Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-BOB

Ishsizlar deb, - O‗zbekiston Respublikasi aholining bandligi haqidagi 
qonunchiligiga ko‗ra, rasmiy ravishda mehnat qilish xususiyatiga ega, lekin ishi 
va ish haqi (mehnat daromadi) yo‗q, davlat bandlik xizmatidan ish qidirayotgan 
ish qobiliyatiga ega va ishlashga tayyor shaxs sifatida ro‗yxatdan o‗tgan 
fuqarolar tan olinadi. Ishsizlarga biror sabab bilan ishdan bo‗shatilganlargina 
emas, o‗z ixtiyori bilan ishdan bo‗shab, yangi ish topishga urinayotgan shaxslar 
ham kiradi.
Ishsizlarni to‗rtta toifaga ajratadalar:
 bo‗shatilish natijasida ishini yo‗qotganlar;
 o‗z ixtiyori bilan ishini tashlab ketganlar;
 dam olish (tanaffus) dan keyin mehnat bozoriga kelganlar;
 mehnat bozoriga birinchi marta kelganlar.
Ishsizlikning son ko‗rsatkichi uning darajasi va davomiyligi hisoblanadi.
Ishsizlik darajasi(
) iqtisodiy faol aholi soniga rasman ro‗yxatga olingan 
ishsizlar ulushi sifatida foizlarda aniqlanadi:
bunda: 
– ishsizlik soni, odam; 
- aholining iqtisodiy faol soni (ishchi kuchi), odam.
Ishsizlikning davomiyligi – ishdagi o‗rtacha uzilish (tanaffus) vaqti ish 
joyini yo‗qotish va yangi ish joyiga joylashish orasidagi vaqt bilan aniqlanadi.
Ishsizlik darajasi qishloq joylarida 5-6 %, shahar joylarida 7-8 % ni tashkil 
etadi. 
Qishloq xo‗jaligida ishsizlik ishlab chiqarishning pasayishi, mehnatning 
yuqori ishlab chiqarish vositalarini va mehnatni tejaydigan texnologiyalarni 
mahsulot ishlab chiqarishda tuzilmaviy o‗zgarishi, (sermehnat chorvachilik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining keskin qisqarishi), mulkchilik 
shaklining va xo‗jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli o‗zgarishi, ish 
haqining pastligi va mehnat sharoitining yomonligidan, odamlarning o‗z arizasi 
bilan bo‗shab ketishi, demografik jarayonlar (migratsiya, tug‗ilish, o‗lim) va 
boshqalar bilan paydo bo‗ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling