Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi


 Qishloq xo„jaligida mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144977
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
9-BOB

9.3. Qishloq xo„jaligida mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi 
ko„rsatkichlar 
 
Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi, birinchi navbatda 
mehnat unumdorligi bilan izohlanadi. 
Mehnat unumdorligi – aniq mehnatning ish vaqti birligida malum 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish xususiyati. Mehnat unumdorligi – ish vaqti 


216 
birligida yoki ma‘lum davrda (soat, smena, oy, yil) ishlab chiqilgan mahsulot 
hajmidir. 
Qishloq xo‗jaligida mehnat unumdorligi tizimli ko‗rsatgichlar bilan 
izohlanadi. Asosiy ko‗rsatkichlar – mahsulot ishlab chiqarish va uning mehnat 
sig‗imi (sermashaqqatliligi)dir. Mehnat unumdorligi mahsulot hajmi natural va 
qiymat ifodasida o‗lchanishi mumkin.
Qishloq xo‗jaligida mehnat unumdorligi (
) quydagi formula bilan 
hisoblanadi. Soatli mehnat unumdorligi vaqtning ishchi birligi hisobidagi natural 
yoki pul ifodasidagi yalpi mahsulot hajmi, kishi/soat, kishi/kun, (T):
.
Mehnat unumdorligi – bitta o‗rtacha yillik ishchiga () hisobidagi pul 
ko‗rinishidagi yalpi mahsulot hajmi, so‗m: 
.
Mehnat unumdorligini aniqlashda, ko‗pincha ishlab chiqarishga aks bo‗lgan 
ko‗rsatkich – mehnat sig‗imi (sermehnatlilik) olinadi. Mehnat sig‗imi – 
mahsulot birligiga kishi/soat, ish vaqtining sarfi kishi/soat, s yoki tonna 
kishi/soat:
.
Mehnat unumdorligining bilvosita ko‗rsatkichlari ma‘lum ish hajmini 
bajarishga qilingan mehnat sarfini izohlaydi. Ularga: 1 ga yerga ekin, paxta, 
g‗alla, bog‗ va sabzavot ekinlar ekishga, hayvon turlariga qarab, bosh soniga, 
har bir ishchiga ekin ekishga sarflangan vaqt; vaqt birligida bajarilgan ish hajmi; 
alohida operatsiyalarni bajarishga sarflangan mehnat (yer haydash, kultivatsiya, 
ekish va boshqalar) bilvosita ko‗rsatkichlar mahsulot ishlab chiqarishning oraliq 
davrlariga hisoblanadi va yil davomida mehnat sarfining o‗zgarishini tahlil 
qilish, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish va shu yo‗l bilan 
mehnatnig yakuniy natijalariga faol ta‘sir o‗tkazishga imkon beradi.
Mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat jonli inson mehnati, shuningdek, 
avvalgi ishlab chiqarish vositalariga sarflangan mashinalar, ekish materiallariga, 
yoqilg‗iga, urug‗likka, yem-xashakka va boshqalar ham kiradi. Ijtimoiy mehnat 
unumdorligini oshirish shunda ko‗rinadiki, jonli mehnat ulushi qisqaradi. 
Moddiy ishlab chiqarish o‗sadi. Shu tariqa mahsulot birligidagi mehnatning 
umumiy hajmi kamayadi.


217 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling