Iii bob. Suv resurslarini boshqarishning turlari va darajalari 1 Suv resurslarini boshqarish tushunchasi
Suv resurslarining Sovet hukumati davridagi boshqaruvi
Download 454.11 Kb. Pdf ko'rish
|
CR1isYYnT0Xao6QHaPHker8q8qvBzRXujJQy31sK
Suv resurslarining Sovet hukumati davridagi boshqaruvi Orol dengizining qurib borishi – suv resurslarini sovetchasiga boshqaruvning kechirilmas xatosi oqibatidir. Kattaligi bo‗yicha qachonlardir dunyoda to‗rtinchi o‗rin egallagan ko‗l ayanchli ahvolga tushib qoldi. 1960- yillardan beri suv satxi 27 metrga pasaydi. Atrofidagi xududlarda 4 millionga yaqin aholi yashagan xududlar zaxarlangan bo‗shlik yerlarga aylanib qoldi. Suvning sho‗rligi 1960 yildagiga nisbatan 10 barobardan ko‗pga ortib ketdi. Qurib qolgan dengiz tubidagi tuz va zaxarli chang shamolda to‗zib, katta xududlarni qishloq xo‗jaligi uchun yaroqsiz ahvolga keltirmokda. Tuz, shuningdek, sog‗likka xam jiddiy ziyon etkazadi, va u borgan sari issiq va quruq bo‗lib borayotgan mintaqaning iqlimiga xam og‗ir ta‘sir ko‗rsatmoqda. Sobiq Sovet rejimining Orol dengizini qutqarish bo‗yicha ishlagan loyihalari shubxa uyg‗otardi. Masalan bir sxema bo‗yicha Sibir daryolari Ob va Irtish suvlarini Markaziy Osiyoga burish rejalashtirilgan edi. Ammo, 1980 yillarning oxirida olimlar, yozuvchi va ekologlar bosimi ostida bu loyixani rad etishga to‗g‗ri keldi. Boshqa reja Markaziy Osiyoning muzliklarini eritib, ko‗lni suvga to‗ldirish uchun yadroviy kurol ishlatishga chorlar edi. Bunday g‗oyalar tabiatga mohirona muxandislik inshootlari yordamida boshqarish mumkin bo‗lgan ob‘ekt sifatida qarashlarni aks ettiradi. Sobiq SSSR davrida butun Markaziy Osiyoda to‗g‗on va kanallar qurishga milliardlab mablag‗lar sarf etilgan, sug‗orma maydonlarni, bu xatto ekologik xolatga zarar etkazsa xam, kengaytirish an‘anasi mavjud edi. XX- asrning 60 yillaridan boshlab daryolarning yuqori qismida sug‗orma yerlarning haddan ortiq ko‗payganligi bois paydo bo‗lgan o‗sib boruvchi suv tanqisligining yuzaga kelishi asosiy muammo bo‗lib qoldi. Orol dengizi Sirdaryo va Amudaryo oqimlarining oxirida joylashgan. Bu daryo suvlarining katta qismi yuqorida sug‗orish va turli boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Shuning uchun mavjud suv resurslarining faqat ozgina qismi Orol dengiziga etib boradi. Bu zonaga keladigan suvning tarkibida esa tuz mikdori ko‗p, shu tufayli u tuproqning ikkilamchi sho‗rlanishi va hosildorlikning kamayishiga olib keladi. Garchi suv bilan ta‘minlash tejamli bo‗lmas va uzoq vaqtli ekologik ta‘sirni xisobga olmasa-da, bu tizim, o‗z mantiqiga tayanib, baribir ishlar edi. Limitlar Moskvadagi melioratsiya va suv xo‗jaligi vazirligining qat‘iy rahbarligi ostida energetika vazirligi bilan yaqin o‗zaro xamkorlikda belgilanar va amalga oshirilar edi. Shunga qaramay suv resurslarini markazlashgan tarzda sovetcha boshqarish merosi, Markaziy Osiyo davlatlari o‗rtasidagi suv nizolariga yo‗l ochdi. Qirg‗iziston va Tojikiston o‗z gidroenergetik potensialini oshirishga intildilar. Ammo, bu qarorlar daryolarning quyi qismlarini bahor va yozda etarli mikdordagi sug‗orma suv bilan ta‘minlash zaruriyatiga zid bo‗ldi. Buning uchun Sirdaryo va Amudaryoning yuqori oqimi hududida joylashgan yirik suv omborlarida suv zaxiralarini kuz va qishda – yilning sovuq davrida, Qirg‗iziston va Tojikistonda elektr energiyasiga extiyoji cho‗qqisiga etgan davrda to‗plash kerak bo‗ldi. Download 454.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling