Uyga vazifa: Хo‘jaligingizdagi mavjud polimerlarni ko‘zdan kechiring va xossalari bilan tanishing.
62-DARS. Plastmassalar
Darsning maqsadi: O’quvchilarga plastmassalar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsning rejasi:
Eng muhim plastmassalar.
Plastmassalarning ishlatilishi.
Fenoplastlar va ularni xalq xo‘jaligida ishlatilishi.
Plastik massalar
Polietilen-elastik, shaffof, 100-130S da yumshaydigan, zichligi 0,92-0,95 gsm3 bo‘lgan polimer modda.
Polipropilen-elastik, ushlaganda yog‘liroq seziladigan modda. 160-170S da suyuqlanadigan, kimyoviy ta’sirlarga chidamli, termoplastik modda.
Polistirol-qattiq, mo‘rt, zichligi 1,05 gsm3 bo‘lgan dielektrik modda.
Polivinilxlorid-zichligi 1,4 gsm3 bo‘lgan, issiqlikka va mexanik ta’sirlarga chidamli, erituvchilar ta’siriga chidamli.
Fenolformaldegid smolasi-tekstolit, voloknit, getinaks, shishaplast, karbolit kabi fenoplastlar olishda ishlatiladi.
Тekstolit-fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va yuqori xaroratda presslangan ip gazlama.
Voloknit-fenolformaldegid smolasi shimdirilgan paxta va gazlama chiqindilari.
Getinaks-fenolforsaldegid smolasi shimdirilib, presslangan qog‘oz.
Shishaplast- fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va presslangan shisha tola.
Karbolit- fenolformaldegid smolasi shimdirilgan va presslangan yog‘och kukuni (qirindisi).
Uyga vazifa: Darslikdan 184-190 betlardagi nazariy materialni o‘rganish.
63-DARS. Sintetik kauchuklar
Darsning maqsadi: O’quvchilarga kauchuklar haqida ilmiy tushunchalar berish. Sintetik kauchuklarning turlari, olinishi, xossalari va xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |