Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-BOB

Mehnat resurslari tuzilmasi – bu turli toifadagi ishchilarning ularning 
umumiy miqdoriga foizli nisbati. Qishloq xo‗jalik korxonalari xodimlari 
tuzilmasida qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida band ishchilar ulushi 85-90 %, 
shu jumladan doimiylar 70-75 %, shundan traktorchi - mashinistlar 3-4 %, 
mavsumiy va vaqtinchalik 5-6 %, rahbarlar va mutaxassislar ulushiga 2-3 % 


211 
to‗g‗ri keladi. Tuzilma ko‗plab omillar bilan aniqlanadi: qishloq xo‗jalik 
korxonasining o‗lchami va ixtisoslashganligi, uning integratsiyalangan 
jarayonlarida qatnashuvi, tabiiy sharoitlar va boshqalar. U yoshi, jinsi, ma‘lumot 
darajasi, ish staji, malakasi kabi qator belgilar bilan hisoblanishi mumkin.
Ishchilarning ro„yxatga olingan o„rtacha miqdori yiliga ularning 
ro‗yxatga olingan o‗rtacha miqdorining hamma oylar bo‗yicha jamlab olingan 
miqdorini 12 ga bo‗lish yo‗li bilan topiladi.
Ishchilarning bir oyga ro„yxatga olingan miqdori ro‗yxatdan ishchilar
tarkibi, sonini oyning har bir kalendar kuniga jamlash va olingan miqdorini 
oyning kalendar kunlari soniga bo‗lish bilan hisoblanadi.
Ishchilarning yillik o„rtacha miqdori xo‗jalik ishchilarining bir yilda 
ishlagan vaqtini (kishi/soat, kishi/kun) ish vaqtining yillik fondiga bo‗lish yo‗li 
bilan aniqlanadi.
Mehnat resurslarini qayta taqsimlash shakli – ishchi kuchi migratsiyasi, 
ya‘ni mehnatga qobiliyatli aholining yashash joyini o‗zgartirishi va ko‗chirish. 
Bunda mamlakat chegarasidan o‗tib ketilishi yoki o‗tmasligiga qarab, ichki va 
tashqi migratsiyani farqlaydilar. Ichki migratsiya (mamlakat hududi ichida
qishloqdan shaharga) – aholi tarkibining va joylashuvining o‗zgarishi, bu bilan 
mamlakat aholisining soni o‗zgarmaydi albatta. Tashqi migratsiya esa mamlakat 
aholi sonini kengaytirib yoki miqdoriy saldosi miqdorini ko‗paytirib unga ta‘sir 
etadi. Oxirgisi mamlakatdan tashqariga doimiy yashash uchun ketgan va 
mamlakatga xorijdan yashash uchun kelgan odamlar soni orasidagi farqni o‗zida 
aks ettiradi.
 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling