Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Suv resurslarini boshqarish - jamiyat va tabiatninig kerakli sifat va
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
Suv resurslarini boshqarish - jamiyat va tabiatninig kerakli sifat va
miqdordagi suvga bo‘lgan extiyojini muntazam qondirishni barcha makon va vaqt kesimlarida - operativ, yillik, ko‘p yillik va istiqbolli miqyoslarda doimiiy ta’minlashi zarur. Boshqacha so‘z bilan aytganda, suv resurslarini boshqarish- suv resurslari va unga bo‘lgan extiyojlarining muvozanatini muntazam saqlashdir. 3.3. Suv resurslarini boshqarish turlari, darajalari va evolyusiyasi Dastlabki irrigatsion tizimlar Osiyo mamlakatlari va Misrning qurg‗oqchil xududlarida eramizdan avvalgi 3000-chi yillarda qurilgan. Bunday tizimlar daryolardan uzoqda joylashgan dalalarni sug‗orish tizimi sifatida qo‗llanilgan kanallar va suv xavzalarini o‗zida aks ettiradi. Sug‗orish jarayonini avtomatlashtirish va suvni kerakli balandlika ko‗tarish maqsadida turli xildagi mexanik vositalar, masalan «arximed vinti» kabi vositalar qo‗llanilgan. SHunday qilib suv resurslarini boshqarishning evolsion rivojlanishi qadimgi davrlardan boshlagan va uni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. suv resurslarini ibtidoiy (eng oddiy usullarda) boshqarish bosqichi; suv resurslarini muxandislik-texnologik boshqarish bosqichi. Mazkur bosqichda suv resurslarini boshqarish bo‗yicha barcha hal qiluvchi qarorlar asosan muxandislik-texnologik fikrga negizida qabul qilingan (hozirda ham keng qo‗llanilmoqda va asta-sekin keyingi bosqichga o‗ta boshlandi); suv resurslarini boshqarish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarni ham e‘tiborga olinadigan suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish bosqichi (zamonaviy, asta-sekin tarqalib borayotgan); yukorida keltirilganlardan tashqari iqlim o‗zgarishi, suv tizimlarining zaifligi va qarorlar qabul qilishdagi noaniqliklarni xam xisobga olingan holda qaror qabul qilish asosida suv resurslarini adaptiv boshqariladi (istiqbolli). Vizantiya davrida Prokopiy - irrigatsiya jarayonini «xamkorlikda sug‗orish o‗rtoqligi» deb atagan va unga quyidagicha ta‘rif bergan: «Daryo tog‗lardan tushib, tekisliklarga etadi. U yerni aholi xoxishlariga muvofiq sug‗oradi, chunki ular suv xarakatini o‗zlari uchun eng foydali deb, xisoblaganlaridek boshqaradilar. Insonlar daryo suvlari oqadigan ko‗plab kanallar barpo etadilar. Daryoning bir qismi yer ostidan o‗tadi, keyin yana yuzada paydo bo‗ladi, va o‗z suvlarini bir oqimda birlashtiradi. SHu tarzda tekislikning katta qismida daryo kanallarni tusiqlar bilan to‗sadigan, bir ularni ochib, suvdan o‗z xoxishlariga ko‗ra foydalanadigan insonlar ixtiyoridadir». Sun‘iy boshqaruv Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari uchun birinchi darajali axamiyatga ega. Yer sharining dehqonchilik uchun yaroqli yerlarining katta qismida namlik etishmaydi, shuning uchun qadim zamonlardan insonlar tabiiy omillar mutanosibligidagi disproporsiyani tug‗rilash va yerlarning suv ta‘minotini yaxshilashga intilib, katta kuch sarflaganlar. Markaziy Osiyo, ayniksa, ikki daryo oralig‗i (Sirdaryo va Amudaryo) sivilizatsiya, madaniyat va sug‗orma dehqonchilikning eng qadimiy o‗chog‗i bo‗lgan. Yeramizning 6-7 asrlaridayok mazkur mintaqani bosib olgan arablar, uni «e‘tiqodli musulmonlar xalifasining bog‗i» deb ataganlar, chunki mintaqa hududining deyarli 50% u paytda bog‗ va uzumzorlardan tashkil topgan edi. Butun tarix mobaynida Markaziy Osiyo aholisi sug‗orma dehqonchilik bilan bir qatorda yaylov chorvachiligi, bog‗dorchilik va shu kabilar bilan shug‗ullangan, bu esa sug‗oriladigan yerlarga 6-7 yil dam berish imkonini yaratgan. O‗sha paytdayok Markaziy Osiyoning tabiiy sharoitlari uzoq muddatli sug‗orish uchun maqbul emasligi, keyinchalik xududning katta qismi tabiiy drenajlanmaganligi oqibatida qishloq xo‗jaligida foydalanishdan chiqaralishi haqida ma‘lum bo‗lgan. Bugun mintaqa xududida avval sug‗orma dehqonchilikda band bo‗lgan va asta-sekin sho‗rlangan yerlarga aylangan 2 mln dan ortiq yerlar mavjud. Markaziy Osiyo mintaqasida suv xo‗jaligi tarixi 4 bosqichga bo‗linadi: 1. Suv xo‗jaligini Rossiya istilosidan avval asosan xalqona usul bilan, aholini qurilish va tiklash ishlariga jalb etish yo‗li bilan rivojlantirilishi davri; 2. Suv xo‗jaligi tizimlarining inshootlari va tizimlarini muxandislik qurilishi va qayta joylashtirilishi davri; 3. Suv xo‗jaligi inshootlari va tizimlarining muxandislik qurilishi va qayta qurilishi. Mintaqada yagona suv xo‗jalik tizimining yaratilishi davri; 4. XX asrning 50-80–yillarida qishloq xo‗jaligining ekstensiv rivojlantirilishi sababli suv xo‗jalik sharoitlari va ekologik muammolarning murakkablashuvi davri; 5. YAgona suv xo‗jaligi tizimidan milliy suv xo‗jaligi tizimlariga o‗tish bosqichi. Suv ziddiyatlari paydo bo‗lishi extimolining ortishi davri. Mintaqaning suv xo‗jaligi tarixi – bu Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy- siyosiy va madaniy-iqtisodiy tarixi bilan chambarchars bog‗lanib ketgan dehqonlarning suv uchun ko‗p asrlik kurashlaridir. Qadim o‗tgan zamonlardayok mintaqadagi dehqonlar daryolar tartibini uzoq vaqt kuzatish natijasida daryolardagi suv satxining ko‗tarilish va tushish davrlarini yaxshi o‗rganganlar. Yirik daryolarning toshqini kalendari mavjud bo‗lgan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, daryo oqimida yuz berayotgan o‗zgarishlarning belgilari, vaqti va davomiyligi aniq ko‗rsatilgan daryolar toshqini xar yillik kalendari mavjud bo‗lgan. Suv resurslarini boshqarish uchun mintaqa dehqonlari maxsus suv xo‗jaligi ob‘ektlari qurishgan. O‗zbekiston, Janubiy Kozogiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‗iziston xududlarida qurg‗oqchil va suvsizlik yillarida suv to‗plash uchun qurilgan kichik suv omborlari, kanallar va tug‗onlarning qoldiqlari topilgan. Amudaryoning o‗rta oqimida suv etishmovchiligi muammosini xal etish uchun XIX asr boshlarida buyuk olim va mutafakkir A.Donish Amudaryodan suv oladigan kanal qurishni taklif etgan va bo‗lajak kanal sxemasini takdim etgan. Turkistonning dushmanlar tomonidan ishg‗ol qilinishining sabablaridan biri Zarafshon daryosining suvi etishmovchiligi yoki to‗silishi mumkinligini bashorat kilingan, va bu bashorat biroz vaktdan keyin chor Rossiyasining xarakatlari orkali tasdiklandi. Mintaqa suv xo‗jaligi tarixining o‗tmishida ibratli vokealar juda ko‗p, ayniqsa, suv resurslarini taqsimlash tamoyili, qishloq xo‗jaligini yilning suvliligini xisobga olgan xolda tartib bilan olib borish va b.. Misr, Xindiston, Xitoy, Afrika va Osiyoning ayrim hududlarida, Janubiy Amerikada qadim zamonlarda yirik sug‗orish kanallari, tug‗onlar, ximoya dambalari qurilgan. Markaziy xukumatga bog‗liq bo‗lgan va bu xukumatning irrigatsiya hamda melioratsiya ishlariga beparvo munosabati tufayli xozir biz qachonlardir yaxshi ishlov berilgan Palmira, Petra, Yaman xarobalari va Misr, Eron va Xindistonning ulkan maydonlarini foydasiz va cho‗lga aylangan xolatda ko‗rib. Markaziy Osiyo Evroosiyo qit‘asining ichki oqim yopiq zonasidagi Orol- Kaspiy xududida joylashgan. U Atlantika okeanidan xam, Tinch okeanidan xam deyarli bir xil uzoqlikda joylashgan va shu narsa iqlimning aridligini shartlaydi. O‗rta Osiyo xududini sun‘iy sug‗orish qadim zamondan boshlangan. O‗troq aholi dehqonchilik uchun maqbul sharoitlarni tog‗ oldi hududlari, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari va ularning irmoqlari xavzasidagi kichik daryolar yuqori qismidagi voxalar hududlarida topib sug‗orma dehqonchilikni amalga oshirgan. Taraqqiyotning o‗sha bosqichida O‗rta Osiyo xalqlari tez oqimlar, qirg‗oqlarning emirilishi (ayniqsa, yirik daryolarda) bilan samarali kurashishga qodir emas edilar. Bular sug‗orish kanallariga suv olishdagi asosiy to‗siqlar edi. Keyinroq dehqonlar unumdor yerlarni, ko‗proq Amudaryo va Sirdaryo o‗rta oqimi va quyi qismidagi yerlarning ulkan maydonlarini sug‗orish va o‗zlashtirishni boshlashdi. Irrigatsiya davlat birlashmalarining hosil bo‗lishi va jamiyatning sinflarga ajralishi bilan birga rivojlanadi. Asrlar davomida O‗rta Osiyo xududidagi davlat formatsiyalarining taraqqiyoti va tanazzuli o‗zgarmas tarzda dehqonchilik va chorvadorlik asosi sifatida sun‘iy sug‗orishning rivojlanishi va tanazzulga yuz tutishi bilan sodir bo‗lgan. Urushlar va ko‗chmanchi qabilalar bosqinlari vaqtida, ulkan davlatlarning tanazzulida irrigatsiya xo‗jaligi zaiflashgan, sug‗orish tizimlari buzilgan, voxalar yakson bo‗lgan vaktlarda aholi sug‗oruvsiz qolgan yerlarni tashlab ketgan. Kuchli davlat qurilishi davrlarida yangi sug‗orish tizimlari, tug‗on, suv olish va qirg‗oqni ximoya qilish dambalari, tonnellar, yirik suv taqsimlovchilari, akveduklar ko‗rinishidagi yirik irrigatsiya inshootlari qurilgan, sug‗orish maydonlari kengaytirilgan. Irrigatsiya inshootlari qurilishida minglab dehqonlar qatnashgan. Kanallar bo‗yida voha va manzilgohlar xosil bo‗lgan. Arab tarixchilari Ibn Xavkal va Yoqutlarning guvoxlik berishlaricha, VIII asrda Zarafshon voxasida ko‗plab sug‗orish kanallari mavjud bo‗lgan. Zarafshon daryosini ta‘riflab, tarixchilar kizikarli ma‘lumotlar keltirishgan: «U Samarqandga tegishli bo‗lgan Varigzor nomli manzilga etadi, bu yerda to‗g‗on qurilgan, unga qarab turish tub aholiga topshirilgan, bu ular uchun jon solig‗i xisoblanadi; bu yerda suvlar ko‗p sonli kanallarga ajraladi, keyin bitta asosiy daryoga birlashadilar….». demak, to‗g‗on Ravotxo‗ja chegarasida, ya‘ni xozir Birinchi may tug‗oni joylashgan yerda qurilgan, bu uning uchun joy to‗g‗ri tanlanganini tasdiqlaydi. 1000 yil avval xozirgacha amalda bo‗lgan yirik magistral kanallar Zarafshon daryosidan chiqarilgan: Dargom, Narpay, Mirzaarik, Shoxrud, Vobkent, Pirmast, Sultonobod va b. Qadimiy davlatlarning poytaxtlari Zarafshon kanallari bo‗yida qurilgan: Dargom arigi Samarkandni (Maroqand) suv bilan ta‘minlagan, «mukaddas» Buxoro orqali katta Shoxrud arig‗i oqib o‗tgan. Arxeologik qazish ishlari va tadqiqotlar ko‗rsatdiki, garchi yirik sug‗orish va transport magistrallarining qurilishi yangi davrgacha davom etgan bo‗lsa-da, Amudaryoning quyi qismidagi irrigatsiya tarmog‗i yeramizning VI asridan III asrigacha eng yuqori taraqqiyot darajalariga erishgan. Saklanib kolgan tarixiy xujjatlarda Xorazm irrigatsion inshootlari va maydonlari o‗sha davr uchun yukori darajali texnikaga ega bo‗lgan eng kadimiy sug‗orish rayoni sifatida ajralib turadi. Xorazmning o‗ng qirg‗oq yerlarini Sultonuiztog‗ tepaligigacha sug‗orish uchun Amudaryodan chiqarilgan Gauxuare kanalining qurilishi eramizgacha bo‗lgan birinchi ming yillik o‗rtasiga taalluqli. Yeramizning birinchi asrida Sultonuiztog‗ tog‗oldi yerlarini sug‗orish uchun Tuproqqal‘a kanalidan katta shaxobcha qurilgan. G‗aznobod-Chermen-Yab kanalidan sug‗oriladigan yerlar maydoni ancha kengaygan. III-asrda Uzoq-G‗arbiy Qiyot kanali barpo etildi, VI asrda Guldursun va Burgutqal‘a kanallari atrofidagi voxalarda dehqonchilik tiklandi. IX asrda Amudaryoning quyi deltasidagi Gurganja hududining (Kunya-Urganch) irrigatsion o‗zlashtirilishi, Gaznobod kanali quyi qismlarida dehqonchilikning tiklanishi boshlandi, o‗sha paytda Shovot (Shoxoobod) Buve kanallari qurilgan. X asrda Amudaryoning chap qirg‗og‗ida Xivaning Xekanis kanalidan ikkita kanal chiqarilgan. XII –XIII asrlarda Xorazmda irrigatsiyaninig jonlanishi kuzatilgan; Gaznobod kanali (Gazovot) Chermen-Yab arig‗i bo‗ylab Shoxsanamgacha, Giryo kanali Kvatkal hududigacha etkazilgan. Keyinroq, inshoatlar buzilishi bilan bu hududlar suvsiz, odamsiz qolib qum ostida qoldi. Xozirgi vaktgacha faoliyatda bo‗lgan yirik qadimiy kanallardan O‗rta Osiyodagi eng yirik Toshsoqa shaxobchalariga aylantirilgan SHovot, Polvon va Gazovotlarni misol keltirish mumkin. Toshkent voxasida sug‗orish tizimlari Chirchik va Angren daryolarida qurilgan. Grek tarixchilari Toshkent atrofidagi yirik kanallar eramizgacha III-II asrlarda mavjud bo‗lganligini ta‘kidlashgan. Arab geograflari tomonidan Shosh davlati (Toshkent voxasi ) batafsil tariflangan va 50 ta aholi punktlari haqida xabar berilgan. Ulardan ba‘zilari bizning davrimizgacha saqlanib kolgan, masalan, Biskent (Pskent). Ferikent (Parkent) Zerikent (Zarkent) va boshqalar. Shaxarlar, qishloqlar va qadimiy Toshkentda aholi zich joylashgan, ularni ulkan uzumzorlar o‗rab turgan. Shosh madaniyat voxasi shimoliy-g‗arbdan ko‗chmanchi qabilalar bosqinidan Bo‗zsuv arig‗i va arablar tomonidan qurilgan katta devor bilan himoyalangan. Mazkur devor izlari Kamirdevol nomi ostida va katta Buzsuv arig‗i xozir xam saqlanib qolgan. Hozirda xam mavjud bo‗lgan ayrim qadimiy kanallar islom diniga kadar bo‗lgan nomlari bilan ataladi, masalan, Zax, Salar. Sirdaryoning ikkala qirg‗og‗i bo‗ylab o‗rta oqimda yirik sug‗orish kanallari, shaxar va manzilgohlar izlari ko‗rinib turibdi. 700-800 yil avval bu yerda katta kanallardan sug‗oriladigan, aholi zich joylashgan voha bo‗lgan. Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida qachonlardir yirik savdo shaxri Utrorning xarobalari qolgan. Fargona vodiysida dehqonchilik madaniyati Chotqol va Farg‗ona tog‗ tizmalaridan oqib tushadigan va Sirdaryoga qo‗shiladigan Norin va Qoradaryoga quyiladigan mayda irmoqlarda rivojlangan. Tog‗ daryolarining suvi eramizgacha X asrdayoq yerlarni sug‗orish uchun foydalanilgan. Daryo va soylarning qirg‗oqlarida yirik qishloqlar - Kosonsoyda Kosonsoy va Aksikent, Margilonsoyda Marg‗ilon, Isfarasoyda Ifara, Xujaobodsoyda Xujand, Oqbura daryosida qirg‗oqlarida esa O‗sh va boshqalar shaxarlar qad ko‗targan. So‗x daryosidagi Qo‗qon (200 yil avval) Namangansoydagi Namangan (350 yil avval) Namangan shaxarlarining paydo bo‗lishi ancha kechroq davrda yuz byergan. Asrlar davomida xalq ustalari maxsus ilmlarni, gidravlika qonunlarini bilmay turib, mexanizm va murakkab asboblarga ega bo‗lmay turib o‗z tajriba idroklariga tayanib sug‗orish kanallari, irrigatsiya tizimlarini qurishgan va ajoyib gidrotexnik inshoatlar barpo etishgan. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling