Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


-tamoyil. Ayollar suv resurslarini ta’minlash, boshqarish va saklashda


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 
3-tamoyil. Ayollar suv resurslarini ta’minlash, boshqarish va saklashda 
markaziy o‘rin tutadilar. 
Ayollarning uy xo‗jaligidagi asosiy suv keltiruvchi va foydalanuvchisi va 
yashash muxitining ximoyachisi sifatidagi roli ommaviy axborot vositalarida keng 
namoyish etiladi. Ammo bu rol suv resurslarini rivojlantirish va boshqarishga 
qaratilgan tashkiliy tadbirlarda kamdan-kam aks ettirilgan. Umumiy e‘tiroflarga 
ko‗ra, ayollar kommunal maqsadlar uchun suvni to‗plash va saklashda asosiy o‗rin 
tutadilar. Ko‗p xolatlarda ular qishloq xo‗jaligida suvdan foydalanishda eng kiyin 
qo‗l mexnatini bajarib, sug‗orish va drenajdagi uzilishlar tufayli maxsulotlarni 
etarli ololmaslikdan eng ko‗p aziyat chekadilar. Ammo shu bilan bir vaqtda, suv 
resurslari bilan bog‗liq bo‗lgan muammolar taxlili, boshqaruvi va qarorlar qabul 
qilish jarayonlarida ayollar erkaklarga qaraganda ancha kam nufuzga ega 
bo‗ladilar.
SRIB konsepsiyasi ayollar o‗rnini tan olishni talab etadi. Qarorlar qabul 
qilishning barcha darajalarida ayollarning samarali ishtirokini ta‘minlash uchun 
ijtimoiy formatsiyalar ayollar va erkaklar orasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
rollarini taqsimlashda tayanadigan yondoshuvlarni e‘tiborga olish zarur. Erkak va 
ayollarning teng huquqlilik xolati, ularning gender qobiliyatlaridan to‗g‗ri 


foydalanish bilan suv resurslarini barqaror boshqarish o‗rtasida muhim o‗zaro 
bog‗liqlik mavjud. Suv resurslarini boshqarishning barcha darajalarida nufuzli 
o‗rin tutadigan erkak va ayollarning ishtiroki barqarorlikka erishishni tezlashtirishi 
mumkin. Suv resurslarini integratsiyalashgan holda va barkaror usullarda 
boshqarish esa ayol va erkaklarning suvga va suv bilan bog‗liq xizmatlarga
yo‗llarini ocha turib, ularning zarur extiyojlariga javob beradi, jinslar teng 
huquqliligiga erishishga sezilarli hissa qo‗shadi.

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling