Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


 Suv resurslarini boshqarish usullari evolyusiyasi


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

3.4 Suv resurslarini boshqarish usullari evolyusiyasi 
Suv resurslari mintaqa xududi bo‗ylab o‗ta notekis tarqalgan. Intensiv 
xo‗jalik faoliyati natijasida suv resurslari tanqisligi yildan yilga oshib bo‗lib 
bormoqda. Xozirgi vaqtda va yaqin istiqbolda chuchuk suv tanqisligi suv 
iste‘molini kamaytirish yo‗li bilan suvni tejash xisobiga pasayishi mumkin 
(sanoatni aylanma suv ta‘minotiga, aloxida soxalarida esa suvsiz texnologiyalarga 
o‗tish; sug‗orishning yangi progressiv usullarini qo‗llash, sug‗orish tizimlari 


foydali ish koeffitsientlarini oshirish; yer osti va yer yuzi suvlarini vaktda qayta 
taqsimlash (oqimni boshqarish); suv resurslarini makonda qayta taqsimlash 
(oqimni ko‗chirish); sho‗r va sho‗rroq suvlarni chuchuklashtirish; muzlik va tog‗ 
ko‗llaridagi suv resurslarining 100 yillik zaxiralarini ishlatish (O‗rta Osiyo 
muzliklaridagi suv xajmi taxminan 2,3 ming km
3
ni tashkil etadi; suv kam yillarda 
bu zaxiralarning 1% ning sun‘iiy ishlatilishi, Orol dengizi xavzasidagi suv 
ta‘minoti keskinligini pasaytirishi mumkin edi); yog‗inlar xosil bo‗lishi 
jarayonlarga faol ta‘sir o‗tkazish (fakat kichik ya‘ni 100 km
2
maydonlarda va 
yog‗inlar xosil bo‗lishining tabiiy sharoitlariga yaqin bo‗lganidagina samarali 
bo‗lishi mumkin). Shunday qilib suv tankisligi sharoitlarida suv xo‗jaligi 
masalalari resurslar kabi talablarga xam ta‘sir o‗tkazish yo‗li bilan hal qilinadi. 
Suv resurslariga ta‘sir o‗tkazishni asosan texnik usullar bilan amalga 
oshiriladi (oqimni boshqarish, ko‗chirish, ko‗shimcha maxalliy resurslardan 
foydalanish). Hisob davri uchun umumiy balans musbat bo‗lsa, suv manbasi tartibi 
shundayki, aloxida davrlarda suv etarli bo‗lmagan xolatlarda suv oqimini vaktda 
qayta taqsimlash zarur (boshqarish). Agar umumiy balans salbiy bo‗lsa va suv 
manbasi tartibi qoniqarsiz bo‗lsa, oqimni vaqtda xam makonda ham qayta 
taqsimlash zarur (boshqa xavzadan suv o‗tkazish).
Talabga ta‘sir o‗tkazishni (suv resurslaridan oqilona foydalanish va tejash) 
suvlarni saqlash va ulardan foydalanish qonunlariga, shuningdek me‘yoriy xujjatlar 
talaboariga mos ravishda amalga oshiriladi. Bunday xujjatlar tarkibiga standartlar, 
chegara belgilari, ko‗rsatmalar, qoidalar, me‘yorlar, cheklovlar, ruxsatnoma va 
litsenziyalar, ma‘muriy (yagona, regional va maxalliy suv xo‗jaligi boshqaruvi 
tizimlarini yaratish), iqtisodiy (suv uchun va oqava suvlar chiqarish uchun to‗lov, 
oqava suvlarni chiqarishning belgilangan me‘yorlarining buzilganligi uchun 
jarimalar, ifloslangan suv bilan etkazilgan zarar o‗rnini qoplash, oqava suvlarni 
tozalash bo‗yicha tadbirlariga dotatsiya va subsidiyalar ajratish, ishlab 
chiqarishning yangi texnologiyalarini tadbiq etish uchun fond ajratish va ba‘zi 
boshqa usullar) ko‗rsatmalarni kiritish mumkin.

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling