Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi
Mehnat bozori, mehnat resurslaridan to„liq va samarali foydalanish
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
9-BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavsumiylik faoliyat davri ko„lami
9.2. Mehnat bozori, mehnat resurslaridan to„liq va samarali foydalanish
darajasini ifodalovchi ko„rsatkichlar Qishloq xo‗jaligida va qayta ishlovchi tarmoqlarda mehnat resurslaridan foydalanishning o‗ziga xosligi ishlab chiqarish davrlarining bir-biriga mos kelmasligi natijasi bo‗lgan mehnatning davriyligidir. Davriylik ekish, o‗simliklarni parvarishlash, hosilni yig‗ib olish, qishloq xo‗jalik xom- ashyolarini qayta ishlash davrida mehnatga ehtiyojning ortishi va uning qish davrida kamayishida ifodalanadi. Chorvachilikda, sanoat ishlab chiqarishida, avtotransportda mehnat sarfi yil davomida deyarli bir xil. Mehnat mavsumiyligining asosiy ko‗rsatkichlarini keltiramiz. Yillikka nisbatan mehnat sarfining oylik taqsimlanishi foizlarda mehnatdan bir tekis foydalanishda o‗rtacha mehnat sarfi 8,33 % (100:12) ni tashkil etadi. Mavsumiylik faoliyat davri ko„lami oylik maksimal mehnat sarfining (ММ мах .) minimaliga (ММ мин .)nisbatidir(odam/soat). . 212 Mehnat resurslaridan foydalanishning mavsumiylik koeffitsiyenti - xo‗jalikning o‗rtacha oylik mehnat sarfi bilan ( ) maksimal yoki minimal ish hajmiga oylik mehnat sarfi nisbati bilan xarakterlanadi: yoki . Qishloq xo‗jaligida mehnatning mavsumiyligini hozircha oldini olish imkoni yo‗q. Biroq ayrim qishloq xo‗jalik korxonalarining ko‗p yillik ish tajribalari uni minimumga tushirish mumkinligini aniqladi. Amaliyotda mavsumiylikni yumshatishning turli-tuman yo‗llari ishlab chiqildi: eng sermehnat ishlab chiqarish jarayonlarini iloji boricha maksimal darajada mexanizatsiyalashtirish, eng dolazrb davrda yuqori unumdor texnika va uskunalarni joriy etish mehnatni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi; turli muddatlarda ekiladigan navlardagi qishloq xo‗jalik ekinlarini va mehnat sarfini tenglashtirishga yordam beruvchi tarmoqlarni birga qo‗shib olib borish; qishda ishchilarni band qilish imkonini beruvchi yordamchi va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish; qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ishlab chiqarilgan joyida qayta ishlash va uzoq vaqt integratsiyasini rivojlantirish; qayta ishlash korxonalarida kam mehnat talab qiladigan va yarim fabrikat xom-ashyolarni ommaviy keltirish davridagi ishlab chiqarishda uncha ko‗p kuch talab qilinmaydigan davrda (qishki, bahorgi) yakuniy mahsulotlar ishlab chiqish. ASM tarmoqlarida mehnatning mavsumiyligini yengillashtirish ishchi kuchi soni optimal bo‗lganda yil davomida ko‗proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Qishloq xo‗jaligida mehnatning mavsumiy xarakterida qishloq xo‗jaligi ishlari bo‗yicha ishchi kuchiga talabni ( ) aniqlash zarur (ekish, yig‗ib olish, ishlov berilgan ekinlar parvarishi va boshqalar). Buni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: bunda: – ish hajmi, t, ga; – ishlab chiqarish normalari, t, ga; – agrotexnika ishlarini o‗tkazishning optimal muddatlari kunlari. O‗simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari bo‗yicha mehnat resurslariga talab har bir ekin va har bir chorva moli turi bo‗yicha tuzilgan texnologik karta asosida belgilanadi. Chorvachilikda mehnat kuchiga talab, shuningdek, chorva molining bir ishchiga to‗g‗ri kelishi me‘yorini hisobga olib ham aniqlanadi. 213 Qishloq xo‗jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning boshqa o‗ziga xos xususiyatlari – ishning ko‗p qirraligi va ularni bajarish muddati qisqa bo‗lgan mehnat funksiyalarini ishchilarning birga olib borishidir. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishi bilan agrar mehnat asta-sekin sanoatning bir ko‗rinishiga aylanmoqda. Bu alohida ishlab chiqarish jarayonlari sanoat asosiga qo‗yilgan (parrandachilik, chorvani sanoat asosida bo‗rdoqiga boqish va boshqa) chorvachilikda aniq ko‗rinadi. Biroq qishloq xo‗jaligi mehnatining o‗ziga xosligi tarmoqni sanoatlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlariga ta‘sir etadi. Qishloq xo‗jaligida ishchi kuchidan foydalanish darajasiga va agrosanoat ishlab chiqarishi samaradorligida ta‘sir etuvchi muhim omil korxonaning mehnat resurslari bilan ta‘minlanganligidir. Ishchi kuchi bilan yetarlicha ta‘minlanmaganlik ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi bajarilmasligiga, dala ishlarini o‗tkazishning optimal agrotexnik muddatlariga amal qilmaslik oxir-oqibatda qishloq xo‗jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan keragidan ortiq ta‘minlanganlik esa ishchi kuchidan to‗liq foydalanmaslik va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Qishloq xo‗jaligi va ASM larning boshqa tarmoqlari mehnat resurslari bilan, mehnat bilan ta‘minlanganlik va ta‘minlanmaganlik koeffitsiyentini izohlaydi. Mehnat resurslari bilan ta‘minlanganlik darajasini mavjud talablarga yoki yer maydoni birligiga zarur ishchi sonini taqqoslash bilan aniqlanadi. Qishloq xo‗jaligining mehnat resurslari bilan ta‘minlanganligi (М т )100 ga yoki 1 ga yer maydoniga to‗g‗ri keladigan ishchilar soni bilan izohlanadi. . Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling