Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Sobiq SSSR ning tugatilish bosqichida mintaqada
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
Sobiq SSSR ning tugatilish bosqichida mintaqada suv xo‘jaligini boshqarish Havza darajasida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish va asrash zaruriyati mintaqa davlatlari mustakillikka erishishlaridan ancha oldin asoslangan edi. Garchi sobiq SSSR ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vazirligining suv taqsimlashning markazlashtirilgan tizimi beshta respublika xukumatlari bilan maslaxatlashish asosida amalga oshirilgan bo‗lsa-da, 1974-75 yillar va ayniqsa, 1982 yillar suv tanqisligi oqibatlari tahlili, mintaqada ekologik jihatdan maqbul bo‗lgan va qattiq nazorat qilinadigan suv resurslarini boshqarish yondashuvni amalga oshirishni barcha mamklakatlarining muvofiqlashtirilgan xarakatlarisiz imkoni yo‗q ekanligini ko‗rsatdi. SHuning uchun, respublikalar bilan kelishilgan va sobiq ittifoq ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vazirligi tasdiqlagan qoida va grafiklarga muvofik suv resurslarini boshqara oladigan xavzaviy tashkilotlar tuzish tavsiya etildi. Tashkilot tuzilmasi 1986 yilda tasdiqlandi va natijada ikkita xavzaviy suv xo‗jaligi tashkiloti - «Amudaryo» havza suv xo‗jaligi tashkiloti (XSXT), (shtab-kvartirasi Urganch shahrida) va «Sirdaryo» XSXTi (shtab- kvartirasi Toshkent shahrida) tashkil etildi. Xukumatning 1110 raqamli Qaroriga ko‗ra, daryolar va asosiy suv okimlaridagi barcha 10 m 3 /s va undan katta suv sarfiga ega bo‗lgan bosh suv xo‗jalik inshootlari mazkur HSXTlari ixtiyoriga topshirilishi belgilab qo‗yildi. HSXTilarni mablag‗ bilan ta‘minlash sobiq ittifoq byudjetidan ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vazirligi orqali amalga oshirilgan. Markaziy Osiyo respublikalari gidrometeoxizmatlari tomonidan tayyorlanadigan bashoratlar asosida «Amudaryo» va «Sirdaryo» XSXTlari havza doirasida suv omborlaridan suv chiqarish va suv berish jadvallarini o‗z ichiga oladigan, respublikalar bilan kelishilgan yillik rejalarni tayyorlab, yiliga ikki marta sobiq ittifoq ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vazirligiga taqdim etishgan. Xar bir respublika uchun beriladigan suv ulushi sobiq ittifoq Davlat plani tasdiqlagan suv taksimoti limitlariga muvofiq belgilangan. Eng muxim komponentini asosiy ko‗p yillik boshqariluvchi suv omborlaridagi (Toktogul, Andijon, Chorvoq, Nurek) suv zaxiralari tashkil etgan yillik rejalar sobiq ittifoq ―Melioratsiya va suv xo‗jaligi‖ vaziri o‗rinbosari tomonidan tasdiqlanar edi. O‗sha vaqtda suv taqsimotida ikkita yondoshuv shakllangan: sug‗iladigan maydonga proporsional yoki xar bir ekin va har bir viloyat uchun belgilangan talabga proporsional. Gidrologik bashoratlardan farqli ravishda HSXTlar xar bir mamlakat uchun limitlarni 10% chegarasida ko‗paytirish yoki kamaytirish huquqiga ega edilar. Ular suv sifatini nazorat qilmaganlar va xar bir mamlakatdagi suvdan foydalanishga mas‘ul bo‗lmaganlar. Orol dengizi va Orolbuyi mintaqasiga suv berilishi esa «qolgani shu» tamoyili asosida amalga oshirilgan. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling