I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari


-rasm. Elektr qurilmalaridan yong‘in chiqishi


Download 0.67 Mb.
bet14/18
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1531914
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Муродуллаев Фаррух курс иши лойхаси

10-rasm. Elektr qurilmalaridan yong‘in chiqishi

Ushbu holatlarning, ya’ni elektr qurilmalaridan yong‘in chiqishini va undan kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldini olish uchun bir qancha profilaktik ishlarni olib borish zarur.


Elektr tarmog‘iga ulangan elektr qurilmalari va jihozlarini qarovsiz qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi (foydalanish hujjatlarida ularni nazoratsiz ishlashiga ruxsat etiladigan qurilmalar bundan mustasno).
Elektr qurilmalarida avariya, ya’ni qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.


2.4. Elektr moslamalarini himoyalovchi qurilmalari (apparatlari)

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr moslamalarida va tarmoqlarning zanjirlarida himoyalovchi qurilmalar (apparatlar) qisqa tutashuv toklarining ta’sir etish vaqtini cheklash va ortiqcha yuklanishdan, ya’ni shu hodisalarning xavfli oqibatlarini oldini olish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari elektr tarmoqlarini, elektr mashinalarini va qurilmalarini avariya holatidan (QT; ortiqcha yuklanish) elektr moslamalarini va insonlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Lekin shu apparatlarning noto‘g‘ri montaj qilinganda yoki noto‘g‘ri ishlatilganda ularning o‘zi avariyaga sabab bo‘lishi, yong‘in va portlashlarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki ularning ishlash vaqtida qizishi, elektr uchquni, elektr yoyi va shunga o‘xshashlar sodir bo‘lishi mumkin.


Eng ko‘p ishlatiladigan himoya qurilmalari (apparatlari) bo‘lib eriydigan saqlagichlar (plavkie predoxraniteli) va ochiq havoda o‘rnatiladigan avtomat o‘chirgichlar va issiqlik releli magnit ishga tushirgichlar hisoblanadi.
Saqlagichlar. Elektr zanjirida qisqa tutashuv yoki ortiqcha yuklanish yuzaga kelganda, uni avtomatik ravishda bir marta uzish uchun xizmat qiladigan apparat saqlagich deb ataladi. Saqlagichlar asosiy elementlar asos, eruvchan quyma (plavkaya vstavka), kontakt va yoyli boladi.(11-rasm)

11-rasm. Turli saqlagichlarning ko‘rinishi
Saqlagichlar asosiy elementlar asos, eruvchan quyma (plavkaya vstavka), kontakt va yoyo‘ndiruvchi qurilma yoki yoy so‘ndiruvchi muhitdan iborat bo‘ladi. Eruvchi quymaning asosiy qismi eruvchi element hisoblanadi. Eruvchi quyma o‘z vazifasini o‘taganidan so‘ng uni almashtirish lozim.
Avtomatik havoli o‘chirgichlar (avtomatlar) elektr zanjirlarini va elektr moslamalarini ulash va uzish uchun hamda ularni ortiqcha yuklanish, qisqa tutashuv hodisalari sodir bo‘lganda, kuchlanish yo‘qolganda yoki belgilangan normadan pasayganda va shunga o‘xshash avariya, nosozliklar vaqtida avtomatik ravishda elektr tarmog‘idan o‘chirishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ular aksariyat hollarda portlash va yonish xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish jabhalarida ishlatiladi.(12-rasm)
Issiqlik relelari odatda elektrodvigatellarni uzoq muddatli ish rejimi (ishlash davriy vaqti 30 daqiqadan kam emas) natijasida qizishidan himoyalash uchun qo‘llaniladi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling