Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
9-BOB
Uchinchidan,I shchi kuchi dinamikasiga migratsiya jarayoni ham jiddiy
ta‘sir ko‗rsatadi. To„rtinchidan, ishchi kuchiga bo‗lgan talabga ilmiy-texnik taraqqiyot ham ta‘sir etadi. Agrar mehnat bozorining shakllanish jarayonida bandlik muammosi keskinlashadi. Qishloq xo‗jaligida o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar asosida yangi muammolar ham kelib chiqadi, yashirin ishsizlik ortadi, qishloq xo‗jaligining yuqori malakali ishchi va mutaxassislari soni kamayadi, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi soni qisqaradi, ishchilarning o‗rtacha yoshi ortadi. Ammo, qishloqdan aholining migratsiyasi kamayadi. Mehnatga qobiliyatli aholining qishloqdan shaharga oqib borishining kamayishi qishloqda vaziyatning yaxshilangani oqibati emas, balki shaharda ishchi kuchiga talabning qisqargani bilan bog‗liqdir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‗rsatishicha, agrar mehnat bozori mehnat resurslaridan foydalanishni sezilarli yaxshilashga, ularga qishloq xo‗jaligidagi talabning keskin qisqartirishga qodir. Shu bilan birga bozor munosabatlari eng og‗iri ishsizlik bo‗lgan qator ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. G‗arbda ishsizlik ko‗lamining o‗sishi uchun normal asos-bozorning kelgusida kengayishi oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlab chiqarishni, demak ishlab chiqarish samaradorligining pasayishini bildirsa, bozorning tugagani bo‗ladi. 215 Turkiyada jami aholi soni 56-57 mln kishini tashkil etadi. Iqlimi Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlimiga to‗g‗ri keladi, 72% hududi tog‗lardan iborat. Qishloqda 45-50% aholi yashaydi, shundan 50-55% aholi qishloq xo‗jaligida ishlaydi va oxirgi yillarda yalpi mahsulotda qishloq xo‗jalik ulushi 15%, sanoatda 28% va xizmatlar 57% ni tashkil etadi. Qishloq xo‗jaligining 57% i o‗simlikchilik, 37,2% chorvachilik va 5,8% i o‗rmon xo‗jaligi hissasiga to‗g‗ri keladi. Qishloq xo‗jalik mahsulotlari – g‗alla, arpa, makkajo‗xori, qand lavlagi, piyoz, uzum, pista, apelsin, mandarin, go‗sht, sut va tuxumdan iborat. Turkiyada sitrus ekinlari yuqori darajada rivojlangan. Mehnat bozorining shakllanishiga qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoatining mavsumiyligi ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa, qishloq xo‗jalik ekinlarining mexanizatsiyalashtirilishi darajasi past holda yetishtiriladigan xo‗jaliklarda mehnat resurslariga talab yuqori. Ta‘kidlash kerakki, qishloq joylarida ishchilarning ishdan bo‗sh qolishi sur‘atining o‗sishi shaharga nisbatan ko‗proq kuzatiladi. Ishsizlar sonini oshiruvchi rezervlar band bo‗lmagan aholi (uy bekalari va boshqalar) hisoblanadi. Qishloq joylarida ularning ulushiga 12 % mehnatga qobiliyatli aholi to‗g‗ri keladi. Qishloq aholisining ishsizlik darajasi 2000 yildan 2015 yilgacha 6,2 dan 3,1% ga qisqardi. Agrosanoat majmualarida mehnat bozorlarini barqarorlashtirish, individual mehnat faoliyatining rivojlanishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi shakllarini tashkil etilishi bilan qo‗shimcha ishchi o‗rinlari yaratish imkoni tug‗iladi. Buning uchun davlat tomonidan qo‗llab- quvvatlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ishsizlarning demografik tarkibi tahlili shuni ko‗rsatadiki, ulardan 2/3 qismi ayollardan, 45 % dan ko‗prog‗i 16-29 yoshdagi yoshlardan iborat. Qishloqlardagi ishsizlar orasida ayollarning ham bo‗lishi, birinchi navbatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishi qishloq xo‗jalik korxonalaridagi mutaxassislar va xizmat qiluvchilar sonining kamayishi, shuningdek, qishloq ijtimoiy-madaniy sohasining vayron bo‗lishi bilan bog‗liq. Mehnat bozoridagi siyosatga ishini yo‗qotgan, lekin samarali mehnat qilishni hohlovchi va faoliyatning yangi turini faol qidirayotgan qishloqning mehnatga qobiliyatli aholisini qo‗llab-quvvatlashning davlat chora-tadbirlarini ham qo‗shish kerak. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling