Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi


 Boshqarish nazariyasidagi asosiy tushunchalar


Download 454.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana10.02.2023
Hajmi454.11 Kb.
#1186057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK

3.2. Boshqarish nazariyasidagi asosiy tushunchalar
«Boshqaruv» so‗zini turli vaziyatlarda eshitish mumkin. Masalan, «Mashina 
xaydovchisi boshqaruvni eplay olmadi va halokat sodir bo‗ldi». Mashinalar 
tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv - bu texnik boshqaruv, rostlash, 
avtomatika kabi qismlarni o‗z ichiga oladi. Masalan, avtopilot samolyotni 
boshqaradi. Biologik boshqarish esa tirik organizmlar faoliyati bilan bog‗liq. Inson 
mexnati - ijtimoiy individual boshqaruvdir. Jamoaviy boshqaruv - insonlarning bir-
birlari bilan o‗zaro muvofiqlashtirilgan tarzdagi xarakatlanishlaridir. Bundan tashqari 
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, jamiyatni boshqarish, davlat boshqaruvi va 
boshqa turlarini eshitamiz.  
Boshqarishning o‘ziga xosliklari. Misol tariqasida uchib kelayotgan 
samolyotlarga ko‗rsatma berayotgan dispetcher, ya‘ni bu bir kishi ikkinchisiga nima 
qilish kerakligi aytayotgan holatni olaylik. Bunda topshiriq beradiganlar va 
bajaradiganlar bor. Ya‘ni ikkita kichik tizimlar - boshqaruvchi va boshqariluvchi 
mavjud. Masalan, dispetcher va uchuvchi. Bu ikkala kichik tizim o‗zaro bog‗liq 
bo‗lishi kerak, ya‘ni bir tizimga, bir tashkilotga birlashishi kerak. O‗zaro bog‗liqlik 
xarakteri shunday bo‗lishi kerakki, bir kichik tizim ikkinchisi uchun boshqaruvchi 
bo‗ladi.
Shuningdek boshqaruvda buyruq, komanda bor. Mutaxassis aytdi, dispetcher 
etkazdi. Komanda - boshqaruvchi tizimning boshqariluvchi tizimga ta‘siri. 
Boshqaruvda kuch emas, qandaydir xabar, axborot ta‘sir qiladi. Boshqarishning 
maqsadi boshqarilayotgan kichik tizimdagi qandaydir o‗zgarishlar xisoblanadi va 
boshqariladigan kichik tizimni yangi xolatga o‗tkazish zarur. Modomiki boshqaruv 


11 
axborotli komandalar yordamida ta‘sir ko‗rsatish ekan, unda boshqaruv tizimida 
komandalarni haqiqiy harakatlarga aylantirish imkonini beruvchi mexanizm xam 
bo‗lishi shart. Lekin boshqaruvda eng e‘tiborlisi – qaytuvchi aloqa hisoblanadi. 
Komanda berilgandan so‗ng uning bajarilganligi xali ma‘lum emas. Boshqaruv - bu 
o‗z-o‗zicha komanda emas, bu yana maqsadga erishish hamdir. Unga erishilganini 
bilish uchun boshqaruvchi tizim qaytuvchi axborotni olishi kerak. Bunday aloqasiz, 
komandadan so‗ng nima bo‗lgani haqidagi ma‘lumotlarsiz boshqaruvning iloji yuk. 
Faqat qaytuvchi axborotni olibgina yangi komandani to‗g‗ri ishlab chiqish mumkin. 
Maqsad, komanda, qaytuvchi aloqa — xar qanday boshqaruvning bazisli jihatlaridir.

Download 454.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling