Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
-tamoyil. Chuchuk suv - hayot va atrof muhitni saqlash va
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
1-tamoyil. Chuchuk suv - hayot va atrof muhitni saqlash va rivojlantirish uchun muxim bo‘lgan tugallanadigan va nozik resurs Chuchuk suv cheklangan resursdir va bu fakt global gidrologik siklning miqdoriy tahlili natijalari bilan tasdiqlanadi. Bundan kelib chiqadiki o‗rtacha yillik kesimda suvning belgilangan ma‘lum hajmi mavjud. Bu hajmni inson faoliyati natijasida keskin ko‗paytirish imkoni yo‗q, garchi u antropogen ifloslanishi natijasida qisqartirilishi mumkin va ko‗pincha shunday ham bo‗ladi. Chuchuk suv zahiralari uning xisobiga ta‘minlanadigan zarur suv xo‗jaligi xizmatlarini kafolatlab saqlash zarur bo‗lgan tabiiy resurs hsoblanadi. Ushbu tamoyil suv turli maqsadlar uchun zarurligini ko‗rsatadi. Shuning uchun suv resurslarini boshqarish yaxlit (integratsiyalangan) bo‗lishi va resursga bo‗lgan talabni qondirish imkoni kabi, uning saqlanishi yoki ortiqcha olish xavfini xisobga olinishi kerak. Bu tamoyilga muvofiq daryo havzasi yoki uning suv to‗plash maydoni suv resurslarini boshqarishning birligi sifatida xizmat qilishi kerak. Bu esa suv resurslarini boshqarishni tashkil etishda gidrografik yondashuvga asos bo‗ladi. 2-tamoyil. Suv xo‘jaligini rivojlantirish va boshqarish - iste’molchilar, rejalashtirish tashkilotlari xodimlari va barcha darajalarda siyosiy qarorlar qabul qiluvchi shaxslarni jalb qiluvchi serqirra yondashuvga asoslanishi kerak. Suv-xar bir sub‘ekt unga nisbatan manfaatdor tomon bo‗ladigan resursdir. Real ishtirokchi manfaatdor tomonlar qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish, yoki juda bo‗lmaganda uning ustidan nazorat qilish jarayoniga jalb etiladilar. Barcha manfaatdor tomonlar ishtirokidagi yondoshuv - uzoq muddatli kelishuv va umumiy korporativ bitimga erishish uchun eng yaxshi vositadir. Ishtirok etish ma‘suliyatni qabul qilish, iqtisodiyotning berilgan sektori tadbirlarining boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv ekotizimlariga ta‘sir etishini tan olish, shuningdek, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va resurslarni barkaror rivojlantirish bo‗yicha majburiyatlarni qabul qilish ekanini bildiradi. Ammo umumiy ishtirok imkonining mavjudligi - bu to‗g‗ri ma‘noda bema‘nilik, bu tamoyilning amalga oshirilishi demokratik asosda tuziladigan, guruhli, xududiy yoki boshqa jamiyat manfaatlarini aks ettiruvchi e‘tiborli nodavlat, maxalliy va ishlab chiqarish tashkilotlarini shakllantirish orqaligina sodir bo‗lishi mumkin. Aytish kerakki, ishtirok etish doim xam konsensusga (o‗zaro kelishuv) olib kelavermaydi, shuning uchun yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan ziddiyatlarni xal etish uchun arbitraj yoki boshka mexanizmlar kerak bo‗ladi. Xukumatlar barcha manfaatdor tomonlarning, jamiyatning aloxida zaif ijtimoiy guruxlarining ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratishga yordam berishlari kerak. tan olish zarurki, xozirgi kunda ishtirok etish uchun oddiy imkoniyat yaratish aholining qashshoq guruxlari uchun (agar ularning ishtirok etish imkoniyatlari ijtimoiy safarbarlikning real mexanizmlari, strukturalari va tizimlari bilan ta‘minlanmasa) xech narsa bermaydi. Qaror qabul qilishni suvdan foydalanuvchilarning eng so‗nggi quyi darajasigacha detsentralizatsiya (markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‗tish) qilish suv resurslari atrofidagi muammolarni xal etishda jamiyat ishtirokini kuchaytirish uchun yagona strategiya xisoblanadi. Barcha manfaatdor sub‘ektlarning ishtiroki qashshoq mamlakatlarning rivojlanishi uchun yordam beradigan yo‗ldir. Chunki bu mamlakatlardagi axborot etishmasligi yoki zarur axborotga erishishning cheklanganligi rivojlanish yulini to‗suvchi omil xisoblanadi. Jamiyatning ishtiroki imkonlari, potensiali va motivlari (sabablari) keyingi tadqiqotlar va qo‗llab- quvvatlashni talab etadi. 3.4-rasm. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling