Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
9-BOB

Jonli mehnat sarfi to‗g‗ridan-to‗g‗ri va bilvositaga bo‗linadi. Mehnatning 
to„g„ridan-to„g„ri sarfi – bu ishchilarning (mexanizatorlar, chorvadorlar va 
boshqalar) ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqish bilan bevosita bog‗liq 
mehnati. Ular turlicha mos keluvchi tarmoq mahsulotiga tegishli bo‗ladi. 
Mehnatning bilvosita sarflari – tarmoqlarga xizmat ko‗rsatish va xo‗jalikni 
boshqarish bilan butunlay band bo‗lgan ishchilarning (agronomlar, zootexniklar, 
muhandis-texnik xodimlar va boshqalar) mehnati. Bilvosita xarajatlarni 
mahsulot turlari bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri ish haqi summasiga proporsional 
tarzda taqsimlanadi. 
Mehnat sarfi ish vaqti bilan ifodalanib, kishi/soat va kishi/kun bilan 
hisobga olinadi.
Faqat jonli mehnatning unumdorlik darajasini hisobga olish qabul qilingan. 
Bevosita ish vaqtidagi moddiylik mehnat sarfi hisobga olinmaydi, ularning 
hisobi mahsulot tannarxi hisoblanayotganda pul ifodasida bajariladi. Iqtisodchi 
olimlar tomonidan qishloq xo‗jalik mahsuloti ishlab chiqarishga jami mehnat 
sarfini hisobga olish (jonli va moddiy) metodi taklif etilgan. Metodning 
mohiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalariga aylantirilgan (mashinalarga, 
uskunalarga, qurilishlarga va boshqalar) va pul sifatida ifodalanuvchi avvalgi 
mehnatni qishloq xo‗jaligiga xizmat qiluvchi tarmoqlarda ishchilarga o‗rtacha 
ish haqiga taqqoslash bo‗yicha ish vaqtiga aylantiriladi (kishi/soat, kishi/kun).
Qishloq xo‗jaligida mahsulot ishlab chiqarishga jami mehnat sarfini 
hisoblab chiqish davomida moddiylashgan mehnatga– 60,9 % va qolgan qismi 
jonli mehnatga tegishlidir.
Jonli mehnat ulushiga 39,1 % to‗g‗ri keladi, shu jumladan, undan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri mehnat sarfi 24,3 % dan iborat.
Qishloq xo‗jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
baholash uchun boshqa ko‗rsatkichlarni ham qo‗llash mumkin: kunning ish 
vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti, bir ishchi tomonidan yil davomida ishlangan 
kishi/soat soni, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling