elementidan iborat. Qizdiruvchi elementining ichiga bimetall plastinka joylashtirilgan. U chiziqli kengayish koeffitsienti turlicha bo‘lgan ikkita metall plastinkalardan iborat bo‘lib, ularning bir tomondagi uchlari o‘zaro kavsharlangan, ikkinchi uchlari esa asosga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Qizdirish elementidan ajralib chiqayotgan issiqlik ta’sirida bimetall plastinka qiziydi.(13-rasm)
Ish tugagandan so‘ng binodagi (tuzilmadagi) barcha elektr qurilmalari o‘chirilgan bo‘lishi kerak, navbatchi chiroqlar, yong‘inga qarshi avtomatlashtirilgan moslamalar uchun quvvat manbalari, ogohlantirish va evakuatsiya nazorati tizimlari, tutunga qarshi himoya tizimlari, shuningdek, texnologik jarayonning shartlariga muvofiq sutka davomida ishlashi kerak bo‘lgan elektr qurilmalari bundan mustasno.

13-rasm. Issiqlik relelarining umumiy ko‘rinishi shart.


2.5.Elektr uskunalari va yashindan himoya talablari


Odamlar ommaviy bo‘ladigan ob’ektlarda mato va kiyimlarni dazmollash uchun maxsus xonalar jihozlanishi hamda unda elektr va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish bo‘yicha qat’iy rejim o‘rnatilishi lozim.


Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchining foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan sharoitlarda ishlatish yoki nosozligi bo‘lgan elektr jihozlaridan foydalanish;
himoya qobig‘i shikastlangan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan elektr kabel shikastlangan (nosoz) elektr rozetkalaridan, rubilniklardan, himoya vositalaridan, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalardan foydalanish;
elektr simlari va kabellarini elimlash va bo‘yash, elektr lampalar va yoritkichlarni qog‘oz, mato va boshqa yonuvchi materiallar bilan o‘rash, shuningdek, yonuvchan materiallar saqlanadigan omborxona (yordamchi) binolaridagi chiroqlardan himoya qalpoqlarini echib olgan holda foydalanishyonmaydigan materialdan ishlangan tagliklarisiz (podstavka) dazmol, elektr plitka, elektr choynak va boshqa elektr isitish anjomlaridan foydalanish;
tarmoqqa ulangan elektr isitish moslamalarini va boshqa maishiy elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirish (ishlab chiqaruvchi korxonaning yo‘riqnomasida kunu tun ishlaydigan va (yoki) ishlashi mumkin bo‘lgan elektr jihozlari bundan mustasno);
nostandart (qo‘lbola) elektr isitish moslamalaridan, shuningdek, ularda konstruksiyasida nazarda tutilgan yong‘in kelib chiqish ehtimolini istisno qiluvchi termoregulyatorlari mavjud bo‘lmaganda yoki ishlamay qolganda foydalanish;
elektr uzatish tarmoqlari va elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun avtomatik saqlagichlar va kalibrlangan eruvchan himoya o‘rnatmasi o‘rniga qo‘lbola tayyorlangan (sim o‘ramalari, «qo‘lbola saqlagich» va boshqalarni) vositalarni qo‘llash;
omborxonalar ichidan, shuningdek, yong‘in hamda yong‘in-portlash xavfi bo‘lgan hududlardan elektr sim va kabellarni tranzit holda hamda havo quvurlari va quvurlartarmog‘i orqali olib o‘tish;
yonuvchi materiallar saqlash omborxonalari va bostirmalari, yonuvchan tomlar ustidan ochiq elektr uzatish liniyalari va tashqi elektr simlarini yotqizish;
arxivlar, muzeylar, galereyalar, kutubxonalar va omborlar binolarida elektr isitish moslamalaridan foydalanish;
elektr tarmog‘ining yuklamasini ruxsat etilgan meyoridan oshirish;
qurilish-montaj, ta’mirlash va avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilayotgan joylarni elektr ta’minoti bilan ta’minlash hamda vaqtincha illyuminatsiya yoritish uchun o‘tkazilgan elektr o‘tkazgichlardan tashqari vaqtinchalik elektr o‘tkazgichlardan foydalanish va ularni o‘rnatish;
radio va telefon simlaridan elektr tarmoqlari simlari sifatida foydalanish; taqsimlovchi elektr shchitlari va ishga tushirish boshqaruv jihozlarini ochiq holatida ishlatish; turli xil materiallardan (mis va alyuminiydan) tayyorlangan elektr simlari (kabellari) o‘tkazgichlarni bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash;bir-birini zahiralovchi elektr zanjirlarini, ishchi va avariya yoritish zanjirlarini, boshqaruv va ta’minlovchi elektr kabellarini bir lotokda yoki qurilish konstruksiyasining bir yopiq kanalida, bog‘lamida, metall engda, quvurda o‘tkazish taqiqlanadi.
Ko‘chma elektr yoritkichlar egiluvchan elektr simlardan foydalangan holda ishlanishi, shisha qalpoqlar bilan jihozlangan hamda saqlovchi himoya setkasi va osib qo‘yish uchun ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Sofitlarni o‘rnatish vaqtida faqat yonmaydigan materiallar ishlatilishi, ularning korpuslari ushlab turuvchi trosslardan himoyalangan (izolyasiya qilingan) bo‘lishi kerak.
Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatish lozim. Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash moslamalarini soz holatda saqlash kerak.
Momaqaldiroq paytida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
yashin qaytargich vositalarini ta’mirlash;
gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish
mahsulotlarini atmosferaga chiqarish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar va qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning quyish-to‘kish ishlarini amalga oshirish.
Temir yo‘llarda quyish-to‘kish ishlari davomida rezervuarlarni, quvurlarni, estakadalarni va sisternalarni erga ulanmasdan foydalanish taqiqlanadi .
Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatish lozim.
Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash moslamalarini soz holatda saqlash kerak.
gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish mahsulotlarini atmosferaga chiqarish;
yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar va qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish;



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling