Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

Boshqaruv tizim sifatida. Eng avvalo, nimani boshqarish kerakligini aniqlab 
olish kerak - ob‘ekt nima va uni kim boshqaradi, bu boshqaruv sub‘ekti kim - ana 
shundan so‗ng yagona tizimni tashkil etuvchi uning qismlarini o‗rganishga 
kirishamiz.
Boshqaruvda eng muhim va birinchi asos – bu maqsad. Gap nima uchun 
boshqaruv tizimi yaratilyapti va amal qilyapti, ana shu hakda boradi. Maqsadni 
yanada samarali amalga oshirish uchun boshqaruvda mexnat taqsimoti amalga 
oshiriladi. Uning aloxida zanjirlari – boshqaruv funksiyalari belgilanadi. Funksiya 
asosida boshqaruv organlari (apparati) va boshqaruv kadrlarini o‗z ichiga oladigan
boshqaruv tizimning tuzilmasi yaratiladi. Amalda boshqaruv organlari boshqaruv 
ob‘ektlariga ta‘sir ko‗rsatish uchun mo‗ljallangan. Ta‘sir ko‗rsatish usullari 
boshqaruv usullari, deb ataladi. Ta‘sirning o‗zi esa boshqaruv jarayoni, deyiladi. 
Boshqaruv jarayonining eng muhim jihatlari – boshqaruv qarorlarini qabul qilish va 
amalga oshirish, apparat xodimlari ishini tashkil etish, axborotni qayta ishlash, 
boshqaruvning texnik vositasi va texnologiyasini o‗z ichiga oladi. 
Boshqaruv tizimi elementlari:  
Maqsadlar. Garchi maqsadlarni odamlar shakllantirsa xam, ularning asosida 
ob‘ektiv shartlar bo‗lishi kerak. Boshqaruv amaliyotida iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, 
mudofaa va boshqa maqsadlar yotadi. Ko‗pincha bir maqsadning o‗zi kompleks 
bo‗ladi.


12 
Funksiyalar. Murakkab ishlab chiqarishda boshqaruvni aloxida uchastkalar - 
funksiyalarga ajratishga to‗g‗ri keladi.
Struktura. Boshqaruvning aloxida funksiyalarini bo‗lim, qismlar yoki 
boshqaruvning aloxida organlariga birlashgan odamlar bajarishi mumkin, ya‘ni 
boshqaruv strukturalari tuziladi.
Boshqaruv usullari. Ma‘muriy, gidrografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
usullarni o‗z ichiga oladi.

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling