Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
Iqtisodiy
rivojlanishda ijtimoiy muhit Anana Jamoat diqqati Jamoat qarnashuvi SMI Hayot darajasi Aholi o‘sishi Rivojlanish Oziq-ovqat mahsulotlari Energiya taminoti Suv resurslari Yog‘in Ustki oqim Yer osti resu. Qaytqr suv Suvga talab Suv taminoti Sug‘orma deh. Sanoat Gidroenerg. Rekreatsiya Navigatsiya Baliqchilig Kom. Infra. ZemPX Ish.chiqar. GES Elologik talab va shatlar Siyosiy muhit Iqtisodiy imkoniyat Suvga bo‘lgan hurmat Suvga talab Malumotlar Suv taminoti Sanitary suv utkazish Iqlim o‘zgarishi Bioxilmaxillik Delta talabi Suv siyosati > = < ? Shuningdek suv resurslarini boshqarish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda quyidagilarni xisobga olish zarur: resurslar mavjud bo‗lgan joylar ularni iste‘mol qilish joylari bilan mos kelmaydi; turli iste‘molchilarning suvga bo‗lgan extiyojlari turli vaqt intervallariga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (masalan sug‗orish va energetika; rekreatsiya va baliqchilik va b.); suv sifatining yomonlashuvi moxiyatan jamiyat uchun yaroqli suvning miqdorini keskin kamayib ketishiga olib keladi. Suv – boshqaruvning aloxida maxsulidir, chunki uning xamma erga kirib borish xususiyatlari, undagi xar qanday o‘zgarishlar va ta’sirlarni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli muhitlarda tarqaluvchan qilib qo‘yadi. Sanoat va qishloq xo‗jaligining intensiv taraqqiy etishi, aholi sonining o‗sishi, yangi xududlarning o‗zlashtirilishi va shu jarayonlar bilan bog‗liq bo‗lgan suv iste‘molining keskin ortishi suv resurslarining gidrologik tartibi va xolatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun bugungi kunda o‗tkazilayotgan tadbirlar ko‗pgina xalq xo‗jaligidagi sohalarning kelajakda rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi. Suv xo‗jaligida uzoq kelajakka mo‗ljallangan siyosatning asosiy vositasi – bu istiqbolli bashoratlardir. Bu turli xildagi chora-tadbirlar majmuasining kelajak sharoitlariga «to‗g‗ri kelish» modelidir. Istiqbolli bashoratlash ayniqsa, rejali xo‗jalik sharoitlarida samaralidir. Shuning uchun u sobiq ittifoqda va o‗zaro iqtisodiy hamkorlik blokiga kirgan davlatlarda keng qo‗llanilgan. Istiqbolli suv xo‗jaligi bashoratlarida eng murakab qismi ularni tuzishda metodologiyaning tanlanishidir. Ishlab chiqarish xajmlarining ortishi oqibatida aloxida ob‘ektlarning suv tartiblarining miqdoriy o‗zgarishlarinigina emas, kelajakdagi texnik vositalar va texnik siyosatning o‗zgarishi oqibatida suv iste‘molining sifat o‗zgarishlarini xisobga olish zarur. Bu amerikalik olimlar (Landsberg va boshq., 1965 y.) va Rim klubining (1971-1974 yy) insoniyat kelajagi haqidagi pessimistik bashoratlarining asosiy sabablaridan biridir. Rim klubi - bu 70 ga yakin tadbirkorlar, boshqaruvchilar, siyosiy arboblar va ilmiy ekspertlarni birlashtirgan xalqaro nodavlat tashkiloti hisoblanadi. Mashkur klub o‗z faoliyatini 1968 yilda Deya Lincheya Akademiyasida boshlagan. Insoniyat taraqqiyoti istiqbollarining EVM dagi xisob-kitoblari, ekspertlarni yangi asrning 20-yillarida yuz berishi kerak bo‗lgan ekologik halokatning aniq ekanligi haqidagi xulosaga kelishlariga majbur qildi. Uning asosiy elementlari – soni keskin ortib borayotgan aholi uchun suv va oziq-ovqat maxsulotlarining etishmovchiligidir. Bunday neomaltuziancha xulosalar Rim klubining ancha keyingi xisoblarida xam tasdiqlandi va ko‗plab mashxur nashrlarda o‗z aksini topdi (Fyuron va b.). Sobiq ittifoqda suv resurslaridan foydalanish va bashoratlash bo‗yicha mustaqil davlatlar xamdo‗stligi mamlakatlari tajribasiga asoslangan xisoblar bajarilgan (SSSR FA geografiya instituti, M.I.Lvovich asarlari (1974y) va b.; ). Bashoratning huquqiy asosi 1970 yilda sobiq SSSR Oliy Soveti Prezidiumi qabul qilgan «SSSR va ittifoqchi respublikalar suv qonunchiligi asoslari» xisoblanadi. Suv tartibi va suv resurslari boshqarish yo‗llari sobiq SSSR Oliy Sovetining «Tabiatni asrash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni yaxshilash bo‗yicha choralar haqida»gi Qarori (1972) va qator direktiv xujjatlarida belgilab berilgan. Suv iste‘moli xajmlarini 2010 yilda 1970 yilga nisbatan aloxida mintaqalar bo‗yicha ortishi foizlarda quyidagilarni tashkil etadi: Bu ko‗rsatkich Evropada-230, Osiyoda-220, Afrikada-290, SHimoliy Amerikada -240, Avstraliyada 260, Janubiy Amerikada-430 ni tashkil etdi. Suv iste‘molining umumiy ortishi 3387 km 3 ni, va bunda qaytmas tarzdagi suv iste‘molining o‗sishi 2930 km 3 ni tashkil etdi. Inson uzluksiz almashinishning atmosfera zanjiriga global ta‘sir o‗tkazishga ojiz. Tumanni tarqatish, do‗lga qarshi kurash, suv omborlarini ta‘minlash va o‗rmon yong‗inlarini o‗chirish uchun bulutlarga ta‘sir o‗tkazish-bularning xammasi lokal ta‘sir ko‗rsatishdir. Atmosfera jarayonlariga bundan kattaroq aralashish - bu endi «geofizik» urushdir (V‘etnam). Bug‗lanish suv omborlari yuzasidan va haydalgan erlardan ko‗tarilgan bug‗lanishlar hisobiga 1,7% ga ortishi kerak. Bu asosan qaytmas yo‗qotishlardir. Aksincha, daryo oqimi suv omborlaridan bug‗lanishlar xisobiga 3,8% ga kamaydi. Suv omborlarida akkumulyasiyalangan suv xisobiga toshqinlar oqimi 23,5%ga kamayishi kerak. Bu yalpi namlanishni 7,5% ga va barqaror okimni 60% ga orttiradi. Aynan yalpi namlanish va barqaror oqim – insoniyat XXI asrning birinchi yarmida ishonishi mumkin bo‗lgan chuchuk suv rezervidir. SHunday qilib, chet el demograflari insoniyatga bashorat qilayotgan «ekologik tupik»dan chiqish yo‗li suv omborlari qurish, yer osti suv omborlari va oqimni xavzalararo ko‗chirish yo‗li bilan yer sharining sun‘iy suv tartibini yaratish xisoblanadi. Boshqa, hali yaxshi foydalanilmagan manbalarni jalb etish imkoniyatini xam yodda tutish lozim (dengiz suvlarini chuchuklashtirish va yer osti suvlarini tuzsizlantirish, Arktika va Antarktika aysberglarini transportirovka qilish va b.). Gidrolog va texniklarning birgalikda xarakat qilishlarini talab etuvchi ikkinchi yo‗nalish - bu solishtirma suv iste‘molini kamaytirishdir: sanoatning aylanma suv ta‘minotiga va «quruq» ishlab chiqarishga o‗tishi, sug‗orishdagi qaytmas suv yo‗qotishlarini kamaytirish va xokazolar. SHunday qilib, insoniyatga «suv etishmovchiligi» xavf solmaydi. Muammoning boshqa tomoni – suv resurslarining sifatining pasayib ketishidir. Aloxida qit‘alarda oqava suvlar xajmi yiliga 180-290 km 3 ni tashkil etadi. Ularning katta qismi tozalanmay gidrografik tarmoqqa tashlanadi, garchi oqava suvlarning xar bir kubometri 8-10 m 3 toza suvni yaroksiz xolga keltiradi. Sanoat va maishiy okava suvlar kimyoviy o‗g‗itlar va preparatlar (gerbitsid va pestitsidlar) bilan ifloslanishi tabiiy suvlarning zaharlanishiga olib keldi. Missisipi daryosi, «Amerikaning oqava suvlar arig‗i» katta masofada o‗lik daryo hisoblanadi. Suv resurslari sifati muammosi ulkan xududlarni qamrab oladigan va ulkan moddiy sarflar va vaqt sarflashni talab etadigan qator ilmiy asoslangan kompleks tadbirlar o‗tkazish yo‗li bilangina xal etilishi mumkin. Yer usti suvlarining, ulardan ratsional foydalanish va saqlashga yordam beradigan maqbul tartibini saqlash (yoki o‗rnatish) muammosini xal etish uchun Yer haqidagi fan soxasida ishlayotgan turli yo‗nalishda faoliyat yurituvchi olimlar va turli siyosiy tizimli davlatlar birgalikda xarakat qilishlari zarur. YUNESKO tomonidan amalga yuritilayotgan dasturlarni amalga oshirishni faqat tinchlik va osoyishtalik sharoitlaridagina imkoni bor. Suv resurslari muammolari va ular bilan yonma-yon turgan muammolar majmuasini xal etish kontekstida xukumatlar asta-sekin suv resurslarini kompleks boshqarish tamoyillariga o‗tmoqdalar. Suv resurslarini kompleks boshqarish tadbirlari suv resurslari soxasidagi milliy siyosat, strategiya va qonunchilikni, axborot tizimini, suv resurslarini milliy va aloxida xavzalar mikyosida taqsimlash ssenariylarini hamda keyingi bosqichda amalga oshiriladigan harakatlar rejalarini, shuningdek, barcha masalalar majmuasi uchun ma‘sul bo‗lgan u yoki bu aloxida tashkilotlarni va harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlarini ham o‗z ichiga oladi. Bunday tizimlarning bo‗lmasligi qishloq xo‗jaligi, sanoat va kommunal ro‗zg‗or xo‗jaligi kabi suv xo‗jaligi majmuasi qatnashchilari o‗rtasida ularni cheklangan va o‗zgaruvchan suv resurslari bilan ta‘minlash borasida avvalgidek ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Afsuski, mamlakatlar tomonidan qarorlarni qabul qilishda suv resurslarini kompleks boshqarish tamoyillarini asos qilib olish sekin sur‘atlar bilan boryapti. Bu masalada asosiy to‗xtatib turuvchi omillardan biri moliyaviy resurslar masalasidir. Suv ta‘minoti soxasidagi infratuzilmaviy loyixalar odatda, juda katta hajmdagi mablag‗larni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlar va xalqaro institutlardan ko‗p sonli rivojlanayotgan mamlakatlarga mazkur masalalar yo‗nalishida kelayotgan moliyaviy yordamlar xajmi krizis masshtablari bilan solishtirganda juda kamdir. Ammo, nisbatan sekin erishilayotgan progressga qaramay, so‗nggi 10 yil mobaynida 900 mln ga yaqin kishining suv ta‘minoti va 985 mln kishi uchun sanitariya soxasidagi xizmatlarni tashkil etish imkoniyatlari yaratildi. Ko‗p mamlakatlarda xukumat suv resurslarini kompleks boshqarish uchun maqbul sharoitlarni ta‘minlashga, xizmatlarni taklif etishni ta‘minlashga e‘tiborni oshirmoqda. Suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanish sohasidagi taraqqiyotning ming yillik maqsadlarini shakllantirishdagi, iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashdagi, qashshoqlik masshtablarini kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligiga erishishdagi, atrof-muxitning ekologik holatini yaxshilash va ekotizimlarni saqlashdagi rolini e‘tiborga olib, unga markaziy o‗rinlardan biri ajratilgan. Suv resurslaridan barqaror foydalanish, suv ta‘minoti va iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik barqaror rivojlanish soxasiga bevosita aloqador bo‗lib, bu - qashshoqlikka qarshi kurash, ekologik barqarorlik, xususiy sektor rivojlanishi asosida o‗sish, jamiyatning boshqaruvda ishtirok etishi asosida rivojlanishdir. Xukumat istiqbol haqida (suv resurslarini barqaror boshqarish, suv ta‘minoti, suv omborlari, suv olish inshootlari, suvni tozalash) qayg‗urishi va muammolarni xal etishga ilm-fan, biznes va jamiyatni jalb etishi kerak. Agar suv xizmatlari tekin bo‗lsa, unda suv besamar sarflanadi. Suv xizmatlari uchun to‗lov belgilanishi sug‗orish samarasini oshirish sabablari ham bo‗lishi kerak. Evropa davlatlarining bir qismi qashshoq davlatlarga yordam beradi. Mamlakat aholisini yuqori sifatli suv bilan ta‘minlash - bu xukumatning vazifasidir. 2002 yilda Yoxannesburg Deklaratsiyasi kabul kilindi, u yerda shunday yozilgan: ―biz Evropa Ittifoki (EI) va Sharkiy Evropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari ministrlari quyidagilarga xissa qo‗shishga qat‘iy qaror qildik: 1. toza ichimlik suviga va sanitar sharoitlarga etisha olmayotgan insonlar ulushini 2015 yilga qadar kamaytirish; 2. barcha mamlakatlarda, mumkin bo‗lgan yerlarda transchegaraviy suv oqimlarini muvofiqlashtirishni xisobga olgan xolda suv resurslarini boshqarishga integratsiyalashgan yondoshuvni qo‗llash va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‗yicha rejalarni ishlab chikish; 3. atrof-muxit talablari bilan aholini suvga bo‗lgan extiyojlarining muvozanatini ta‘minlash asosida tabiiy resurslar degradatsiyasi tendensiyasini qaytarish maqsadlariga erishish va bioxilma-xillikni kamayishida ko‗rilayotgan zararlarini 2015 yilga qadar jiddiy kamaytirish bo‗yicha belgalangan maqsadlarga erishish bo‗yicha tadbirlar rejalarini amalga oshirish‖. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling