Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


Suv resurslarini boshqarishdan maqsad


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

 
Suv resurslarini boshqarishdan maqsad 
Suv, tabiiy muxitning ajralmas qismi va insonning fiziologiik extiyojlarini 
qondirishning tengsiz manbasi, ya‘ni insonning yashashga bo‗lgan xuquqining bir 
qismi bo‗lishi bilan birga u - inson faoliyatining barcha turlari uchun zarur 


resursdir. Undan kommunal-maishiy maqsadlar, shaxar va qishloqlarni suv bilan 
ta‘minlash, energetika, sanoat, xom ashyo olish va qator boshqa maqsadlar uchun 
foydalaniladi. Suvdan shuningdek, transport, harakat va yog‗och oqizish, sport 
musobaqalari, tibbiyot-sog‗lomlashtirish va boshqa qator maqsadlar uchun ham 
foydalaniladi. YUqorida aytib o‗tilgan misollar suv resurslarini boshqarishning 
murakkabligini ko‗rsatadi. Belgilangan jihatlarga nisbatan qabul qilingan har 
qanday qaror butun ijtimoiy soha miqyosida aks etadi.
Suvga bo‗lgan extiyoj aholi zichligi va bu suvni olish uchun talab etiladigan 
xarajatlarning miqdoriga bog‗liq ravishda o‗zgarib turadi. Suvga extiyoj suvga 
bo‗lgan talabdan farq qiladi. Suvga bo‗lgan talab belgilangan va o‗zgarmaydi, va 
suvning mavjud mikdori va narxiga bog‗liq emas. Masalan, o‗simliklar uchun
talab etilgan suv odatda o‗simliklarning yashashi uchun zarur bo‗lgan suv 
miqdoriga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq. Suvga bo‗lgan extiyojlar – xar qanday 
mamlakatda ustun bo‗lgan xuquqiy tizim, instutsional cheklovlar, urf-odatlar va 
an‘analar, din, iqtisodiy va moliyaviy afzalliklari kabi qator ijtimoiy-iqtisodiy 
omillarga bog‗liq. Iqlim - suvga bo‗lgan extiyojga ta‘sir ko‗rsatuvchi boshqa omil: 
arid zonalar gumid zonalarga nisbatan ko‗proq suv talab etadi. Va nixoyat, suvga 
bo‗lgan extiyojga suvning sifati ta‘sir ko‗rsatadi. Tarkibida ko‗p miqdorda tuz 
bo‗lgan suvdan maishiy yoki qishloq xo‗jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilmaydi. 
Sug‗orish maqsadlari uchun suvga bo‗lgan extiyoj miqdoriga tuproqning zichligi,
strukturasi, suv o‗tkazuvchanligi, unumdorligi, minerallashuvi, drenaj va 
topografiyasi kabi xarakteristikalari ham o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. Suv resurslari 
iqtisodiy taraqqiyot va ekologik barqarorlikka to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etadi. 
Mavjud suv miqdorining unga bo‗ladigan istiqbolli ehtiyojlarni qondirish uchun 
etarli bo‗lishini ta‘minlashga uch omil yordam beradi. Bular, suvdan foydalanish 
uning yuqotishlarini kamaytirish xisobiga yaxshilanishi mumkin, ikkinchidan 
suvning qayta taqsimlanishi va nihoyat yangi suv loyixalari, yangi suv manbalarini 
yaratilishi va ochilishi. Yangi suv loyixalari, suvning teng huquqli taqsimlanishi va 
iqtisodiy taraqqiyotga yordam berishi kerak.


Boshqaruvning maqsadi - mavjud suv resurslari va ularga jamiyatning, 
tabiatning talablarini xajm, sifat va vaqt bo‗yicha doimiy muvozanatiga erishish 
xisoblanadi.
Suv resurslarini boshqarish ikki yo‗nalishda amalga oshiriladi: 
suv resurslari mikdorini boshqarish; 
suv resurslari sifatini boshqarish. 
Suv resurslari miqdorini boshqarayotganda iste‘molchilar tomonidan 
o‗rnatilgan doira va o‗lchamlarning o‗rtacha xajmlarini xisobga olish, shuningdek, 
xar bir iste‘molchi xarakteristikasini, u yoki bu tadbirni o‗tkazish zaruriyatini 
asoslagan xolda o‗rganish kerak.
Suv 
resurslari 
sifatini 
boshqarayotganda 
iste‘molchilar talablariga 
mo‗ljallanish kerak. Amalda turli iste‘molchilar suvning sifatiga rioya qilinishi 
shart bo‗lgan belgilangan talablarni qo‗yadilar.
Suv resurslarini boshqarishning oddiy va murakkab ko‗rinishlari mavjud.
Oddiy boshqaruv tushunchasi ostida shunday boshqaruv tushuniladiki, 
bunda tartibga sifat va miqdor jixatdan muvofiq bo‗lgan suv inshootlari va texnik 
vositalar yordamida vaqt mobaynida qayta taqsimlashni amalga oshirmasdan suv 
resurslarini iste‘molchiga etkaziladi yoki yo‗l-yo‗lakay suv ob‘ektining alohida 
foydali xususiyatlaridan foydalaniladi. Suv resurslarining sifatini oddiy boshqarish 
– bu shunday boshqaruvki, bunda iste‘mol qilishdan oldin suv, undagi muallak 
zarrachalar 
va 
suzib 
yuruvchi 
moddalar 
cho‗kishi uchun tindiriladi
zararsizlantiriladi va keyin turli inshootlar yordamida iste‘molchiga etkaziladi.
Murakkab boshqaruv tushunchasi ostida suv resurslarini iste‘molchiga 
etkazishdan oldin ularni tayyorlash talab etiladigan boshqaruv yotadi. Inshootlar 
yordamida (suv omborlari, yer osti sig‗imlari) suv resurslarning vaktinchalik qayta 
taqsimlanishi amalga oshiriladi va faqatgina suv mikdori o‗zgarishining suv 
iste‘moli jadvaliga bo‗ysundirilishidan keyingina turli inshootlar va texnik 
vositalar yordamida (kanallar, lotoklar va b.) iste‘molchiga etkaziladi.
Suv resurslari sifatini murakkab boshqarilishi – bu shunday boshqaruvki, 
unda quyidagilar kabi (suv sifatini yaxshilashning maxsus usullari) kompleks 


tadbirlar amalga oshiriladi: suvdan uning tarkibidagi ortiqcha mikdordagi tuz va 
gazlarni 
yo‗qotish; suvni yumshatish, temirsizlantirish, ftorsizlantirish, 
marganetsni chiqarish, kremniy kislotasini chiqarish; suvning organoleptik 
xususiyatlarini yaxshilash yoki uning tarkibidagi mikroelementlarni ko‗paytirish 
maqsadida suvga u yoki bu tuzlarni qo‗shish (ftor va b.). 
Suv resurslarini, jumladan yer usti suvlarni - suv omborlari va kanallar 
qurish, oqimni boshqa hududga ko‗chirish va boshqa uslublar bilan, shuningdek 
yer osti suvlarini - yer osti sig‗imlaridan foydalanish bilan boshqarish mumkin va 
zarur. Dunyo amaliyotida atmosfera yog‗inlarini boshqarish bo‗yicha ham katta 
tajriba to‗plangan.
Markaziy Osiyodagi suv resurslari muammosining keskinligi mintaqa 
mamlakatlari tomonidan ortib borayotgan xavotirga javob beradigan va suv 
tanqisligi bilan bog‗liq bo‗lgan tanglikning oldini olishga qaratilgan, suvdan 
foydalanishni adolatli va barqaror boshqarishga strategik yondoshuvni talab kiladi, 
degan xamma qabul qilgan fikr mavjud. Suv Markaziy Osiyoning umumiy resursi 
xisoblanadi. Irrigatsiya, drenaj, gidroenergetika suv ta‘minoti va sanitariya 
tarmoqlaridagi suv xo‗jaligi infrastrukturasi suvdan foydalanishning institutsional, 
moliyaviy va boshqaruv tizimlari sohalaridagi adekvat siyosatga bog‗liq ravishda 
o‗zgaradi. Baxolanmagan suv resurslari ko‗pincha noadekvat taksimlanadi, 
samarasiz 
boshqariladi 
va 
yo‗qotiladi. Kapital mablag‗lar kiritishning 
asoslanmagan dasturi va sohani noratsional boshqarish, shuningdek agentlik va 
muassasalarning o‗ta kengayib ketishi hamda professional bo‗lmagan ma‘muriy 
shtatlar taqchil resurslarning noproporsional ishlatilishiga olib kelishi mumkin. 
Suv resurslariga milliy va tarmoq mikyoslarida bir tomonlama qarashlar va 
ikkinchi tomondan cheklangan suv resurslari ortib borayotgan muammolar 
xisoblanadi. Ayniksa ijtimoiy va siyosiy baxslar, daryo xavzalarining quyi qismida 
joylashgan mamlakatlar uchun iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarayotgan 
muammo xisoblanadi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari suv resurslarini 
boshqarish bo‗yicha umumiy muammolarga ham duch keladilar:


Xukukiy va boshqarish me‘yorlarining, shuningdek tejamli maxsuldorlik, 
ijtimoiy yo‗naltirilgan va tabiatni muhofaza qilish masalalariga barqaror 
munosabatda bo‗lgan va suv resurslarini barqaror boshqarishga qodir 
bo‗lgan institutlarning etishmasligi; 
Xarajatlarning amaldagi narxlari va real narxlaring noadekvatligi; 
Suvdan 
foydalanish 
bo‗g‗ining 
real 
ishtirokchilarini 
boshqaruv 
mas‘uliyatida etarli ishtirok etmasligi; 
Infrastrukturaning katta qismi o‗zining iqtisodiy va manan eskirish davriga 
etib kelganligi sababli irrigatsiya sohasidagi kabi suv ta‘minoti sohasida ham 
tizimning 
yomonlashuvi, 
operativ 
samaradorlikning 
pastligi, 
infrastrukturaga va suv taksimotiga ketadigan xarajatlarining tez ortib 
borishi;
Yo‗qotishlar va suv tankisligiga olib boruvchi suv resurslarini noto‗g‗ri va 
noadekvat taqsimlash; 
Daryolarning quyi va yuqori oqimlaridagi mamlakatlar, chegara oldi 
rayonlari o‗rtasidagi ortib borayotgan ziddiyatlar va tarmoqlararo nizolar 
(gidroenergetika va irrigatsiya o‗rtasidagi kabi). 
Suv resurslarining miqdori bo‗yicha noaniq ma‘lumotlar (meteorologiya, 
sizot suvlari zaxirasi, gidrologik bashoratlash masalalari) 
Suv infrastruturasining yirik va kichik korxonalari o‗rtasidagi resurslarni 
muvozanatlanmagan xolda taksimlanishi, bu tabiatni muxofaza qilish 
masalalariga sovuqqon munosabatda bo‗lishga olib keladi. 
Ko‗pincha juda soddalashtirilgan fikr bildiriladiki, go‗yo suv resurslarini 
boshqarish bu shunchaki suvni kerakli nuktalarga imkoni boricha kerakli vaktda 
kerakli mikdorda etkazib berish, shuning uchun suv xo‗jaligi tashkilotlarining 
asosiy vazifalari o‗zlaridan yukori turgan tashkilotlar yoki xamkorlardan ko‗proq 
suv olish, shuningdek shtatni va inshoatlarni ushlab turish uchun mablag‗ 
undirish,a o‗z fondlari saqlanishi haqida qayg‗urib inshoat va kanallarni suv o‗z 
iste‘molchilariga etib boradigan tartibdagi ishini ta‘minlashdan iborat.


Aslida yuqorida keltirilgan tashqi va ichki omillar ta‘sirida dunyoda etilib 
kelayotgan tendensiyalarni xisobga olinsa zamonaviy suv resurslarini boshqarish 
jarayoni ancha murakkab jarayonligi ko‗rinadi. Shunday qilib, suv resurslarini 
boshqarishning zamonaviy ta‘rifi quyidagicha: 

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling